Markaziy farg’onaning murakkab muxandislik-geologik sharoitlarda zamin va poydevorlar

CC BY f
243-246
1
1
Поделиться
Махсымов, К., & Мойдинхожаев, М. (2023). Markaziy farg’onaning murakkab muxandislik-geologik sharoitlarda zamin va poydevorlar. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 243–246. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27351
Косимхон Махсымов, Ферганский политехнический институт
Студент группы 4-20
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Изучены проблемы и их причины в процессе строительства и эксплуатации жилых домов на засоленных грунтах региона. Показаны неравномерная осадки зданий и сооружений в процессе их эксплуатации и разрушение материала фундамента под воздействием коррозии. Предоставляются предложения по проектированию и защите.


background image

MARKAZIY FARG’ONANING MURAKKAB MUXANDISLIK-GEOLOGIK

SHAROITLARDA ZAMIN VA POYDEVORLAR.

Dots.MAXSIMOV QOSIMXON IBAYEVICH

1

, 4-20 guruxi TALABASI MO‘YDINXO‘JAYEV MASHXUR

2

,

Farg‘ona politexnika instituti.,

mahsimovkosimhon@gmail.com

1

Тел

: +998905607602

мashxurbek

01@inbox.ru

Tel: +998882346879

Annotatsiya:

Xududning yer osti sizot suvlari yaqin va sho‘rlangan gruntlarida turar joy binolaari qurish va

foydalanish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning sabablari o‘rganilgan. Bino va inshootlarni
ekspluatatsiya qilish davrida notekis cho‘kishlari va poydevor materialini korroziya ta’sirida yemirilish xolatlari
ko‘rsatilgan. Loyixalash va himoyalash takliflari berilgan.

Kalit so‘zlar:

sho‘rlangan grunt, agressiv muhit, notekis cho‘kish, tuzli korroziya, poydevor, qoziq poydevor,

himoya vositalari.

Аннотация:

Изучены проблемы и их причины в процессе строительства и эксплуатации жилых домов на

засоленных грунтах региона. Показаны неравномерная осадки зданий и сооружений в процессе их эксплуатации
и разрушение материала фундамента под воздействием коррозии. Предоставляются предложения по
проектированию и защите.

Ключевые слова:

засоленный грунт, агрессивная среда, неравномерная осадка, солевая коррозия,

фундамент, свайный фундамент, средства защиты.

Abstract

: The problems and their causes in the process of construction and use of residential buildings in the saline soils

of the region are studied. Uneven subsidence of buildings and structures during their operation and erosion of the
foundation material due to corrosion are indicated.

Design and protection suggestions are provided.

Key words:

soils, aggressive environment, uneven subsidence, salt corrosion, foundation, pile foundation, protection

means.

Kirish

.Tadqiqot ob’yekti bo‘lgan Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan

viloyati xududlarini 27,9% kuchsiz, 35,6% o‘rtacha, 22,2% kuchli va 14,3% o‘ta kuchli sho‘rlangan
gruntlar tashkil etib, gruntlari va sizot suvlari sulfatga chidamli syementli betonlarga nisbatan o‘rta
agressiv, boshqa toifadagi syementlarga nisbatan kuchli agressiv muhitligi aniqlangan [4].

Markaziy Farg‘onadagi mavjud va foydalanib kelinayotgan bino va inshootlarning texnik

holatiga loyixaviy (muxandislik-geologik tadqiqotlarni to‘liq va sifatli o‘tkazilmaganligi, poydevor
materiali va tuzilmasini tanlashdagi kamchiliklar, sun’iy ravishda poydevor o‘lchamlarini katta yoki
kichik olinganligi, korroziyaga qarshi choralar yetarli darajada ko‘rilmaganligi, mavjud ochiq va
yopiq turdagi drenaj tarmoqlarini nosozligi), texnologik (qurilish ”0” qismini tashkil etilishi, qurilish
ishlarini sifatiz bajarilishi, bino va inshootlarni xo‘l rejimda ekspluatatsiya qilishda me’yorlarga amal
qilmaslik (qishloq xo‘jaligi bino va inshootlarida), vodoprovod va kanalizatsiya tizimlaridagi
nosozliklar, drenaj tizimini yaxshi ishlamasligi) xamda tabiiy (yer osti sizot suvlari sathining
o‘zgaruvchanligi, tashqi suvlar (yomg‘ir, qor, sug‘orish tizimi suvlari) ta’siri va tez eruvchan
tuzlarning notekis tarqalishi) omillar ta’sir etadi. Ushbu holat Markaziy Farg’onanig murakkab
muxandislik-geologik sharoitlarida zamin va poydevorlarni loyixalashda samarali usullarni joriy
etishni taqozo etadi.


background image

Mavjud holat

. Kuzatishlarimizga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan ayrim bino va inshootlarning amaldagi

me’yorlardan ortiq notekis cho‘kishlari va poydevor materialini korroziya ta’sirida yemirilish
holatlari uchraydi (1a,b,-2- rasmlar).

Bu esa bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida

texnik holatini soz holda saqlab turishda qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday
sharoitlarda korroziyaga chidamli temir-betondan tayyorlangan qoziq poydevorlarni qo‘llash orqali
yer ishlari va materiallar sarfini kamayishi hisobiga 30%ga qadar iqtisodiy samaradorlikga erishish
mumkin. Shuningdek, grunt va yer osti sizot suvlari tarkibida suvda eruvchi tuzlarning mavjudligi
va ularning agressivligi bino va inshootlarni yer osti qismi materialini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi.

2-rasm.

Agressiv

muhitdagi

poydevorlar holati

Bunda, havo harorati 300 dan katta va

namlik 30%dan yuqori bo‘lganda poydevor
tanasida tez rivojlanadigan korroziyaning
keng tarqalgan tuzli ta’sirlar shaklini
inobatga

olish

muhimdir[3].

Odatda,

poydevor materialini agressiv tuzlar ta’sirida
yemirilishi

yer

sathidan

10.....40

sm

balandlikga qadar yaqqol ko‘rinadi. Bunday
holatni tez va o‘rtacha eruvchi tuzlar
tarqalgan

(3-rasm)

Markaziy Farg‘ona

sharoitida xam kuzatish mumkin (1,2-
rasmlar).

Natijalar.

O‘tkazilgan monitoring

natijalariga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona
sharoitida fundament materialini tanlash va

himoyalash usullarini joriy etish sulfatli agressiyani hisobga olgan holda amalga oshirilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Buning uchun qurilish
maydonini

muxandislik–geologik

sharoitlaridan kelib chiqib poydevor materialini
zichligini oshirish (agar beton portlandsementli
bo‘lsa) yoki sulfatga chidamli syement qo‘llash,
beton sifatini oshirishga qaratilgan xar xil
kimyoviy

faol

qo‘shilmalar

ishlatish,

korroziyadan himoyalash uchun ishonchli
himoya vositalarini qo’llash muhim. Buning
uchun

qurilish

maydonini

muxandislik–

geologik sharoitlaridan kelib chiqib poydevor
materialini zichligini oshirish (agar beton
portlandsementli bo‘lsa) yoki sulfatga chidamli
syement qo‘llash, beton sifatini oshirishga
qaratilgan xar xil kimyoviy faol qo‘shilmalar
ishlatish, korroziyadan himoyalash uchun
ishonchli himoya vositalarini qo‘llash zarur.
Bunday sharoitlarda poydevor materialini,
ayniqsa qoziq poydevorlarni vaqt mobaynida korroziya ta’siridan yemirilishini oldindan aniqlash


background image

samarali loyixaviy yechimlar qabul qilish imkonini beradi [2,6,7]. Bu borada Farg‘ona politexnika
institutida yaratilgan “Antikor” vositasi turar joy binolarini beton va g‘ishtli qismlarini sho‘rdan
himoyalashda yaxshi samara berishi amalda isbotlangan [8]. “Antikor” vositasi mahalliy xom
ashyolardan sanoat usulida suyuq xolda tayyorlanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish-ta’mirlash ishlarida
foydalanish mumkin. Ushbu vosita yordamida bino va inshootlarning doimiy agressiv muhit
ta’sirida bo‘lgan beton va g‘ishtli devor yuzalariga ishlov berish orqali chidamliligi 1,5
barobarga qadar oshiriladi.

Qurilish maydonini baholash 1-jadval

Qurilish

maydoni

holati

Grunt tarkibida yengil

eruvchi tuzlar miqdori,

С

л

%

Zamin gruntlari cho‘kishining

o‘zgaruvchanligi,

β

Қум

Қумоқ, қумлоқ

1

Og‘ir

≤ 7

≤ 8

1,5÷2,0

2

O‘rta

2÷7

1,2÷8

1,2÷1,6

3

Yengil

≥2

≥ 2

1,1÷1,2

Izoh

: O‘rta va og‘ir qurilish sharoitlari bo‘yicha zamin gruntlari cho‘kishining o‘zgaruvchanligi

β = S+S

sl

+S

sf

/ S

ko‘rinishda aniqlanadi. Bunda,

S

-

sho‘rlangan gruntning tabiiy holdagi o‘rtacha

cho‘kishi,

S

sl

zaminni qisqa muddatli namlanishidan xosil bo‘lgan cho‘kish,

S

sf

-

uzoq muddatli

namlanishda tuzlarni erishi va oqib chiqishidan (suffoziya) xosil bo‘lgan qo‘shimcha cho‘kish,

[1]

asosida aniqlanadi.


Shuningdek, himoya qatlamlari gidrofoblovchi,

bo‘yovchi, yopishtiruvchi, sirtini qoplovchi yoki
boshqa xil materiallardan xam tayyorlanishi va
agressiv muhitning toifasiga muvofiq [4,5] yer osti
inshootlarining temir-beton va beton sathlariga ishlov
berilishi mumkin. Grunt va sizot suvlarining (shu
jumladan,

bashoratlangan)

sho‘rlanish

darajasiga

asoslanib taklif etilayotgan qurilish maydonini baholash

orqali

belgilash mumkin (1-jadval[7]).

Xulosa.

X

ududning

muhandislik-geologik

xususiyatini

va

zamin

ishchi

qatlami

gruntlarini

sho’rlanganlik holatini baholash (1-jadval), bino va
inshootlarning toifalaridan kelib chiqib, texnik iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosida zamin va poydevorlarni loyixalash
notekis cho’kishlarni oldini olish hamda korroziya xavfini
kamaytirishga

xizmat

qiladi.

Bunday

sharoitlarda

korroziyaga chidamli temir-betondan tayyorlangan yoki
korroziyaga qarishi

vositalar shimdirilgan qoziq

poydevorlarni qo‘llash yer ishlari va materiallar sarfini
kamaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. ҚМҚ 2.01.09-97. Ўта чўкувчан грунтларда ва ер ости ишловдаги ҳудудларда бино ва иншоотлар. Давлат

Архитектура қурилиш қўмитаси. Тошкент.1997 й.

2. K.Maxsimov, M.Mirzajonov. Sho‘rlangan gruntli xududlarda bino va inshootlar barpo etishda innovasion

texnologiyalar. В кн.: “Актульные проблемы внедрения инновационной техники и технологии на предприятиях
по производству строительных материалов, химической промышленности и в смежных отраслях”
Материалы 1-Международной НПК, г.Фергана,2021. с.59-62.


background image

3. Минас А.И. Коррозия бетона и некоторых строительных материалов на засоленных грунтах в сухом климате.

В кн.: Коррозия бетона и меры борьбы с ней. – М., Стройиздат,1974, - 256с.

4.

Qayumov A.D., Agzamova I.A., Xudoyqulov R.M. Sho‘rlangan gruntli yo‘l ko‘tarmalari, Toshkent: “Fan”,

2013y.,213b.

5. Абелев М.Ю. Проектирования оснований зданий и сооружений на водонасыщенных грунтах. М.: Стройиздат,

2003г. 278b.

6. Maxsimov Q. I. Qurilish va rekonstruktsiya ishlarini tashkil etishda sizot suvlari sathining o’zgarish ta’siri.

“Қурилишда инновациялар, бинолар ва иншоотларнинг сейсмик хавфсизлиги” Халқаро миқёсдаги илмий ва
илмий-техник конференция материаллари тўплами. Наманган, 15-17 декабр, 2022й.793-796 б.

7. Maxsimov Q. I. Qishloq xo’jaligi bino va inshootlari qoziq poydevorlarining sho‘rlangan gruntlarda yemirilishi va

kimyoviy himoya qatlamlarining yuk ko’tarishiga ta’siri. “Ishlab chiqarishnind texnik, muxandislik va texnologik
muammolarining innovatsion echimlari” Xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik anjuman materiallari. Jizzax,3-qism:
2022y. s.591-593

8. Maxsimov Q.I. Erkaboyev R. Suv xo‘jaligi ob’yektlarining chidamliligini oshirish to‘g‘risida. Ilmiy-amaliy anjumani

materiallari. Farg‘ona, FarPI , 2020y. 329-332 bet

Библиографические ссылки

ҚМҚ 2.01.09-97. Ўта чўкувчан грунтларда ва ер ости ишловдаги ҳудудларда бино ва иншоотлар. Давлат Архитектура қурилиш қўмитаси. Тошкент.1997 й.

K.Maxsimov, M.Mirzajonov. Sho‘rlangan gruntli xududlarda bino va inshootlar barpo etishda innovasion texnologiyalar. В кн.: “Актульные проблемы внедрения инновационной техники и технологии на предприятиях по производству строительных материалов, химической промышленности и в смежных отраслях” Материалы 1-Международной НПК, г.Фергана,2021. с.59-62. 3. Минас А.И. Коррозия бетона и некоторых строительных материалов на засоленных грунтах в сухом климате. В кн.: Коррозия бетона и меры борьбы с ней. – М., Стройиздат,1974, - 256с.

Qayumov A.D., Agzamova I.A., Xudoyqulov R.M. Sho‘rlangan gruntli yo‘l ko‘tarmalari, Toshkent: “Fan”, 2013y.,213b.

Абелев М.Ю. Проектирования оснований зданий и сооружений на водонасыщенных грунтах. М.: Стройиздат, 2003г. 278b.

Maxsimov Q. I. Qurilish va rekonstruktsiya ishlarini tashkil etishda sizot suvlari sathining o’zgarish ta’siri. “Қурилишда инновациялар, бинолар ва иншоотларнинг сейсмик хавфсизлиги” Халқаро миқёсдаги илмий ва илмий-техник конференция материаллари тўплами. Наманган, 15-17 декабр, 2022й.793-796 б.

Maxsimov Q. I. Qishloq xo’jaligi bino va inshootlari qoziq poydevorlarining sho‘rlangan gruntlarda yemirilishi va kimyoviy himoya qatlamlarining yuk ko’tarishiga ta’siri. “Ishlab chiqarishnind texnik, muxandislik va texnologik muammolarining innovatsion echimlari” Xalqaro miqyosdagi ilmiy-texnik anjuman materiallari. Jizzax,3-qism: 2022y. s.591-593

Maxsimov Q.I. Erkaboyev R. Suv xo‘jaligi ob’yektlarining chidamliligini oshirish to‘g‘risida. Ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Farg‘ona, FarPI , 2020y. 329-332 bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов