Проблемы организации дорожного движения в городе Ургенч

CC BY f
60-62
6
4
Поделиться
Ахмедов, К., & Бекчанов, О. (2023). Проблемы организации дорожного движения в городе Ургенч. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 60–62. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27237
Кадир Ахмедов, Ургенчский государственный университет
Доцент технического факультета
Ойбек Бекчанов, Ургенчский государственный университет
Texnika fakulteti magistranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье дается обзор проблем общесвенного транспорта города Ургенча. По результатам изучения проблем 14 направлений городского общественного транспорта города Ургенча, предложены пути усовершения системы городского общественного транспорта.


background image

URGANCH SHAHRIDA TRANSPORT OQIMINI BOSHQARISH MUAMMOLARI

AXMEDOV QADIR KARIMOVICH

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti dotsenti

BEKCHANOV OYBEK ZARIPOVICH,

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti magistranti

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Urganch shahar jamoat transporti tarmog‘inining muammolari yoritilgan.

Urganch shahar xududidagi 14 ta shahar jamoat transporti yo‘nalishlari o‘rganish natijasida shahar jamoat
transport tizimini takomillashtirish uchun takliflar beriladi.

Kalit so’zlar:

jamoat transporti, avtobus, avtobus yo‘nalishlari, transport tarmog‘i, transport tizimi.

Аннотация:

В этой статье дается обзор проблем общесвенного транспорта города Ургенча. По

результатам изучения проблем 14 направлений городского общественного транспорта города Ургенча,
предложены пути усовершения системы городского общественного транспорта.

Ключевые слова:

общественный транспорт, автобус, автобусное направление, транспортная

сеть, транспортная система.

Abstract

: This article provides an overview of the problems of public transport in the city of Urgench.

Based on the results of studying the problems of 14 directions of urban public transport in the city of Urgench,
ways to improve the urban public transport system are proposed.

Key words:

public transport, bus, bus routes, transport network, transport system.

Kirish.

Xorazm viloyati Urganch shahri aholisining yo`lovchi transportiga bo`lgan ehtiyojini

qondirish va ularga ko`rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 2021- 2025 yillarga
mo`ljallangan rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Shahar yo`lovchi transportini rivojlantirish sohasida quyidagi vazifalar belgilandi:

-

avtobus parkini to`ldirish, so`nggi yillarda qisqarib borayotgan muntazam avtobus

yo`nalishlari tarmog`ini tiklash va keyinchalik kengaytirish imkonini beradi. Aholining mehnat va
madaniy sayohatlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta`minlash uchun shahar va shahar atrofi
yo`lovchi transporti yo`nalishlarini tiklash va rivojlantirishni rivojlantirishning ustuvor
yo`nalishlari hisoblanadi:

-

holati shahar yo`lovchi transportining yer usti turlarining ishlashini to`xtatib qo`ygan ko`cha

va yo`l tarmog`ini rivojlantirish;

-

aholisi 150 mingdan ortiq bo`lgan shaharlarda elektr, ekologik toza transport turini

rivojlantirish ustuvor bo`lishi kerak;

-

trolleybus va avtobuslarga bo`lgan favqulodda ehtiyojni qondirish uchun, ushbu turdagi

transport vositalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadga muvofiq;

-

transport xizmatlari uchun hisoblangan tariflar asosida ijro etuvchi hokimiyat organlari va

yo`lovchi avtotransport korxonalari o`rtasida yo`lovchi tashishni amalga oshirish bo`yicha
shartnomalarni majburiy ravishda tuzish tartibini federal darajada qonunlashtirish zarur;

-

shahar va shahar atrofi yo`lovchi tashish transporti korxonalarini mahalliy soliqlarni

to`lashdan to`liq yoki qisman ozod qilish amaliyotini kengaytirish;

Urganch shahar jamoat transporti tarmog`ida shahar va shaharlararo muntazam tashish

yo`nalishlariga muvofiq jamoat transporti yo`nalishlari tarmog`i to`g`risidagi ma`lumotlar,
shuningdek, shahar yo`nalishlarini o`rganish natijalari kiritilgan[4,5].

Muhokama va natijalar.

Urganch shahrida transport oqimi yuqori bo`lgan 7 ta ko`chalar

mavjud bo`lib, ularning transport o`tkazish qobiliyati normativ xujjatlar bo`yicha sutkasiga 28
ming donani tashkil etadi. Xaqiqatda esa bir kunlik transport oqimi yuqorida ko`rsatilgan
ko`chalarda 45-50 mingtani tashkil etmoqda. Shu bilan bir qatorda viloyat tumanlaridan bir kunda
o`rtacha 18 mingta transport vositalari (o`rtacha 33,5 ming nafar yo`lovchi) Urganch shahriga
kirib kelishi o`rganishlar davomida kuzatildi.

Bu o`z navbatida mazkur ko`chalarda transport oqimi zo`riqish bilan ishlayotganligini bildirmoqda
[3].

Urganch shahrida 2023 yil 1-aprel holatiga aholi soni 150,7 ming nafardan oshgani holda,

transport vositalari soni ushbu davrda 56,2 ming donaga ko`paygan. Urganch shahrining jamoat


background image

transporti turini ko`rsatuvchi yo`nalishlar ro`yxati 1-jadvalda keltirilgan[1,2].

Urganch shahar jamoat transporti yo`nalishlari ro`yxati.

1-jadval

Yo`nalish

nomeri

JT turi

Xizmat ko`rsatuvchi nomi

Harakatlanuvchi

tarkib turi

1

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

2

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

3

MedBus "Xorazm Dovud Servis Trans" DUK

ISUZU

4

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

5

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

6

MedBus "Xorazm Dovud Servis Trans" DUK

ISUZU

7

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

9

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

12

MedBus "Xorazm Dovud Servis Trans" DUK

ISUZU

13

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

17

MedBus "Sirli Vodiy" MCHJ

ISUZU

18

MedBus "Xorazm Dovud Servis Trans" DUK

ISUZU

19

MedBus "Opel Trans" MCHJ

ISUZU

28

MedBus “Bunyod yo`lovchi tashish” MCHJ

ISUZU

Qabul qilingan ma`lumotlarni keyingi tahlil qilishda marshrutlarni jamlash uchun har bir

marshrut uchun tashuvchilar kiritildi.

Urganch shahar jamoat transporti tarmog`ida jami 14 ta jamoat transporti yo`nalishlari kiritilgan
[2].

1-rasm. Urganch shahrining markaziy qismidagi to`xtash punktlari.

Jamoat transportini to`g`ri hisoblash va batafsilroq o`rganish uchun xarakat intervallari

to`g`risidagi ma`lumotlar to`g`ri kiritilshi kerak. Shu bilan birga, so`rovlar ma`lumotlarini tahlil
qilish natijasida shahar yo`nalishlarida harakatlanishning haqiqiy intervallari aniqlanadi.

Urganch shahrida aholi soni va transport oqimining keskin o`sayotganligi quyidagi


background image

muammolarni hal etishni taqazo qilmoqda.

1.

Tirbandlik yuqori bo`lgan Al Xorazmiy, Xonqa yo`li hamda Gurlan ko`chalariga

parallel ko`chalarni ochish.

2.

Ko`chalarning yo`l qismida transportlar parkovkalarini tartibga keltirish.

Urganch shahrining 6 ta ko`chasida faqatgina 8 ta avtoturargohlar mavjud xolos. Natijada
mashinalarni yo`l yoqasida qoldirilishi natijasida sun`iy tirbandliklarni keltirib chiqarilmoqda.

3.

Mavjud chorrahalarda xarakatni tashkil etishni takomillashtirish.

Ishchi guruh tomonidan o`tkazilgan o`rganishlarda quyidagi chorrahalarda xarakat xavfsizligini
ta`minlash maqsadida o`zgartirishlar kiritish lozimligi aniqlandi.

-

Al Xorazmiy va Xonqa yo`li ko`chalari kesishmasida transport vositalarining erkin

harakatlanishini ta`minlash hamda ushbu chorrahada yo`l-transport hodisalarini oldini olish uchun
chorrahada qo`shimcha yo`l bo`lagi qurish hamda Gurlan ko`chasini Issiqlik manbai ko`chasiga
ulash;

-

Urganch shahar Gurlan ko`chasining Urganch pedagogika instituti, Urganch davlat

universiteti Texnika fakulteti, Avtomobil yo`llari texnikumi joylashgan qismida er usti piyodalar
o`tish ko`priklari qurish;

-

Urganch shahar Tinchlik va Pahlavon Mahmud ko`chalari (SUM chorrahasi)

kesishmasidagi tirbandliklarni bartaraf etish uchun Yoshlar markazi yo`nalishidan harakatlanib
kelayotgan transport vositalarining Abulg`ozi Bahodirxon ko`chasiga o`tishi uchun qo`shimcha
yo`l bo`lagi qilish;

-

Urganch shahar «Dexqon» bozori atrofida yuzaga kelayotgan tirbandligini oldini

olish, yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi avtobus va mikroavtobuslarning bozor
oldidagi bekatlarda erkin harakatlanishini ta`minlash maqsadida bozor oldidagi noqonuniy savdo
rastalarini olib o`rnida avtobuslar kirib chiqish bo`lagini (ilovadagi sxemaga asosan) hamda bozor
oldida piyodalar uchun yer usti piyodalar o`tish yo`lagi tashkil etish;

-

Urganch shahar markaziy ko`chalarida yo`l harakatini tartibga soluvchi texnik

vositalar (yo`l belgilari va chiziqlari, svetoforlar hamda yo`l to`siqlari)ni innovatsion texnologik
jihozlari bilan jihozlash hamda daraxt shoxlarini shakl berib butash orqali yo`l belgilarining
ko`rinishini ta`minlash;

-

Avtobus bekatlarini hamda yo`l yoqalaridagi reklama pannolarini tartibga keltirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Ziyaev K., Navoiy shahrining transport oqimini tanlanma asosida miqdoriy tadqiqot qilish uslubi, The Scientific
Journal of Vehicles and Roads (2021)

2.

Ziyaev K., Omarov J., Urganch shahri jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, Nazariy va amaliy
tadqiqotlar xalqaro jurnali (2022), volume

3.

Махмудов Г., Абдурахимов Л.Х.Н.Maxmudov G.N., Abduraximov L.X., Технология stop-start в
современных автомобилях, Машиностроение: новые концепции и технологии, (2022), Красноярск.

4.

SHNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini
rejalashtirish” / O`zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo`mitasi – Toshkent, 2009-177 b.

5.

SHNQ 3.06.03-08 “Avtomobil yo`llari” O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi T. 2021 y.130 b.

Библиографические ссылки

Ziyaev K., Navoiy shahrining transport oqimini tanlanma asosida miqdoriy tadqiqot qilish uslubi, The Scientific Journal of Vehicles and Roads (2021)

Ziyaev K., Omarov J., Urganch shahri jamoat transportida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali (2022), volume

Махмудов Г., Абдурахимов Л.Х.Н.Maxmudov G.N., Abduraximov L.X., Технология stop-start в современных автомобилях, Машиностроение: новые концепции и технологии, (2022), Красноярск.

SHNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” / O`zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo`mitasi – Toshkent, 2009-177 b.

SHNQ 3.06.03-08 “Avtomobil yo`llari” O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi T. 2021 y.130 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов