Городская транспортная инфраструктура

CC BY f
17-20
1
2
Поделиться
Маткаримов, Ф., & Шаликорова, Д. (2023). Городская транспортная инфраструктура. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 17–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27212
Ферузбек Маткаримов, Ургенчский государственный университет
Стажер-преподаватель кафедры строительства
Дилфуза Шаликорова, Ургенчский государственный университет
Преподаватель кафедры строительства
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассмотрены вопросы проектирования и строительства городских улиц, в том числе реализация транспортной системы, представлены улицы города, их элементы, классификация, типы, городской транспорт, автомобильные детали, транспорт и вопросы организации пешеходного движения.

Похожие статьи


background image

SHAHAR TRANSPORTI INFRASTRUKTURASI

Urganch davlat universiteti Qurilish kafedrasi

stajor-o'qituvchisi MATKARIMOV FERUZBEK.

Urganch davlat universiteti Qurilish kafedrasi

o'qituvchisi SHALIKOROVA DILFUZA

Annotatsiya.

Maqolada shahar ko‘cha-yo‘llarini loyihalash, qurish bo‘yicha, unda transport tizimi faoliyatini

yo‘lga quyish shahar ko‘cha-yo‘llari, ularning elementlari, tasnifi, turlari, shahar transporti, avtomobillar qatnov
qismlari bundan tashqari, transport va piyodalar harakatini tashkil etish masalalari keltirilgan.

Kalit so’zlar:

infrastruktura, kompleks, tranzit oqim, ekspluatatsiya, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, klasifikatsiya,

infratuzilma.

Аннотация.

В статье рассмотрены вопросы проектирования и строительства городских улиц, в том

числе реализация транспортной системы, представлены улицы города, их элементы, классификация, типы,
городской транспорт, автомобильные детали, транспорт и вопросы организации пешеходного движения.

Ключевые слова:

инфраструктура, комплекс, транзитный поток, эксплуатация, улично-дорожная сеть,

классификация, инфраструктура.

Annotation.

The article discusses issues of design and construction of city streets, including the implementation

of the transport system, presents city streets, their elements, classification, types, urban transport, automobile parts,
transport and issues of organizing pedestrian traffic.

Key words:

infrastructure, complex, transit flow, operation, road network, classification, infrastructure.

Kirish.

Zamonaviy shaharsozlikning eng katta muammolaridan biri – bu shahar transporti

infrastrukturasini rivojlantirish masalasidir. Bu borada respublikamizda mustaqillik yillarida diqqatga
sazovor ishlarning amalga oshirilayotganligi, hukumatimiz tomonidan Toshkent shahri,
Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyat ma’muriy markazlari transport infrastrukturasini tubdan
yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan ishlari mazkur sohani iqtisodiyot tarmoqlari uchun naqadar
muhimligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda sohada oliy ma’ulumotli kadrlar tayyorlash ham
bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Shahar ko‘chalari va yo‘llari shahar strukturaviy rejasini tashkil qilsa, shahar transporti esa

bugungi zamonaviy shaharni ajralmas qismi bo‘lib, uning hayot faoliyatda muhim tizim hisoblanadi.
Shahar ko‘chalari va yo‘llari, transport tizimi shahar transporti infrastrukturasini tashkil etib, mazkur
infrastrukturaning rivojlanganlik darajasi shaharning zamonaviylik ko‘rsatkichlarining asosiy
parametrlaridandir. Shahar ko‘cha-yo‘llari sxemasi mazkur shaharning tarixini yaqqol namoyon
etadi. Chunki shaharning tarixiy rivojlanishi mazkur shahardagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida o‘z aksini
topgan bo‘ladi.

So‘nggi yillarda avtotransport sonining keskin darajada ortishi, respublikamiz shaharlarida

transport bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni qisqa muddatlarda yechishni taqozo qilmoqda.
Bu masalalarga avvalombor, shaharlarda mavjud ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini
yetishmasligi, savdo komplekslarida, jamoat ob’ektlarida, turar-joy tumanlarida avtotransport
vositalarini to‘xtash va saqlash uchun maydonlarning tanqisligi, ayniqsa, murakkab rejada
shakllangan qadimiy shaharlarda bu masalalalarning yechimida o‘ziga xos yondoshuvni talab qiladi.

Transport masalasi rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida shaharsozlikda dolzarb bo‘lib, u

turli mamlakatlarda turli darajada yechimini topgan. Xorijiy tajribaga ko‘ra ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining
o‘tkazish qobiliyatini oshirishning eng maqbul usuli, bu estakadalar yordamida turli sathda
kesishuvchi chorrahalarni tashkil qilish, shaharning asosiy transport tugunlari (xalqaro va mahalliy
vokzallar, aeroportlar...)ni aholi to‘planadigan joylar bilan o‘zaro tezkor yo‘llar orqali bog‘lash, ko‘p
qavatli avtoturargohlar qurish, yer osti muhitidan keng foydalanish kabilar hisoblanadi.[1]

Bu borada respublikamizda, xususan, Toshkent shahri misolida bugungi kunda diqqatga

sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq avtotransport vositalarining tinimsiz ortib borishi, bu
sohadagi ishlarni doimiy rivojlantirib borishni, ilg‘or g‘oyalar asosida yangidan-yangi yechimlarni
talab qiladi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar

strategiyasida, jumladan «....yo‘l transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,...» vazifasi


background image

belgilab berilgan.

Vujudga kelgan shahar ko‘chalari tarmoqlaridagi holatni tubdan yaxshilash borasida

O‘zbekiston respublikasi Prezidentning 2017 yil 14 fevraldagi №495 farmonga ko‘ra “O‘zbekiston
avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish davlat aksiyadorlik kompaniyasi” negizida “O‘zbekiston
Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi” tashkil etildi. Davlat Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi
faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib, endilikda qo‘mita uchun yangi yo‘nalish bo‘lgan
shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini saqlanishi
hamda ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport ekspluatatsion darajasida
bo‘lishini ta’minlash belgilangan.

Belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida transport

vositalarining qulay, tejamkor va xavfsiz harakatlanish yuzasidan oxirgi yillarda O‘zbekiston
Respublikasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga, shuningdek, rivojlangan chet el tajribalariga
asoslangan holda istiqbol (2020-2030 yillar) dashahar ko‘chalarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish,
xavfsiz harakatlanishni ta’minlash borasida ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish va birinchi navbatda
shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarining mavjud holatini o‘rganish zarur bo‘ladi.

Shahar yo‘llarini umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari bilan bog‘lash juda muhim

ahamiyatga ega.

Ko‘plab transport vositalari yoki transport oqimlari shahar orqali tranzit holatda o‘tib ketadi.

Shahar yo‘llarini shahar tashqarisidagi yo‘llar bilan bog‘lanishini ta’minlash asosan quyidagicha
amalga oshiriladi:

a)

Transport oqimini qulay va havfsiz harakatini ta’minlagan xolda shaharga kiritish.

b) Tranzit harakatni mahalliy transport oqimidan ajratgan holda shahar tashqarisidan o‘tkazish.
Harakatni tashkil etish eng muhim vazifa hisoblanib, bunda shaharga kirib kelayotgan transport

oqimidan tranzit qismini ajratish asosiy masala hisoblanadi. Shaharlar yiriklashgan sari ulardan
o‘tuvchi tranzit oqimi kamayib boradi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, aholisi 500 mingdan oshgan shaharlarda tranzit oqimi 8-14%

ni, aholisi 100 mingdan 500 mingacha bo‘lgan shaharlarda tranzit oqimi 12-28% ni, aholisi 20
mingdan 100 mingacha bo‘lgan shaharlarda tranzit oqimi 14-47 % ni va aholisi 20 mingacha bo‘lgan
aholi punktlarida tranzit oqimi ba’zi hollarda 60-100 % ni tashkil etadi.

Geografik holatiga qarab, ya’ni asosiy magistrallar yo‘nalishida joylashgan ba’zi yirik

shaharlarda tranzit oqimi 22-32 %ni tashkil etishi mumkin.[3]

Tashqi yo‘llarni shahar bilan bog‘lashning quyidagi prinspial sxemalari mavjud:

1)

Yopiq xalqali aylanma yo‘l–bu usul shaharga tashqaridan ko‘plab tashqi yo‘llar

qo‘shiladigan bo‘lsa ya’ni:

2)

Uzilgan aylanma yo‘l – bu usul shaharga 2 ta 3 ta tashqaridan yo‘l kelsa:


background image

3)

Shahardan tashqarida o‘tgan yo‘l bilan bog‘lash:

4)

Tashqi avtomobil yo‘lini shahar hududi orqali o‘tkazish:

Bu usulda avtomobil yo‘lini o‘ymada, tonnel yoki estakada orqali o‘tishini ta’minlashi zarur.

Bu sxemalarni tanlash ko‘pgina omillarga bog‘liq:

-shaharning o‘lchamiga;
-birikish holatlariga;
-tranzit oqimi miqdoriga;
-tabiiy sharoitlarga.

Aylanma yo‘llarni loyihalash bir necha iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq, jumladan:

1)

Qurilishiga ajratiladigan kapital mablag‘;

2)

Yo‘llarni ekspluatatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘;

3)

Tranzit oqimni qo‘shimcha ortiqcha masofani bosib o‘tishi.[4]

Olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki tranzit oqimini aylanma yo‘l orqali harakati, uni

shahar yo‘li orqali harakatiga nisbatan samarali bo‘lishi xam mumkin va unga quyidagi omillar
orqali yerishish mumkin:

1)

Aylanma yo‘llar harakat tezligi shahar yo‘llariga nisbatan ancha ortiq bo‘ladi (tezlik katta

bo‘ladi);

2)

Aylanma yo‘llardan ichki tranzit oqimi uchun foydalansa bo‘ladi;

3)

Shahar ichki yo‘llarida harakat qulayligi ichki tranzit oqimi olinishi hisobiga oshadi;

4)

Ba’zi hollarda aylanma yo‘l orqali borish, shahar yo‘li orqali o‘tishdan qisqaroq bo‘ladi.

Xulosa.

Shahar ko‘cha va yo‘llarini loyihalashda, umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida

harakatlanayotgan transport vositalarini shahar yo‘llariga kirishlarni inobatga olish kerak. Bu holda
tashqi avtomobil yo‘llarini shahar yo‘l tarmog‘iga ulash uchun maxsus kirish yo‘llari loyihalanadi.
Shaharga kirish yo‘llari tashqi avtomobil yo‘llarining bosh qismlari hisoblanib, ular shahar
chegarasidan to asosiy ko‘chasiga ulanguncha davom etib, tranzit oqimni qabul qiladi va taqsimlaydi.


background image

Yirik shaharlar uchun bunday kirish ko‘chalarining uzunligi 3 km dan bir necha km gacha bo‘lishi
mumkin. Shaharga kirish ko‘chalari haydovchilarni shahar tashqarisidagi harakat holatidan, o‘zga
holatga, ya’ni tezlik chegaralangan, svetafor va kesishuvlar ko‘p, piyodalar harakati va qurilishlar
hamda inshootlar mavjud bo‘lgan shahar harakati holatiga olib kiradi.

ADABIYOTLAR:

1.

Митин Н.А. «Таблицы для подсчета объемов земляного полотна автомобилных дорог». Москва.: Транспорт.
1977 г.

2.

Saidov Z.X., Amirov T.J., G‘ulomova X.Z. Avtomobil yo‘llari: Materiallar, qoplamalar, saqlash va ta’mirlash.
Toshkent.: 2010 y.

3.

Isamuxammedova D.U., Ismoilov A.T., Xotamov A.T. Injenerlik obodonlashtirish va transport. Darslik.
«ALOQAChI» nashriyoti, Toshkent.: 2019. 230 b.

4.

Xotamov A.T., Usmonov Q.T. Shahar hududlarini kompleks obodonlash-tirish. Toshkent.: TAQI. 2021 y. 160 b.

5. Xotamov A.T., Qayumov A., Usmonov Q.T., Xudoyberdiev A. Shahar ko‘chalari, yo‘llari va transport. Toshkent.:

TAQI. 2019 y. 160 b.

Библиографические ссылки

Митин Н.А. «Таблицы для подсчета объемов земляного полотна автомобилных дорог». Москва.: Транспорт. 1977 г.

Saidov Z.X., Amirov T.J., G‘ulomova X.Z. Avtomobil yo‘llari: Materiallar, qoplamalar, saqlash va ta’mirlash. Toshkent.: 2010 y.

Isamuxammedova D.U., Ismoilov A.T., Xotamov A.T. Injenerlik obodonlashtirish va transport. Darslik. «ALOQAChI» nashriyoti, Toshkent.: 2019. 230 b.

Xotamov A.T., Usmonov Q.T. Shahar hududlarini kompleks obodonlash-tirish. Toshkent.: TAQI. 2021 y. 160 b.

Xotamov A.T., Qayumov A., Usmonov Q.T., Xudoyberdiev A. Shahar ko‘chalari, yo‘llari va transport. Toshkent.: TAQI. 2019 y. 160 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов