Shodmonqul Salom she’riyati tahlili

CC BY f
68-74
73
15
Поделиться
Каримбоева , Д., & Алламбергенов, Х. . (2022). Shodmonqul Salom she’riyati tahlili. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 68–74. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13290
Динара Каримбоева , Нукусский государственный педагогический институт

узбекский язык и литература студентка факультета

Хамза Алламбергенов, Нукусский государственный педагогический институт

 Научный руководитель :узбекская литература старший преподаватель кафедры, доктор философии (PhD)по филологическим наукам

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Albatta, ardoqli o‘zbek xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu shoh satrlarda o‘zbek xalqining o‘ziligini anglashi, asl nasli kimlar ekangiligi unutmasligi, har bir qilayotgan harakati shu millatga xos bo‘lishi kerakligi uqtirilayotgan bo‘lsa, o‘zbek she’riyatida bugun ham mana shunday ehtirom ruhidagi asarlar yaratilyotgani barchani hayajonga solishi shubhasiz


background image

68

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

SHODMONQUL SALOM SHE’RIYATI TAHLILI

DINORA KARIMBOYEVA RUSTAM QIZI

Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti

yo‘nalishi talabasi, Nukus shahri

Ilmiy rahbari: Hamza Allambergenov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti

kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,

Uning “Barakalla” bo‘lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan

Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

Albatta, ardoqli o‘zbek xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub ushbu

shoh satrlarda o‘zbek xalqining o‘ziligini anglashi, asl nasli kimlar ekangiligi

unutmasligi, har bir qilayotgan harakati shu millatga xos bo‘lishi kerakligi

uqtirilayotgan bo‘lsa, o‘zbek she’riyatida bugun ham mana shunday ehtirom

ruhidagi asarlar yaratilyotgani barchani hayajonga solishi shubhasiz. Chunki

adabiyotda mana shunday shoh satrlar qanchalik ko‘p bo‘lar ekan asrlarda

davomida O‘zbek adabiyoti yanada barhayot yashaydi degani emasmi aslida? Bu

bilan nima demoqchiman mana shunday ulug‘ insonlarning izdoshi sifatida qalam

tebratib barchaning qalbiga yashaydigan, o‘zbek millatini asrlar davomida

barhayot bo‘lishida oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shish uchun adabiyotimizga

qadam ranjida qilayotgan qalami o‘tkir ijodkorlardan Shodmonqul Salom

sherlaridagi shu mavzuga yaqin jihatlari haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Jumladan, Shodmonqul Salomning “Ehtirom” nomli she’riga to‘xtalar

ekanmiz, avvalo, birinchi banddayoq kitobxonni o‘ziga tortadigan o‘xshatishlarga

duch kelamiz:

Ildizdagi tuyg‘udan yaproqlarim titraydi,

Tog 'da jim erigan qor soylarda sharqiraydi,


background image

69

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Bobom bo‘g‘zidagi “Oh” ko‘zimdan tirqiraydi,

She’r jonidan to‘yganmi dil tubiga sakraydi,

Bu holimga ufqdan birov to‘lib qaraydi,

Asrlar ham bir birin odam kabi qumsarkan,

Bunda she’r o‘qiy desam, quyosh ko‘zni to‘sarkan.

Shoir birinchi misradagi o‘xshatishi o‘ziga xosligi bilan etiborni tortadi.

Avvalo o‘shatish nazariyasiga nazar tashlaylik: “Tashbeh-(arabcha o‘xshatish)

sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib, lug‘atda o‘xshatish

ma’nosini ifodalaydi. Tashbeh ikki narsa yoki tushuncha orasida haqiqiy yoki

majoziy, moddiy yoxud ma’naviy o‘xshashliklar va munosabatlar asosida yuzaga

keladi”.

5

Yuqorida misrada esa qalbini ildizga mengzayapti, tanani esa

yaproqlarga. Nega aynan qalbni ildizga o‘xshatyapdi degan savol tug‘ulishi

mumkin,albatta.

Biologiya

fanidan

bilamizki

ildiz

bu

o‘simlikning

oziqlanadigan,kuch,energiya oladigan qismi ya’ni idizsiz o‘simlik quriydi, balki

shoir mana shu narsaga urg‘u berayotgandir, jumladan, qalb ham mana shunday

inson uchun „energiya manbai“ demoqchidir. Odamlar orasida ko‘p eshitamiz

uning yuzidagi go‘zallikka emas, qalbidagi go‘zallikka qara degan jumlalarni,

mana qalb go‘zalligi qanchalik muhimligini shoir mohirlik bilan birgina so‘z orqali

ifodalagan, xolos. Keyingi misrada esa bundanda ajoyib tashbeh „jim erigan qor“.

Ijodkor o‘zidagi jimlik,sokinlikni mana shu misra orqali kitobxonga bildirib, o‘shi

jimlik „soylarga sharqiraydi“ ya’ni nazmga ko‘chadi demoqchidir balki. Uchinchi

misradagi „tirqiraydi“ so‘ziga to‘xtalaylik. Nega aynan „tirqiraydi“? boshqa so‘z

bo‘lishi ham mumkin ediku. Masalan „to‘kiladi“, „yig‘laydi“, „oqadi“. Yo‘q, shoir

aynan mana shu so‘z orqali qanchalik bobosining ko‘rgan azoblarini, chekkan

dardlarini ifoda etmoqda. So‘ngi misralarda asrlarning bir-birini qumsashi ya’ni

5

Salaev F, Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. – Toshkent: Yangi asr avlodi

nashriyoti, 2010. – B.255.


background image

70

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

bizning buyuk bobo-kolonlarimiz yashagan, ijod qilgan, yer yuzini hayratda

qoldirgulik ilm namunalarini yaratgan davrlar xotirlanyapti.

Bunda ey, niyatlarin yaproq kabi to‘kkanlar,

Bir elning hasratini dilda mushtdek tukkanlar,

Ey, qanotsiz uchganlar, qush tilidan o‘pganlar,

Asrlar yuragida yugurik qonday chopganlar,

Usti ochiq dunyoning etagini yopganlar,

Oltin qoziqqa boqib sayyoh ham yo‘l toparkan,

O‘zbekni izlaganlar Navoiydan toparkan.

Ushbu band ko‘rib turganimizdek takrorlanmas va

o‘ziga xos

o‘xshatishlarga boy undalmalardan iborat. Bu yerda shoir zimdan xalqqa murojat

qilmoqda. Ya’ni xalqning dardi, kechirgan kechmishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda

bir-biriga uyg‘un holda yaratilgan tashbehlar bilan undalmalar marjondek tizilgan.

Mana endi misralardagi aks ettirilmoqchi bo‘lgan ma’nolarga to‘xtalaylik.

Bilamizki, o‘zbek xalqi ne-ne qiyinchilik, sinovlarni boshidan o‘tirmadi deysiz,

lekin mana shunday damlarda ham ular niyat qilishdan to‘xtamagan, umidini

uzmaganligini birinchi misradaroq anglashimiz mumkin. Keying misralarda ham

xalqimizning asrlar davomida boshidan kechirgan yaxshi-yomon kunlari ajoyib

tarzda misralarga to‘kilgan. Bu band orqali shoir o‘zbekning o‘ziligini, qanday

xalq bo‘lganligini bilmoqchi bo‘lganlar Novoiyni o‘qisin, undan hammasini topadi

demoqchi. Ushbu she’r besh banddan iborat bo‘lsa, shundan ikki bandida

“O‘zbekni izlaganlar Navoiynidan toparkan” misrasi naqorat qilingan. Bekorga

yuqorida ibtidoda Erkin Vohidovning she’ridan keltirilgan parchalar qaysidir

ma’noda mana shu misralarga ishora edi. Ularda o‘xshash jihatlar shundaki

ikkisida ham Navoiy orqali o‘zbek xalqini bilish, anglash zarur demoqda. Erkin

Vohidov o‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa nima bo‘lishini aytyotgan bo‘lsa,

Shodmonqul Salom mana shu bashoratdan xabardor xabardor shoir sifatida


background image

71

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Navoiyni o‘qishga, uni o‘rganishga chaqiryapdi. Mana bir-birini taqozo qiladigan

jihatlar nimada.

Bobo tuproq, shon tuproq, ildizim botgan tuproq,

Taftin tanimga berib, o‘zi sovqotgan tuproq.

Ona yer, ona tuproq. Bu so‘zlarga nega “ona” so‘zi qo‘shilib aytilishini hech

o‘ylab ko‘rganmisiz? Chunki bu zamin biz tug‘ilib o‘sgan yer, ona kabi bizga

qadrli, mo‘tabar. Har qarich yeri esa aziz. Mana shu qarich yer uchun, ona zamini

uchun ne-ne ajdodlarimiz jonini fido qilib janglarga kirmadi, qon kechmadi deysiz.

Yuqorida keltirilgan baytda ham shu tuproqning azizligi, ko‘zga to‘tiyoligi madh

etilmoqda. Bir qaraganda bu baytlarda Zahriddidn Muhammad Bobur

yashayotgandek go‘yo. Bilamizki Bobur butun umr Vatan sog‘inchida, vatanga

qaytish ilinji bilan yashadi. U ham ona tuproq uchun kurashmadi deb o‘ylaysizmi,

yo‘q u Vatan uchun kurashda shunday dahshatli janglarni ko‘rdiki lekin

chekinmadi Vatan deb yashadi. Boburning mana shu kurashlari P. Qodirovning

“Yulduzli tunlar” asarida juda go‘zal tarz bayon etilgan. Shodmonqul Salom esa

mana shularni ikki misra orqali kitobxonga yetkazmoqda.

Vohki, Ko‘nglim shu damda buncha bunyod ko‘ringay,

Ko‘zim yumib qarasam, bunda Hirot ko‘ringay,

Ko‘zim ochib qarasam, mangu ijod ko‘ringay,

Ko‘zim uzmay tikilsam, shunday ajdod ko‘ringay,

Ko‘z yosh bilan qarasam,Puli Sirot ko‘ringay,

Bobo! Ko‘zlarim yondi – ko‘ngil shunday to‘larkan,

Bundagi har navnihol chinorday bo‘y olarkan,

O‘zbekni izlaganlar Navoiydan toparkan.

6

Shodmonqul Salomning “Ehtirom” she’ridagi ushbu so‘ngi misralarda

undagi olam-olam ma’nolar bilan bir qatorda yana bir qator san’atlarni ham

6

Shodmonqul Salom. Borligini bilganlar. – Toshkent: Uzbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti, 2013. – B.34.


background image

72

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

uchratishimiz mumkin. Jumladan, anafora,tashbeh, talmeh, san’atlari misolida

tahlilga tortar ekanmiz, avvalo, ushbu san’atlarga nazariy tariflar keltirib o‘tish

joizdir: “Anafora- (yun.anaphora- yuqoriga ko‘tarilish) bir xil tovushdan, so‘z yoki

so‘zlarning she’riy misralar boshida takrorlanib kelishiga asoslangan stilistik

vosita.”

7

Banddan birinchi ko‘zga tashlanib turgan ushbu san’at misralar

ohangdorligini, jozibasini, kitobxonga tasirini yanada oshirgan desak mubolag‘a

bo‘lmaydi. Ya’ni anaforaga misol sifatida bu yerda bizni “Ko‘zim” ni olishimiz

mumkin, bu so‘z ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi misralarda takrolanib ushbu san’atni

yuzga keltirgan. Va beshinchi oltinchi misralarda bu so‘z “Ko‘z’’, “Ko‘zlarim”

tarzida keltirilgan. Ushbu misralardagi talmeh san’atiga e’tibor qaratar ekanmiz

birinchi nazariy ma’lumotlarga tayanamiz: “Talmeh – (arabcha – nazar solmoq)

she’rda mashhur tarixiy voqea, afsona va dostonlar qahramonlari, taniqli tarixiy

shaxslarga ishora qilish orqali tasvirlanayotgan obrazning u yoki bu jihatini

takidlash, bo‘rttirib ko‘zsatishga yo‘naltirilgan she’riy san’at.”

8

Demak yuqoridagi

misralarda talmeh san’atiga misollar bir nechadir. Bular “Hirot”, “Puli Sirot”,

“Navoiy” kabi talmehlar. Ikkinchi misradagi talmeh joy nomi bo‘lib bunda

Navoiyning tug‘ilgan shahriga ishora bor. Va yana shuni ham aytish joizki Hirot

Temuriylar davri ayniqsa, Shohrux Mirzo davrida taraqqiy etgan ilm-fan

markazlaridan biri bo‘lganligi barchamizga ma’lum. Ushbu so‘zlarimiz tasdig‘ini

ko‘rish mumkin: “Uchinchi o‘g‘il Boysunqur Mirzo – Hirotda bosh vazir. U otasi

nomidan barcha rassomlarga bosh bo‘lib, Bog‘i Sefidga qurilgan ulkan qasrning

ichiga ajoyib suratlar chizdirdi. Hirotda Shohrux Mirzo nomiga bir madrasa,

Gavharshod begim nomiga yana bir maqrasa qurildi.”

9

Mana ko‘rib turganimizdek

shoir birgina “Hirot” talmehi orqali bir qancha tarixlarni misralarga singdirgan.

7

Salaev F, Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. – Toshkent: Yangi asr avlodi

nashriyoti, 2010. – B.25.

8

Salaev F, Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. – Toshkent: Yangi asr avlodi

nashriyoti, 2010. – B.245.

9

Pirimqul Qodirov. Ona lochin vidosi. – Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2019. – B.23


background image

73

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Keyingi talmehga olingan so‘z “Puli Sirot”. Bu qiyomat kunidagi gunohi

yo‘qlar o‘tadigan, gunohi borlar do‘zaxga qulaydigan ko‘prikni anglatuvchi diniy

tushuncha hisoblanadi. Ya’ni misralar orqali shoir ko‘nglini ushbu damda shunday

bunyod ko‘ryaptiki, ko‘zlari yumilsa ilm-ma’rifat markazi Hirotni, ko‘zlarin ochsa

ko‘ngil mulki ijodni, ko‘zini shunday yumib uzoqlarga uzmasga qarasa uzoq-uzoq

o‘tmishlar, ajdodlarni ko‘rayotgan bo‘lsa, ko‘zida yosh bilan Puli Sirot

ko‘rinmoqda deb ko‘zlari yonayotganligini bayon qilgan. Ijodkor o‘zidagi ilhom,

iqtidor, yaxshi hislatlarni o‘sha buyuk bobokolonlarimizdan olamiz degan

ma’nodagi misralar terilarkan, kimki O‘zbekni izlasalar Navoiydan topishini aytib

she’rni chiroyli yakunlaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Shodmonqul Salomning ushbu “Ehtirom”

nomli she’ri chindan ham nomiga monand ehtirom ruhida yozilgan desak ayni

haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Bunda ijodkor tomonidan ajdodlarga ehtirom yetakchi

rol kasb etgan. Va yana shuni ham takidlayapdiki bizning o‘zligimiz, milliygimizni,

asl kimlarning avlodlari ekanligimizni unutmasligimiz keraklarigi asardagi har bir

misraga bot-bot singdirilgan. Ayniqsa biz bugungi kun yoshlari Navoiyni, uning

ijodini yanada ko‘proq mutola qilishimiz mana shu orqali o‘zigimizni anglashimiz

ham zimdan go‘zal o‘shatishlar, tasviriy ifodalar, jozibador so‘zlar orqali kitobxon

ma’naviyatiga singdirilmoqda. Shuni ham takidlash joizki, shoir so‘zlardan o‘rni

o‘rnida foydalana olishi, ularni takrorlanmas, orginal o‘zshatishlar bilan berishi

“Ehtirom” she’rining jozibasini, ravonligi va tasirchanligini yanada oshirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Pirimqul Qodirov. Ona lochin vidosi. – Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti,

2019. – B. 23.

2.

Salaev F, Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. –

Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2010. – B. 25,245,255.


background image

74

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

3.

Shodmonqul Salom. Borligini bilganlar. – Toshkent: Uzbekiston Milliy

ensklopediyasi nashriyoti, 2013. B. 34.





































Библиографические ссылки

Pirimqul Qodirov. Ona lochin vidosi. - Toshkcnt: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2019.-B. 23.

Salaev F, Qurboniyozov G. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi. -Toshkcnt: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2010. - B. 25,245,255.

Shodmonqul Salom. Borligini bilganlar. cnsklopcdiyasi nashriyoti, 2013. B. 34. Toshkcnt: Uzbekistan Milliy

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов