Quturish kasalligini oldini olish va kasallik bo‘yicha aholi savodxonligini oshirish

Annotasiya

Quturish kasalligi bilan bog'liq murojaatlarning ko'pligi. Tumanda vctcrinariya xizmati bilan birgalikda xonaki itlarni ro'yxatga olish, chiplashtirish va quturishga qarshi 95% dan kam bo'lmagan xolda cmlash, aholi o‘rtasida daydi itlardan zararlanishdan so'ng tibbiy hizmatga inurojaat qilish va cinlanish jarayonini sifatli o'tkazilishini ta’minlash.

  • Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
CC BY f
29
34

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Roziqov, U. (2024). Quturish kasalligini oldini olish va kasallik bo‘yicha aholi savodxonligini oshirish . Современник аспекти паразитологии и актуальные проблемы кишечных инфекций, 1(1), 29. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-intestinal-infections/article/view/32466
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Quturish kasalligi bilan bog'liq murojaatlarning ko'pligi. Tumanda vctcrinariya xizmati bilan birgalikda xonaki itlarni ro'yxatga olish, chiplashtirish va quturishga qarshi 95% dan kam bo'lmagan xolda cmlash, aholi o‘rtasida daydi itlardan zararlanishdan so'ng tibbiy hizmatga inurojaat qilish va cinlanish jarayonini sifatli o'tkazilishini ta’minlash.


background image

СБОРНИК ТЕЗИСОВ

5

QUTURISH KASALLIGINI OLDINI OLISH VA KASALLIK BO‘YICHA AHOLI

SAVODXONLIGINI OSHIRISH

Roziqov Ubaydullo Alisher o‘g‘li

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar

kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Dolzarbligi:

Quturish kasalligi bilan bog‘liq murojaatlarning ko‘pligi. Tumanda veterinariya xizmati

bilan birgalikda xonaki itlarni ro‘yxatga olish, chiplashtirish va quturishga qarshi 95% dan kam
bo‘lmagan xolda emlash, aholi o‘rtasida daydi itlardan zararlanishdan so‘ng

tibbiy hizmatga murojaat qilish va emlanish jarayonini sifatli o‘tkazilishini ta’minlash.

Maqsad:

Quturish kasalligini keng tarqalishini oldini olish, quturish bo‘yicha aholi o‘rtasida tibbiy

ma’daniyatni oshirish.

JSST ning ma’lumotlariga ko‘ra quturish: birdan bir yo‘li vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan,

markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi, zoonoz, virusli o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Klinik alomatlar
paydo bo‘lganda, quturish 100% o‘limga olib keladi. 99% hollarda quturgan xonaki itlar virusni
odamlarga yuqtiradi. Odamlar va hayvonlarga so‘lak orqali, odatda tishlash, tirnash yoki shilliq qavat
bilan bevosita aloqa qilish (masalan, ko‘zlar, og‘iz yoki ochiq yaralar) orqali yuqadi. Surxondaryoda
chorvachilik, tog‘-kon sanoati, o‘rmon xo‘jaliklari jadallik bilan rivojlanishi barobarida ushbu
yo‘nalishlar bilan bog‘liq kasalliklar ham keng tarqalmoqda. Daydi itlarning ko‘payishi va axolini
tishlashi oqibatida quturish kasalligiga gumon qilingan murojaatlar soni ham parallel ravishda ortib
bormoqda. Jumladan, Sherobod tuman SEO va JSB ning O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar haqidagi 2022-
2023 yilgi hisobotlari shuni ko‘rsatmoqdaki tumanda 2022-yilda antirabik yordamga 516 ta murojaat
kelib tushgan bu ko‘rsatgich 2023 yilda 583 taga yetgan. Murojaat qilganlarning 2022-yilda 254 (49.2%)
2023-yilda 309 (53%) nafari 18 yoshga yetmagan bolalar ekanligi qayt etilgan. Quturish kasalligi
ro‘yxatga olinmasada antirabik yordamga murojaat qilganlarning barchasiga shartli (2022-yilda 462,
2023-yilda 525 ta) va to‘liq (2022-yilda 54, 2023- yilda 58 ta) emlashlar o‘tkazilgan deb xisobot berilgan.
Ammo tumandagi axoli soni, geografik joylashuvi, qishloqda yashaydigan axoli soni hisobga olinsa
tabiiy ravishda bu ko’rsatgichlar nisbiy va ishonchsiz hisoblanadi. Olingan ma‘lumotlarga asoslanib
shuni aytish mumkinki tumanda antirabik yordamga murojaatlar ortgan (10.2%ga). Murojaat qilganlar
orasida 18 yoshga yetmagan bolalar xam ortgan (3.8%ga). Bundan kelib chiqadiki tumanda quturish
kasalligini oldini olish ishlari sust olib borilmoqda va bolalarga kasallik xaqida yetarli ma’lumot
berilmayapti. Shularni inobatga olgan xolda tumanda quyidagi ishlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:

1.

Quturishga qarshi profilaktik maqsadda qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari, o‘rmon

xo‘jaligi xodimlari hamda ixtisoslashtirilgan ovchilik brigadalarining ovchilariga antirabik

vaksinalarning ishlatish bo‘yicha Yo‘riqnomasi asosida emlash o‘tkazish.

2.

Turkiya tajribasi asosida itlarni chiplashtirish (itlarni emlab, emlanganligini bildiruvchi maxsus

chip taqish).

3.

Ta’lim muassasalarida, ijtimoiy tarmoqlarda quturish kasalligi bo‘yicha ijtimoiy roliklarni keng

targ‘ib qilish.

4.

Tumanda emlash brigadalari maxallalarda uyma-uy yurib quturish bo‘yicha monitoring o‘tkazishi.

It tishlagan lekin ro‘yxatga olinmagan real axoli qatlamini aniqlash.

5.

“Quturish kasalligini oldini olish” xaftaliklarini o‘tkazish.

6.

It tishlaganda darxol eng yaqin poliklinikaga murojaat qilish orqali quturish kasalligini “yomon

ko‘rsatkichlar” ni eng kam miqdorgacha tushirishga erishish mumkin.

7.

Endemik xududlarda yuqumli kasalliklar bo'yicha “Call markaz” tashkil qilish.

Аdabiyotlar ro'yxati

1.

Ulmasova, S. I., et al. "MODERN FEATURES OF EPIZOOTOLOGY AND EPIDEMIOLOGY
RABIES INFECTION." Новый день в медицине 1 (2021): 99-103.

2.

Густоварова, Т. А., Шарапова, Г. М., Иванян, А. Н., & Новикова, О. В. (2010). Особенности
течения беременности и родов у женщин-переселенцев Калининградской области. Вестник
Смоленской государственной медицинской академии, (4), 16-18.

Bibliografik manbalar

Ulmasova, S. I., ct al. "MODERN FEATURES OF EPIZOOTOLOGY AND EPIDEMIOLOGY RABIES INFECTION." Новый день в медицине 1 (2021): 99-103.

Густоварова, Т. А., Шарапова, Г. М., Иванян, А. Н., & Новикова, О. В. (2010). Особенности течения беременности и родов у женщин-переселенцев Калининградской области. Вестник Смоленской государственной медицинской академии, (4), 16-18.