Bolalarda neyroinfektsiyadan keyin kelib chiqadigan nogironlikning tibbiy jihatlarini tahlil qilish

Annotasiya

Bolalar nogironligi asosan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatlar, fan va texnika yutuqlari bilan oldindan bclgilanadi. Bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha davlat tizimlarining faoliyati, shuningdek, bcmorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy xizmat va sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy yordam ko'rsatishda xususiylashtirilgan tibbiyotni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Sogliqni saqlash tizimida nogiron bolalarga g'amxo'rlik qilish, shuningdek, bolalar nogironligining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralari muhim o'rinni egallaydi.

  • Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
  • Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
CC BY f
32-33
33

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Rizayev, J., & Ergasheva, M. (2024). Bolalarda neyroinfektsiyadan keyin kelib chiqadigan nogironlikning tibbiy jihatlarini tahlil qilish . Современник аспекти паразитологии и актуальные проблемы кишечных инфекций, 1(1), 32–33. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/problems-intestinal-infections/article/view/32469
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bolalar nogironligi asosan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatlar, fan va texnika yutuqlari bilan oldindan bclgilanadi. Bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha davlat tizimlarining faoliyati, shuningdek, bcmorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy xizmat va sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tibbiy yordam ko'rsatishda xususiylashtirilgan tibbiyotni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Sogliqni saqlash tizimida nogiron bolalarga g'amxo'rlik qilish, shuningdek, bolalar nogironligining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralari muhim o'rinni egallaydi.


background image

СБОРНИК ТЕЗИСОВ

5

BOLALARDA NEYROINFEKTSIYADAN KEYIN KELIB CHIQADIGAN

NOGIRONLIKNING TIBBIY JIHATLARINI TAHLIL QILISH

Rizayev J. A., Ergasheva M. Ya.

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston

Bolalar nogironligi asosan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatlar, fan va texnika yutuqlari bilan

oldindan belgilanadi. Bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha davlat tizimlarining faoliyati,
shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tibbiy xizmat va sog'liqni saqlash
tizimidagi islohotlar, tibbiy yordam ko'rsatishda xususiylashtirilgan tibbiyotni joriy etish muhim
ahamiyatga ega. Sogliqni saqlash tizimida nogiron bolalarga g'amxo'rlik qilish, shuningdek, bolalar
nogironligining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralari muhim o'rinni egallaydi.

Bolalar populyatsiyasidagi nogironlik tarkibida ruhiy kasalliklar, markaziy va periferik asab

tizimining patologiyasi, tug'ma nuqsonlar etakchi o'rinni egallaydi, bu bolalar nogironligini keltirib
chiqaradigan barcha patologik holatlarning 2/3 qismini tashkil qiladi.

Neyroinfektsiyalar

bolalarning

yuqumli

kasalliklari

orasida

muhim

ahamiyatga

ega.

Neyroinfektsiyalarning qoldiq davrida bolalarning yarmida doimiy organik alomatlar bilan nogironlik
rivojlanadi. Neyroinfektsiyalarning qoldiq davrida bola yoshiga bog'liq bosh miya rivojlanishiga
ontogenetik bosqichlari kechikishi kuzatilganda aniqlanishi mumkin.

Ko'pchilik tadqiqotchilar neyroinfektsiyalarning og'ir oqibatlari mavjudligi sababli reabilitatsiyaga

bo'lgan talabni va kasallikning o'tkir davrida reabilitatsiya tadbirlarini o'tkazish muhimligini
ta'kidlaydilar, chunki bu tadbirlarni erta boshlash reabilitatsiya samaradorligini belgilab, asoratlarning
oldini olishga va nogironlikning kamayishiga olib keladi.

Tadqiqot maqsadi:

bolalarda neyroinfektsiyadan keyin kelib chiqadigan nogironlikning tibbiy

jihatlarini tahlil qilishdan iborat.

Tadqiqot muhokamasi:

Neyroinfektsiyalar oqibatini o'rganishda mualliflar vaktsinalarning roli,

premorbid fon, kasalxonaga yotqizish muddatlari, antimikrobiyal terapiyani boshlash va tanlash vaqti,
glyukokortikoidlar, ovqatlanish holati

va suvsizlanish muammolariga e'tibor berishadi [Brouwer MC

2015, Zalmanovici Trestioreanu A 2013]. Afsuski, neyroinfektsiyalar oqibatini davolashda
reabilitatsiyaning asab tizimiga ta'siri deyarli muhokama qilinmaydi. Neyroinfektsiyalarga chalingan
bolalarni reabilitatsiya qilish va va bunday bolalarni olib borish turli omillarga bog'liq.
Neyroinfektsiyalarga chalingan bolalar quyidagi qoldiq o‘zgarishlar kuzatiladi: kognitiv buzilishlar, turli
vegetativ buzilishlar, diqqat etishmasligining giperaktiv turdagi buzilishi, markaziy yoki periferik
parezlar, koordinatsiya va nutqning buzilishi, epilepsiyaning turli shakllari va boshqalar [

Karas A. Yu.

et

al.

2012

]. Meningokokk meningiti bilan kasallanish holatining 868 ta ko‘rinishini meta-tahlil qilishda

[Sadarangani M et al. 2015], ularning 18 foizida eshitish qobiliyatini yo'qotish (5,4%), ruhiy buzilishlar
(5,4%), ayrim hollarda buyrak usti bezi va buyrak funktsiyasining buzilishi (2,6%) tutilib gapirish (2,5%).
seroz meningit bilan kasallangan bolalarda Reabilitatsiya davrida serebrosteniya (4085% hollarda) va
"ishchi xotira" ning pasayishi (24%) qayd etilgan. 20-40% hollarda muammolar olti oygacha davom
etadi. Ayrim hollarda neyroinfeksiyalardan so‘ng gipertenziv sindrom (13%), diensefalik ko'rinishlar
(16%) va fokal simptomlar (10%) ham kuzatiladi. Kasallikdan bir yil o'tgach, asteno-nevrotik (35%) va
gipertonik (19%) sindromlar, simptomatik epilepsiya (3%) davom etishi mumkin [

Karas A. Yu.

et al.

2012

]. Yuqumli ensefalitdan keyin bosh miyada sezilarli funktsional pasayish yuz berishi mumkin

[

Samoilova I. G. 2019

]. Ensefalit bilan og'rigan bemorlarning deyarli 80% izida neyropsikologik

oqibatlar kuzatiladi. Diqqat va xulq-atvorning buzilishi, emotsional buzilishlar kasallikning o'tkir
bosqichi tugaganidan keyin uch yil davomida shakllanadi [Pillai SC et al. 2016].

Xulosa.

Erta bolalik davrida immuniteti to'liq shakllanmagan bolalarda neyroinfeksiyalarga chalinish

xavfi yuqori bo‘lib, bu holat ularda og‘ir asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1.

Меркушкина, Т. А., Саипов, Ф. С., Бабаходжаев, С. Н., & Халилова, З. Т. (2017).


background image

СБОРНИК ТЕЗИСОВ

5

Ретроспективный анализ особенностей клинического течения малярии вызванной
Plasmodium vivax у детей. Журнал теоретической и клинической медицины, (3), 107-110.

2.

Касымов, И., Г. Шарапова, and Ш. Рахматуллаева. "Особенности проявлений эпидемического
процесса сальмонеллеза." Журнал проблемы биологии и медицины

3 (79) (2014): 31-32.

Bibliografik manbalar

Меркушкина, Т. А., Саипов, Ф. С., Бабаходжаев, С. Н., & Халилова, З. Т. (2017). Ретроспективный анализ особенностей клинического течения малярии вызванной Plasmodium vivax у детей. Журнал теоретической и клинической медицины, (3), 107-110.

Касымов, И., Г. Шарапова, and III. Рахматулласва. "Особенности проявлений эпидемического процесса сальмонеллеза." Журнал проблемы биологии и медицины 3 (79) (2014): 31-32.