СБОРНИК ТЕЗИСОВ
5
SARS-CoV-2 VA 2-TIP QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING IFN-
a
STATUSI
Obloqulov A.R., Sa’dulloyeva I.K., Aslonova M. R.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston, Buxoro sh., A.Navoiy
ko‘chasi. 1 Tel: +998 (65) 223-00-50 e-mail: info@bsmi.uz
Maqsad:
COVID-19 pandemiyasi fonida barcha mamlakatlarda aholi o‘limi sonining ko‘payishi qayd
etishgan. Bunda bemorlarning alohida guruhlari ajratilgan bo‘lib, ularda o‘lim o‘rtacha statistik
ko‘rsatkichidan sezilarli darajada oshgan. Shunday guruhlardan biriga, qandli diabet (QD) bilan
kasallangan bemorlarni kiritiladi. Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar QD bilan og‘rigan
bemorlarda COVID-19 infeksiyasi bilan zararlanishning yuqori xavfini, shuningdek kasallikning yanada
og‘ir kechishini va o‘lim darajasi yuqori ekanligini namoyish etdi.
Usullari:
Tadqiqotda Kovid-markaziga aylantirilgan Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar
shifoxonasida SARS-COV-2 pnevmoniyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 103 bemor jalb qilindi. 2-tip
qandli diabet fonida SARS-COV-2 pnevmoniyasi bilan gospitalizatsiyalanganlarning barchasidan og‘ir
pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar - 35 (1-guruh), o‘rtacha og‘irlik bilan - 33 (2-guruh) bemor tashkil
qildi. Taqqoslash guruhi (3-guruh) QD bilan kasallanmagan SARS-CoV-2 pnevmoniyasi bo‘lgan 35
patsientdan iborat bo‘ldi. Nazorat guruhi mos yoshdagi 30 sog‘lom odamdan iborat edi.
Natijalar:
Qon zardobida aylanib yuruvchi interferonlar darajasining tahlili IFN-a sintezining 1- guruh
bemorlarida 2,3 martaga pasayishini (r<0,001) 2-guruh bemorlarida 2,0 martaga (r<0,001), 3- guruh
bemorlarida 1,38 baravarga (r<0,05) kamayganini ko‘rsatdi. Binobarin, IFNa - darajasini tahlil qilishning
olingan natijalari SARS-CoV-2 pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda, 2-tip QD ning hamroh
kasallik sifatida mavjudligidan qat’i nazar, virusga qarshi faollikning pasayishini ko‘rsatdi. Olingan
ma’lumotlar darajasida 2-tip QD fonida SARS-CoV-2 pnevmoniyasi bo‘lgan bemorlarda r<0,001
darajasida statistik ahamiyatga ega va taqqoslash guruhidagi bemorlarda esa ishonchlilik darajasi r<0,05
ni tashkil qiladi.
Xulosa:
Shunday qilib, 2-tip QD fonida koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda interferon a
statusini o‘rganish kasallik oqibatining multifaktor omillarga bog‘liqligini ko‘rsatdi: QD va boshqa
a’zolarning surunkali noinfeksion kasalliklarining mavjudligi; Antidiabetik preparatlarni qo‘llash
muddati; Glyukokortikosteroidlar bilan davolash.
Аdabiyotlar ro'yxati:
1.
Золотова, Наталья Николаевна. "Оценка параметров адекватности восстановительного
лечения патологического вывиха бедра у детей раннего возраста." 48ЧАСТЬ II (2020).
2.
Джалилов, П. С., Золотова, Н. Н., Расулов, Х. А., & Каримкулов, Ш. У. (2006, December).
Организация медицинской помощи на догоспитальном этапе. In Современные аспекты СМЭ
и криминалистики: Тез. докл. Респ. науч.-практ. конф (Vol. 21, pp. 27-29).
