Предложение по научно-практическому проекту по восстановлению и переоборудованию жилых домов в районе крепости в городе Хива

CC BY f
150-153
6
2
Поделиться
Бободжонов, А., Сетмаматов, М., & Худайберганов, Б. (2023). Предложение по научно-практическому проекту по восстановлению и переоборудованию жилых домов в районе крепости в городе Хива. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 150–153. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27289
Анварбек Бободжонов, Ургенчский государственный университет
Преподаватель кафедры «Строительство»
Махсуд Сетмаматов, Ургенчский государственный университет
Заведующий отделом «Архитектура»
Бекзод Худайберганов, Хорезмская академия Маъмуна
младший научный сотрудник лаборатории
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье приведены некоторые результаты мониторинговые натурные исследование и определение технического состояния традиционный жилого дома, которые находится в территории Ичан Кале махалле “Заргарлар”, города Хивы.


background image

XIVA SHAHRI ICHAN QAL’A HUDUDIDAGI TURAR JOYLARNI RESTAVRATSIYA

QILISH VA MEXMONXONAGA QAYTA JIXOZLASH BO’YICHA ILMIY AMALIY

LOYIHA TAKLIFI.

URDU.Qurilish” kafedrasi o’qituvchisi”

BOBOJONOV ANVARBEK RAXIMBERGANOVICH

URDU.”Arxitektura” kafedrasi mudiri

: SETMAMATOV MAHSUD BEKTURDIYEVICH.

Xorazm Ma’mun akademiyasi labaratoriyasi kichik ilmiy hodimi

: XUDAYBERGANOV BEKZOD

ALLABERGANOVICH .

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Xiva shahridagi Ichan Qal’a hududidagi “Zargarlar” mahallasida joylashgan

an’anaviy uy bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring kuzatuv ishlari va uni saqlab qolish masalalaari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

an’anaviy uy, yodgorlik, texnik holat, namlik, sho‘rlanish, devor, sinch nigirik, saqlash, ta’mirlash,

loyiha.

Аннотация.

В статье приведены некоторые результаты мониторинговые натурные исследование и

определение технического состояния традиционный жилого дома, которые находится в территории Ичан Кале
махалле “Заргарлар”, города Хивы.

Ключевые слова:

традиционный жилой дом, памятник, техническое состояние, влажность,

засоленность , стены, синч-нигирик, сохранение, реставрация, проект.

Abstract.

The article presents some results of a monitoring field study and determination of the technical

condition of a traditional residential building located in the territory of Ichan Kala mahalla “Zargarlar", the city of
Khiva.

Keywords:

traditional residential building, monument, technical condition, humidity, salinity , walls, sinch-

nigirik, preservation, restoration, project.

Jaxon madaniy me’moriy yodgorliklaridan hisoblangan mustaqil mamlakatimizning madaniy

gavhari hisoblangan qadimiy Xiva shahrimiz o’zining qariyib 2500 yildan buyon tashkil topib,
qurilib, vayronalarga aylanib va yana qayta qayta qurilib gullab yashnab kelmoqda. Bu davr
mobaynida shahar bir necha bor qayta bunyod etildi. Shahar saltanat markazi bo’lgandan so’ng tezlik
bilan katta hajmda bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ayniqsa me’morchilik soxasining beshigi
hisoblangan turar joylar me’morchiligida salmoqli ishlar qilindi.Xiva turar joy arxitekturasi o’ziga
xosligi O’rta Osiyoning boshqa hududlaridagi turar joylardan ajralib turadi, buning sababi, avvalo
hudud iqlim sharoiti va unda ishlatiladigan qurilish materiallaridir. Biz bilamizki, Xorazm voxasi
Amudaryoning quyi qismida quruq subtropik iqlim zonasida joylashgan. Yoz fasli issiq jazirama
bo’lib, xavo haroarti 45

o

S gacha qizadi, yog’ingarchilik yiliga 130...160 mm, yog’ingarchilik juda

kam. Qish mavsumi esa quruq sovuq, xavo harorati -25

o

....-32

o

S soviydi. Yilning o’rtacha sakkiz

oyida axoli asosan uyning tashqarisida yashaydi. Qolgan 4 oyini uy ichkarisida yashaydi. Bunday
sharoitni hisobga olgan qadimgi me’mor quruvchi ustalarimiz voxada o’ziga xos turar joy me’moriy
yechimlarni o’ylab topib yoz paytida uy tashqarisida bo’lish hisobga olingan. Yozning issiq
havosidan saqlanish, yengil shabada hosil qilish maqsadida ayvon kontruktsiya bunyod etib , shu
bilan birga qish payti issiq xavoni hosil qilish maqsadida ham ayvon konstruktsiyasidan foydalanildi

1-2-rasm

. Ters ayvon

Binolarni tatqiqot qilish davomida Xiva turar joylarining asosiy dominant qismi bu ters va


background image

o’ng ayvonlar bo’lib, boshqa xonalar mazkur ayvonlar atrofiga joylashtiriladi va yuqorida aytib
o’tganimizdek, Xiva turar joylari, ayniqsa shaxar turar joylari qurilishida ishlatiladigan qurilish
material va konstruktsiyalaridir. Bizga ma’lumki, insonlar turar joy qurilishida arzon va qayta
ishlanishi oson bo’lgan ashyo va buyumlardan foydalanishga harakat qilishadi. Xiva turar joy
qurilishida asosan sinch(nirik) konstruktsiyasidan foydalaniladi. Bunda asosiy bino karkasi maxalliy
terak va gujum daraxtidan tayyorlangan taxta va yog’och materiallarida foydalanilgan.

Krakas konstruktsiyalarini to’ldiruvchi material sifatida qo’lda quyilib tayyorlanga xom g’isht

v,guvalava somon loy ishlatilgan. 1990 yilda Birlashgan millatlar tashkilotining UNESCO tashkiloti
tomonida Xiva shahri tarixiy me’moriy qismi Ichon qal’a
hududi Butunjaxon tabiiy va madaniy merosi Ro’yxatiga
kiritildi. Mazkur tashkilot tomonidan bizning shahrimizning
Ro’yxatga olinishi bu ushbu hududdagi 50 dan oshiq madaniy
meros obidalari va ular atroflarida haraktdagi qadimiy turar
joylar bilan birgalik yaxlit madaniy me’moriy ansambl
kompleksining tashkil etganligi, bunday ansambl komplekslar
dunyoning hech qaerda takrorlanmasligi va o’zgachaligi bu loy
arxitekturasidir.

Lekin keyingi yillarga nazar solsak, mazkur turar

joylarning arxitekturasida an’anaviylikdan chekinish, mazkur
tarixiy ansamblga mos kelmagan arxitektura va qurilish
elementlari kirib kelmoqda. Bu o’z navbatida yuqorida qayd
etilgan nufuzli xalqaro tashkilot mutaxasislarining e’tirozlariga
sabab bo’lmoqda. Bu masalada mazkur tashkilot tomonidan
e’tiroz va ogoxlantirishlar taqdim qilindi va qilinmoqda.
Albatta, buni bir qancha sabablari bor. Birinchidan, xayotimizga yangi muxandislik kommunikatsiya
tarmoqlari kirib keldi. Ikkinchidan, yuqorida aytib o’tganimizdek, Ichon qal’a hududi xarakatdagi
axoli zonasidir. Demak, bu yerda yashovchi insonlar xam zamonaga moslashadi. Uy intererlarida
zamonaviy qulayliklar yaratishga, ekstererida esa zamonaviy arxitektura elementlari ishlatishaga
xarakat qilishadi. Xattoki binolar asosiy va qoplovchi konstruktsiya va materiallarida xam zamonaviy
eelmentlardan foydalanishmoqda. Xayotimizga kundan kunga fan va texnikaning yangiliklari kirib
turmush farovonligimizni yaxshilab bizga bir qancha qulayliklar yaratyapti. Mazkur qulaylar insonlar
xayotiga ijobiy ta’sir qilib, ikknichi tomondan xududning betakror tarixiy me’moriy ko’rinishiga
o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Bunday paytdan qandaydir boshqa bir yechimlarni izlashga
bizni undaydi.

Yuqorida keltirib o’tilgan bir qancha negativ faktorlarni yechimi sifatida biz quyidagi loyixa

takliflarini keltiramiz.

Tarixga nazar solsak xozirgi kunimizgacha yetib kelgan turar joy arxitektura namunalari Xiva

shahrida deyarli qolmagan. Faqat ularning ayrim fragmentlarini ba’zi turar joylarda uchratishimiz
mumkin. Shuningdek, o’tgan asrning 60 va 70 yillarda ijod qilgan arxitektura va arxeologiya olim
va mutaxassislarning yozib qoldirgan ilmiy asarlarida hamda tarixiy janrda ijod qilayotgan rassomlar
ijodiy asarlarida xam ko’rishimiz mumkin. ular quyidagilar:


background image

2-3-rasm.

Xudaybergan Devonov tomondan olingan foto rasm bo’lib unda Xiva turar joylari aks

ettirligan .

Yuqorida keltirib o’tilgan bir qancha negativ faktorlarni yechimi sifatida biz quyidagi loyixa

takliflarini keltiramiz. Loyixalashtirilayotgan ob’ekt Xiva shaxar Ichon qal’a hududida Zargarlar
ko’chasi 101 uy manzilida joylashgan bo’lib, loyixaviy takliflarimiz quyidagicha:


5-rasm

.Joriy holati.

6- rasm

. Loyihaviy taklif.


background image

7- rasm.

Loyihaviy Old ko’rinish taklifi.

8- rasm

. Loyihaviy ters ayvon ko’rinish

taklifi.

9-10-rasmda

. Ters va ong ayvonlar ko’rinishi.

Xulosa o’rnida quyidagilarni keltirib o’tamiz. Loyixa taklifi konkret takliflar asosida olib

boriladi. Mazkur loyixa taklif O’zbektiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Madaniy
meros agentligi Bosh boshqarmasi Ilmiy ekspert Kengashi tomondan ma’qullangan bo’lib,
restavratsiya vaqtida ushbu loyiha takliflaridan foydalanib, Xiva madaniy meros kelajak avlodlarga
to’la to’kis yetkazish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mankovskaya L. M. Pamyatniki zodchestva Xorezma.

2.

Pugachenkova L.K. Shaxrisabz, Termez, Xiva.

3.

Materiali butovoy texnicheskoy inventarizatsii po Xorezmskoy oblasti.

4.

Булатова В.А., Ноткин И.И.- Архитектурные памятники Хивы. Ташкент, «Узбекистан», 1965. 79 с. с ил. 6 л.
ил.

5.

Воронина В.Л.- Строительная техника древнего Хорезма. ТХАЭЭ. т.1. М., Наука, 1952. с.87-104

6.

Гулямов Я.Г.- Памятники города Хивы. Труды УзФАН СССР. Серия

7.

История, археология. Вып. Ш. Ташкент, Уз ФАН, 1941. 44 с.

Библиографические ссылки

Mankovskaya L. M. Pamyatniki zodchestva Xorezma.

Pugachenkova L.K. Shaxrisabz, Termez, Xiva.

Materiali butovoy texnicheskoy inventarizatsii po Xorezmskoy oblasti.

Булатова В.А., Ноткин И.И.- Архитектурные памятники Хивы. Ташкент, «Узбекистан», 1965. 79 с. с ил. 6 л. ил.

Воронина В.Л.- Строительная техника древнего Хорезма. ТХАЭЭ. т.1. М., Наука, 1952. с.87-104

Гулямов Я.Г.- Памятники города Хивы. Труды УзФАН СССР. Серия

История, археология. Вып. Ш. Ташкент, Уз ФАН, 1941. 44 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов