Важные аспекты использования инновационных образовательных технологий в обучении математике

CC BY f
339-340
0
0
Поделиться
Насиров, П., & Арзиева , Р. (2023). Важные аспекты использования инновационных образовательных технологий в обучении математике. Тенденции и перспективы развития городов, 1(1), 339–340. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/prospects-urban-development/article/view/27398
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Это подготовка персонала, способного выполнять любые инженерные расчеты, автоматизацию проектных работ и процессов с использованием современных компьютерных технологий при одновременном повышении качества образования.


background image

MАTEMАTIKА FАNINI OʼQITISHDА INNOVАTSION TА’LIM

TEXNOLOGIYALАRIDАN FOYDАLАNISHNING MUHIM JIHАTLАRI

P.B.NASIROV, R.А.АRZIEVA.

(Qoraqalpoq Davlat universiteti)

Аnnotаtsiya:

Taʼlim sifatini oshirish bilan birga zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib har

qanday muhandislik hisoblarni, loyihalash ishlari va jarayonlarini avtomatlashtirishni amalga oshira oladigan kadrlarni
tayyorlashdir.

Аннотация:

Это подготовка персонала, способного выполнять любые инженерные расчеты,

автоматизацию проектных работ и процессов с использованием современных компьютерных технологий при
одновременном повышении качества образования.

Abstract

: This is the training of personnel capable of performing any engineering calculations, automation of

design work and processes using modern computer technologies while improving the quality of education.

Kalit soʼzlar:

Innovatsiya, aqiliy mehnat, didaktik materiallar, kompyuter texnologiyasi.

Ключевые слова:

Инновация, умственный труд, дидактический материал, компьютерная техника.

Keywords:

Innovation, mental work, didactic material, computer technology

.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni izchil amalga oshirish hamda uzluksiz taʼlim tizimini

rivojlangan mamlakatlar darajasiga keltirish, chuqur bilimli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash,
uning shaxsiy va kasbiy mahoratini rivojlantirish va mustahamlashni taʼlim vositalarisiz amalga
oshirish mumkin emas.

Oʼquv jarayonini kompyuterlashtirish zamonoviy taʼlim sohasida hal qilinishi lozim bo’lgan

muhim muammolardan biri hisoblanadi. Kompyuter yordamida o’quv va didaktik materiallar deyarli
mohirona darajada ishlab chiqilishi mumkin.[1]

Bugungi kunda innovatsiya oliy taʼlim muassasini rivojlantirishda asosiy ustuvor omil sifatida

namoyon bo’lmoqda. Hozirgi zamon oliy taʼlim muassasining innovatsion rivojlanishi bu obʼektiv
belgilangan, maʼlum maqsadga qaratilgan, vaqt mobaynida to’xtatib boʼlmaydigan bosqichma-
bosqich amalga oshuvchi, uning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonidir. Mazkur jarayon
ko’pincha oliy taʼlim muassasi faoliyatiga yangi sifat elementlari xususiyatlarining belgilarini
maqsadga muvafiq joriy etish orqali amalga oshiriladi.[1]

Oliy taʼlim muassasining innovatsion rivojlanishi tizimli sifat o’zgarishlari jarayoni boʼlib,

uning optimal va barqaror innovatsiyalar rivojlanishini taʼminlashning asosiy shartlari mazmuni
boʼlib innovatsiyalar va yangiliklar xizmat qiladi. Oliy taʼlim mussasining innovatsiya asosida
rivojlanishi unda yoshlarning shaxsiy xususiyatlari va professional imkoniyatlari shakllanishi, ijtimoy
kapitalni jamgʼarishi va rivojlanishi bilan belgilanadi. Innovatsion tizim yoshlar uchun fundamental
tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida axborotlarni tahlil etish va qayta ishlash, mustaqil aqliy mehnat
qilish usullari, zaruriy qobiliyat va koʼnikmalarni egallashga imkoniyat yaratadi.[3]

Innovatsion tizimning mohiyati anʼanaviy taʼlimdagidek doimo eskirib borayotgan bilim va

malakalarni talabalarga uzatishga emas, balki uning xududiy asoslarini egallab olish va keyinchalik
zaruratga ko’ra, mustaqil holda bilimni chuqur o’zlashtirish, mustahkamlash va boyitishga qaratilgan
taʼlimdir. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda yoshlar o’z mutaxassisliklari bo’yicha xorijiy
davlatlarda o’z malakalarini oshirib qaytib, bu bilimlar asosida hozirgi zamonaviy texnologiyalarni
ishlab chiqarish, taʼlim va boshqa sohalarga taqdim etmoqdalar.[4]

Innovatsion taʼlimning taktik maqsadi – oliy taʼlim muassasasida aniq innovatsion taʼlim

dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha ilgʼor loyihalar amalga oshirishni ko’zda tutadi.
O’quv dargohlarida taʼlimning avvalgi anʼanaviy modeli talabalar uchun bilim, qobiliyat va
professional ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan edi. Uning mohiyati shakillangan bilim,
qobiliyat va ko’nikmalarni o’qutuvchidan talabaga o’tkazish, bunda o’qituvchi ularning asosiy bilim
mambai bo’lib, uning hajmi va o’zlashtirish uslubiyatini ham belgilab berar edi.[2]

Zamonaviy texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq etishdan asosiy maqsad, faqat taʼlim

sifatini oshirishdagina iborat bo’lmay, shu bilan birga zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanib har qanday muhandislik hisoblarni, loyihalash ishlari va jarayonlarini avtomatlashtirishga,
hozirgi zamon murakkab texnologiyalarni boshqarishga, ketadigan vaqt va sarf-harajatlar miqdorini


background image

kamaytirishga, samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshira oladigan kadrlarni
tayyorlashdir.[1]

Deyarli barcha oliy taʼlim muassasalarida SAD grafik tizimini o’qitish va undan foydalangan

holda loyiha ishlarini bajarishga keng imkoniyatlar yaratilganligiga ham yaxshi bilmasligi oqibati.
Ularning bu grafik muharrirlarini o’zlashtirishi borasida ancha qiyinchiliklar bo’lmoqda. Shunga
qaramasdan, bu grafik muharirlarga talab va qiziqishning ortganligi, foydalanuvchilar sonining oshib
borishi sababli grafik maʼlumotlarni tashkil qilish va modellashtirish jarayonlariga kompyuter
texnologiyalarini tadbiq qiluvchilar soni ko’paymoqta.[2]

Hozirgi kunda keng imkoniyatli va juda ko’p foydalanuvchilarga ega zamonaviy grafik

muharrirlari, avtomatlashtirilgan loyihalash va ishlab chiqarish tizimlari yildan yilga rivojlanib
bormoqda, yangi versiyalar ishlab chiqilmoqda. Bu tizimlarning eng ko’p tarqalganlaridan SoIid
Edge, I-DEAS, Kompas, AutoCAD, ArchiCAD, TurboCAD, va 3DMax kabi dasturiy vositalarni
misol keltirish mumkin. Bu dasturlarning respublikamizda ham ko’plab foydalanuvchilari mavjud.
Bu dasturlarni chuqur o’zlashtirgan talabalar kelajakda mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan mutaxassis
bo’lib yetishadilar. [2]

АDАBIYOTLАR:

1. Qahharov А.А. Kompyuter vositasida talabalarning fazibi oviy tasavvurini rivojlantirish. “Pedagogik taʼlim” ilmiy-

uslubiy jurnal. 2013. № 1-son.-33 б.

2. Roziev Ye.I.,Аshirboev А.O. “Muhandislik grafikani o’qitish metodikasi” T.2010.- 49 б.
3. Tashpo’latov R.X.”Respublika ilmiy-amaliy anjumani” T. 2020.-29-31 б.
4. Ломов Б.Ф. Вопросы общей, педагогической и инженерной психологии. М.: Педагогика, 1991.-296с.

Библиографические ссылки

Qahharov А.А. Kompyuter vositasida talabalarning fazibi oviy tasavvurini rivojlantirish. “Pedagogik taʼlim” ilmiy uslubiy jurnal. 2013. № 1-son.-33 б.

Roziev Ye.I.,Аshirboev А.O. “Muhandislik grafikani o’qitish metodikasi” T.2010.- 49 б.

Tashpo’latov R.X.”Respublika ilmiy-amaliy anjumani” T. 2020.-29-31 б.

Ломов Б.Ф. Вопросы общей, педагогической и инженерной психологии. М.: Педагогика, 1991.-296с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов