Turli juftlash variantlarida olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligi

CC BY f
37-39
4
2
Поделиться
Абдузоирова, Д., & Базаров, С. (2023). Turli juftlash variantlarida olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligi. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 37–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24883
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada qimmatli rangbarangliklari bo’yicha gomogen va geterogen juftlash variantlaridan olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida  rang tekisligini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan


background image

37

UOʻK: 636.32./38

Turli juftlash variantlarida olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligi

D.Yu.Abduzoirova

-“Rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi”

bo‘limi mudiri, q.x.f.f.d (PhD)

1

.,

S.R.Bazarov

-q.x.f.d., professor

2

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

1

Samarqand veterinariya medesinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

2

Annotatsiya. Maqolada qimmatli rangbarangliklari bo’yicha gomogen va geterogen

juftlash variantlaridan olingan qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligini o‘rganish
borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Annotation.

The article presents the results of studies on the color plane in Karakalpak

Sur Karakol lambs obtained from homogeneous and heterogeneous mating options in terms of
valuable color diversity.

Kalit so‘zlar: rangbaranglik, gomogen va geterogen juftlash, rang tekisligi.

Key words: color variety, homogeneous and heterogeneous pair, color plane.


Kirish.

Qorako‘lchilik sohasida olib borilayotgan keng miqyosdagi naslchilik ishlariga

qaramasdan, bugungi kunda muammolar talaygina. Seleksiya jarayonida qanday juftlash
variantlaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini, mahsuldorlikni oshirishi yoki
salbiy ta’siri bor-yo‘qligi, avlodlariga biron bir belgi-xususiyatni mustahkam o‘tkaza olishi kabi
ko’rsatgichlarni oʻrganish juda muhimdir. Rang tekisligi ham huddi shunday masalalarga kiradi.

Ushbu ko‘rsatkichning seleksion ahamiyati ancha salmoqlidir. Rangning tekisligi

tovarning qimmatliligini belgilab beruvchi asosiy omildir. Gullarning va jun tolasining yuqori
sifati, qimmatli rangbaranglikka ega bo‘lgan qo‘zilar qorako‘l terilari ham agar rangi teri sathi
bo‘ylab tekis bo‘lmasa kam qimmatli hisoblanadi. Rangning tekis bo‘lmasligi teri yuzasida
rangning noaniqligi, har xil ranglilik, aniq rangga ega emasdek ko‘rinish hosil bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Shu sababli bu ko‘rsatgich muhim hisoblanib, unga seleksiya jarayonida alohida e’tibor
qaratish lozim bo‘ladi [1, 5].

Sur rangli qorako‘l qo‘ylarida gullarning tip va shakllaridan tashqari yana bir qator

ko‘rsatkichlar mavjudki, ularning past darajada namoyon bo‘lishi yaxshi gul sifatlari mavjudligi
sharoitida ham qorako‘l terilarining xaridorgirligi va eksportbopligini, qo‘zilarning nasliy
qimmatini pasaytiradi degan xulosaga kelib, bular jumlasiga sur rangi va rangbarangligining
ifodalanishi, ularning teri sathi bo‘yicha tekisligi, jun tolasining pigmentlanishi kabi belgilarni
kiritgan. Bu boradagi mutanosiblikka erishish, eksportbop mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishni
ta’minlaydi [2].

Sur qorako‘l qo‘ylari avlodlarining rangbarangliklarga taqsimlanishi, rangning namoyon

bo‘lishi, tekisligi va o‘tish keskinligi kabi muhim ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida olingan
avlodlarning aksariyat qismining kumushsimon rangbaranglikka ega bo‘lganini kuzatgan.
Bunday qo‘zilarning o‘rtacha muvozanatlashgan salmog‘i 69,2 foizni tashkil etgan. Qo‘zilar
orasida 10,6% tillasimon, 9,1% binafsha va 11,1% qora sur rangbarangliklariga mansub
avlodlar chiqimi kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha gul tiplari orasida sezilarli
farqlanishlar qayd etilmagan [4].

Rang-barangliklarni mustahkamlashda gomogen tanlash yaxshi samara beradi. Gomogen

tanlash olib borilganda o‘ziga o‘xshash rangbaranglikdagi qo‘zilarni olishda shamchiroq
rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,6% ni, po‘lati rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,5% ni, o‘rikgul
rangbarangligidagi qo‘ylarda 68,8% ni, qamar rangbarangligidagi qo‘ylarda 65,8% ni tashkil
etgan. Naslli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilari sinflarga taqsimlanganda, sara va birinchi sinfga
mansublik shamchiroqgulda 66,3%, o‘rikgulda 60,5%, po‘latida 63,7%, qamarda 44,1-53,0 foiz
atrofida bo‘lgan [3].


background image

38

Tadqiqot

ishining

maqsadi.

Qoraqalpoq

sur qorako’l qo’ylarini qimmatli

rangbarangliklari bo’yicha gomogen va geterogen juftlash variantlaridan olingan qo‘zilarida
rang tekisligini o‘rganish.

Tadqiqot uslublari.

Nurota zavod tipiga mansub qimmatli rangbarangliklardagi

qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarida gomogen va geterogen juftlash variantlaridan olingan
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarida rang tekisligini o‘rganish tadqiqotning maqsadi
hisoblanadi. Tadqiqotlar Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Istiqlol qorako‘l naslchilik” MChJ
da olib borildi.

Teri yuzasida rangning ifodalanishi, rang o‘tish keskinligi, rang tekisligi kabi

ko‘rsatgichlar ko‘z bilan ko‘rib, orgonoleptik usulda aniqlandi [6].

Tadqiqot natijalari.

Ta’kidlash lozimki, barcha holatlarda rangning tekisligi bo‘yicha

o‘rikgul, shamchiroqgul va po‘lati rangbaranglikdagi qo‘zilar qamar rangbarangliklaridagi
qo‘zilarga nisbatan ustunroq ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadi. Ya’ni rang tekisligining a’lo
darajada ifodalanishi shamchiroqgul x shamchiroqgul juftlash variantidan olingan avlodlarda
eng yuqori ya’ni 42,8±2,60 foiz bo‘lgan, shamchiroqgul x po’lati juftlash variantida esa
33,5±3,63 foiz va nihoyat shamchiroqgul x o’rikgul juftlash variantidan olingan avlodlarda
42,4±1,64 foizni tashkil etganligi aniqlandi. Olingan natijalar qo‘ylarning irsiy xususiyatlari va
mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, seleksiya jarayonida ularni
inobatga olish lozim.

1-jadval

Avlodlarda sur rangining tekisligi

Rangbaranglik

n

Rang tekisligi, % (X±S

X

)

a’lo

o‘rta tekis

notekis

Shamchiroqgul x shamchiroqgul

O‘rikgul

6

36,2±8,0

48,2±8,32

8,1±2,02

Shamchiroqgul

30

42,8±2,60

39,1±2,56

13,2±1,12

Po‘lati

10

36,4±4,8

44,0±4,96

19,6±3,96

Qamar

4

33,1±11,76

48,3±12,49

18,6±9,72

Shamchiroqgul x po’lati

O‘rikgul

7

32,8±6,70

49,7±7,14

17,5±5,42

Shamchiroqgul

13

33,5±3,63

51,4±3,84

15,1±2,75

Po‘lati

22

33,3±2,14

46,2±2,26

20,5±1,83

Qamar

8

28,1±5,61

46,4±6,23

25,5±5,44

Shamchiroqgul x o’rikgul

O‘rikgul

19

42,4±1,64

44,4±1,65

15,6±6,01

Shamchiroqgul

21

41,0±2,34

43,0±2,35

16,0±1,74

Po‘lati

8

36,9±6,03

37,8±6,06

25,3±5,43

Qamar

2

26,7±8,69

49,0±9,28

24,3±8,27

Xulosa.

Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining Nurota zavod tipiga mansub bo‘lgan

qo‘ylarni va qo‘chqorlarni rangbarangligi bo‘yicha gomogen va geterogen juftlashdan olingan
avlodlarda rang ifodalanishi, rangning o‘tish keskinligi, rang tekisligi kabi ko‘rsatgichlar a’lo
darajada ifodalanadi. Ushbu ko‘rsatgichlar bo‘yicha geterogen juftlashda “shamchiroqgul x
o‘rikgul” variant “shamchiroqgul x po‘lati” variantidan seleksion jihatdan samarali ekanligi
isbotlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

7.

Aripov U.X., Abduzoirova D.Y., Imomov X. Karakul sheep of gray color (shirozi),

characteristics of karakul sheep and the problem of distribution of their assortment. Journal of
Agriculteral & Horticulture. ISSN (E): 2770-9132. Volume 3, Issue 1, January. 48-52 p.

8.

Turapov P. Eksportga yo‘naltirilgan sur qorako‘l yetishtirish texnologiyasi.

Nomzodlik diss. Samarqand, 2008, 107 bet.


background image

39

9.

Turganbaev R.U. Qoraqalpoq tipiga mansub sur rangli qorako‘l qo‘ylarining

mahsuldorligini takomillashtirish. //Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand 2017, 52
bet.

10.

Tursunov X. Sur qo‘zilarda rangbaranglikning ifodalanishi va uni seleksiyalash

xususiyatlari. Nomzodlik diss.avtoreferati, Tashkent, 2007 19 bet.

11.

Xatamov A.X. Adir sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l

qo‘ylarining bio–mahsuldorlik xususiyatlari. Avtoref. q/x f.f. d. diss. 2019. 39 bet.

12.

Yusupov S.Yu., Gaziev A., Boboqulov N.A., Yuldashov N., Fazilov U.T., Hakimov

O‘.N. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash
(bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent.: 2015. 31 b.


УЎК: 636.32/.38.082.4

СЕРПУШТ ТИПДАГИ ҚОРАКЎЛ ҚЎЙЛАРИ АВЛОДЛАРИДА ҚОРАКЎЛ

ТЕРИЛАР ЎЛЧАМИ ВА ВАЗНИНИНГ ЎЗГАРИШИ

М.М.Исмоилова-

докторант,

З.С.Кличев-

илмий котиб, қ-х.ф.ф.д.(PhD), катта илмий ходим

Қоракўлчилик ва чўл экологияси илмий тадқиқот институти

Аннотация: Мақолада эгиз ва ёлғиз типда туғилган қоракўл қўзиларидан олинган

қоракўл териларининг ўлчам ва вазн кўрсаткичларини таҳлиллаш натижалари
келтирилган.

Калит сўзлар: Қоракўл терилар, эгиз, ёлғиз,сатҳ, масса, катта, ўрта, майда
Summariy: The article analyzes the parameters of size and weight of black sheep skins

taken from twin and single lambs.

Key words: Black skins, twin, single, level, mass, large, medium, small

Кириш

. Мамлакатимизнинг чўл ҳудудларида урчитиладиган қоракўл зотли

қўйлардан озиқ-овқат маҳсулотларидан ташқари, саноат учун хом-ашё ҳам
етиштирилади. Тармоқда етиштирилаётган қоракўл териларига ташқи ва ички бозорда
талаб катта, аммо сўнгги йилларда қоракўл териларни ишлаб чиқариш ҳажмининг
камайиши кузатилмоқда. Қоракўл териларини баҳолашда сифати ҳамда сатҳининг
ўлчами бўйича баҳоланади.

Қатор муаллифларнинг [1; 2; 3] таъкидлашича қоракўл терилар сатҳи қўзиларнинг

тирик оғирлиги билан боғлиқ, лекин қўзилар тирик оғирлиги билан тери сатҳи ва
уларнинг товар хусусиятларининг қай даражада боғлиқлиги, ўзгарувчанлиги, бу
хусусиятларнинг турли шароитларда намоён бўлиши, авлоддан-авлодга ўтиш даражалари
батафсил ўрганилмаган. Шунинг учун ҳам бу масалаларнинг комплекс равишда
ўрганилиши, йирик сатҳли, бозор талабларига мувофиқ етиштирадиган қоракўл қўйлар
сурувларини яратиш имконини берадиган селекцион усулларни ишлабчиқариш
мумкинлигидан далолат беради. Кейинчалик уларнинг амалиётда қўлланилиши мавжуд
бўлган наслли қўйлар сифатини янада яхшилаш ва экспортбоп, кенг сатҳли терилар
ишлаб чиқиш салмоғини ошириш имконини бериши мумкин.

Қоракўл териларининг сатҳи уларнинг товарлик қимматини белгилайдидан асосий

кўрсаткичларидан бири ҳисобланади. Сатҳ канча катта бўлса унинг нархи ҳам шунча
юқори бўлади [4; 5; 6]. Шунинг учун қоракўлчиликда селекция наслчилик ишларини
олиб борилишда териларнинг сатҳ ва вазн кўрсаткичларини инобатга олиш зарур.

Тадқиқот мақсади.

Серпушт типли қоракўл қўйларидан олинадиган қоракўл

териларнинг сатҳ ва масса кўрсаткичларини ўрганиш ва таҳлилаш.

Тадқиқот манбаи

. Тадқиқотлар Самарқанд вилояти Нуробод туманидаги

қоракўлчиликка ихтисослашган “Тутли қоракўл замини” масъулияти чекланган

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Aripov U.X., Abduzoirova D.Y., Imomov X. Karakul sheep of gray color (shirozi), characteristics of karakul sheep and the problem of distribution of their assortment. Journal of Agriculteral & Horticulture. ISSN (E): 2770-9132. Volume 3, Issue 1, January. 48-52 p.

Turapov P. Eksportga yo‘naltirilgan sur qorako‘l yetishtirish texnologiyasi. Nomzodlik diss. Samarqand, 2008, 107 bet.

Turganbaev R.U. Qoraqalpoq tipiga mansub sur rangli qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini takomillashtirish. //Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand 2017, 52 bet.

Tursunov X. Sur qo‘zilarda rangbaranglikning ifodalanishi va uni seleksiyalash xususiyatlari. Nomzodlik diss.avtoreferati, Tashkent, 2007 19 bet.

Xatamov A.X. Adir sharoitida turli etologik tipdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining bio–mahsuldorlik xususiyatlari. Avtoref. q/x f.f. d. diss. 2019. 39 bet.

Yusupov S.Yu., Gaziev A., Boboqulov N.A., Yuldashov N., Fazilov U.T., Hakimov O‘.N. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent.: 2015. 31 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов