Alisher Navoiy ijodiy bo‘stoni

CC BY f
83-86
17
12
Поделиться
Умирбаева, У. . (2022). Alisher Navoiy ijodiy bo‘stoni. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 83–86. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13293
Ульзада Умирбаева, Нукусский государственный педагогический институт

Студент 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Alisher Navoiy ijodiy bo‘stonining kelib chiqishi, “Xamsa”
dostonining yaratilish tarixi. G‘azallarining tahlili haqida


background image

83

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Alisher Navoiy ijodiy bo‘stoni

Umirbaeva Ulzada Maratovna

Nukus davlat pedagogika institute talabasi

Annotatsiya:

Alisher Navoiy ijodiy bo‘stonining kelib chiqishi, “Xamsa”

dostonining yaratilish tarixi. G‘azallarining tahlili haqida

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, “Xamsa”, so‘fiylik qarashlari, “Hayrat ul-

abror”.

Sharqshunoslikda XV-XVI asr adabiy muhiti haqida gap ketganda, albatta,

buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda mashhur sarkarda, shoir

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida mulohaza yuritiladi. Chunki bu ikki

shaxsning, nafaqat о‘zbek adabiyoti, balki umumbashariy madaniyat taraqqiyotiga,

jahon adabiyoti xazinasiga behisob hissa qо‘shganliklarini butun dunyo ahli e’tirof

etib keladi. Xususan, Alisher Navoiy ijodini о‘rganish birgina О‘zbekistonda emas,

balki dunyoning kо‘plab sharqshunos olimlari tomonidan uzoq yillardan beri

tadqiq etib kelinmoqda.

Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi

ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi.

Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p

bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu

insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega

bo‘lamiz.

I.A.Karimov

Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi.

To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek

tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy

adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman

olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.


background image

84

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu ulug‘ inson haqida quyidagilargni

aytadi: “Mutafakkir shoirimizning “Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yо‘q

xalq g‘amidin g‘ami”, degan satrlarida qanchalik chuqur ma’no bor. Ya’ni, bu

dunyoda insonlarning dard-u tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng

oliy mezonidir. Xalqning g‘amidan uzoq bо‘lgan insonni odam qatoriga qо‘shib

bо‘lmaydi, deb uqtirmoqda ulug‘ bobomiz”.

10

Bu fikrlar buyuk Navoiyning

insonparvarlik borasidagi xislatlariga berilgan buyuk bahodir.

Navoiyning “Xamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar

hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi

mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek

tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini

isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan

chiqqan.

Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab

ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli

va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy

yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun

o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik

sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy,

shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan.

Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan.

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan

birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining

ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga

homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat

10

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. — Toshkent:

O‘zbekiston, 2017. — B. 112


background image

85

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

qilgan. Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida

jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida

chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy

yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti

zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi.

Islom aqidalariga koʻra bir kecha-kunduzda oʻqiladigan besh vaqt namoz

“al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid (imon),

namoz, roʻza, zakot, haj – oʻziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak,

Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav

va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining

muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni

yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va

xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk togʻ choʻqqisiga

koʻtarilish mobaynida besh oʻrinda toʻxtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan

besh oromgohga oʻxshatadi.

Navoiy oʻz “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan boʻlsa, uning

birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni oʻsha

yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai

sayyor” (“Yetti sayyor”), 1485 yilda “Saddi Iskandariy (“Iskandar devori”)

dostonini poyoniga yetkazdi. Shoir oʻz “Xamsa”siga kiritilgan dostonlarda oʻsha

davr uchun muhim boʻlgan muammolarni qoʻydi, mutafakkir sifatida ilgʻor

qarashlarni ilgari surdi, oʻzbek tilining qudratini olamga namoyish etdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Ijodiy parvoz gazetasi 2018 yil fevral 58-son

2.

“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

Toshkent, 1999)


background image

86

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

3.

Oglu, I. N. K., & Ogli, F. K. I. (2021). Level of study of ono mastic

ethnonies. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 11(6), 487-493.

4.

Norov, I. (2021, February). ONOMASTIC ANTHROPONYMS IN

STARRY NIGHTS. In Euro-Asia Conferences (pp. 42-44).

5.

www.ziyonet.com

6.

www.saviyz.uz


































Библиографические ссылки

Ijodiy parvoz gazctasi 2018 yil fcvral 58-son

“Ma’naviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkcnt, 1999)

Oglu, I. N. К., & Ogli, F. К. I. (2021). Level of study of ono mastic cthnonics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 487-493.

Norov, I. (2021, February). ONOMASTIC ANTHROPONYMS IN STARRY NIGHTS. In Euro-Asia Conferences (pp. 42-44).

www.zivonet.com

www.saviyz.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов