Qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni va uning yosh dinamikasida o‘zgarishi

  • Нукуский филиал Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
  • Нукуский филиал Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
CC BY f
80-82
6
7
Поделиться
Турганбаев, Р., & Астанкулов, А. (2023). Qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni va uning yosh dinamikasida o‘zgarishi. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 80–82. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24950
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada qoraqalpoq zot tipiga mansub qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining variatsiyalar kesimida tirik vazni yoshi dinamikasida (Tug‘ilganda, 4-4,5 oylik, 12 oylik va 18 oylik) o‘zgarishi keltirilgan va tirik vazni o‘zgarishi bo‘yicha xulosalar qilingan.


background image

80

22. Юдин В.М. и др. Новое положение в племенной работе с каракульской породой

овец: Труды МВА. 1961. Т. 30. С. 104-107.


UDK: 636.933.2.

Qamar rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni va uning yosh dinamikasida

o‘zgarishi

R.U.Turganbaev-

ilmiy ishlar va innovatsiyalar

bo‘yicha direktor o‘rinbosari, q.x.f.d., professor, turganbaev19643@mail.ru

A.F.Astankulov-

tayanch doktorant, pro100azik90@mail.ru

Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali

Annotatsiya. Ushbu maqolada qoraqalpoq zot tipiga mansub qamar rangbaranglikdagi

qorako‘l qo‘ylarining variatsiyalar kesimida tirik vazni yoshi dinamikasida (Tug‘ilganda, 4-4,5
oylik, 12 oylik va 18 oylik) o‘zgarishi keltirilgan va tirik vazni o‘zgarishi bo‘yicha xulosalar
qilingan.

Kalit so‘zlar. Qoraqalpoq zot tipi, yosh dinamikasi, tirik vazni, eksterer ko‘rsatkichlari,

uzunoyoqlilik, suyakdorlik, cho‘ziluvchanlik, massivlik.

Summary. The article presents and draws conclusions on the change in live weight in age

dynamics (at birth, 4-4.5 months, 12 months, 18 months) in Karakul sheep of the color of
Kamar of the Karakalpak breed type.

Key words. Karakalpak breed type, age dynamics, live weight, exterior indicators,

overgrowth, boneiness, extension, massiveness.


Kirish.

Mustaqil O

zbekiston Respublikamizda bugungi kunda qorako‘l qo‘ylarini

urchitish ishlari va shu bilan bir qatorda qorako‘lchilik mahsulotlari (teri, go‘sht, jun va sut)
ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash borasida keng miqyosdagi chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada sur rangli qorako‘l qo‘ylarining irsiy salohiyatidan
foydalangan holda, tarmoqda yuqori iqtisodiy rentabellikka erishilmoqda.

Har xil konstitutsiya tipiga mansub qorakoʻl qoʻylari, vujudga kelgan iqlim va yaylov

ozuqa sharoitidan turlicha tasirlanadi [1].

Yangi tugʻilgan qoʻzilarning tirik vazni asosiy oʻsib-rivojalnishni belgilaydigan

xususiyatlari boʻlib, kelajakdagi muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Tirik vazn koʻrsatkichi
qorakoʻl terilar tovarlik sifati bilan bogʻliqdir va bu koʻrsatkich terining sathi, ogʻirligi,
qalinligi, jun tolasi uzunligi oʻrtasida ijobiy bogʻliqlik mavjudligini aniqlagan [2]; [3].

Tadqiqotning maqsadi

Qoraqalpoq tipiga mansub qamar rangbaranglikdagi qorako‘l

qo‘ylarining tana tuzilishi indekslari xususiyatlarini o‘rganish hamda maqsadga muvofiq rang-
baranglikdagi qo‘zilar olish salmog‘ini ko‘paytirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot usullari.

Qorakoʻl qoʻzilarining tirik vazni tugʻilganda prujinali tarozida

aniqlandi, yoshi kattargandan soʻng platformali elektron tarozida 0,1 kg gacha aniqlikdagi
oʻlchash yoʻli bilan aniqlandi.

Tadqiqtot natijalari.

Qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni ularning mahsuldorligini

oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning sog‘lomligini va hayotchanligini belgilovchi
muhim xususiyat hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning imkon qadar yuqori darajasi, yani
qo‘ylarning semizlik darajasini bir maromda saqlash sog‘lomlik, yuqori mahsuldorlik,
konstitutsional mustahkamlik, hayotchanlik, olinadigan avlodlarning yaxshi o‘sishi va
rivojlanishini taminlaydi.

Tajriba natijalarida koʻrsatishicha, har xil tipdagi qorakoʻl qoʻylarining konstitutsiyasi va

tirik ogʻirligi oʻrtasida ma’lum darajada aloqadorlik bor ekanligi kuzatgan va mustahkam


background image

81

konstitutsiya tipidagi qorakoʻl qoʻylarning tirik ogʻirligi, oʻrtacha 2,46 kg va 7,97 kg.-ga dagʻal
va nozik konstitutsiya tipidagi qorakoʻl qoʻylarga nisbatan yuqori boʻlganligini tastiqlaydi [4].

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, bizning tadqiqot ishlarimizdagi

qo‘zilar tirik vazni ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari 1-jadvalda umumlashtirilgan.

1-jadval

Qo‘zilarning tirik vazni va uning yosh dinamikasida o‘zgarishi

Rang-baranglik

n

Tajriba hayvonlari yoshi (X±S

x

)

Tug‘ilganda

4-4,5 oylik

12 oylik

18 oylik

Ochiq qamar

25

3,59±0,12

25,09±0,50*

31,60±0,73

36,83±0,96

Qizil qamar

25

3,49±0,08

25,71±0,84

30,60±0,58*

35,45±0,78*

Qora qamar

25

3,74±0,05*

26,18±0,95

31,29±0,74

35,91±0,85

O‘rtacha,
rangbaranglik
bo‘yicha

75

3,60±0,08

25,66±0,76*

31,16±0,68

36,06±0,86

*p<0,001

1-jadval malumotlarida, yangi tug‘ilgan davrda qora qamar qo’zilar tengdoshlariga

nisbatan birmuncha yirikroq (3,74±0,05), ya’ni ochiq qamarga nisbatan, 0,15 kg.-ga va qizil
qamarga nisbatan 0,25 kg.-ga ustunlik qildi. Ushbu tendensiya 4-4,5 oylik davriga kelib
saqlanib qolgan holda, shunga mutanosib ravishda 1,09 va 0,47 kg.ga teng bo‘ldi. Bunday
rangbaranglik doirasidagi farqlanishlarni 12-oylik davrida ham kuzatish mumkin. Balog‘at
yoshiga etgan katta yoshdagi (18 oylik) qo‘ylarda tirik vazni bo‘yicha olingan o‘zgarishlar
saqlanib qoldi, ya’ni qizil qamar 35,45±0,78 kg.-ga, ochiq qamar 36,83±0,96 kg.-ga va qora
qamar esa, 35,91±0,85 kg.-ga teng bo‘ldi. O‘rtacha, rangbaranglik bo‘yicha bu ko‘rsatkich
36,06±0,86 kg.-ni tashkil qildi.

Qorako‘l qo‘ylarining mutloq o’sish ko‘rsatkichlari organizmning o‘sish jadalligini

o‘rganishda muhim hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘ylarning fiziologik holatini
boshqarishda, semizlik darajasi to‘g‘risida fikr yuritishga, yaylovlar hosildorligiga baho
berishda va nihoyat qo‘shimcha oziqlantirishni tashkillashtirishdan xabardor qiladi.

Bizning olib borgan tadqiqot natijalari bo‘yicha qamar rangbaranglik qo‘ylarning turli

variatsiyasida o‘sish tezligi aniqlandi va bu ko‘rsatkichlar quyidagi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasmda keltirilgan malumotlarda tug‘ilgandan 4-4,5 oygacha bo‘lgan davrda mutloq

o‘sish ko‘rsatkichlari ochiq qamarda 21,55±0,17 kg.-ni tashkil qilgan bo‘lsa, qizil qamarda
22,24±0,21kg. va qora qamar esa, 22,45±0,19kg.-ni tashkil qildi.

Ochiq qamar rangbaranglikdagi tajriba hayvonlari yosh dinamikasida mutloq o‘sish

ko‘rsatkichlarini 100 % deb qabul qilinsa, qizil qamarda tug‘ilgandan 4-4,5 oygacha bo‘lgan
davrda 3,2 %-ga, qora qamarda 4,2 %-ga ustunlik qilgan. 4-4,5 oydan 12 oygacha davrdagi
mutloq o‘sish shunga mos ravishda -5,1 va -3,9 %-ga tendetsiya saqlanib qolgan. 12 oydan 18
oygacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich shunga mutanosib ravishda -7,3 va -11,7 %-ga
farqlanishlar bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkichlar kunlik o‘sish ko‘rsatkichlarida ham saqlanib qoldi
va mutloq o‘sim qo‘rsatkichlarini to‘lig‘icha tastdiqlaydi. Qamar rangbaranglik variatsiyalari
bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi malumotlari 1-rasmda umumlashtirilgan.


background image

82

1-rasm. Qamar rangbaranglik variatsiyalari bo‘yicha mutloq o‘sim o‘rtacha ko‘rsatkichi

Olingan malumotlarni tahlil qilsak tug‘ilgandan davridan 4-4,5 oygacha bo‘lgan

davrigacha qo‘zilar tirik vazni (22,08 kg.) jadal kechishi va 4-4,5 oydan 12 oygacha davrda
bo‘lsa (5,84 kg.), sekinlashishi kuzatiladi. 12 oylik davridan 18 oylik davrigacha mutloq
o‘sishning juda sekinlashishi (4,9 kg.) kuzatildi. Bizning fikrimizcha, tug‘ilgan davrdan 4-4,5
oygacha bo‘lgan davrgacha qo‘zilar tirik vazni o’sishining jadal kechishi sut emish davriga
to‘g‘ri kelishi va keyingi yoshlarda sekinlashi ularning yaylov ozuqasiga o‘tishi bilan
izohlanadi.

Xulosa

. Yosh dinamikasida qo‘zilarning tirik vazni ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi ular

rang-barangligiga bog‘liq holda, ochiq va qora qamar qizil qamarga nisbatan birmuncha
yirikroq bo‘lishi kuzatildi. Bizning fikrimizcha, bunday holatlarni ular orasidagi dag‘al
konstitutsiya tiplari ulushi birmuncha yuqoriroq bo‘lganligi va bunday holat hayvonlar tirik
vazniga o‘z tasirini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

1. Бобокулов Н. А., Уримбетов А. А. «Турли этологик типларга мансуб қорақалпоқ

сур қоракўл қўчқорларининг гўшт маҳсулдорлигига таъсири» «Chorvachilik va naslchilik
ishi» jurnali №6 (17) 2020-yil 24-25 betlar.

2. Турганбаев Р. У. «Продуктивные и биологические особенности овец сур

каракалпакского породного типа оригинальных расцветок урюк-гуль и камар»
Автореферат

Диссертации

на

соискание

ученой

степени

кандидата

сельскохозяйственных наук. Ташкент – 1993, с.23.

3. Юсупов С. Ю. ва бошқ. Қоракўлчиликда наслчилик ишини юритиш ва

қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш) бўйича қўлланма. Тошкент, 2015, 31 бет.

4. Казакбаев Б. ва бошқалар «Конституция типи ҳар хил қоракўл кўйларининг

тирик вазни кўрсаткичлари» «Chorvachilik va naslchilik ishi» jurnali №6 (17) 2020-yil 33-34
betlar.





0

5

10

15

20

25

O'rtacha

22,08

5,84

4,9

Tug'ilgandan 4-4,5 oylik davrgacha
4-4,5 oylik davridan 12-oylik davrgacha
12-oylik davridan 18-oylik davrgacha

Библиографические ссылки

Бобокулов Н. А., Уримбетов А. А. «Турли этологик типларга мансуб қорақалпоқ сур қоракўл қўчқорларининг гўшт маҳсулдорлигига таъсири» «Chorvachilik va naslchilik ishi» jurnali №6 (17) 2020-yil 24-25 betlar.

Турганбаев Р. У. «Продуктивные и биологические особенности овец сур каракалпакского породного типа оригинальных расцветок урюк-гуль и камар» Автореферат Диссертации на соискание ученой степени кандидата сельскохозяйственных наук. Ташкент – 1993, с.23.

Юсупов С. Ю. ва бошқ. Қоракўлчиликда наслчилик ишини юритиш ва қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш) бўйича қўлланма. Тошкент, 2015, 31 бет.

Казакбаев Б. ва бошқалар «Конституция типи ҳар хил қоракўл кўйларининг тирик вазни кўрсаткичлари» «Chorvachilik va naslchilik ishi» jurnali №6 (17) 2020-yil 33-34 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов