KO`CHALARDA AVTOMOBIL YO`LLARI INFRATUZILMASINI MILLIY
TRANSPORT TIZIMI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
Magistrant JOLIMBETOV M.B., stajor o’qituvchi DOSJANOVA G.F.
Berdaq nomidagi. (Qoraqalpoq davlat universiteti
)
Annotatsiya
. Ushbu maqolada shahar ko`chalarda avtomobil yo`llari infratuzilmasini yani umumiy
foydalanishdagi transport yo‘llari, xo‘jalik transport yo‘llari, shahar va boshqa aholi punktlari ko`chalari milliy
transport tizimi rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilindi.
Аннотaция.
В данной статье проанализирована роль автомобильной инфраструктуры на городских
улицах, а именно транспортных дорог общего пользования, хозяйственных транспортных путей, улиц городов
и других населенных пунктов в развитии национальной транспортной системы.
Abstract
.This article analyzes the role of automobile infrastructure on city streets, namely public transport
roads, commercial transport routes, streets of cities and other settlements in the development of the national transport
system.
Kalit so‘zlar
: ko’cha, umumiy foydalanishdagi transport yo‘llari, xo‘jalik transport yo‘llari, aholi punktlari
ko`chalari, xalqaro ahamiyatga ega yollar, davlat ahamiyatga ega yo’llar, mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llar.
Ключевые слова:
улица, дороги общего пользования, дороги хозяйственного пользования, улицы
населенных пунктов, дороги международного значения, дороги государственного значения, автомобильные
дороги местного значения.
Keywords:
street, public roads, commercial roads, streets of settlements, roads of international significance,
roads of national significance, highways of local significance.
Milliy ko`cha yo`llarda transport tizimida yirik xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlardan biri
avtomobil yo‘llari xo‘jaligidir. Infratuzilma tizimining asosiy unsurlaridan biri yo‘llar bo‘lib,
avtomobil yo‘llari hayotni ta'minlash vositasidir. Transport yo‘li qadim zamonlardan beri jismoniy
shaxs, tashkilot, shahar, mintaqa, mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlarini amalga oshirish va
muloqot sifatida xizmat qilgan. Infratuzilmani barpo etishni jarayon sifatida tushunish uchun har
qanday jarayonni bir uslub orqali tushunishga tengdir, ya'ni uning tarixi va qonunlarini kuzatishdir.
O‘zbekiston Respublikasi transport tizimi yo‘llari quyidagicha bo‘linadi:
umumiy foydalanishdagi transport yo‘llari;
xo‘jalik transport yo‘llari;
shahar va boshqa aholi punktlari ko`chalari. [4].
Umumiy foydalanishdagi transport yo`llari davlat mulki hisoblanadi va xususiylashtirilmaydi.
Umumiy foydalanishdagi transport yo‘llari davlat mulki bo‘lib, avtomobil yo‘llaridan
foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi transport yo`llari aholi ehtiyojlarini,
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa
aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta'minlaydi.
Xo‘jalik transport yo‘llari davlat yoki xususiy mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Shaharlar va
boshqa aholi punktlarining ko‘chalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lib, davlat
mulki xisoblanadi va xususiylashtirilmaydi.
Respublikamizda avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 184 ming km.ga yaqin,
shundan 24 foizi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 34 foizi xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari,
39 foizi qishloq va shahar ko‘chalari, 3 foizi korxonalarga qarashli yo‘llarni, 4 foizi turli idoralarga
qarashli yo‘llarni tashkil etadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ijtimoiy-iqtisodiy o‘rni va ma'muriy ahamiyatiga
ko‘ra:
xalqaro ahamiyatga ega,
davlat ahamiyatga ega,
mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llariga bo‘linadi. [3].
1-rasm. Transport tizimi tarmog‘ining turkumlanishi
1-rasmdan ko‘rib turganimizdek, Respublikamiz bo‘yicha avtomobil yo‘llarining umumiy
uzunligi 184 ming km ni tashkil etib, shundan 42965 kilometri umumiy foydalanuvdagi avtomobil
yo‘llarini tashkil etib, u 24 foizni tashkil etadi. 59267 km ichki xujalik kishlok yo’llari bo‘lib, 34
foizni tashkil qiladi. Qishloq ko‘chalari va yo’llari 52152 kilometrni tashkil qilib, 29 foizni tashkil
qiladi. SHaxar ko‘chalari va yo‘llari 17807 kilometrni tashkil qilib, 10 foizni tashkil qiladi.
Korxonalarga qarashli yo‘llar 5462 km ni tashkil qilib, 3 foizni tashkil qiladi. Idoraviy inspektorlik
yo‘llari 6631 kilometr bo‘lib, 4 foizni tashkil etadi. [2].
2
-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lllari umumiy uzunligi.
2-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lllari umumiy uzunligi Davlat ahamiyatga ega
yo‘llarning umumiy uzunligi 14069 kilometrga ega bo‘lib, sementobetonli qoplama 98 kilometrni
tashkil qiladi. Asfaltobetonli qoplamaning uzunligi 8003 kilometrni tashkil kilib, kora koplamaning
uzunligi 5736 kilometrni tashkil qiladi. Mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarning umumiy uzunligi 24606
kilometrga ega bo‘lib, sementobetonli qoplama 18 kilometrni tashkil qiladi. Asfaltobetonli
qoplamaning uzunligi 11383,5 kilometrni tashkil kilib, kora koplamaning uzunligi 11312 kilometrni
tashkil qiladi. Mahalliy ahamiyatga ega shag‘alli yo‘llarning uzunligi 1309,5 kilometrni, tuproqli
yo‘llarning uzunligi 583 kilometrni tashkil kiladi [1].
3-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yo‘l qoplamasi turi bo‘yicha
turkumlanishi.
Quyidagi 3-rasmda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini yo‘l qoplamasi turi
bo‘yicha turkumlanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, sementobetonli qoplama 353 kilometrni tashkil qilib, 1
foizni tashkil qiladi. Asfaltobetonli koplama 22032,5 kilometrni tashkil qilib, 51 foizga teng. Kora
qoplamali yo’llar 18144 kilometrni tashkil qilib, 43 foizni tashkil etadi. Shag`alli yo’llar 1430,5
kilometrni tashkil kilib 3 foizni tashkil kiladi.
4-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining texnik toifalari bo‘yicha
toifalanishi.
4-rasmda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining texnik toifalari bo‘yicha
toifalanishi ko‘rsatilgan bo‘lib, I-toifa bo‘yicha 2741,5 kilometrni tashkil qilib, 6 foizga ega, II-toifa
bo‘yicha 5929,5 kilomtrga ega bo‘lib, 14 foizni tashkil qiladi. III-toifa bo‘yicha 7531,5 kilometrga
ega bo‘lib, 18 foizni tashkil kiladi. IVtoifa bo‘yicha, 18952,7 kilometr bo‘lib, 44 foizni tashkil kiladi.
V-toifa bo‘yicha 7498,8 kilometrni tashkil qilib, 18 foizga ega.
FOYDALANILGAN ADABYOTLAR:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017-yilgi
Investitsiya dasturi to'g'risida"gi qarori.
2.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.
3.
SHNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari” O‘zbekiston Respublikasi Davarxitekqurilish qo‘mitasi. Toshkent. 2008
4.
B.D.Salimova, A.X.O‘roqov. "Aloqa yo`llari" Ma`ruzalar matni 2002 y.160 b.