Turli etologik tipdagi sigirlarning laktatsiya faoliyati

  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети
  • Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий
CC BY f
296-300
2
1
Поделиться
Суюнова, З., Номозов, М., Боходиров, А., & Раимова, Ф. (2023). Turli etologik tipdagi sigirlarning laktatsiya faoliyati. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 296–300. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25184
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan.


background image

296

UOʻK: 636.22./28.083.

Turli etologik tipdagi sigirlarning laktatsiya faoliyati

Z.Suyunova-

assistent,

M.Nomozov, A.Baxodirov-

magistrantlar

F.Raimova-

tayanch doktorant

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

1

,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali

2


Annotatsiya. Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub

sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida
o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan.

Калитли сўзлар: sigir, golshtin zoti, faoliyat, sutdorlik koeffitsienti, iydirish, ozuqa.
Annotation. The article highlights the results of research work on the study of the

coefficient of milk production and the payment of feed products of first heifers of different
ethological types.

Keywords: Cow, Holstein breed, activity, milk yield coefficient, distribution, feed

Kirish.

Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning laktatsiya faoliyati bilan uzviy bog‘liq

bo‘ladi. Xo‘jalikda sigirlardan foydalanish darajasiga baho berishda sigirlarning sutdorlik
koeffitsienti muhim sanalsa, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini sigirlarning iste’mol qilgan
ozuqasini sut mahsuloti bilan qoplash darajasi belgilaydi.

Ma’lumki, sigirlarda laktatsiyasi davomida sut hosil bo‘lish jarayoni bir xilda kechmaydi.

Agar sigirlar me’yor asosida saqlansa va oziqlantirilsa, tuqqanidan so‘ng ularda sut
mahsuldorligi laktatsiyasini 1-3 oygacha ko‘tarilib boradi. So‘ngra sekinlik bilan pasayishi
kuzatiladi. Sigirlar laktatsiya faoliyati bo‘yicha 4 ta tipga bo‘linadi: 1-tip – yuqori va turg‘un
laktatsiya faoliyatiga mansub sigirlar (bunday sigirlar sog‘lom, organizmida moddalar
almashinuvi jadal kechadi, yuqori mahsuldorlikni namoyon qiladi); 2-tip- bu tipdagi sigirlarda
laktatsiya faoliyati yuqori ammo, turg‘unlik davri qisqa bo‘ladi (konstitutsiya tipi nozik
sigirlar); 3-tip- yuqori ammo, keskin pasayuvchi laktatsiya faoliyatidagi sigirlar (laktatsiya
davomida kam sut beradigan sigirlar); 4-tip- past laktatsiya faoliyatiga mansub sigirlar
(mahsuldorligi past sigirlar) [1, 4].

[2] lar o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida, fe’l-atvor ko‘rsatkichlari bilan sut mahsuldorligi

orasida bevosita bog‘liqlik mavjud ekanligini ta’kidlashadi. Huddi shunday fikrni [3, 5, 6] lar
ham bildirishgan.

Таdqiqot maqsadi.

Yuqorida keltilrigan ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston sharoitida

Golshtin zotli birinchi tug‘imdagi turli etologik tiplarga mansub sigirlarning sutdorlik
koeffitsienti, oylar bo‘yicha laktatsiya faoliyatining kechish jarayoni va sut mahsulotining
ozuqa bilan qoplanishi o‘rganilishi maqsad qilingan.

Tadqiqot uslublari.

Tajribalar Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, “Chortut”

naslchilik fermasida, etologiyasi bo‘yicha turli faollik tipidagi golshtin zotli birinchi tug‘imdagi
sigirlarda o‘tkazildi. Tajriba uchun har guruhga 10 boshdan, fe’l-atvori bo‘yicha uchta; I-o‘ta
faol, II-o‘rta faol va III-sust faol tipdagi sigirlar berkitildi. Sigirlar bir xil saqlash va
oziqlantirish sharoitida asraldi. Tajribadagi sigirlarni etologik ko‘rsatkichlari ularning faollik
tiplari kesimida V.I.Velikjanin uslubi yordamida o‘rganildi (2000). Sigirlarning laktatsiyasi
davomida bergan sut miqdori, har dekadada nazorat sog‘imini tashkil etish orqali aniqlandi.
Sigirlarga sarflangan oziqa miqdori har oyda nazorat oziqlantirish orqali aniqlandi.


background image

297

Laktatsiyaning egri chizig‘i, sutdorlik koeffitsienti, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlari
zootexniyada umumqabul qilingan usullarda o‘rganildi.

Tadqiqot natijalari.

Sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sog‘im miqdori, ularning

mahsuldorligini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Shu maqsadda biz, tajribada sigirlarning
laktatsiya oylari bo‘yicha sut mahsuldorligining o‘zgarishi o‘rgandik (1-jadval).

Fe’l-atvor xususiyatlaridan qat’iy nazar barcha guruhdagi sigirlarda laktatsiyaning

dastlabki II va III oylarida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi.

O‘ta faol tipdagi I guruhdagi sigirlarda eng yuqori oylik sut sog‘imi laktatsiyaning 2-oyida

kuzatilib (790,0 kg), qolgan guruhlarda esa laktatsiyaning 3-oyida sut sog‘imi eng yuqori bo‘ldi
(tegishlicha 714,0 kg va 681,0 kg). Ushbu oylarda birinchi tug‘imdagi sigirlar iydirib sog‘ildi,
ya’ni sut mahsuldorligini oshirishga qaratilgan kompleks zootexnikaviy tadbirlar – sigirlar
yelinini massaj qilish, sutiga qarab avans ozuqa berib borish amalga oshirildi. Bu tadbirlar
sigirlarning laktatsiyaning kelgusi oylarida ham sut mahsuldorligini yuqori bo‘lishini
ta’minladi. Barcha guruhdagi sigirlarda etologik ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar, laktatsiyaning
4-oyidan boshlab laktatsiya oxirigacha sut mahsuldorligining bir tekisda kamayib borishi
kuzatildi.

1-jadval

Tajribadagi sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha

sut mahsuldorligini o‘zgarishi n-10,

(X ±Sx)

Laktatsiya

oylari

Guruhlar

I

II

III

Sut sog‘imi, kg

Sut sog‘imi, kg

Sut sog‘imi, kg

I

740,5 ±10,0

630,0 ±12,1

575,0±9,5

II

790,0±11,5

640,5±10,3

580,0 ±8,2

III

773,5±13,2

714,0±12,2

681,0 ±11,0

IV

723,0±11,0

700,0 ±11,0

669,0 ± 7,9

V

700,0 5±9,6

690,0 ±8,5

657,0 ± 11,0

VI

682,0±11,2

674,0 ±9,2

645,0 ±9,1

VII

660,0±9,8

659,9±7,8

631,0±5,8

VIII

615,0±10,3

640,0±9,3

625,0±6,9

IX

470,0±9,5

500,0 ±8,6

584,0 ±9,4

X

410,5 ±7,9

432,0 ±15,0

465,1 ±6,3

Jami:

6564,5

6284,9

6112,1

Bu sigirlarning navbatdagi urug‘lantirilishi natijasida ularning organizmida sodir bo‘lgan

gormonal o‘zgarishlar va laktatsiya dominantligining susayishi bilan izohlanadi.


background image

298

1-rasm. Etologiyasi bo‘yicha turli faollik tipdagi sigirlarning

laktatsiya oylari bo‘yicha faoliyati

Eng yuqori kunlik sog‘im I guruhdagi fe’l-atvori o‘ta faol bo‘lgan sigirlarda

laktatsiyaning 2-oyida kuzatildi (26,8 kg). Fe’l-atvori o‘rtacha faollikda bo‘lgan II guruhdagi va
sust faol tipdagi III guruhdagi sigirlarda eng yuqori o‘rtacha kunlik sog‘im miqdori
laktatsiyaning III oyiga to‘g‘ri keldi (mos ravishda 23,8 va 22,7 kg). Bunda o‘rtacha eng yuqori
kunlik sog‘im miqdori o‘ta faol tipdagi sigirlarda (I guruh) II guruhdagi sigirlarga nisbatan 3,0
kg yoki 12,6 % ga, III guruhdagi sigirlarga nisbatan esa 4,1 kg yoki 18,0 % ga yuqori bo‘ldi.

Laktatsiyadagi eng yuqori oylik sog‘im miqdori o‘ta faol tipdagi I guruh sigirlarda

laktatsiyaning 2-oyida bo‘lib, bu oylik sog‘im miqdorining 12 % ini tashkil qilgan bo‘lsa, II va
III guruhlarda esa laktatsiyaning 3-oyida mos ravishda 11,3 va 11,1% ni tashkil qildi. Keyingi
oylarda o‘rtacha kunlik va o‘rtacha oylik sog‘im miqdorlari bir tekisda pasayib bordi.

Sigirlardan sut ishlab chiqarishda tana tuzilishi tipi amaliy ahamiyat kasb etadi. Xo‘jalikda

sigirlardan foydalanish darajasining samaradorligini baholashda sutdorlik koeffitsienti muhim
rol o‘ynaydi. Sutdorlik koeffitsienti bu – sigirning har 100 kg tirik vazniga sut mahsuloti ishlab
chiqarishi bilan belgilanadi. Tajribada sigirlarning sutdorlik koeffitsienti aniqlanganda, quyidagi
natijalar olindi (2-jadval).

2-jadval

Tajribadagi sigirlarning sutdorlik koeffitsienti n-10, X±S

X

Guruh-

lar

Sigirlarning

tirik vazni,

kg

Laktatsiyadagi

haqiqiy sut

miqdori, kg

Sutdorlik

koeffitsienti,

kg

Har 100 kg tirik vaznga ishlab

chiqarildi:

4 % li sut

miqdori, kg

Sut yog‘i

chiqimi,

kg

Sut oqsili

chiqimi,

kg

I

586,9±8,02 6564,5±140,7 1118,5±14,0 1104,0 ±6,1 44,2 ±2,34 39,3± 1,18

II

577,6±7,73 6284,9±109,5 1088,1±12,0 1067,4 ±5,2 42,7±1,7

38,0 ± 0,98

III

565,5±7,70 6112,1±111,3 1080,1±11,0 1056,5±5,0 42,2 ±1,5 37,8 ± 0,94

Sutdorlik koeffitsienti barcha tajriba guruhlaridagi sigirlarda yuqori bo‘lishi kuzatildi (2-

jadval). Bu ko‘rsatkichlar sersut tipdagi sigirlarning sutdorlik belgilariga to‘liq mos keladi. Eng
yuqori sutdorlik koeffitsienti I guruhdagi o‘ta faol fe’l-atvor tipidagi sigirlarda bo‘lib, ushbu
guruhdagi sigirlardan har 100 kg tirik vazn hisobiga fizik miqdorida 1118,5 kg sut sog‘ib olindi.
Bu ko‘rsatkich o‘rta faol tipdagi II guruh sigirlarga nisbatan 30,4 kg yoki 2,8 % ga (R<0,05) va
sust faol tipdagi III guruhdagi sigirlarga nisbatan 38,4 kg yoki 3,6 % ga yuqori bo‘ldi. Har 100
kg tirik vazn hisobiga ishlab chiqarilgan 4 % yog‘li sut miqdori I guruhdagi o‘ta faol tipdagi
sigirlarda eng yuqori (1104,0 kg) bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha ushbu guruhdagi sigirlar II
guruhdagi o‘rta faol tipdagi sigirlarga nisbatan 36,6 kg yoki 3,4 % ga, III guruhdagi sust faol
tipdagi sigirlarga nisbatan 47,5 kg yoki 4,5 % ustunlikka erishdi (P<0,05).

Har 100 kg tirik vazn hisobiga olingan sut yog‘ining miqdori bo‘yicha ham I guruhdagi

sigirlar eng yuqori ko‘rsatkichga ega (44,2), bu II guruhdagi sigirlarga nisbatan 1,5 kg yoki 3,5
% ga, III guruhdagi sigirlarga nisbatan 2,0 kg yoki 4,7 % ga yuqori bo‘lgan (P<0,05).

Har 100 kg tirik vazn hisobiga oqsil chiqimi I guruhdagi o‘ta faol fe’l-atvor tipidagi

sigirlarda eng yuqori (39,3 kg) bo‘lib, bu II guruhdagi sigirlar ko‘rsatkichidan 1,5 kg yoki 3,9 %
ga, III guruhdagi sigirlardan esa 1,7 kg yoki 4,5 % ga yuqori demakdir (P<0,05).

Sigirlarning sut mahsuldorligining iqtisodiy samaradorlik darajasini belgilovchi

ko‘rsatkichlaridan biri bu, ozuqani sut mahsuloti bilan qoplash xususiyatidir. Mahsuldor
podalarda bu ko‘rsatkich muhim sanaladi. Podada sigirdan foydalanish samaradorligini
baholashda ushbu ko‘rsatkich amaliy ahamiyat kasb etadi.

3-jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarning iste’mol qilgan ozuqasini sut bilan qoplash

darajasi ko‘rsatkichlari keltirilgan.


background image

299

Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, sut mahsuldorligi yuqori bo‘lgan sigirlarning

oziqani sut bilan qoplash darajasi ham boshqa guruhdagi sigirlarga nisbatan iqtisodiy samarador
bo‘lganligini bildiradi. Sigirlarning sut mahsuldorligi oshib borgan sari sut ishlab chiqarishga
sarflanadigan oziqalar miqdori kamayib boradi degan gepotiza tajribalarda yana bir bor oʻz
tasdig‘ini topdi.

3- jadval

Sigirlardan sut ishlab chiqarishga sarflagan ozuqalar

(1 bosh hisobiga)

Ko‘rsatkichlar

Guruhlar

I

II

III

Laktatsiya davomida har 1 bosh sigirga sarflangan
ozuqa birligi, kg

5071

5071

5071

Laktatsiyadagi sog‘ilgan sut miqdori, kg

6564,5

6284,9

6112,1

4 %-yog‘li sut miqdori, kg

6482,4

6159,2

5974,5

1 kg tabiiy yog‘lilikda sut ishlab chiqarishga
sarflangan ozuqa birligi, kg

0,77

0,81

0,83

1 kg 4 %-yog‘li sut ishlab chiqarishga sarflangan
ozuqa birligi, kg

0,78

0,82

0,85

Har 100 kg ozuqa birligiga ishlab chiqarildi:

Tabiiy yog‘lilikdagi sut, kg

129,4

124,0

120,5

4 % yog‘lilikdagi sut, kg

127,8

121,5

117,8

O‘ta faol etologik tipga mansub birinchi guruhdagi sigirlar 1 kg tabiiy yog‘lilikda sut

ishlab chiqarish uchun II va III guruhlardagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 5,0% va 7,3%
kam ozuqa birligi sarfladi. 1 kg 4% yog‘lilikda sut ishlab chiqarish bo‘yicha bu ko‘rsatkich
tahlil qilinganda, I guruhda II va III guruhlardagi sigirlarga nisbatan kam ozuqa birligi
sarflanganligi aniqlandi. Har 100 kg oziqa birligiga sut mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha
jumladan, tabiiy yog‘lilikdagi sut I guruhdagi sigirlar II va III guruhlardagi sigirlarga nisbatan
tegishli ravishda 5,4 kg (4,4%) va 8,9 kg (7,4%); 4% yog‘li sut bo‘yicha esa mos ravishda 6,3
kg (5,2%) va 10,0 kg (8,5%) ko‘p ishlab chiqarganligi kuzatildi. Shunga yaqin natijalar [1; 77-
78-b.] tajribalarida ham olingan.

Xulosa.

Shunday qilib, turli fe’l-atvor xususiyatlariga ega bo‘lgan sigirlarda

laktatsiyasining dastlabki ikkinchi va uchinchi oyida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori
bo‘lgan. Sigirlarda oylar bo‘yicha sut mahsuldorlikning pasayishida keskinlik kuzatilmadi. Eng
yuqori sutdorlik koeffitsienti I guruhdagi o‘ta faol fe’l-atvor tipidagi sigirlarda bo‘lib, ushbu
guruhdagi sigirlardan har 100 kg tirik vazn hisobiga fizik miqdorida 1118,5 kg sut sog‘ib olindi.
Bu ko‘rsatkich o‘rta faol tipdagi II guruh sigirlarga nisbatan 30,4 kg va sust faol tipdagi III
guruhdagi sigirlarga nisbatan 38,4 kg ga yuqori bo‘ldi. Yuqori mahsuldor sigirlarda oziqani
mahsulot bilan qoplash darajasi ham yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Tajribadagi I guruhda II va III
guruhlardagi sigirlarga nisbatan ozuqani sut bilan qoplash darajasi yuqori bo‘lsada, barcha
guruhdagi sigirlardan sutbop podalarda foydalanish samarali ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

SOG ‘IN SIGIRLAR SUT MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDA RATSION

STRUKTURASINI OPTIMALLASHTIRISH VA QO ‘SHIMCHA OZUQALARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI

XS Mirsaidov, DA Maxammatova, L To'xtayeva… - AGROBIOTEXNOLOGIYA VA

VETERINARIYA …, 2022


background image

300

2.

Бахтияровна, З. Суюнова, С. Кузибаевич Амиров. "Важность показателей

микроклимата на молокозаводе".

Международный журнал инноваций в области

инженерных исследований и технологий

, № 1, 2020, стр. 1-6.

3.

Dilafruz, M., Hasan, M., Bobur, D., &Zulfiya, S. (2023). THE SIGNIFICANCE OF

THE ORGANIZATION OF COWS MILKING IN INCREASING DAIRY PRODUCTIVITY.

4.

Bakhtiyarovna, S. Z., &Kuzibaevich, A. S. The Importance of Microclimate Indicators

in the Dairy.

InternationalJournalofInnovationsinEngineeringResearchandTechnology

, (1), 1-6.

5.

Raimova, F., Yakhaev, B., &Suyunova, Z. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ В РАЦИОНЕ ДОЙНЫХ КОРОВ КОРМОВОЙ ТЫКВЫ СОРТА
СУТОФЕНТОВ, УНИВЕРСАЛЬНОЙ ПРОБИОТИКОВОЙ ДОБАВКИ “ПРОБИОКОРМ”
И ПРЕМИКСА “NOVAMILK”.

Статьи ssuv. uz

,

3

(3).

6.

Yaxyayev, B. S. (2023). GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARGA OZUQAVIY QO

‘SHIMCHALARDAN

FOYDALANISHNING

SAMARADORLIGI.

AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY

JURNALI

, 183-190.

7.

Суюнова, З. Б., Намозов, М., Исломова, Ў., Рахматова, Д., &Эшмўминова, М.

(2023). ГОЛШТИН ЗОТЛИ СИГИРЛАРИНИНГ СУТ МАҲСУЛДОРЛИГИНИ
ОШИРИШДА ЭТОЛОГИК КЎРСАТКИЧЛАРГА БОҒЛИҚЛИГИ.

AMALIY VA TIBBIYOT

FANLARI ILMIY JURNALI

, 137-143.

6. Нендисса Д. Р., Алимгожаевич И. К., Сапаев И. Б., Каримбаевна Т. М.,

Бахтияровна С. З., Абдулла Д., ... и Шарифовна А. Г. (2023). Устойчивый выпас скота в
Казахстане, практика, проблемы и экологические соображения.

Caspian Journal of

Environmental Sciences

,

21

(4), 977-988


UOʻK: 636.085:637.11

TAJRIBA GURUHLARIDAGI SIGIRLARNING KLINIK KOʻRSATKICHLARI

R.G.Pardayev, U.T.Raximov, A.B.Tuygunov

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli seleksiyaga mansub qora-ola zotli sigirlarning fasllar

kesimida klinik koʻrsatkichlari (tana harorati, yurak urushi va nafas olishi) to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Fasl, klinik koʻrsatkich, qora ola, tana harorati, yurak urushi, nafas olishi.
Summary. This article presents clinical parameters (data on div temperature, heart rate

and respiration) of black-and-white cows of different selections.

Key words: Season, clinical indicator, black spot, div temperature, heart rate,

breathing.


Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son

“Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi, 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi, 2020-yil
29-yanvardagi PQ-4576-son “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2022-yil 8-fevraldagi

PQ-120-son “O‘zbekiston

Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlartirish bo‘yicha 2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli
me’yoriy huquqiy hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda olib borilayotgan
ilmiy-tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi.

Библиографические ссылки

SOG ‘IN SIGIRLAR SUT MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDA RATSION STRUKTURASINI OPTIMALLASHTIRISH VA QO ‘SHIMCHA OZUQALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

XS Mirsaidov, DA Maxammatova, L To'xtayeva… - AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA …, 2022

Бахтияровна, З. Суюнова, С. Кузибаевич Амиров. "Важность показателей микроклимата на молокозаводе". Международный журнал инноваций в области инженерных исследований и технологий, № 1, 2020, стр. 1-6.

Dilafruz, M., Hasan, M., Bobur, D., &Zulfiya, S. (2023). THE SIGNIFICANCE OF THE ORGANIZATION OF COWS MILKING IN INCREASING DAIRY PRODUCTIVITY.

Bakhtiyarovna, S. Z., &Kuzibaevich, A. S. The Importance of Microclimate Indicators in the Dairy. InternationalJournalofInnovationsinEngineeringResearchandTechnology, (1), 1-6.

Raimova, F., Yakhaev, B., &Suyunova, Z. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ В РАЦИОНЕ ДОЙНЫХ КОРОВ КОРМОВОЙ ТЫКВЫ СОРТА СУТОФЕНТОВ, УНИВЕРСАЛЬНОЙ ПРОБИОТИКОВОЙ ДОБАВКИ “ПРОБИОКОРМ” И ПРЕМИКСА “NOVAMILK”. Статьи ssuv. uz, 3(3).

Yaxyayev, B. S. (2023). GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARGA OZUQAVIY QO ‘SHIMCHALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 183-190.

Суюнова, З. Б., Намозов, М., Исломова, Ў., Рахматова, Д., &Эшмўминова, М. (2023). ГОЛШТИН ЗОТЛИ СИГИРЛАРИНИНГ СУТ МАҲСУЛДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА ЭТОЛОГИК КЎРСАТКИЧЛАРГА БОҒЛИҚЛИГИ. AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI, 137-143.

Нендисса Д. Р., Алимгожаевич И. К., Сапаев И. Б., Каримбаевна Т. М., Бахтияровна С. З., Абдулла Д., ... и Шарифовна А. Г. (2023). Устойчивый выпас скота в Казахстане, практика, проблемы и экологические соображения. Caspian Journal of Environmental Sciences, 21(4), 977-988

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов