Анализ состояния обеспечения транспортным обслуживанием пассажиропотока города Ташкента

  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
CC BY f
29-31
1
1
Поделиться
Жумабаев, Д. (2023). Анализ состояния обеспечения транспортным обслуживанием пассажиропотока города Ташкента. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 29–31. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27217
Д Жумабаев, Ташкентский архитектурно-строительный университет
Докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В стате проанализирована деятелност городского транспорта и пассажирского транспорта города Нукус на сегодняшний ден, виды пассажирского транспорта, которые в настоящее время обслуживают пассажиров в городе, схема их маршрутов, проблемы перевозок населения и показания к их исползованию.


background image

TOSHKENT SHAXRIDA YULOVCHILAR OKIMLARIGA TRANSPORT XIZMATI

KURSATISH HOLATINING TAXLILI

Doktorant JUMABAEV D.M.

Toshkent arxitektura qurilsh universiteti

Annotatsiya:

Maqolada Nukus shahrining bugungi kundagi shahar transporti va yo‘lovchi transporti faoliyati,

shaharda hozirgi kunda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatayotgan yo‘lovchi transport turlari, ularning yo‘nalish sxemasi,
aholini tashishdagi muammolar va ulardan foydalanish ko‘rsatgishlari tahlil qilingan.

Аннотатсия:

В стате проанализирована деятелност городского транспорта и пассажирского

транспорта города Нукус на сегодняшний ден, виды пассажирского транспорта, которые в настоящее время
обслуживают пассажиров в городе, схема их маршрутов, проблемы перевозок населения и показания к их
исползованию.

Abstract:

The article analyzes the activities of urban transport and passenger transport in the city of Nukus

today, the types of passenger transport that currently serve passengers in the city, the scheme of their routes, the
problems of public transportation and indications for their use.

Kalit so‘zlar

: shahar transporti, yo‘lovchi transport, transport oqimi, bekatlar, transport infrastrukturasi,

transport turlari .

Ключевые слова:

городской транспорт, пассажирский транспорт, транспортный поток, остановки,

транспортная инфраструктура, виды транспорта .

Keywords:

urban transport, passenger transport, traffic flow, stops, transport infrastructure, types of transport.

Kirish.

Keyingi yillarda shahar jamoat yo’lovchi transportiga bo’lgan e’tibor kuchayib

bormoqda. Buning asosiy sababi axolining xarakatchanligi ortishi xisobiga ularning transport
xizmatini kursatishga bo’lgan talablari ham kun sayin ortib bormoqda. O’zbekistan Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Maxkamasi tomonidan shahar yo’lovchi transporti tizimini isloh qilish va
axoliga dunyo andozalariga mos keladigan transport xizmatini ko’rsatish maqsadida bir qator qarorlar
qabul qilindi.

2023 yil 16 fevral kuni O’zbekistan Respublikasi Prezidentining “Jamoat transporti tizimini

isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qarori qabul qilindi [1].

Ushbu qarorda 2023-2025 yillarda Nukus shahrida jamoat transporti tizimini takomillashtirish

bo‘yicha yo‘l xaritasi 1-jadvalda keltirilgan[1].

1-jadval

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Muddati

1.

Nukus shahrining transport va yo‘l-transport

infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish.

2023 yil fevral

2023 yil aprel-may

2023 yil dekabr

2.

Nukus shahar jamoat transportining yangi yunalishlar

tarmog‘ini shakllantirish.

2023 yil mart
2023 yil mart

3.

Brutto-shartnomaga o‘tadigan avtobus yunalishlari

bo‘yicha elektron tenderlar o‘tkazish.

2023 yil dekabr
2023 yil dekabr

2024 yil aprel

4.

Nukus shahar jamoat transportida tarif tizimini

takomillashtirish.

2023 yil sentyabr

2024 yil mart

5.

Jamoat transporti ustuvorligini ta’minlash maqsadida yo‘l-

transport infratuzilmasini rivojlantirish.

2023 — 2025 yillar

2023 yil dekabr

2023 yil mart — noyabr

2023 yil noyabr

6.

Targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

2023 yil avgust — dekabr
2023 yil avgust — dekabr

7.

Brutto-shartnoma, shu jumladan yunalishning

2023 yil sentyabr


background image

boshlang‘ich narxini shakllantirish hamda brutto-shartnoma
asosida ishlayotgan tashuvchilar faoliyatini davriy

(chorak va

yillik)

o‘rganish va xulosa berish uchun yuqori malakali

ekspertlarni jalb qilish.

2023 yil oktyabr

2024 yil iyun — dekabr


Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology)

Bugungi kunda Nukus shahrida yo‘lovchilarni tashish avtomobil transport vositalari bilan

amalga oshirilmoqda. Avtomobil transporti yer usti transporti turlaridan biri sifatida eng keng
tarqalgan transport turi bo‘lib, yo‘lovchilarni tashishda yetakchi o‘rinni egallaydi.

Shahar yo‘lovchi transportining asosiy turlaridan biri bo‘lgan avtobus transporti eng keng

tarqalgan va arzon transport to‘ri bo‘lib, u kichik shaharlarda yo‘lovchi tashishning yagona turi
hisoblanadi. Lekin Nukus shahrida bugungi kunda yo‘lovchilarni tashishning aksariyat qismi
“Damas” rusimli avtomobillarda amalga oshirilmoqda.

Nukus shahrining yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi 2019 yil 30-iyun holati

bo‘yicha ma’lumot 2-jadvalda keltirilgan [2].

2-jadval.

Nukus shahri yo’lovchi tashish yo’nalishlari bo’yicha

Nukus

shaxrida

joylashtirilgan

yo’nalishlar

avtobus yo’nalishli

taksi

Shulardan

Damas

avtomobillari

2022

Yo’nalishlar
soni

Faoliyat
kursatayotgan
yo’nalishlar soni

95

4

91

87

Vaqtincha
faoliyat
kursatmayotgan
yo’nalishlar soni

37

26

11

10

Avtomobillar
soni

Barcha
yo’nalishlarda
rejalashtirilgan
avtomobillar
soni

1694

143

1551

1473

Faoliyat
kursatayotgan
yo’nalishlarda
amaldagi
avtomobillar
soni

1311

16

1295

1230


Qoraqolpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining avtomobil transportida shaharda

2021 yilda avtomobil transportining barcha turlari bo‘yicha yo‘lovchi aylanmasi 1195,7 mln.
yo‘lovchi/km ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 126,0 % ko‘rsatkich qayd
qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ulushi 30,0 % ni tashkil qildi (3-rasm) [3].


background image

3-rasm. Avtomobil transporti yuk va yo‘lovchi aylanmasining taqqoslanishi [3].

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Nukus shahrining yo‘lovchi tashish transport kompleksidagi mavjud muammolar

:

-

Boshqa turdagi yo‘lovchi tashish transportning yo‘qligi, faqat avtotransport vositalari.

-

Reja bo‘yicha avtotransport vositalarining yetishmasligi.

-

Bekatlar zamonaviy jihozlanmaganligi va yangi yo‘nalishlarda bekatlarning kamligi.

Nukus shahrida boshqa yo‘lovchi transport turlarining yo‘qligi, yo‘lovchilarni tashish faqat

avtotransport vositalarida amalga oshirilyotgani va bu avtotransportlarning aksaryat qismi “Damas”
rusimli avtomobillar bo‘lganligi sababli, shaharning asosiy ko‘chalarida “pik” vaqtlari tirbandliklar
va yo‘l transport hodisalari ro‘y bermoqda.

Nukus shahri ko‘cha-yo‘l tarmog‘idagi bekatlarning aksaryat qismi zamonaviy

jihozlanmaganligi va yangi mahallalarga yangi qo‘yilgan yo‘nalishlarda bekatlar kamshiligi sababli
shaharda harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilarning yo‘lovchilarni hoxlagan joylarida tushirishi va
chiqarishlari oqibatida yo‘llarda boshqa avtotransport vositalariga noqulayliklarni yaratishga va har
hil hodisalarning yuzaga kelishlariga vaziyat yaratilmoqda.

Hozirgi kunda Nukus shahrida avtobus yo‘nalishlari 54 ta va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlari

104 ta bo‘lib, u shaharga samarali xizmat ko‘rsata olmayapti. Negaki bugungi kunda shahar
aholisining tez suratlar bilan o‘sishi sababli chetki mahallalarga boruvchi yo‘nalishlar yuklanganlik
darajasi oshmoqda. Shahar bosh planining o‘zgarishi esa ayrim hududlarni bog‘lovchi yo‘nalishlarni
tashkillashtirishga sabab bo‘lmoqda.

Takliflar (Recommendations)

Yuqorida ko‘rib chiqilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida qo‘yidagi takliflar tavsiya etiladi:

-

Shaharga yangi yo‘lovchi transport turini loyhalash, jumladan trolleybus, bu yo‘lovchi
transport turi Nukus shahriga begona hisoblanmaydi.

-

Bekatlarni zamonaviy jihozlash va bekatlarda shu bekatdan o‘tadigan yo‘nalishlarning
sxemasini va avtotransport turkimini hamda kelish vaqtini ko‘rsatuvchi jadvallar bilan
ta’minlash.

-

Shaharda avtovokzallarini bog‘lovchi yo‘nalishlarni loyihalash [5].

ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-59-son “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarori.

2.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Transport vazirligi 2022-yil yanivar oyi holatiga bo’lgan ma’lumoti.

3.

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi 2022-yil yanivar oyi holatiga bo’lgan ma’lumoti.

4.

Международный семинар “Устойчивое развитие городских транспортных систем: вызовы и возможности”
Москва 2012г.

5.

А.В. Коссов и др. Транспортная планировка городов. Москва 2017г.

6.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY

INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and
Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

7.

https://google.ru

.

203,1

150,2

341,9

2019

2020

2021

a) Yuk aylanmasi, (mln. t/km)

yillar

1195,7

949,2

2083

2019

2020

2021

b) Yo‘lovchi aylanmasi, (mln.

yo‘lovchi/km)

yillar

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-59-son “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Transport vazirligi 2022-yil yanivar oyi holatiga bo’lgan ma’lumoti.

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi 2022-yil yanivar oyi holatiga bo’lgan ma’lumoti.

Международный семинар “Устойчивое развитие городских транспортных систем: вызовы и возможности” Москва 2012г.

А.В. Коссов и др. Транспортная планировка городов. Москва 2017г.

Muminov N. S. et al. RESEARCH OF TRANSPORT ECOLOGICAL SYSTEM OF TASHKENT CITY INFRASTRUCTURE: PROBLEMS, REQUIREMENTS AND SOLUTIONS //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. – 2022. – Т. 11. – С. 112-125.

https://google.ru.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов