Qo‘ychilikni hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari

  • Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
  • Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
CC BY f
96-100
10
2
Поделиться
Бошмонов, С., Ризаева, Д., & Сулаймонова, М. (2023). Qo‘ychilikni hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 96–100. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/24957
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada qo‘ychilikning halq xo‘jaligidagi ahamiyati,  hozirgi holati,  rivojlantirish istiqbollari, dunyo miqiyosida va mamlakatimizdagi qo‘ylarning bosh soni, shuningdek, qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar taxlil qilingan,  tegishli xulosa va  tavsiyalar berilgan.


background image

96

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Yusupov S.Yu. va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni

baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent 2015 y.

2. Gaziev A., Yusupov S.Yu., Fazilov U.T. Qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksiyasi

samaradorligini oshirish usullari. //Uslubiy ko‘rsatmalar. Samarqand, 2001, 9 b.

3. Газиев А., Юсупов С.Ю., Фазилов У.Т. Селексионные основы повышения

эффективности селексии черных каракулских оветс. //«Чўл-яйлов чорвачилиги ва озуқа
этиштириш муаммолари» ҚЧEИТИнинг 85 йиллигига бағишланган ҳалқаро ил.-амал.
конф. материаллари. Самарқанд. 2015. 51-55.

4. Mamatov B.S., Gaziev A. Sur qorako‘l qo‘zilar jun–tola uzunligining ota – onalar gul

tipi bilan bog‘liqligi. “Cho‘l–yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini
olishning ilmiy amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya materiallari.
Samarqand, 2019. 43-44 bet.


UO‘T:636.32

Qo‘ychilikni hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari

S.Boshmonov., D.T.Rizayeva.,

M.Q.Sulaymonova

Samarqand davlat veterinariya medisinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada qo‘ychilikning halq xo‘jaligidagi ahamiyati, hozirgi

holati, rivojlantirish istiqbollari, dunyo miqiyosida va mamlakatimizdagi qo‘ylarning bosh
soni, shuningdek, qo‘ychilikda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
ishlar taxlil qilingan, tegishli xulosa va tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar: Chorvachilik, qo‘ychilik, otlar bosh soni, oziq-ovqat mahsulotlari,

mahsuldorlik, samaradorlik, qo‘y zotlari, jaydari, hisor, qorako‘l, xom ashyo, go‘sht, jun, teri.

Abstract: This article discusses the importance of sheep breeding in the national

economy, its current state, development prospects, the number of sheep in the world and in our
country, as well as the implementation of increasing production in sheep breeding and
improving quality. manufactured products, analyzed the work done, and gave appropriate
conclusions and recommendations.

Key words: Livestock breeding, sheep breeding, horse population, food products,

productivity, productivity, sheep breeds, Jaidari, Hisar, Karakol, raw materials, meat, wool,
leather.


Kirish.

Qo‘ychilik chorvachilikning eng qadimiy va muhim tarmoqlaridan biri

hisoblanib, asrlar mobaynida kishilik jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin
tutgan. Aholi uchun oziq-ovqat va daromad olishning muhim manbai hisoblangan.

Qo‘ylar chorva hayvonlari orasida eng ko‘p sonlisi bo‘lib, yer yuzining barcha

mintaqalarida tarqalganligi bilan ajralib turadi.

Qo‘ychilik aholini sifatli oziq-ovqat, jumladan go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan

barqaror ta’minlash, sanoatni esa sifatli xom-ashyo hisoblanadigan jun, po‘stinbop, mo‘ynabop
va barra teri bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Keyingi yillarda yer yuzida aholi sonining keskin ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli qo‘ychilik sohasini rivojlantirish,
qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish ilmiy va amaliy jihatdan muhim
ahamiyat kasb etadi.


background image

97

E’tibor beradigan bo‘lsak keyingi yillarda mamlakatimizda sohani rivojlantirishga alohida

ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezideti tomonidan 2019 yil 16 martda qabul
qilingan “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4243-sonli, 2019 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va
Chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254-
sonli, 2019 yil 20 maydagi “Yaylov to‘g‘risida”gi Q-538-sonli qonunlari, 2022 yil 8 fevraldagi
O‘zbekiston Respublikasida Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida PQ-120-son qarorlari bunga
yaqqol misol bo‘ladi. Bu qonun va qarorlar chorva mollari, shu jumladan respublikamizda
qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sohani
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Dunyo mamlakatlarida va malakatimizdagi mavjud qo‘ylar bosh soni dinamikasiga

e’tibor beradigan bo‘lsak, keyingi yillarda ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo‘jligi tashkiloti

(ing. FAO-Food and Agricultural

Organization.) ning ma’lmotlariga ko‘ra dunyo miiyosida qo‘ylar bosh soni 2010 йилда
1076400000 бошни, 2015 йилда 1176900000 2018 yilda 1209500000 boshni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2018 yilda 2015 yilga nisbatan 2,77% ga, 2010 yilga nisbatan esa 12,36 % ga
oshganligini kuzatishimiz mumkin.

1-jadval

Qo‘ychilik rivojlangan mamlakatlardagi qo‘ylar bosh soni, mln bosh

(FAO ma’lumotlari asosida )

Mamlakatlar

Yillar

2010

2015

2018

Avstraliya

68,1

70,9

70,1

Xitoy

134,0

158,5

164,1

Yangi Zelandiya

32,6

29,1

27,3

Hindiston

67,7

62,2

61,7

Eron

47,6

44,7

39,7

Buyuk britaniya

31,1

33,3

33,8

Turkiya

21,8

31,1

33,7

JAR

24,5

23,9

22,5

Pokiston

27,7

29,4

30,5

Rossiya

19,8

22,6

22,3

Ukraina

1,20

0,79

0,73

Qozog‘iston

14,66

15,69

16,42

Qirg‘iziston

4,09

5,06

5,36

Ozarbayjon

7,87

8,02

7,68

Tojikiston

2,62

3,36

3,67

O‘zbekiston

12,08

15,20

17,77

Turkmaniston

13,60

14,00

14,07

Bugungi kunda dunyo mamlakatlari orasida Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Nigeriya,

Sudan, Buyuk Britaniya, Eron, Efiopiya, Chad, Turkiya kabi mamlakatlar qo‘ylar bosh soni
bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Sohada ishlab chiqariladigan mahsulotning 4/3 qismi shu
mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qo‘ychilik iqtisodiy jihatdan chorvachilikning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori

samaradorlikka ega. Yil davomida 11 oygacha yaylovlarda saqlash imkoniyatining mavjudligi,
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni tejash imkonini beradi. Ayni paytda
mamlakatimizda 24 mln boshga yaqin qo‘y va echkilar mavjud bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan


background image

98










background image

99

go‘shtning asosiy qismi shu tarmoqqa to‘g‘ri keladi. Respublikamizda har 100 kishiga to‘g‘ri

keladigan qo‘ylar bosh soni 65 boshni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumolariga

ko‘ra 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda boqilayotgan qo‘y va echkilarning
umumiy bosh soni 23602,5 ming boshdan oshgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 2011 yilga
nisbatan 53,85% ga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat

mavjud. Turli mulkchilik shaklidagi ixtisoslashgan xo‘jaliklardagi mavjud shart-saroit, oziqa
bazasi, tabiiy yaylovlar mavjud qo‘ylar bosh sonini bir necha ko‘paytirish, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini oshirish imkonini beradi.

Buning uchun:

-qo‘ychilikda ozuqa bazasini mustahkamlash hamda ozuqa ishlab chiqarish salohiyatini

oshirish, ozuqabop ekinlar uchun ajratilgan yerlar va mavjud yaylovlardan samarali
foydalanish, ozuqabop ekinlar urug‘chiligini tizimli yo‘lga qo‘yish, mavjud yaylovlarda
cho‘llanish jarayonlarining oldini olish va ularning hosildorligini oshirish, ozuqabop ekin
maydonlari miqdorini ko‘paytirish, ozuqabop ekinlarning hosildorligini oshirish, ozuqalarning
to‘yimliligini oshirish, zaxira sifatida jamg‘ariladigan ozuqalarni asrash va saqlashni to‘g‘ri
tashkil qilish, tabiiy hamda arzon ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish;

- qo‘ychilikda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, barcha toifadagi xo‘jaliklarda

qo‘ylarining naslini yaxshilash, sun’iy urug‘lantirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;

- fermer xo‘jaliklari, naslchilik xo‘jaliklari va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida ishlab

chiqarishni ilm-fan bilan integratsiyalashtirish hamda hamkorlik ishlarini talab darajasida
tashkil etish;

-qo‘ylarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni

ko‘paytirish, bino va inshshotlarni to‘g‘ri loyihalash, qo‘yxonalarda zoogigiyenik meyorlar va
mikroiqlim ko‘rsatkichlarini talab darajasida bo‘lishini ta’minlash;

-infeksion va invazion kasalliklarni oldini olish va davolashni to‘g‘ri tashkil qilish;
-ixtisoslashgan xo‘jaliklarda qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish;
-ishlab chiqarish jarayonlarini to‘liq texnologik tizimga o‘tkazish;
-sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
-mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Bunda soliq imtiyozlari va subsidiyalar

ajratish;

-imtiyozli kreditlash tizimining joriy etish;
-qo‘ychilikni rivojlantirish uchun ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish:
-sohada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish;
-qo‘ychilik sohasida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarni moddiy va ma’naviy jihatdan

qo‘llab quvvatlash ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi.
Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Ерохин А.И., Которев В.И., Ерохин С.А. Овцеводство. Воронеж 2014. 450 стр.

2.

Ризаева, Д. Т., & Бахронов, О. Х. (2021). Качественные показатели шерстного

покрова овец черной окраски в условиях песчаной пустыни.

3.

Усманова М., Худойбердиев, Э., &Ризаева, Д. (2022). Качественные показатели

шерстного покрова каракульских овец. In

Интеллектуальный потенциал молодых ученых

как драйвер развития АПК

(pp. 311-313).

4.

Сатторов, С. Б., Мамаризаев, Н. А., Тухтаев, О. Б., Ризаева, Д. Т., & Махмудов,

М. Х. (2021). Результаты использования баранов-производителей афганской популяции в
Узбекистане.


background image

100

5.

Сулейманова, М. К., &Ризаева, Д. Т. (2022). Молочная продуктивность овец

разных генотипов. In Инновационное развитие продуктивного и непродуктивного
животноводства (pp. 195-199).

6.

Сулейманова, М. К., Ризаева, Д. Т., &Маматов, Д. (2022). Қўзиларни онасини сут

маҳсулдорлигига кўра ўсиш ва ривожланиши. Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti
ilmiy jurnali, 751-753.

7.

Suleymanova, M., Rizayeva, D., &Khuseinova, M. (2023). Genetic Testing of Sheep

for Prolactin (PRL) Gene. International journal of biological engineering and agriculture, 2(6),
74-78.

8.

www. fao.org

9.

www. stat.uz

Библиографические ссылки

Ерохин А.И., Которев В.И., Ерохин С.А. Овцеводство. Воронеж 2014. 450 стр.

Ризаева, Д. Т., & Бахронов, О. Х. (2021). Качественные показатели шерстного покрова овец черной окраски в условиях песчаной пустыни.

Усманова М., Худойбердиев, Э., &Ризаева, Д. (2022). Качественные показатели шерстного покрова каракульских овец. In Интеллектуальный потенциал молодых ученых как драйвер развития АПК (pp. 311-313).

Сатторов, С. Б., Мамаризаев, Н. А., Тухтаев, О. Б., Ризаева, Д. Т., & Махмудов, М. Х. (2021). Результаты использования баранов-производителей афганской популяции в Узбекистане.

Сулейманова, М. К., &Ризаева, Д. Т. (2022). Молочная продуктивность овец разных генотипов. In Инновационное развитие продуктивного и непродуктивного животноводства (pp. 195-199).

Сулейманова, М. К., Ризаева, Д. Т., &Маматов, Д. (2022). Қўзиларни онасини сут маҳсулдорлигига кўра ўсиш ва ривожланиши. Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali, 751-753.

Suleymanova, M., Rizayeva, D., &Khuseinova, M. (2023). Genetic Testing of Sheep for Prolactin (PRL) Gene. International journal of biological engineering and agriculture, 2(6), 74-78.

www. fao.org

www. stat.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов