Авторы

  • Махлиё Умарова
    Преподаватель, кафедра фундаментальные медицинские науки, Наманганский филиал Ташкентского международного университета Кимё
  • Дониёрбек Исмoилов
    Заведующий отделом иммунопрофилактики Наманганского областного управления санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.preventive-medicine.133474

Ключевые слова:

эпидемиология корь иммунопрофилактика эпидемиологическая эффективность

Аннотация

Корь — вирусное инфекционное заболевание, поражающее людей всех возрастов. По данным ВОЗ, в 2023 году в 40 из 53 стран Европейского региона было зарегистрировано более 42 000 случаев кори по сравнению с 941 случаем в 2022 году. ВОЗ связывает рост заболеваемости со снижением охвата вакцинацией в странах Европейского региона в 2020–2022 годах. Плановые мероприятия по иммунизации приостановлены из-за пандемии COVID-19. В статье рассматриваются вопросы эпидемиологического надзора за корью среди населения Наманганской области в 2024 году и эпидемиологическая эффективность иммунопрофилактики кори.


background image

Profilaktik tibbiyot va salomatlik

Профилактическая

медицина

и

здоровье

Preventive Medicine

and Health

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/preventive-medicine

Epidemiology of measles immunoprophylaxis among the
population of the Namangan region

Makhliyo UMAROVA

1

, Doniyorbek ISMOILOV

2


Kimyo International University in Tashkent, Namangan Branch

Head of the Immunoprophylaxis Department of the Namangan Regional Department of Sanitary and
Epidemiological Wellbeing and Public Health

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

10 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

Measles is a viral infectious disease that affects people of all

ages. According to WHO, in 2023, more than 42,000 cases of

measles were recorded in 40 of the 53 countries in the European

Region, compared to only 941 cases in 2022. WHO attributed this

increase in incidence to a decrease in vaccination coverage in the
European Region in 2020-2022. Routine immunization activities

were suspended due to the COVID-19 pandemic. The article

discusses the observation of measles among the population of the

Namangan region in 2024 and the epidemiological effectiveness

of measles immunoprophylaxis.

2181-3663

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol3-iss5-pp118-122

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru

)

Keywords:

epidemiology,

measles,
immunoprophylaxis,
epidemiological

effectiveness.

Namangan

viloyati

aholisi

orasida

qizamiq

immunoprofilaktikasining epidemiologik samaradorligi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

epidemiologiya,

qizamiq,
immunoprofilaktika,
epidemiologik samaradorlik.

Qizamiq kasalligi barcha yoshdagi odamlarga ta’sir etuvchi,

virusli yuqumli kasalliklardan biridir. JSSTning ma’lumotlariga
ko’ra 2023

-yilda Yevropa mintaqasiga kiruvchi 53 ta davlatdan 40

tasida 42 mingdan ortiq holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan

bo‘l

sa, 2022-

yilda qizamiq kasalligi ko‘rsatkichi atiga 941 ta holatda

aniqlangan. JSST kasallanishning bunday o‘sishini 2020−2022

-

yillarda Yevropa mintaqasi mamlakatlarida emlash qamrovining

pasayishi bilan izohladi. Muntazam immunizatsiya ishlari COVID-

1

Teacher, Department of Fundamental Medical Sciences, Kimyo International University in Tashkent, Namangan

Branch. E-mail:

queenking1093@mail.ru

2

Head of the Immunoprophylaxis Department of the Namangan Regional Department of Sanitary and Epidemiological

Wellbeing and Public Health. E-mail:

ismoilovdoni9797@icloud.com


background image

Profilaktik tibbiyot va salomlatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

3

5 (2024) / ISSN 2181-3663

119

19 pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan. Maqolada 2024 yil Namangan

viloyati aholisi orasida qizamiq kasalligining kuzatilishi va qizamiq

immunoprofilaktikasining epidemiologik samaradorligi yoritilgan.

Эпидемиологическая эффективность

иммунопрофилактики

кори среди населения Наманганской области

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

эпидемиология,

корь,

иммунопрофилактика,

эпидемиологическая

эффективность

.

Корь

вирусное

инфекционное

заболевание,

поражающее людей всех возрастов. По данным ВОЗ, в 2023

году в 40 из 53 стран Европейского региона было

зарегистрировано более 42 000 случаев кори по сравнению

с 941 случаем в 2022 году. ВОЗ связывает рост

заболеваемости со снижением охвата вакцинацией в

странах Европейского региона в 2020–2022 годах. Плановые

мероприятия по иммунизации приостановлены из

-

за

пандемии COVID

-

19. В статье рассматриваются вопросы

эпидемиологического надзора за корью среди населения

Наманганской области в 2024 году и эпидемиологическая

эффективность иммунопрофилактики кори.

KIRISH

Qizamiq - antroponoz, o'ta yuqumli, virusli, yuqumli kasallik bo'lib, qo'zg'atuvchining

yuqish mehanizmi aspiratsion bo'lib, makulopapulyar bosqichli toshmalar, konyunktivit,
burun bo'shlig'i va yuqori nafas yo'llarida kataral hodisalar bilan birga keladi. Qizamiq
miloddan avvalgi VI asrdan beri ma'lum. Tadqiqotchilar J.F. Enders va T.K. Peebleslar
tomonidan 1954 yilda David Edmonston ismli AQShdan kelgan 11 yoshli bolada qizamiq
kasalligi aniqlandi (Enders J. F. va boshq., 1954) [1,3].

Qizamiqqa qarshi kurash tarixi 200 yilni o'z ichiga oladi. X asrda fors shifokori Razes

tomonidan kasallik "Сhechakdan ko'ra ko'proq qo'rqinchli" deb ta'riflagan. 1846 yilda

Piter Panum qizamiqning yashirin davri va kasallikdan tuzalgandan keyin umrbod
imm

unitetni qolishini aytib o’tgan.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2010 yil Yevropada qizamiq va qizilcha bilan

kurashish yili deb e'lon qilindi. Biroq, barcha sa'y

harakatlarga qaramay, JSST

ma'lumotiga ko'ra 2011 yilda 158 000 kishi qizamiqdan vafot etdi kuniga deyarli 430 holat
yoki soatiga 18 holat. Kasallik holatlarining aksariyati kam daromadli mamlakatlarda,
sog'ligi zaif bo'lgan bolalar orasida qayd etilgan [4].

Yer kurrasida har yili 50-60 mln, atrofida qizamiq bilan kasallanish holatlari qayd

qilinadi. Qizamiq qo’zg’atuvchisi bo’lib RNK tutuvchi miksovirus (Morbillivirus)
hisoblanadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh yorug’ligi ta’sirida 10 minut ichida 90 %

f

aolligini yo’qotadi, tarqoq quyosh nuri ta’sirida 21

-40 soat ichida 90-99 % faolligini

yo’qotadi. Quritilganda tezda nobud bo’ladi.

Qizamiq yer yuzida eng ko'p tarqalgan infeksiyalardan biri hisoblanadi. Yilning

hamma faslida uchraydi, kuz-qish va baxor oylarida kasallik ko'payadi, 95-96% kontagioz.
Kasallik manbai - bemor odam. Kasallikning kataral davrida va toshma toshish davrining
1-kunida yuqumliligi yuqori, 3-kunidan boshlab yuqumlilik pasayadi, 4-kunidan bemor


background image

Profilaktik tibbiyot va salomlatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

3

5 (2024) / ISSN 2181-3663

120

xavfsiz hisoblanadi. Kasallik havo-tomchi yo'li orqali yuqadi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, COVID

-19 pandemiyasi tufayli

1,8 milliondan ortiq bolalar qizamiqqa qarshi emlanmagan. Qizamiq bilan kasallanish

holatlari hatto ilgari ushbu kasallik kuzatilmay qo‘ygani haqida e’lon bergan

mamlakatlarda ham qayd etildi.

Qizamiq barcha yosh guruhlariga ta’sir qiladi, ammo, umuman olganda, beshta

holatdan ikkitasi 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar va har beshinchi holatdan biri 20

yoshdan oshgan kattalardir. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, agar shoshilinch choralar
ko'rilmasa, 2024 yil oxiriga kelib, dunyo mamlakatlarining yarmidan ko'pida qizamiq
epidemiyasi tarqalish xavfi juda yuqori ekanligidan ogohlantirgan. Chunki ushbu kasallik
Shimoliy va Janubiy Amerika qit'alaridan boshqa deyarli barcha mintaqalarda qayd
etilgan.

2021-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli dunyoda rekord darajadagi 40 mln bola

qizamiqqa qarshi rejali emlanmadi. 25 mln bola birinchi, 14,7 mln bola esa ikkinchi doza
bilan emlanmagan.

MATERIALLAR VA USULLAR

Dunyoning turli xil jurnallarida chop etilgan turli maqolalar va Jahon sog’liqni saqlash

tashkilotining emlash hujjatlari. Ushbu ilmiy ishning bajarilishida epidemiologik va
statistik usullardan foydalanildi.

Natija va munozaralar: 2017-

yilda JSST O‘zbekistonni rasman qizamiq va qizilcha

kasalligidan holi davlat deb tan olgan edi. Biroq 2018-yildayoq mamlakatda qizamiq bilan
kasallanish holatlari yana aniqlangan. 2019-

yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hol

atlar

chetdan olib kelinganini ma’lum qildi.

2024 yilda O'zbekiston Respublikasida 9769 nafar bemor laboratoriya tahlillarida

qizamiq kasalligi aniqlangan. Ushbu ko'rsatkich Namangan viloyati misolida qizamiqqa
qarshi tekshirilganlar orasida 2255 nafarida kasallik klinik va laborator holatda
tasdiqlandi. Bulardan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida 1202 nafar (53,4 %), 1-2
yoshlilarda 307 nafar (13,6%), 3-6 yoshlilarda 199 nafar (8,8%), 7-14 yoshlilarda 120
nafar (5,3%), 15-19 yoshlilarda 77 nafarida (3,4%), 20-30 yoshlilarda 135 nafarida (5,9%),
30 yoshdan kattalarning 215 nafarida (9,5%) aniqlandi. Qizamiq kasalligi asosan
uyushmagan, qizamiqqa qarshi emlash olmagan bolalar orasida kuzatilgan.

Kasallik klinik va laborator tasdiqlangan bemorlarning qizamiq kasalligiga qarshi

emlash tahlillari o’rganilganda 1963 nafari (87 %) emlash olmagani aniqlangan. Qolgan

bemorlarning aksariyati 1 marta emlanganlarni tashkil etgan.

Bolalarni respublikamizda rejali milliy emlash kalendariga muvofiq qizamiq

kasalligiga qarshi 12 oylikda, odatda QPQ 1 (qizamiq, parotit va qizilcha) vaksinasi bilan
emlash tavsiya etiladi. Vaksinaning ikkinchi dozasi (QPQ 2) bilan immunitet darajasini
oshirish uchun olti yosh bo'lgan bolalarni emlanadi. Emlashdan keyin nojo'ya reaksiyalar

deyarli juda kam uchraydi, tana harorati ko’tarilishi va inyeksiya joyida og'riq ko'p

uchraydi.

QPQ vaksinasi, agar emlash 12 oylik yoki undan katta yoshdagi bolaga yuborilsa, bitta

dozadan keyin qizamiqni oldini olish uchun 95% samarali bo'ladi, agar QPQ vaksinasining

ikkinchi dozasi bilan emlash o’tkazilganda 99% bolalarda immunitetni ta'minlaydi.

[5]

Vaksinatsiya - kasallikning boshlanishining oldini olishda eng muhim omil. Bu

yuqumli kasallikning kelib chiqishi va asoratlarini oldini oladi. Emlangan 100 ming
kishidan faqat bittasi kasal bo'lib qolishi mumkin. Butun dunyoda qizamiqqa qarshi


background image

Profilaktik tibbiyot va salomlatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

3

5 (2024) / ISSN 2181-3663

121

emlash 2000 yildan beri qizamiq kasalligi bo'yicha o'limni 84 foizga qisqartirdi.

Emlashdan quyidagi holatlarda vaqtincha cheklov qilinadilar:
-

tuxum oqsili va neomitsinga kuchli allergiyasi qo’zg’aladigan bemorlar.

- homilador ayollar
- immunosupressiya holatidagi bemorlar.
-

qon yoki qon preparatlarini yaqinda qabul qilganlar. Og’ir kasallikka chalinganlar ga

xastalik o’tib ketmagunga qadar emlash ishlarini o’tkazmaslik lozim.

ХULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi ma`lumotlarga ko'ra qizamiq kasalligi asosan qizamiqqa qarshi

emlanmagan yoki bir marta emlash o’tkazilgan, immuniteti past aholi orasida ko'proq

kuzatilishi mumkinligini ko'rsatadi. Bolalarni milliy emlash kalendariga muvofiq 13
turdagi yuqumli

kasalliklarga qarshi emlash natijasida ko’plab insonlar hayotini saqlab

qolinadi. Emlash kasallikni oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi. 12 oylik bo'lgan
bolalarni vaksinatsiyaga va 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni revaksinatsiyaga qamrab olish.
Aholining turli indikator guruhlarini rejali tekshirganda seronegativlar soni 7 % dan
oshmasligi kerak.

Qizamiq kasalligini faqatgina emlash bilan oldini olish mumkin. Uyushgan jamoalar

o'rtasida qizamiq epidemiyasini oldini olish uchun bolalarni kamida ikki marotaba emlash

lozim bo’lib emlash ko'rsatikichi 90

-95%ni tashkil etishi zarurdir. Qizamiq kasalligi

aniqlangan holda bemor bilan muloqotda bo’lgan barcha (yaqin qarindoshlari, oila a'zolari,

uyushgan jamoalardagi muloqotlilari, tibbiyot xodimlari va boshqalar)ni kasallikka qarshi
emlanganligi o'rganilib, emlanmaganlarni 72 soat ichida emlash shart. Har bir tana

harorati ko’tarilgan, toshma toshgan, yo'tal yoki kon'yunktivit belgilari bor bemorlar

qizamiqqa gumon qilinadi, ulardan albatta laborator tasdiq uchun qon taxlili namunasi
olinadi.

Emlash natijasida har yili difteriya, ko'kyo'tal, qoqshol, qizamiq kabi yuqumli

kasalliklardan turli yoshdagi 2,3 millionlab insonlar hayotini saqlab qolinadi. Ushbu
jarayon jamoat salomatligini saqlash tadbirlari ichida eng samarali usul hisoblanadi.
Epidemiologik vaziyat yomonlashuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarshi
emlash tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagani oqibatidir.

O'limning aksariyati qizamiq asoratlari tufayli sodir bo'ladi. Ko'pincha asoratlar 5

yoshgacha bo'lgan bolalarda va 20 yoshdan oshgan kattalarda rivojlanadi. Qizamiq bilan
kasallangan bemorlarning taxminan 30 foizida bir yoki bir nechta asoratlar rivojlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda bu o'rta otit (7-9% hollarda), pnevmoniya (1-6%), diareya
(6%), ko'rish qobiliyatini yo'qotish va infektsiyadan keyingi entsefalit (1000 ta holatga 1
ta holat). Bir yoshgacha bolalar va kattalarda og'ir asoratlar xavfi yuqori. Qizamiqning
kamroq tarqalgan, ammo juda jiddiy asorati sklerozli panensefalitdir (100 000 ta holatga
1 ta holat) [7,8]

Kattalardagi qizamiq tipik, lekin odatda og'irroq, og'ir kataral sindrom va

intoksikatsiya sindromi bilan kechadi. Toshmalar keyinroq paydo bo'ladi, lekin ko'proq

qalin toshma bo’ladi. Kattalardagi bakterial asoratlar bolalarga qaraganda kamroq

rivojlanadi va meningoentsefalit tez-tez uchraydi.[9]

Qizamiqqa qarshi emlashni joriy etish va emlashni oshirish bilan epidemiya davrida

ushbu infeksiyadan kasallanish darajasini kamaytirishga erishildi. Aholi immunitetining
yuqori darajasiga ko'tarish ko'plab mamlakatlarda qizamiqni yo'q qilishga olib keldi,
ammo agar bu daraja saqlab qolinmasa, qizamiq kasalliklarining davriy epidemiyasi yana


background image

Profilaktik tibbiyot va salomlatlik

Профилактическая медицина и здоровье

Preventive Medicine and Health

Issue

3

5 (2024) / ISSN 2181-3663

122

paydo bo'lishi mumkin.

Kasallikdan keyin umrbod immunitet shakllanadi. Yangi tug'ilgan bolalar emlangan

yoki qizamiqqa chalingan onadan tug'ma immunitet oladilar, bunday immunitet 6-oygacha
davom etadi.

Onada qizamiqqa qarshi maxsus antitelalari bo'lmasa, bola yangi tug'ilgan davrda

ham kasal bo'lishi mumkin. Kasallikning takroriy hollari juda kam uchraydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Орлова О.Г., Ермоленко О.В

.

, Рыбальченко Е.И. «Morbillivirus —

вирус кори.

Общая характеристика и диагностика инфекции»

-

учебно

-

методическое пособие.

Санкт

-

Петербург. 2014. 25 с.

2.

Work by Enders Brings Measles Vaccine License. The Hartford Courant (1963-yil

22-mart).

A strain of measles virus isolated in 1954 by Dr. Thomas C. Peebles, instructor

in pediatrics at Harvard, and Enders, formed the basis for the development of the present
vaccine. 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.

3.

"Measles Vaccine". Viral Immunol 31 (2): 86

95. March 2018.

doi:10.1089/vim.2017.0143. PMID 29256824. PMC 5863094.

4.

Kostinov M.P. Immunoprofilaktika kori s primeneniem kombinirovannix vaktsin

//Epidemiologiya i vaksinoprofilaktika. - 2020. T. 19. -

№ 4.

- S. 57-62.

5.

Krasnova YE.M., Sanjapova G.S. Immunoprofilaktika kak effektivniy sposob bor`bi

s kor`yu //Infektsiya i immunitet. - 2017. -

№ 5.

- S. 593.

6.

Zueva L.P., Yafaev R.X. Epidemiologiya. Sankt-Peterburg, 2006

7.

Махмудова Д.И., Турсунова Д.А., Сафаева К.С. Достижения, проблемы и пути

обеспечения своевременности охвата вакцинацией в Республике Узбекистан (РУз)
// Всероссийская научно

-

практическая конференция с международным участием

(Москва, 17

-

18 октября 2019 г) –

С. 27

8.

Поздняков А.А., Чернявская О.П. Проявления эпидемического процесса кори

и краснухи на современном этапе //Эпидемиология и вакцинопрофилактика.

-

2018. Т. 17.

-

№ 5 (102).

-

С. 45

-53.

9.

Саидалиев С.С., Маматкулов Б.М. Иммунизации населения в республике

УЗБЕКИСТАН //В сборнике: Современная медицина: новые подходы и актуальные
исследования. Сборник статей по материалам V международной научно

-

практической конференции.

-2017. -

С. 115

-120.

Библиографические ссылки

Орлова О.Г., Ермоленко О.В, Рыбальченко Е.И. «Morbillivirus — вирус кори. Общая характеристика и диагностика инфекции» - учебно-методическое пособие. Санкт-Петербург. 2014. 25 с.

Work by Enders Brings Measles Vaccine License. The Hartford Courant (1963-yil 22-mart). — A strain of measles virus isolated in 1954 by Dr. Thomas C. Peebles, instructor in pediatrics at Harvard, and Enders, formed the basis for the development of the present vaccine. 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.

"Measles Vaccine". Viral Immunol 31 (2): 86–95. March 2018. doi:10.1089/vim.2017.0143. PMID 29256824. PMC 5863094.

Kostinov M.P. Immunoprofilaktika kori s primeneniem kombinirovannix vaktsin //Epidemiologiya i vaksinoprofilaktika. - 2020. T. 19. - № 4. - S. 57-62.

Krasnova YE.M., Sanjapova G.S. Immunoprofilaktika kak effektivniy sposob bor`bi s kor`yu //Infektsiya i immunitet. - 2017. - № 5. - S. 593.

Zueva L.P., Yafaev R.X. Epidemiologiya. Sankt-Peterburg, 2006

Махмудова Д.И., Турсунова Д.А., Сафаева К.С. Достижения, проблемы и пути обеспечения своевременности охвата вакцинацией в Республике Узбекистан (РУз) // Всероссийская научно-практическая конференция с международным участием (Москва, 17-18 октября 2019 г) – С. 27

Поздняков А.А., Чернявская О.П. Проявления эпидемического процесса кори и краснухи на современном этапе //Эпидемиология и вакцинопрофилактика. - 2018. Т. 17. - № 5 (102). - С. 45-53.

Саидалиев С.С., Маматкулов Б.М. Иммунизации населения в республике УЗБЕКИСТАН //В сборнике: Современная медицина: новые подходы и актуальные исследования. Сборник статей по материалам V международной научно-практической конференции. -2017. - С. 115-120.