Turli xil gul tipiga mansub sur rangli qo‘zilarining terisida gul uzunligi va kengligi ko‘rsatkichlari

  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
CC BY f
92-93
5
3
Поделиться
Назарова M. (2023). Turli xil gul tipiga mansub sur rangli qo‘zilarining terisida gul uzunligi va kengligi ko‘rsatkichlari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 92–93. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24955
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada turli xil gul tipiga mansub bo‘lgan  sur rangga qo‘zilarni gul uzunligi, kengligi bo‘yicha  farqlanish va o‘zgarishlarga ega bo‘lgan qo‘zilardan olingan ko‘rsatakichlar o‘rganilgan.


background image

92

UOʻK: 636.31

Turli xil gul tipiga mansub sur rangli qo‘zilarining terisida gul uzunligi va kengligi

ko‘rsatkichlari

M.A.Nazarova

-q.x.f.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Annototsiya. Maqolada turli xil gul tipiga mansub bo‘lgan sur rangga qo‘zilarni gul

uzunligi, kengligi bo‘yicha farqlanish va o‘zgarishlarga ega bo‘lgan qo‘zilardan olingan
ko‘rsatakichlar o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: Sur rang, gul tip, rangbaranglik, yassigul, qovurg‘asimon, yarim doira,

gullar eni, uzunligi, jun qoplami

Abstract. In the article, parameters obtained from lambs with differences and changes in

flower length and width of yellow lambs belonging to different.

Key words: color, flower type, variegation, flat flower, ribbet, semicircular, flower width,

length, wool cover.


Kirish.

Qorako‘lchilik chorvachilikning cho‘l hududlarida rivojlanadigan muhim

tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning asosini tashkil etuvchi qorako‘l qo‘y zoti yetishtiriluvchi
mo‘ynabop qorako‘l terilari rang va rangbarangliklarining, gullar hamda jun-tola qoplami sifat
ko‘rsatkichlarining xilma-xilligi bo‘yicha tengsiz hisoblanadi. Zot tarkibida 10 dan ortiq ranglar
mavjud va ularning ichida eng ko‘p sonlilari qora (60%), sur (30%) va ko‘k (8%) rangli
qorako‘l qo‘ylari bo‘lib qolgan 2% qismini oq, guligaz, qambar, zarmalla, xalili, shaturi va
boshqa rangli qo‘ylar tashkil etadi.

Ular orasida sur rangi o‘zining jun qoplami va uchki qismining ochroq bo‘lishi bilan

ajralib turadi va sur qorako‘l terilarning rangbarangligini va xilma-xilligini ta’minlaydi. Sur
terilarning bunday xususiyati ularning yuqori narxda sotilishi va keng iste’mol talabini
belgilaydi.

Shu bilan birga ta’kidlash joizki, yetishtirilayotgan bunday qorako‘l terilari nafaqat sifatiy,

balkim miqdoriy jihatdan ham bozor, ayniqsa tashqi bozor talabini qondira olmayapti, ushbu
tiplardagi qorako‘l qo‘ylarining yuqori mahsuldor genotiplari respublika miqyosida yetarli
emas. Qorako‘lchilikda sur rangli yassigul tipli qorako‘l qo‘ylarining nasliy va mahsuldorlik
ko‘rsatkichlarini o‘rganish, undan sohada qo‘ylarning naslini yaxshilash va sifatli mahsulot
etishtirishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash dolzarb va
muhim muammolardan biri bo‘lib, vazifalarni yechimini topishga muayyan darajada xizmat
qiladi.

Bu yo‘nalishda tanlash ishlari, asosan gullarning tip va shakllari, uzunligi, eni,

mustahkamligi, joylashish rasmi kabi muhim seleksion belgilar bo‘yicha olib boriladi. Ushbu
ko‘rsatkichlar qanchalik yuqori darajada namoyon bo‘lsa qo‘ylarning nasliy qimmatliligi
shunchalik ortadi. Tadqiqotlarda qo‘zilarda ushbu belgilarning namoyon bo‘lish darajalari
o‘rganildi.

Olingan natijalarda turli gul tipiga mansub qo‘zilar gullarining uzunligi va kengligi

bo‘yicha ma’lum farqlanish va o‘zgaruvchanlikka ega. Gullarning uzunligi bo‘yicha olingan
ma’lumotlar ko‘rsatadiki, uzun gulli avlodlar chiqimi bo‘yicha qovurg‘asimon tipli qo‘zilarning
yuqori (62,2±6,83 %) ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich yassi tipli qo‘zilarda ham yetarli
darajada yuqori (58,6±6,22) ekanligi aniqlandi. Yarim doira qalamgul tipli qo‘zilarda uning
52,3±5,98 foizni tashkil etganligi qayd etildi.



background image

93

1-jadval

Turli gul tipiga mansub qo‘zilarning gul uzunligi va kengligi bo‘yicha taqsimlanishi

Gul tipi

n

Gul uzunligi, % (X±Sx)

Gul kengligi, % (X±Sx)

uzun

o‘rta uzun

kalta

mayda

o‘rta

katta

Yassi

62 58,6±6,22 30,1±5,67 14,2±4,42

-

72,4±5,66

x

27,3±5,64

Yarim doira
qalamgul

70 52,3±5,98 35,4±5,66 15,1±4,14 14,6±3,92 72,5±5,41

x

15,1±4,31

Qovurg‘a-
simon

50 62,2±6,83 28,2±6,82 12,4±4,45

-

73,2±6,24

x

25,1±6,26

O‘sikgul

50

-

47,9±7,46 50,2±7,46 18,7±5,70 45,6±7,45 36,4±7,13

X-P<0,05

Bu borada yetarli nasliy qimmatlikni ko‘rsatuvchi gullarning o‘rta uzunligiga ega qo‘zilar

salmog‘i yassi tipida (30,1±5,67) foizni, yarim doira qalamgul tipida 35,4±5,66 foizni,
qovurg‘asimon tipida 28,2±6,82 foizni tashkil etganligi aniqlandi. O‘siqgul tipli qo‘zilar asosan
kalta (50,2±7,46%) va o‘rta uzunlikdagi (47,9±7,46%) gullar bilan xarakterlanishi kuzatildi.
O‘rta uzunlikdagi gullar bo‘yicha birinchi uch tipdagi qo‘zilar ko‘rsatkichining o‘siqgul tipi
ko‘rsatkichidan statistik ishonchli (P<0,05) ustunligi qayd etildi.

Gullarning kengligini o‘rganish natijalari yassi va qovurg‘asimon tiplariga gullarning

o‘rta (72,4-72,5%) va katta (27,3-5,64%) kengligi, yarim doira qalamgul tipiga mayda
(14,6±3,96%) va o‘rta (73,2±6,26%) kengligi, o‘siqgul tipiga qisman mayda (18,7±5,70%),
asosan qovurgʻasimon o‘rta (45,6±7,45%) va katta (36,4±7,13%) kengligi xosligini ko‘rsatdi.
O‘rta kenglikdagi gullar bo‘yicha tahlillar bu ko‘rsatkichning yarim doira qalamgul tipida 5-7
millimetrni, yassi va qovurg‘asimon tiplarida 7-9 millimetrni, o‘siqgul tipida esa 6-9
millimetrni tashkil etganligini ko‘rsatdiki, bu borada yarim doira qalamgul tipi eng optimal,
qolgan tiplar esa nisbatan yirikroq gullar bilan xarakterlanishi aniqlandi.

Xulosa.

Yassi va qovurg‘asimon tipli qo‘ylarni seleksiyalashda gullarning kengligini

biroz ensizlantirishga, ya’ni yarim doira qalamgul tipi ko‘rsatkichi darajasiga yetkazishga
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Базаров С.Р. Селексионно – генетические основы разведения каракулских оветс

в условиях Кызылкумов. Дисс. на соискание учёной степени доктора с/х наук,
Самарканд, 2015, 218 с.

2.

Yusupov S. YU. va boshq. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni

baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent, 2015, 31 bet.

3.

Yusupov S.YU., Gaziev A., Boltaev A., Mamatov B., Hakimov O‘. Eksportbop sur

qoraqo‘l terilar etishtirishni ko‘paytirishda yangi zavod tiplarining ahamiyati. //Zooveterinariya
j. Toshkkent. №7-8, 36-37 b. №9, 32-33 b. 2012.

4.

Газиев А., Юсупов С.Ю., Фазилов У.Т. Селексионные основы повышения

эффективности селексии черных каракулских оветс. //«Чўл-яйлов чорвачилиги ва озуқа
этиштириш муаммолари» ҚЧEИТИнинг 85 йиллигига бағишланган ҳалқаро ил.-амал.
конф. материаллари. Самарқанд. 2015. 51-55.

5.

Mamatov B. Gul tiplari va jun – tola sifatining o‘zaro bog‘liqlik darajalari. “CHo‘l

yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy – amaliy asoslari”
mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. Samarqand, 2019,-48-49 bet.





Библиографические ссылки

Базаров С.Р. Селексионно – генетические основы разведения каракулских оветс в условиях Кызылкумов. Дисс. на соискание учёной степени доктора с/х наук, Самарканд, 2015, 218 с.

Yusupov S. YU. va boshq. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent, 2015, 31 bet.

Yusupov S.YU., Gaziev A., Boltaev A., Mamatov B., Hakimov O‘. Eksportbop sur qoraqo‘l terilar etishtirishni ko‘paytirishda yangi zavod tiplarining ahamiyati. //Zooveterinariya j. Toshkkent. №7-8, 36-37 b. №9, 32-33 b. 2012.

Газиев А., Юсупов С.Ю., Фазилов У.Т. Селексионные основы повышения эффективности селексии черных каракулских оветс. //«Чўл-яйлов чорвачилиги ва озуқа этиштириш муаммолари» ҚЧEИТИнинг 85 йиллигига бағишланган ҳалқаро ил.-амал. конф. материаллари. Самарқанд. 2015. 51-55.

Mamatov B. Gul tiplari va jun – tola sifatining o‘zaro bog‘liqlik darajalari. “CHo‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy – amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. Samarqand, 2019,-48-49 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов