Choʻl osimliklarini shoʻrlanishni oldini olishdagi ahamiyati

CC BY f
257-259
8
2
Поделиться
Ортиков, Л., & Орипов, Э. (2023). Choʻl osimliklarini shoʻrlanishni oldini olishdagi ahamiyati. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 257–259. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/problems-desert-husbandry/article/view/25259
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada cho’l o’simlilar bioekologiyasi, cho’lda o’suvchi o’simliklarning biologik moslanishlari, cho’l o’simliklarning yem –hashak xususiyatlari va ozuqabopligi dala sharoitida tajribada o’rganish.


background image

257

4. Котов П.Ф., Иванов Н.Н. и Кондаков Н.А. Многолетние травы. В кн.: Резервы

укрепления кормовой базы. Воронеж. 1966.

5. Лукина Н.И. Образцы люцерны, перспективные для селекции на качество. Ж.

Селекция и семеноводство. Москва, № 1, 1992: с.40-42.

6. Рашидов Т.Р., Сыдык-Ходжаев Р.Т., Аллакулиев Б.Ж. Беда селекцияси ва

уруғчилиги. ЎзР “Фан” нашриѐти, Тошкент, 2010: 150 в. (монография).


UOʻK: 675.68.678

CHOʻL OSIMLIKLARINI SHOʻRLANISHNI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI

L.S.Ortiqova

-dotsent,

E.R.Oripova-

magistr

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada cho’l o’simlilar bioekologiyasi, cho’lda o’suvchi

o’simliklarning biologik moslanishlari, cho’l o’simliklarning yem –hashak xususiyatlari va
ozuqabopligi dala sharoitida tajribada o’rganish.

Kalit so’zlar:

cho’l, cho’llanish, o’simlik, yem- hashak, urug’, tur, turkum

Abstract.

In this article, bioecology of desert plants, biological adaptations of desert

plants, forage and nutritional properties of desert plants are studied in field conditions.

Key words

: desert, desertification, plant, fodder, seed, species, genus

Oʻzbekistonda bugungi vaqtda choʻl hududlarini rivojlantirish, undagi tabiiy resurslardan

to`gri, oqilona va samarali foydalanish maqsadi qo`yilgan ekan, cho`l geo majmualarining
mavjud imkoniyatlarini taxlil qilish va baxolash, dolzarb muammolarni aniqlash va ularni ilmiy
va amaliy asosda xal etish yo`llarini ishlab chiqish muhumdir. Shuning uchun xam
mamlakatimiz cho`l xududlarini geografik nuqtai nazardan tatqiq etish muhum masalalardan
biri xisoblanadi. Hozirgi ekologiya va kamayib borayotganligi muammosi jiddiy tus olgan ayni
paytda cho„l hududining tabiiy resurslari bo„lmish tuproq va o„simliklarni ham kerakli
turlaridan unumli foydalanish, iloji boricha uni manzarali tarzda qo„llash ayni muddao bo„lar
edi.

Hozirgi kunda dunyoning 75 mamlakatning cho„l mintaqasida iqlim sharoitlarni keskin

o„zgarishi oqibatida qumli cho„llarni degradatsiyaga uchrashi hamda tuproqlarni sho„rlanish
darajasi ortib, minglab gektar maydonlarning ekologik holati yomonlashiga olib kelmoqda.
Birgina Afrika va Janubiy Osiyodagi mamlakatlarda 183 mln gektar maydon turli darajada
sho„rlangan. Bundan tashqari, cho„l mintaqasi yaylovlaridan tartibsiz foydalanish natijasida
o„simlik qoplamining muhim ozuqabop turlari kamayib, payhon bo„lmoqda, ularning
hosildorligi hamda biologik xilma-xilligi pasaymoqda. Dunyo cho„l mintaqasidagi qishloq
xo„jaligi amaliyotida galofitlardan keng foydalanishda, degradatsiyaga uchragan cho„l yaylov
maydonlarini qayta tiklash hamda istiqbolli, yuqori oqsilli galofitlarni tanlab yetishtirishdan
iborat. Iqlimning global o„zgarishida galofitlarning tabiiy florasidan foydalanish, ularni
genplazma asosida tanlash, kolleksiyasini shakllantirish, kolleksion namunalarni baholash
hamda galofit buta, yarim buta va o„tchil ekotip, mahsuldorlik va ekologik chidamli bo„lgan
turlarni tanlash, ularni yetishtirishning yuqori samarali texnologiyasini qo„llash orqali
o„simliklarning ozuqabopligiga erishish mumkin. Respublikamizda keyingi yillarda Qizilqum
cho„lining sho„rlangan tuproqlari holatini yaxshilash va shu mintaqaga mos, chorvachilik uchun
yuqori ozuqabop fitomassa (pichan) to„plashga qodir, yangi to„yimli galofit turlarini tanlash
hamda ularni yetishtirish agrotexnologiyalarini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy
izlanishlar dolzarb bo„lib hisoblanadi. Aholining go„sht va go„sht mahsulotlariga bo„lgan
talabini qondirishda har yili chorva bosh sonini oshirish zarur. Biroq, ozuqa yetishmasligiga


background image

258

barham bermay turib, ushbu masalani hal qilib bo„lmaydi. Yaqin yillargacha chorvachilikning
rivojlanishi o„zlashtirilmagan yaylovlarni o„zlashtirish hisobiga bo„lgan bo„lsa, endi buning iloji
yo„q. Bir qator olimlarning fikricha (Noviskiy, 2017; Raximov va boshqalar, 2011), mazkur
yaylovlarda o„simliklar qoplamini boyitish, yangilash, ularni kengaytirish evaziga
chorvachilikni rivojlantirish hisoblanadi. Hozirgi kunda O„zbekiston florasi yangi yem-xashak,
ozuqabop, manzarali o„simliklar introduksiyasi tufayli boyitilib, o„simlik turlarining umumiy
soni 4500 tadan oshib ketdi. Mazkur turlardan to„yimlilik va yeyilish (iste‟mol qilinishi)
xususiyatiga ega bo„lgan va chorva mollar tomonidan yeyilishi uchun yaroqli hisoblangan
turlarni yetishtirib, yem-xashak muammosini bartaraf etish va ozuqabop ekinlar hosildorligini
kamida 6-7 tonna ozuqa birligiga yetkazish ta‟minlanishi kerak (Umirzoqov, 2017). Jahonda
2000-2500 turdan ortiq galofit o„simliklar mavjud bo„lib, Markaziy Osiyo tabiiy florasida
ularning 700 turdan ortig„i qayd qilingan (Akjigitova, 1982). Dunyo florasida galofitlarning 120
oila, 550 turkum, 2000 dan ortiq turi mavjud bo„lib, eng ko„p turdagi galofitlar asosan 10 ta
oilaga – Chenopodiaceae (370 tur), Poaceae (137 tur), Asteraceae (69 tur), Plumbaginaceae (57
tur), Aizoaceae (53 tur), Cyperaceae (49 tur), Papilionaceae (46 tur), Tamariceae (46 tur),
Areaceae (28 tur), Zygophylluceae (27 tur)taalluqli (Shamsutdinov, 2006). Cho„l mintaqasi
o„simlik qoplami hayotiy formalar va turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Masalan,
Mavlyanovning (1973) olib borgan tadqiqotlariga ko„ra, Qarnabcho„l florasida 238 tur gulli
o„simliklar qayd etilgan. Bu o„simlik turlari 138 turkumga mansub bo„lib, shulardan 216 turi
o„tchil o„simliklar (90,8%), 12 turi yarim butalar (5,0%) va 10 turi (4,2%) buta o„simliklardir.
Yaylov ekotizimida bir yilda o„sadigan o„simliklar massasidan to„liq foydalanish mumkin
emas, bunda yaylov ekotizimining barqarorligi buziladi (Boboqulov, Ismailov va boshqalar,
2011). O„rta Osiyo sharoitida yaylovlarda o„sadigan o„simliklar fitomassasidan bir yilda 60-
70%gacha foydalanish mumkin (Ismailov va boshqalar, 2011). Sho„rlangan maydonlarning
meliorativ holatini yaxshilash respublikamiz dehqonchiligi uchun dolzarb muammo bo„lib, uni
ijobiy hal qilishda galofit o„simliklar muhim o„rin tutadi. Chunki galofit o„simliklarning
hujayralaridagi osmotik bosimning (50-80 atm) yuqoriligi sho„r suvda erigan mineral
moddalarni o„zlashtirib olish imkonini beradi (Ubaydullaev, 2006). Yaylov chorvachiligi
rivojlangan mamlakatlarda – Xitoy, Mo„g„iliston, Avstarliya, AQSh, Jazoir, Misr, Tunis, Kichik
va O„rta Osiyo, Qozog„iston mamlakatlarida sassiq sho„ra-Salsola soryosma, ilmoq sho„ra -
Bassia hyssopoides, itsegek-Anabasis brevifolia, izen-Kochia prostrata, chumchuq sho„ra-
Salsola passeriana, Avstraliyada tarqalgan buta shaklidagi ko„p yillik olabuta turlarining
ozuqaviy ahamiyatlari juda katta (Shegay, 1973; Shoaib Ismail, 2006). Yuqorida keltirilgan
ilmiy manbalar tahlilidan ma‟lum bo„lishicha, sho„rlangan yaylovlar holatini yaxshilash
borasida ularning botanik tarkibini boyitish, istiqbolli cho„l ozuqabop turlardan foydalanish,
boshqa ekologik muhitlardan farq qiluvchi fitomeliorant o„simlik turlarini tanlash va tegishli
samara beruvchi tadbirlar tizimini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Xulosa.

Sho'rlanish yuqori sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash jarayoniga

jiddiy xavf tug‟diradi. Butun dunyo bo'ylab sho‟rlanish o‟simliklar hosildorligini kamaytiruvchi
asosiy omil bo'lib, iqtisodiy va ekologik rivojlanishga to'sqinlik qiladi; sho'rlanish natijasida
yuzaga keladigan iqtisodiy ta'sirlar asosan tuproq hosildorligining pasayishi bilan bog'liq.
Tuproqning sho'rlanishi dunyoning katta hududlarida tuproq degradatsiyasi yuzaga keltiradigan
asosiy tahdidlaridan biridir. Bu salbiy ta‟sir tuproqning ko'plab ekologik va noekologik
xususiyatlarida kuzatilishi mumkin. Ekinlarning sho'rlanishga chidamliligini yaxshilash uchun
turli xil tadbirlar qo‟llash mumkin, jumladan ionlarni chiqarib tashlash, osmotik bardoshlik va
to'qimalarga bardoshlik kiradi. O'simliklardagi tuzga chidamlilik o'simlik rivojlanishiga ta‟siri,
osmotik moslashuv va suv ta‟siridagi o'zgarishlar kabi funksional va strukturaviy
moslashuvlarning ishtiroki bilan izohlanishi mumkin. Tajribalar T. tetragonioides tuproq
sho‟rlanishini kamaytiruvchi xususiyatiga ega tur ekanligini ko'rsatdi. Sho‟rga chidamli
ekinlarni yetishtirish sho‟rlangan tuproqlarda yaxshi natija beradi. Issiqxonada o‟simliklarni


background image

259

yetishtirishda tuproqdagi foydali ozuqa moddalarining yuqori o'zlashtirilishi, barqaror iqlim
sharoiti, tabiiy yog'ingarchilikni salbiy ta‟sirini yo‟qligi va tuz to'planishini nazorat qilish bilan
ajralib turadi. Issiqxona sanoatida tuproqdagi ozuqa moddalari mavjudligini va sho'rlanish
holatini aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Portulak (Portulaca oleracea L.) koʻp miqdorda
foydali antioksidant vitaminlar va minerallarni oʻz ichiga olgan tuzga chidamli bir yillik
oʻsimlik hisoblanadi. Shorlanish portulakning o'sishi va mineral tarkibiga ta'siri (P. oleracea L.)
oʻrganilgan. P. oleracea sho'rlanishga chidamli, ionlarni (400–500 kg ga - 1 NaCl)
kamaytirishga qodir va sho'rlanish darajasi yuqori bo'lgan tuproqda o'stirilishi mumkin. Ildiz
zonasidagi sho'rlanish holati o'simliklarning tuproqdan namlikni soʻrib olishiga to'sqinlik qiladi,
chunki tuproq suvida osmotik potensial rivojlanishi, tuzlarning mavjudligi tufayli o'simliklarda
kechadigan transpiratsiyani kamaytiradi va shu bilan hosildorlikka ta'sir qiladi. Shu sababli,
ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi sho'rlangan tuproqlarda galofit turlarining samaradorligini
baholash - sho'rlanishning o'simliklarning o'sishi va biomassasiga ta'sirini, shuningdek,
shoʻrlanish kamaytirish qobiliyatini tahlil qilishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Акжигитова Н.И. Галофитная растительность Средней Азии и еѐ индекатсионные

свойства. –Ташкент, “Фан”, 1982.C.

2.

Boboqulov N.A., Ismailov M.Sh., Popova V.V., Aripov U.X. va boshq. Qorako„l

qo„ylarni oziqlantirishning samarali, resurslarni tejovchi texnologiyasi.–Samarqand, 2011. B

3.

Исмаилов М.Ш., Бобоқулов Н.А., Абдурахмонов А.К. Уровен кормления

молодняка каракульских овес. //Республика чорвачилигини ривожлантириш ва соҳада
озуқа базасини мустаҳкамлашнинг устувор вазифалари. Илмий-амалий конференсия. –
Тошкент, 2011. –Б. 49-52

4.

Рахимов Т.Б., Бобоқулов Н.А., Попова В.В. Пастбищное кормление и подкормка

при разном физиологическом состоянии каракульских овец //Республика чорвачилигини
ривожлантириш ва соҳада озуқа базасини мустаҳкамлашнинг устувор вазифалари.
Илмий-амалий конференсия. –Тошкент, 2011. –Б. 72-75.

5.

Ubaydullaev Sh.R. Sho„rlangan yerlarni biomelioratsiyalashda galofit o„simliklarning

o„rni //O„zbekiston janubida fermerlikni rivojlantirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi ma‟ruzalar to„plami. –Qarshi, 2006. –B. 13-14.

6. Umirzoqov A.U. Yangi yem-xashak ekinlari yetishtirishning ilmiy asoslari

/Monografiya. –Samarqand, 2017. 232.


УДК: 631.352

ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ ПУСТЫННЫХ ПАСТБИЩ

С.И. Мамаджанов-

к.т.н., доцент

1

С.А.Хазиев-

базовый докторант

Ташкентского филиала Самаркандского Государственного Университета

ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

1

Научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства

2

salavattabi@mail.ru

Аннотация.

В статье представлен обзор по заготовке грубых кормов на сено для

не выпасного сурового зимнего периода каракульским овцам, а также анализ
проводимых исследований по укосу стеблей пустынно-кормовых растений и оценке
показателя «качества среза» являющимся как одним из основных оценочных критерий
при испытании экспериментального лезвия ножа роторного режущего барабана
косилки-копнителя. Повреждения растений чревато с их гибелью, что пагубно
отражается на экологию, так как это приводит к деградации пастбищ.

Библиографические ссылки

Акжигитова Н.И. Галофитная растительность Средней Азии и её индекатсионные свойства. –Ташкент, “Фан”, 1982.C.

Boboqulov N.A., Ismailov M.Sh., Popova V.V., Aripov U.X. va boshq. Qorako‘l qo‘ylarni oziqlantirishning samarali, resurslarni tejovchi texnologiyasi.–Samarqand, 2011. B

Исмаилов М.Ш., Бобоқулов Н.А., Абдурахмонов А.К. Уровен кормления молодняка каракульских овес. //Республика чорвачилигини ривожлантириш ва соҳада озуқа базасини мустаҳкамлашнинг устувор вазифалари. Илмий-амалий конференсия. –Тошкент, 2011. –Б. 49-52

Рахимов Т.Б., Бобоқулов Н.А., Попова В.В. Пастбищное кормление и подкормка при разном физиологическом состоянии каракульских овец //Республика чорвачилигини ривожлантириш ва соҳада озуқа базасини мустаҳкамлашнинг устувор вазифалари. Илмий-амалий конференсия. –Тошкент, 2011. –Б. 72-75.

Ubaydullaev Sh.R. Sho‘rlangan yerlarni biomelioratsiyalashda galofit o‘simliklarning o‘rni //O‘zbekiston janubida fermerlikni rivojlantirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ma’ruzalar to‘plami. –Qarshi, 2006. –B. 13-14.

Umirzoqov A.U. Yangi yem-xashak ekinlari yetishtirishning ilmiy asoslari /Monografiya. –Samarqand, 2017. 232.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов