129
заняло промежуточное положение. Аналогичные данные получены и по группе маток
суровой окраски. У всех групп при отбивке наблюдается снижение среднесточного
прироста, так как в этот период практически заканчивается лактационный период маток
и они переходят на самостоятельное кормление.
Выводы.
Результаты наших исследований показывает, что имеется положительная
корреляция между уровнем молочности маток и живой массой ягнят. Наивысший
уровень живой массы ягнят и наибольший среднесуточный прирост ягнят наблюдался у
маток с молочностью свыше 60 кг. При этом если при рождении по живой массе ягнят
разница была несущественной, то при отбивке наблюдается различия по живой массе
ягнят между группами маток. У всех групп при отбивке наблюдается снижение
среднесточного прироста, так как в этот период практически заканчивается
лактационный период маток и они переходят на самостоятельное кормление.
Использованная литература
1.
Сулейманова М. К., Ризаева, Д. Т. (2022). Молочная продуктивность овец разных
генотипов.
Инновационное
развитие
продуктивного
и
непродуктивного
животноводства (pp. 195-199).
2.
Сулейманова М. К., Ризаева, Д. Т., Маматов Д. (2022). Қўзиларни онасини сут
маҳсулдорлигига кўра ўсиш ва ривожланиши. Agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti
ilmiy jurnali, 751-753.
3.
Suleymanova M., Rizayeva D., Khuseinova M. (2023). Genetic Testing of Sheep for
Prolactin (PRL) Gene. International journal of biological engineering and agriculture, 2(6), 74-
78.
4.
Bobokulovich, B. A., Kasimovna, S. M. (2021). Dairy productivity of sheep of
different genotypes.
5.
Нурмуродов, А., Сулейманова М. (2022). Приспособление для доения
каракульских овец. In Интеллектуальный потенциал молодых ученых как драйвер
развития АПК (pp. 276-279).
UOʻK: 636.295.637,1.
BIR OʻRKACHLI TUYALAR SUT MAXSULDORLIGINING YOSHIGA VA YIL
FASLIGA BOGʻLIQLIGI
A.K.Tleumuratov
-doktorant, q-x.f.d (PhD)
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog’iston Respublikasining qizil-qum sharoitida
bir o’rkachli tuyalarning sut mahsuldorligi yoshi va yil fasllari kesimida keltirilgan.
Kalit soʻzlar: sut mahsuldorligi, fasl, yoshi, konstitutsiya tiplari
Summary. In this article, the milk yield of single-humped camels in the red-sand
conditions of the Republic of Karakalpakstan is presented in terms of age and seasons.
Key words: milk yield, season, age, birth, lactation
Kirish.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikamizda asosan tuyachilik bilan Qoraqolpog’iston
Respublikasining
shimoliy
qizil-kum
xududlarida shug’ullanadi. Hozirgi kunda
Qoraqolpog’iston Respublikasida jami tuyalar bosh soni 4859 ni tashkil qiladi.
Tuyalarning mahsuldorligini takomillashtirish va irsiy imkoniyatlaridan tularoq
foydalanish, maxsuldor liniyalar yaratish, mahsuldorligini oshirishning samarali usullarini
ishlab chiqish muhimdir. Ammo Qoraqolpog’iston Respublikasining tuyachilik soxasida tuyalar
mahsuldorligini oshirish borasidagi ilmiy asoslangan usullar yetarlicha emas.
130
Shu bois Qoraqolpog’iston Respublikasining tuyachilik uchun qulay va maqbul sharoitida
arzon va shifobaxsh tuya sutini, qimmatbaho jun maxsulotlarini va arzon tuya go’shti etishtirish
bugungi kunning kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb masalasi hisoblanadi.
Hozirgi kundagi iqtisodiyotdagi burilishni hisobga olgan holda kam xarajatda ko’proq
mahsulot olish bilan bir qatorda tuyachilikni rivojlantirish mahsulot etishtirishning istiqbolli
texnologiyasini yaratish, tuyalar bosh sonini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashni taqoza
etadi.
Tuyachilik sohasida bir qator olimlar tadqiqotlariga qo’ra Qoraqalpog’istonning qizil-qum
sharoitida bir o’rkachli tuyalardan mahsulot etishtirish samaraliligini tastiqlaydi.
Tadqiqot maqsadi
. Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida bir o’rkachli tuyalar sut
maxsuldorligini oshirish yo’llarini o’rganish va usullar ishlab chikishdir.
Tadqiqot usullari.
Tadqiqotlarda umumiy qabul qilingan zootexnikaviy, biologik va
statistik tahlil qoidalaridan foydalanish kuzda tutilgan.
Tadqiqot natijalari.
Olingan ma’lumotlar tuyachilik sohasida ishlab chiqilgan usul va
amaliy selektsion xarakatlarni Qoraqolpog’iston tuyachilik xo’jaliklarida tadbiq etish,
selektsion-naslchilik ishlarini samarali olib borish imkonini beradi.
Qoraqalpog’istonda tuyachilik sut mahsuldorlik holatining umumiy tahlili shuni
ko’rsatmoqdaki, tuyachilik rivojiga jiddiy to’siq bu Respublikamizning barcha xo’jaliklarida
selektsiya va naslchilik ishlariga e’tiborsizlikdir. Respublikada podalarning sifatini yaxshilash,
o’z vaqtida tanlab olishni tashkil etish va chorva mollarining poda tuzilmasiga rioya qilish,
samarali oziqlantirish, parvarish qilish va urchitish texnologiyalarini joriy etish bo’yicha ishlari
yetarli emasligidir.
Chorvachilikni, shu jumladan tuyalarni muvaffaqiyatli rivojlantirish ilmiy va texnologik
taraqqiyotning mavjud zahiralaridan keng foydalanishni talab qiladi. Ulardan biri hayvonlarni
yoshga qarab o’z vaqtida tanlab olish va podalarning optimal tuzilishiga rioya kilishdir [2].
Tuyalarnin sutkalik laktatsiya davrlari uchun o’rtacha sut mahsuldorligining yoshi,
konstitutsional tiplari bo’yicha nisbiy dinamikasini bilish katta selektsion ahamiyatga ega.
Buning sababi shundaki, laktatsiyaning turli davrlarida sog’ish oraliqlariga qarab avlodlarning
ona-tuyalari bilan yaylovda sarflanadigan vaqti o’zgaradi. Sog’ishning ortishi bilan
avlodlarning yaylovda oziklanish darajasi kamayadi va sog’im soni kamayishi bilan aksincha
oziklanish davri oshadi [1]. Shunday qilib, tuyalarning sut mahsuldorlik darajasi ko’p jihatdan
ularni sog’ish intervaliga bog’liqdir. Sutdorligi kam hayvonlarni ko’proq sog’ish avlodlarining
o’sib-rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlandi; yuqori sutli tuyalarda esa aksincha, tez-
tez sog’ish tovar sutining hajmini oshirishni ta’minlaydi.
Bizning tajribamizda tuyalar o’rtacha sutdorlikka ega bo’lib, sutkasiga 4-5 marta sog’ish
intervaliga ega bo’ldi. Turli yoshdagi bir o’rkachli tuyalarning sutdorligi sog’ish intervaliga va
yoshiga bog’liqligi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Turli yoshdagi bir o’rkachli tuyalarning sutdorligi sog’ish intervaliga va yoshiga
bog’liqligi
1-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko’rsatadiki, 3-tug’im yoshli tuyalar bir sutkada 4-
marta sog’ish imkoni bo’lgan bo’lsa, 5-tug’im yoshli va 7-tug’im yoshli tuyalar sutkasiga 5-
marta sog’ilgan. Shu bilan bir qatorda tug’im yoshi oshgan sari ularning sut mahsuldorligi oshib
borgan. Jami bir sutkada 3-tug’im yoshli tuyalardan sog’ib olingan sutni 100 % deb kabul
Tuyalar
tug’im
yoshi
Bir sutkada sog’ish davri, gr
Jami sog’ilgan
sut miqdori
1
2
3
4
5
X±Sx
3
907±28,5
846±26,5
787±24,7 646±20,3
-
3186±100
5
1203±24,6
1049±21,5 889±18,2 861±17,6 878±18,1
4880±100
7
1230±24,6
1069±21,3 949±19,0 868±17,3 891±17,8
5007±100
131
qilinsa, 5-tug’im yoshli tuyalarda sut miqdori 55,4%-ga teng bo’lgan bo’lsa, 7-tug’im yoshli
tuyalarda 59,5 %-ni tashkil qildi. Xulosa qilib aytsak, tuyalarning tug’im yoshi oshgan sari sut
mahsuldorligi oshib borgan.
Tuyalarning sut mahsuldorligi nafaqat ularning tug’im yoshiga balki, faslga ham bevosita
bog’liqdir. Sababi Qoraqalpog’iston Respublikasining keskin kontinental iqlim sharoitida faqat
sharoitda oziqlanishida ularning sut mahsuldorligiga keskin o’z ta’sirini ko’rsatadi [4].
Bizning tadqiqolarimizda yilning oylar kesimida sut mahsuldorligi o’rganimizda sut
maxsuldorligi ayniqsa kuz oylarida oshganini ko’rish mumkin. Oylar kesimida sut
mahsuldorligi ko’rsatkichlari quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Bir o’rkachli tuyalarning oylar kesimida sut mahsuldorligi
ko’rsatkichlari, litrda
№
Laktatsiya
oylari
Tuyalar tug’im yoshi
3
5
7
X±Sx
C%
X±Sx
C%
X±Sx
C%
1
Aprel
100,1±1,99
6,1
103,3±1,93
5,3
111,7±2,1
6,5
2
May
117,7±2,12
5,5
123,9±2,9
7,2
132,1±2,7
6,2
3
Iyun
140,2±1,83
4,0
147,4±2,08
4,2
154,6±1,7
3,8
4
Iyul
153,6±1,7
3,4
158,5±1,78
3,5
167,3±2,3
4,4
5
Avgust
155,4±1,4
2,5
166,7±2,31
4,4
176,4±2,8
5,3
6
Sentyabr
165,3±2,18
4,1
172,6±2,13
3,6
184,8±2,4
4,3
7
Oktyabr
171,7±3,16
5,7
182,7±2,16
3,7
191,7±2,0
3,4
8
Noyabr
177,0±3,73
6,4
187,2±2,23
3,7
202,4±2,0
3,1
9
Dekabr
180,9±4,27
7,3
183,7±2,43
4,2
184,6±1,6
2,9
10
Yanvar
165,8±3,95
7,3
168,9±3,32
6,1
172,6±1,5
2,7
11
Fevral
157,5±2,86
5,5
158,1±3,71
7,3
158,8±2,9
5,8
12
Mart
144,7±3,05
6,2
146,6±3,94
8,5
144,0±3,37
7,4
13
Aprel
129,3±3,07
7,3
131,7±3,19
7,6
129,5±2,86
6,9
14
May
105,2±2,3
6,5
115,9±2,2
5,9
117,7±2,46
6,5
2-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko’rsatadiki, har uchala tug’im yoshidagi tuyalarning 6
oydan 9 oygacha laktatsiya davrida eng yuqori sut mahsuldorligiga ega bo’lgan. Shu bilan birga
7- tug’im yoshidagi tuyalarda 3-tug’im va 5-tug’im yoshdagilarga nisbatan ustunlikka ega
ekanini ko’rish mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, Qorakalpog’iston Respublikasi keskin iqlim sharioitda
yog’ingarchilik kam bo’lgan yillarda bu ko’rsatkichlar o’zgarishi mumkin. Qizilqumning
shimoliy xududlarida bunday holatlar tez uchrab turadi.
Kuz oylarida ayniqsa, sentyabr’, oktyabr’ va noyabr’ oylarida harorat rejimi va yaylov
o’simliklari holati tuyalarning fiziologik holatini va sut hosil bo’lishining mexanizmiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi va aynan mana shu oylarda sut mahsuldorligi yuqori bo’lganligi qayd qilingan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Qoraqalpog’iston Respublikasi shimoliy xududlarida bahor
oylarida yaylov xosildorligi keskin kamayadi va natijada tuyalar sut mahsuldorligiga sezilarli
darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aynan mana shu oylarda tuyalarni qo’shimcha oziqlantirish
tavsiya etiladi.
Tuyalarning sut mahsuldorligi yaylov hosildorligiga va o’tlash radiusiga bevosita bog’liq
bo’lib, tuyalarning kunlik sut mahsuldorligi dinamikasini nazorat qilish imkoni tug’iladi.
Tuyalar yaylovdan eng yuqori darajada foydalanuvchi qishloq xo’jalik hayvonlari
katoriga kiradi. Tuyalar uchun asosan yantoqli yaylovlarni juda xush ko’rib is’temol qiladi [3].
132
Xulosa.
Tuyalarning tug’im yoshi oshgan sari ularning sut mahsuldorligi oshib borgan.
Jami bir sutkada 3-tug’im yoshli tuyalardan sog’ib olingan sutni 100 % deb kabul qilinsa, 5-
tug’im yoshli tuyalarda sut miqdori 155,4%-ga teng bo’lgan bo’lsa, 5-tug’im yoshli tuyalarda
159,5 %-ni tashkil qildi.
Tuyalarning sut mahsuldorligi ma’lum darajada ularning yaylov tiplariga bog’liq bo’lib,
hayvonlarni saqlash usullariga bog’lik holda, ularni sut mahsuldorligini oshirish borasida
qo’shimcha oziqlantirish zarurdir. Kuz-qish davrida sut mahsuldorligi eng yuqori ko’rsatkichlar
aniqlandi. Shunday qilib, 7-tug’im yoshdagilar uchun yoz va kuz davrlari o’rtasidagi farq kuz
davri foydasiga mos ravishda 25,9 litr, 5 va 3- tug’im uchun 22,1 va 22,3 litrni tashkil etdi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Баймуканов А. Б. Технология доения верблюдитс. // Сб. науч. тр. – Алма-ата,
КазНИИК, 1955. – с. 24-27.
2. Баймуканов, А. Б. К вопросу молочной продуктивности верблюдитс / А.Б.
Баймуканов, Д. Нурмухамбет.ов // Вестник с./н. науки. Алма-Ата, 1969. - № 9. - с. 48-49.
3. Эшмуратова С.Т. Турли технологик асраш шароитида туя сутини этиштириш ва
қайта ишлаш. қ.х.ф.н.Автореферат- Тошкент 2010. б 8-20.
4. Эшмуратова С. Молочная продуктивностъ верблюдов – дромедаров в условиях
Приаралъя // Аграрная наука–селъскому хозяйству: Международная научно –
практическая конферентсия. - Барнаул, 2007. –С. 43-44
5. Лакоза И.И. Исполъзование верблюжъего молока в качестве пищевого продукта.
// Скотоводство. 7. 1931. – 80-84 с.
УЎК: 636.32.081
МАЙДА ШОХЛИ ЧОРВА МОЛЛАРИНИ ОЗИҚЛАНТИРИШДА ДАҒАЛ
ОЗУҚАЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ
Х.Ш.Турсунов
-доцент
1
Ў.Д.Ҳакимов
-докторант
2
Ҳ.Ҳ.Норбоев
-докторант
3
Чирчиқ давлат педагогика университети
1
Қоракўлчилик ва чўл экологияси илмий-тадқиқот институти
2
Чорвачилик ва паррандачилик илмий- тадқиқот институти
3
Аннотация. Ушбу мақолада чорва молларини яйловларда боқиш билан бирга
қўшимча озиқлантириш, маданий яйловларда озуқа етиштириш ва улардан дағал озуқа
тайёрлаш, уларнинг озуқабоплигини ва ҳазм бўлиш коэффицентини ошириш ҳамда тан
нархи арзон маҳсулот етиштириш ҳақида фикр юритилган.
Калит сўзлар. Чорвачилик, ем-хашак, озиқ-овқат, сервитамин озуқалар, кўйчилик,
қоракўлчилик паррандачилик, эчкичилик. интенсивлаштириш, иқтисодий самарадорлик.
Abstract. In this article, it is thought about supplemental feeding of livestock along with
grazing and cultivation of fodder in cultivated pastures and preparation of coarse fodder from
them, increasing their nutritional value and increasing the digestibility coefficient, as well as
producing low-cost products.
Key words. Livestock, fodder, food, cervitamin feeds, sheep breeding, cattle breeding,
poultry breeding, goat breeding. Intensification, economic efficiency.
Кириш
. Чорвачилик қишлоқ хўжалигининг энг муҳим тармоғи бўлиб, халқимизни
озиқ-овқат (гўшт, сут ва сут маҳсулотлари), енгил саноатни (тери, жун ва қоракўл тери ва
бошқа)турли хом ашё билан таъминлашда муҳим аҳамиятга эга.
