O‘quvchilar tarbiyasida oilaning o‘rni

CC BY f
94-97
79
8
Поделиться
Хайтбоева, М. (2022). O‘quvchilar tarbiyasida oilaning o‘rni. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 94–97. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13296
Мафтуна Хайтбоева, Нукусский государственный педагогический институт

Направление начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Shaxsning kamoloti uning inson sifatida uning kelajakka,hayotga,turmush va mehnatga, kelajakda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan munosabati asosan vatan ichidagi
kichik vatan bo‘lmish oilada shakllanadi. Oila jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Har bir insonda vatan tushunchasi ilk bor o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri hayotiy faoliyati davomida rivojlanadi


background image

94

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA OILANING O‘RNI

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

Nukus davlat pedagogika instituti

Xaytboyea Maftuna Shomurod qizi

Shaxsning kamoloti uning inson sifatida uning kelajakka,hayotga,turmush va

mehnatga, kelajakda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan munosabati asosan vatan ichidagi

kichik vatan bo‘lmish oilada shakllanadi. Oila jamiyatning muhim bo‘g‘ini

hisoblanadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar osha yosh avlodni

tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda muqaddas maskan bo‘lib kelgan.

Har bir insonda vatan tushunchasi ilk bor o‘sib kelayotgan yosh go‘dakning ongi,

ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri hayotiy faoliyati davomida rivojlanadi.

Vatanimizning kelajagi bo‘lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti

davlat ahamiyatiga molik masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasida ta’kidlanganidek: “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetganga

qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari

haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”. Oila jamiyat hayotini olg‘a suruvchi,

uni yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarib, kelajak avlodni tarbiyalab yetishtirishga

mas’ul bo‘lgan muhim boshlang‘ich guruhdir. Bolaga ilk tarbiyani ota-ona beradi.

Ulardan o‘rnak olib o‘sib ulg‘ayishadi. Undan keyin esa maktabgacha ta’lim va

maktabda yosh avlodga ta’lim bilan birga tarbiya ham berib boriladi.Bola

maktabgacha davrda ham, maktabda o‘qish davrida ham asosan oilada

tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabiiy

holdir. Tarbiya haqida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shunday gaplari bor:

"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning

odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq.


background image

95

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq

his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un

bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday

ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib,

o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz?

Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.". Oila davlatning, jamiyatning asosiy

tayanchi ekan uning mustahkamligi tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan

jamiyat manfaatdordir.Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash,

yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan

qurollantirish lozim. Shuni unutmaslik lozimki farzandlarimizning har tomonlama

kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvafaqiyatli

bo‘lishi mumkin Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada

bo‘lsagina ,o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi mumkin. Oila

tarbiyasi ota-onalarga pedogagik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha

yutuqlar ,tajribalar almashishi,ota –onalarni tarbiyaviy ishlarga ham jalb qilishga

ham bog‘liqdir. Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va

ma’suliyatlarini chuqur anglashlariga bog‘liqdir. Bundan tashqari normal oilaviy

muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri kundalik reja, bolaning kitob o‘qishga qiziqishi,

mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishlari ham muhim muvafaqiyat garovidir.

Oilada ota yoki onaning yo‘qligi yoki ketib qolishi tarbiyaga juda katta zarar

ko‘rsatadi. Ularning bunday sharoitda bola qalbi qattiq jarohatlanadi. U tajang

serjahl,qo‘pol bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlar ko‘p bo‘ladi, o‘qituvchi oqilona

yo‘l topishi kerak, maktab, oila hamkorligini ko‘proq yo‘lga qo‘yish kerak. Sinf

rahbarlari tomonidan sinf ota onalar qo‘mitasi tashkil qilinadi. Ularning

birgalikdagi ish mazmuni Nizomda belgilangan. Maktab, oila, jamoatchilik

hamkorligini yo‘lga qo‘yishda sinf rahbarlarining tarbiyaviy faoliyatlari muhimdir.

Masalan sinf rahbari har bir oilaga kirib borishi, ota-onalar bilan birgalikda chora


background image

96

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

tadbirlarni belgilashlari, o‘quvhilar ko‘z oldida ota–onalar bilan suhbat olib

borishlari ularning tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rstadi. Oila va oilaviy tarbiya

muammolari ichida ota –onalarning tarbiyachilik madaniyatini oshirish va ularga

umumiy tarbiyaga oid bilim berish davrimizning dolzarb masalalaridan biridir.

Pedogogik olimlar tadqiqotlarida isbotlanganidek, oilaviy tarbiyaga doir ishlar

quyidagi sharoitlarda bajarilsa, uning samaradorligi yanada oshadi:

1. Maktab o‘zining barcha ta’sirlari majmuini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil

yo‘naltira olsa.

2. O‘qituvchilar jamoasi oila bilan o‘zaro hamkorligi davrida o‘zlarining

pedagogik tarbiyaviy talablarini to‘g‘ri tashkil eta olsalar.

3. Xalq ta’limi bo‘limi va muassasalar tashkilotchiota–onalarni tarbiyaviy

jarayonlarga jalb eta olsalar.

"Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy

salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida oʼz tengdoshlariga hech qaysi sohada

boʼsh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli boʼlishi uchun davlatimiz

va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,-deya ishonch

bildirgan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Xulosa qilib aytish mumkinki hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida

oialviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada kuchayib, dolzarb mavzuga

aylanmoqda. Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir biriga

yelkadosh bo‘lishini ozaro odoblarini bir biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan

farzandlar ulardan o‘rnak oladilar va ularga o‘xshashga harakat qiladilar. O‘sib

kelayotgan yosh avlodni axloqan pok, ma’naviy yetuk, mehnatsevar qilib

tarbiyalash barcha tadbirlardan unumli foyalanish kerak. Jamoatchilik va oila

hamkorligini takomillashtirib borish kerak. Agar oilada hamkorlik, o‘zaro yordam,

bir biriga ishonch, hurmat bo‘lsa, bunday oilada rostgo‘y, mehribon, samimiy,


background image

97

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

barchaga yordam berishga tayyor bo‘lgan inson kamol topadi. Buning uchun

yurtimizda yoshlarga e’tibor katta, barcha sharoitlar yaratilgan.

Foydalanilgan aabiyotlar

1.

R.A.Mavlanova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarov, M.K.Shirinov,

S.Hafizov. Umumiy pedagogika.-T.:”Fan va texnologiya”,2018,528 bet

2.

Pedagogika Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /O‘.M.Asqarova,

M.Hayitboyev, M.S.Nishonov. O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,-

T.: “Talqin”, 2008.-288 b

Библиографические ссылки

R. A. Mavlanova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarov, M.K.Shirinov,

S. Hafizov. Umumiy pedagogika.-T.:”Fan va texnologiya”,2018,528 bet

Pedagogika Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /O‘.M.Asqarova, M.Hayitboyev, M.S.Nishonov. O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,-

T. : “Talqin”, 2008.-288 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов