Общая архитектурная система медресе

  • Ташкентский архитектурно-строительный университет
CC BY f
154-158
3
6
Поделиться
Яхяев, А. (2023). Общая архитектурная система медресе. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 154–158. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27291
А Яхяев, Ташкентский архитектурно-строительный университет
Кафедра «Градостроительства»
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье унификация системы перегородок вокруг двора явилась «чудом» в типологии зданий, такая система имеет всесторонне удобное планировочное решение, отвечающее религиозно-бытовым задачам социальных процессов (обучение, молитва, зикр, проживание и т. д.).


background image

MADRASALARNING UMUMIY ME’MORIY TIZIMI

Yaxyayev A.A.,

dotsent, (PhD),

Toshkent arxitektura qurilish universiteti,

“Shaharsozlik” kafedrasi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lmali tizimning hovli atrofida birlashishi inshootlar tipologiyasida

“mo‘jiza” bo‘ldiki, bunday tizim, ijtimoiy jarayonlarning (o‘quv, namoz, zikr, yashash va boshqalar) diniy va maishiy
vazifalariga javob beruvchi har tomonlama qulay rejaviy yechimga egadir.

Kalit so‘zlar:

madrasa,

yodgorlik, arxeologik, kompozitsiya, rabot, me’morchilik, karvonsaroy, xonaqoh,

masjid, inshoot.

Aннотация:

В данной статье унификация системы перегородок вокруг двора явилась «чудом» в

типологии зданий, такая система имеет всесторонне удобное планировочное решение, отвечающее религиозно-
бытовым задачам социальных процессов (обучение, молитва, зикр, проживание и т. д.).

Ключевые слова:

медресе, мемориал, археологический, состав, работа, мемморчилик, карвонсарой,

сосед по комнате, мечеть, средство.

``

Abstract:

In this article, the unification of the partition system around the courtyard was a "miracle" in the

typology of buildings, such a system has an all-round convenient planning solution that meets the religious and domestic
tasks of social processes (learning, prayer, zikr, living, etc.).

Keywords:

madrasa, memorial, archaeological, composition, relationship, architecture, carvonsara, honakoh,

mosque, facility.

Kirish.

Toshkent madrasalari O‘zbekiston tarixiy me’moriy yodgorliklari orasida, o‘zining rejaviy, hajmiy,

badiiy jihatlari bilan o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlaridagi madrasalar bilan barobar
shakllanish yo‘li, kelib chiqish asoslariga egadir [1].

Madrasalar me’moriy shakllanishining umumiy yo‘nalishlari.

Me’morchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlarda anchadan beri madrasa binolarining kelib chiqishi

va ayniqsa ularning hovli-ayvonli tizimi shakllanishi asoslari bahslarga sabab bo‘lib keladi. Asr
boshidayoq V.V.Bartold Balx (hozirgi Afg‘oniston shimolidagi tarixiy shahar) tasarrufidagi
hududlarda madrasalarning ko‘plab uchrashi hamda Amudaryoning ikkala qirg‘og‘i yerlarida
ularning ko‘pligidan kelib chiqib (bu yerlarda islom tarqalishidan avval buddaviylik dini hukmronligi
kuchli bo‘lgan) musulmon madrasalari uchun hovlili buddaviy ehromlar xizmat qilgan degan fikrni
beradi [2].

Mavzuning dolzarbligi va hozirgi xolati.

Bu nuqtai nazarni Ajinatepadagi qazishmalarning

arxeologik natijalari orqali V.L.Litvinskiy va T.I.Zeymal ham qo‘llaydilar. Ularning fikricha to‘rt
ayvonli hovlili rejaviy kompozitsiya O‘rta Osiyo janubida VI-VII asrlarda ham mavjud bo‘lgan, har
holda O‘zbekiston hududida aniqlangan buddaviy ehromlar tarhiy yechimlari shunday hovlili
yechimga egadirlar.

N.B.Nemsova bo‘lsa, o‘rta asr karvonsaroylarini o‘rganib, bu binolarning hovli-ayvonli

kompozitsiyasi Qadimiy Misrning tosh arxitekturasidagi atrofi inshootlar va ustunlar joylashgan
hovlilariga o‘xshashligini aytadi. Islom davridagi xalifalik mamlakatlarida ikki ayvonli tizimlar qal’a,
istehkom va rabotlar tarkibida ham rivojlandi. Fikrimizcha, aynan mustahkamlangan rabotlarning
me’moriy-rejaviy usuli keyinchalik madrasalarga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin [3].

Markaziy Osiyo me’morchiligidagi hajmiy-rejaviy shakllanish jarayonini tushunish uchun bu

yerda islomdan avvalgi me’morchilik madaniyatni ko‘rib chiqish kerak, chunki ularning keyingi davr
arxitekturasiga ham ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki ilk o‘rta asrlar davrida bu hududda
nasroniylik (xristianlik), zardushtiylik, buddaviylik keng tarqalgan edi. Ularning ehromlari va diniy
inshootlari hovlilik kompozitsiyaga ega bo‘lsada, lekin vazifasiga ko‘ra madrasa tizimi va tarhiy
rejasini rivojlanishiga ta’siri sezilarsiz bo‘lgan.

Markaziy Osiyoda qurilgan feodal qo‘rg‘onlari tizimini ko‘rib chiqilganda, baland devor bilan

o‘rab olingan, chor tarafi uylar bilan to‘latilgan, o‘rtada turli o‘lchamda bo‘lgan hovlili qo‘rg‘on-
ko‘shk tizimining rivoji madrasalar rejasiga yaqinlashib borganini ko‘ramiz. X-XI asrlarda qurilgan
karvonsaroy, madrasa, xonaqoh, masjidlar rejasida qal’a-qo‘rg‘on tipidagi turar joy yechimini ham
kuzatish mumkin. Rey va Xargirddagi (Xuroson va Erondagi shaharlar) birinchi madrasalar rejasi


background image

oddiy mustahkam qo‘rg‘onlardan uncha farq qilmaydi. Va aksincha, Shahrisabzda Amir Temur
qurdirgan Oqsaroy esa to‘rt ayvonli hovlili kompozitsiyaga ega bo‘lgan [4].

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, feodal davrning monumental turar joylari rivoji o‘z navbatida,

O‘zbekiston hududida X-XI asrlarda qurilgani aniqlangan madrasalarda hovli-ayvon
kompozitsiyasini shakllanishiga ta’sir qilgan. Bu fikrni L.Yu.Mankovskaya, T.F.Jukovalar o‘z
tadqiqotlarida keltiradilar [1, 4]. L.Yu.Mankovskayaning yodgorliklar tipologiyasiga oid ishlari
natijasidan o‘quv inshootlari uchun maxsus qurilgan binolar bu rabotlar degan xulosa kelib chiqadi.
U bu holatni rabot, mehmonxona, karvonsaroy, xonaqoh-zaviya va ular asosida kelib chiqqan
madrasalar yagona rejasining qulayligi bilan tushuntiradi. XII asrga kelib rabotlarning istehkom
vazifasi so‘nib, uning tarhiy qirralari qonuniylashib bordi. Madrasa tizimiga esa ularning bo‘lmali
ko‘rinishi asos bo‘ldi. Bo‘lmali tizimning hovli atrofida birlashishi inshootlar tipologiyasida
“mo‘jiza” bo‘ldiki, bunday tizim, ijtimoiy jarayonlarning (o‘quv, namoz, zikr, yashash va boshqalar)
diniy va maishiy vazifalariga javob beruvchi har tomonlama qulay rejaviy yechimga egadir.

Xullas, madrasalar me’moriy jihatdan jamoat xonalari (miyonsaroy, darsxona, masjid) va

turar joy bo‘lmalari ochiq hovli atrofida birlashgan inshootlardan iboratdir.

Madrasa tizimidagi umumiy rejaviy qoidalar quyidagilardan iborat:

a) Jamoat xonalari. O‘lchamlariga ko‘ra turlicha rejalashtirilgan. XI asrga kelib madrasaning

jamoat va yashash xonalari vazifalarining turli-tumanligi bilan belgilangan. Bunga Samarqanddagi
Ibrohim Tamg‘ochxon madrasasining vaqfnomasi dalolat beradi. Unda masjid, turli darsxonalar (ilm
bilan shug‘ullanish, adabiyot bilan shug‘ullanish uchun alohida), kutubxona, hovli atrofida hujralar
va bog‘ bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Madrasa ma’muriyati tarkibida mutavalli, fiqh, adabiyot
mudarrislari, qiroatchi qori, xazinachi, ikki bog‘bon, kutubxonachilardan iborat to‘qqizta o‘rin
belgilangan. Vaqfga muvofiq bu yerda tahsil ko‘ruvchi talabalar soni 50 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Madrasa xonalarining yana ham ko‘proq tarkibini Qobul yaqinidagi madrasa uchun berilgan Xo‘ja
Ahror vaqfnomasi (XV asr) qayd qiladi: mashg‘ulotlar uchun bir necha xonalar (darsxonalar), ikkita
yordamchi hujrali masjid, peshtoqli usti yopiq dalon, maktab, hammom, suv turadigan xona,
xojatxona, ayvonli uycha, jamoatxona, ikki mudarrisda o‘qiydigan 20 ta talaba uchun hujralar
belgilangan. Madrasa shtatida imom, muazzin, boshlang‘ich maktab boshlig‘i, to‘rt qori, hammom
va hovli xizmatchilaridan to‘rt kishi, xojatxonani tozalovchi va bir meshkobchi bo‘lgan. Har kungi
o‘quv va maishiy jarayonlardan tashqari, har 10 yilda bir, vaqf asoslangan kunda, tantanali yig‘in
o‘tkazilishi ko‘zda tutgan. Madrasalarda doimo istiqomat qiluvchi talabalar soni juda katta bo‘lgan.
Marvdagi XI-XII asr madrasasida yuzlab talaba o‘qigan.

XIII asrda Buxorodagi Ma’sudiyo va Xoniyyo madrasalarida mingga yaqin o‘quvchi bo‘lgan.

Natijada bino o‘lchami katta va hujralar soni sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi turgan gap. Bir necha
darsxonaning mavjud bo‘lishi hozirgi kabinet usulidagi o‘quv jarayoniga o‘xshab ketadi. Bu holat
ham bino tarhiga ta’sir qilgani ko‘rinib turibdi [6].

Madrasaning kirish qismi (miyonsaroy) gumbazli xonadan iborat bo‘lib, old tomoni ko‘pincha

hashamdor peshtoq va ravoqli qilib qurilgan. Hovliga to‘g‘ridan chiqilmay, panjara yoki devor bilan
to‘silib G-shaklidagi ikki yon yo‘lak orqali o‘tilgan, miyonsaroy ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab ikki
yonlarida darsxonalar joylashtirilgan. Madrasa tarkibidagi masjid ham ko‘pincha shu o‘q chizig‘ida
bo‘lgan. Bularning barchasi gumbazlar bilan yopilgan.

Xivaning ko‘p sonli madrasalarida miyonsaroyning rivojlangan shaklini ko‘rish mumkin.

Ular bir, ikki gumbazdan boshlab to‘qqizta gumbazlargacha yopilgan. To‘rtburchak, kvadrat tarhli
va turli o‘lchamli jamoat xonalari me’moriy jihatdan ham turlicha bo‘lgan. Ularning hovli burchaklari
kesik qilinib, yarim sakkiz qirrali ravoqlarga kirish eshiklari o‘rnatilgan. Turar-joy hujralari har bir
madrasaning o‘zgarmas tarkibiy qismidir. Hujralar bir yoki ikki xonadan iborat bo‘lib, birinchi
qavatdagilariga ravoqli ayvoncha orqali, ikkinchi qavatdagilarga yo‘laklar orqali pastak eshikdan
kiriladi [5].

Madrasalarning XV-XVII asrlarga oid an’anaviy shakllarida hujralar cho‘ziq to‘rtburchak

bo‘lib, qisqa tomoni bilan hovliga qaragan. Hujralarning o‘rtacha maydoni 10-15 m² bo‘lib, tomonlari
3x3, 3x5 m atrofida bo‘lgan. Bunday yotoqxonalarda tokchalar, ba’zilarida, masalan Samarqanddagi
Ulug‘bek madrasasi (XV asr), Xivadagi Muhammad Aminxon, Muhammad Rahimxon, Qozikalon


background image

madrasalarida (XIX asr) tashqi devor perimetri bo‘ylab qaznoqlar ham joylashtirilgan edi. Hujralar
eshik yuqorisidagi darcha orqali yoritilgan va kichik tuynuklar orqali shamollatib turilgan. Isitish
uchun hujralarda tancha va o‘choqlar bo‘lgan. So‘nggi davrlarda esa hujralarda ruscha o‘choq
(kamin) ham qilingan. Ikki xonali hujralarning bir bo‘lmasidan omborxona sifatida foydalanilgan.
Hujralar ikki talaba yoki bir mudarris uchun mo‘ljallangan [1].

XVI-XVII asrlar oxiriga kelib ikkinchi qavatdagi yon va orqa tarzlaridagi hujralar tashqariga,

ko‘chaga ravoqli ayvonlar bilan ochildi (Buxoroda Ko‘kaldosh madrasasi, Denovdagi Said Otaliq,
Xivadagi XIX asrda qurilgan Muhammad Aminxon madrasalari shular jumlasidan). Buxorodagi
Fatxulla Qushbegi madrasasida (1585-1586 yillar) hujralarning orqama-orqa joylashtirish natijasida
ularning soni ikki barobar ko‘paygan.

b) Bir hovlili madrasalar: Madrasalarning joriy me’moriy tipologiyasida ularning hovlisi va

ayvonlari soni bilan turlarga ajratilgan. Madrasalarning bir hovlili tizimining umumiy turi ichida ham
uch xil ko‘rinishi mavjud:

- oddiy hovlili madrasalarda, bir bo‘lmali hujralar qatori bo‘lib o‘q chiziqlari belgilanmagan.

Bu oddiy hovlili kompozitsiya bo‘lib, aksariyati kichik madrasalarda qo‘llanilgan.
L.Yu.Mankovskayaning keltirishicha, bunday inshootlar tizimi arablardan avvalgi ehromlarda
uchragan va ularning sodda ko‘rinishi kichik madrasalarda IX-XIX asrlar mobaynida so‘nggi feodal
davrigacha yetib kelgan [4];

Bir hovlili madrasalarning bo‘lmali reja ko‘rinishida qurilganlarini hovli shakli bilan farqlash

mumkin. Kvadrat hovlili - Buxorodagi Jo‘ybori Kalon madrasasi (1670 y), Qarshidagi
Shermuhammad, Hisordagi Ko‘hna madrasalari (XVIII-XIX asrlar), Xivadagi Xo‘ja Shomahram
madrasalaridir.

Bo‘ylama o‘q chizig‘i bo‘ylab to‘g‘ri to‘rtburchak hovlili madrasalar - Samarqanddagi

Shayboniyxon (1502 y), Xivadagi Musato‘ra, Qozikalon, Islomxo‘ja madrasalaridir. To‘g‘ri
to‘rtburchak shakldagi hovlining ko‘ndalang joylanishi Qarshidagi Xo‘ja Qurbon, Xivadagi Do‘st
A’lam, Otajonboy va boshqa madrasalarda uchraydi.Ikki ayvonli hovlili madrasalar. Odatda hovli
o‘qiga peshtoq hajmi qo‘shilgan. Chuqur ayvonlar yozgi darsxona yoki masjid bo‘lib xizmat qilgan
va so‘nggi feodal me’morchiligida kompozitsiyaning ajralmas qismi bo‘lib, bir xil balandlikdagi
ravoqlar qatori maromida ayvon peshtoqlari mahobati bilan ajralib turadi. Ayvonli hovlilar
Toshkentdagi Ko‘kaldosh va Baroqxon madrasalarida ham qo‘llanilgan (XVI asr).

Bo‘ylama o‘q tizimli qo‘sh ayvonli madrasalarning ikki xil turi mavjud. Madrasaning to‘g‘ri

burchakli hajmidan butunlay chiqib turadigan ko‘rinishi (Baroqxon) va hovli qurulmalariga qo‘shilib
ketgan chuqur ayvonli yoki gumbazli hajmli ko‘rinishi (Toshkentdagi Ko‘kaldosh, Buxorodagi
Madorixon madrasalari shular jumlasidan). Bir hovlili, bo‘ylama o‘q chizig‘i ajratilgan madrasalar
hovli shakli bilan turlanadi: kvadrat (Samarqanddagi Muhammad Sulton, Buxorodagi Ulug‘bek
madrasalari), bo‘ylamasiga cho‘ziq (Xivadagi Amir to‘ra, Arab Muhammadxon, Toshkentdagi
Baroqxon, Ko‘kaldosh, Buxorodagi Madorixon, Gaukushon, Ko‘kaldosh madrasalari), ko‘ndalang
o‘q bo‘ylab cho‘ziq (G‘ijduvondagi Ulug‘bek 1433 y, Buxorodagi Kalobod 1599-1600 y, Xivadagi
Muhammad Aminxon 1785 y madrasalari) ko‘rinishga egadir.

To‘rt ayvonli tizimda eng yirik madrasalar qurilgan. Ayrim kichik madrasalar, bu turdagi

Buxorodagi va G‘ijduvondagi Ulug‘bek madrasalari, Toshkentdagi Xo‘ja Ahror madrasasi,
Samarqandagi Ulug‘bek madrasasining hovlisiga joylashishi mumkin (uning umumiy o‘lchamlari
81x56 m, hovlisi 30x30 m.ga teng).

Madrasalar XVI asrdan boshlab umumiy bir tizimda qurila boshlandi: ko‘ndalang o‘qqa kirish

qismining barcha xonalari joylashtirildi, ayvon va hovli burchaklarida qirrali o‘yiqlik tashkil etilib,
ulardan hujra va xonalarga yo‘lak va eshiklar tarqalgan. Bir turdagi tizimga ega bo‘linsada madrasalar
bir-biriga o‘xshamagan. Ma’lum bir shahar hududiga an’anaviy madrasa tizimini joylashtirilganda
ham hovli shaklini saqlashga urinib, bino hajmiga o‘zgarishlar kiritilgan. Masalan, XVI asrda
Buxorodagi cho‘ziq maydonda qurilgan Gaukushon madrasasi tarhi trapesiyasimon ko‘rinishga ega
bo‘ldi. Yana shu holat XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon madrasasida qaytarildi. Tashqi
tarhining noto‘g‘ri shaklini Xivadagi kichik madrasalar, Otajonboy va Mozori Sharif madrasalari
olganlar. XVIII-XIX asrlarga kelib, iqtisodiy turg‘unlik tufayli madrasalarning an’anaviy tizimlarini


background image

soddalashtirdilar, ikki qavatli hujralarni faqat bosh tarz tomonda saqlab, qolgan tomonlari bir qavatli
oddiy hujralar qurildi. Turar joylarning tor, zich muhitiga madrasalarni joylashtirishda esa tashqi
shakllar ham o‘zgardi. XX asr boshida Namanganda qurilgan Mulla Qirg‘iz madrasasi hatto qiyiq
burchakli besh qirrali hovli shaklini oldi.

Qo‘sh hovlili madrasalar. Xivada 1835 yili ko‘ndalang o‘q tizimli Xo‘jamberdiboy

madrasasini (XVIII asr) Olloqulixon madrasasiga o‘tish yo‘lagi bilan ikki bo‘ldilar. Miyonsaroy bilan
yo‘lak atrofida ikki kichik hovli paydo bo‘ldi. Tarhiga qaraganda xurjun ko‘rinishiga ega bo‘lib, qayta
o‘zgargan madrasa ham Xurjun nomini oldi. Abdurasulboy madrasasi tor maydonda qurilayotganda
qo‘sh hovlili usul to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanildi. Bunday madrasa Buxoroda Zomucha mahallasida
ham qurilgan.

L.Yu.Mankovskayaning madrasalar tipologiyasi rivojidagi “me’moriy turlanish”lar shartli

bo‘linishlarda ko‘rib chiqqan bo‘lsada, me’mor madrasalarni qurayotganda uning tarhiy va hajmiy
yechimini turli usullar bilan takomillashtirgan: ya’ni hovli shaklini o‘zgartirgan, to‘rt ayvonli
tizimdan ikki ayvonli shaklga ham o‘tkazib ko‘rgan. Turli viloyatlardagi ustalar o‘zlarining xususiy
yo‘nalishlarini kirgizgandilar [4]. T.F.Jukovaning fikricha Buxoro, G‘ijduvon va Toshkentdagi
madrasalarning yiriklari ikki ayvonli tizimda qurilgan bo‘lsada, xonalarga kirish miyonsaroy orqali
tashkil etilgan. U yana shuni qayd qiladiki, Toshkent madrasa inshootlari tarziy qismi xonalarning bir
necha o‘q chizig‘iga joylashtirish bilan va tarz qanotlari ko‘ndalangiga beshtadan gumbazli xona
tashkil qilish bilan farqlanadi (Ko‘kaldosh madrasasi misolida) [1].

Xulosa

. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadqiqotlardan ma’lumki madrasalar tipologiyasi uchun

qabul qilingan bunday turlanish hajmiy va shakliy jihatdan shartlidir. Chunki klassik tizimda qurilgan
madrasalardan tashqari o‘nlab madrasalar, madrasa-masjidlar, mahalla guzarlari, maktablari mashhur
maqbaralar yonidagi madrasalar, joyning sharoiti, iqtisodiy imkoniyatlariga qarab turli shakllarda
qurilgan. Yirik va mashhur mahalla masjidlariga yondoshtirib hujralar va darsxona qurilib,
keyinchalik mudarris tayinlanishi ularni madrasa vazifasini o‘tashga imkoniyat bergan. Alohida,
maxsus madrasa tizimida qurilgan binolardan tashqari, yuqori shart-sharoitlardan kelib chiqqan
madrasalardan Zangi ota me’moriy majmuadagi inshootni misol qilish mumkin.

Turlicha joylashtirilgan hujralar va masjidli mahalla madrasalari albatta o‘ralgan hovliga ega

bo‘lganlar. Xususan hozirda ham saqlanib qolgan To‘xtaboy masjidi bir vaqtlar hovlisi gir aylangan
hujralardan iborat bo‘lib, o‘z vaqtida madrasa-maktab vazifasini o‘tagan. Vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa
sobiq Sho‘rolar davrida Toshkent madrasalari turli muassasa, omborxona, korxonalarga aylantirilishi
bilan bir qismi buzilib ketgan, saqlanib qolganlari ham turli qurulmaviy o‘zgarishlarga duchor bo‘lib
asl qiyofasini, tarhiy rejasini yo‘qotgan.

Toshkentning hozirda saqlanib qolgan madrasalarning ta’rifi imkoniyat darajasida berilgan

bo‘lib, asosan arxiv hujjatlariga asoslangan. Hozirda mavjud bo‘lmaganlariga oid ma’lumotlarni izlab
topish, asl me’moriy qiyofasini aniqlash, tarixiy va me’moriy-badiiy qiymatlarini belgilash Toshkent
me’morchiligida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, ayrim obidalar tarixiy me’moriy qadriyat
sifatida qayta tiklanishga molikdirlar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Жукова Т.Ф. Медресе Средней Азии. Генезис, эволюция, современное использование. Автореферат. Санкт-
Петербург. 1992.

2.

Moziydan taralgan ziyo. Imom al-Buxoriy. T. 1998.

3.

Немцова Н. Медресе Тамгач-Бограхана в Самарканде (из археологических работ в ансамбле Шахи-Зинда).
Афрасиаб. вып. III. Т. 1974.

4.

Маньковская Л.Ю. Типологические основы зодчества Средней Азии (IX - нач. ХХ в). Т.1980.

5.

Юсупова М.А. Медресе Хивы и бухары: эволюция, общность и особенности архитектурных школ.
Общественные науки в Узбекистане. №7-8. 1997.

6.

Пугаченкова Г., Ремпель Л. История искусств Узбекистана. М. 1965.

7.

Yakhyayev, A., and D. Rejapova. "Kushki dilkusho palace: scientific discussions."

Problems of Architecture and

Construction

2.2 (2019): 41-45.

8.

Abdujabborovich, Yaxyaev Abdulla. "Ulugbek Period Architecture."

Turkish Journal of Computer and Mathematics

Education (TURCOMAT)

12.3 (2021): 3134-3141.


background image

9.

Abdujabborovich, Yaxyayev Abdulla. "SHOXI-ZINDA MAJMUASI ME’MORIY BEZAKLARINING UMUMIY
TA’RIFI."

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN

(2023): 181-185.

10.

Яхяев, Абдулла Абдужабборович, and Дилафруз Акрамовна Режапова. "ЎЗБЕКИСТОННИНГ БУЮК ИПАК
ЙЎЛИДАГИ САВДО-МАДАНИЙ МАРКАЗЛАРИ."

Новости образования: исследование в XXI веке

1.4

(2022): 572-576.

11.

Yakhyaev, A. A., and Samariddin Usmonov. "CITY DEVELOPMENT AND THE ROLE OF INFRASTRUCTURE
IN IT."

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION

2.15 (2023): 114-117.

12.

Яхяев, Абдулла Абдужабборович, and Орифжон Икромович Сабиров. "ПРИМЕНЕНИЕ РЕГУЛЯРНОГО
СТИЛЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ И ЕГО ОСОБЕННОСТИ."

PEDAGOGICAL SCIENCES AND

TEACHING METHODS

2.18 (2022): 52-57.

Библиографические ссылки

Жукова Т.Ф. Медресе Средней Азии. Генезис, эволюция, современное использование. Автореферат. Санкт Петербург. 1992.

Moziydan taralgan ziyo. Imom al-Buxoriy. T. 1998.

Немцова Н. Медресе Тамгач-Бограхана в Самарканде (из археологических работ в ансамбле Шахи-Зинда). Афрасиаб. вып. III. Т. 1974.

Маньковская Л.Ю. Типологические основы зодчества Средней Азии (IX - нач. ХХ в). Т.1980.

Юсупова М.А. Медресе Хивы и бухары: эволюция, общность и особенности архитектурных школ. Общественные науки в Узбекистане. №7-8. 1997.

Пугаченкова Г., Ремпель Л. История искусств Узбекистана. М. 1965.

Yakhyayev, A., and D. Rejapova. "Kushki dilkusho palace: scientific discussions." Problems of Architecture and Construction 2.2 (2019): 41-45.

Abdujabborovich, Yaxyaev Abdulla. "Ulugbek Period Architecture." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT) 12.3 (2021): 3134-3141. 9. Abdujabborovich, Yaxyayev Abdulla. "SHOXI-ZINDA MAJMUASI ME’MORIY BEZAKLARINING UMUMIY TA’RIFI." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN (2023): 181-185.

Яхяев, Абдулла Абдужабборович, and Дилафруз Акрамовна Режапова. "ЎЗБЕКИСТОННИНГ БУЮК ИПАК ЙЎЛИДАГИ САВДО-МАДАНИЙ МАРКАЗЛАРИ." Новости образования: исследование в XXI веке 1.4 (2022): 572-576.

Yakhyaev, A. A., and Samariddin Usmonov. "CITY DEVELOPMENT AND THE ROLE OF INFRASTRUCTURE IN IT." INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION 2.15 (2023): 114-117.

Яхяев, Абдулла Абдужабборович, and Орифжон Икромович Сабиров. "ПРИМЕНЕНИЕ РЕГУЛЯРНОГО СТИЛЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ И ЕГО ОСОБЕННОСТИ." PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS 2.18 (2022): 52-57.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов