Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari ishlarda faolligini oshirish

CC BY f
98-101
60
16
Поделиться
Хайтбаева , М. . (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinfdan tashqari ishlarda faolligini oshirish. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 98–101. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13297
Мафтуна Хайтбаева , Нукусский государственный педагогический институт

Направление начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar xilma-xildir. Ular ichida sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga egadir. Sinfdan tashqari ishlar nima?,unga nimalar kiradi degan savollar yuzaga keladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda kechalar, ommaviy tadbirlar, bellashuvlar o‘tkazish, ekskursiyalarga borish, kino va teatrlarga jamoa bo‘lib birgalikda borishni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar kiradi


background image

98

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SINFDAN TASHQARI

ISHLARDA FAOLLIGINI OSHIRISH

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

Xaytboyeva Maftuna Shomurod qizi

Nukus davlat pedagogika instituti

O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar xilma-xildir. Ular

ichida sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga egadir. Sinfdan tashqari ishlar

nima?,unga nimalar kiradi degan savollar yuzaga keladi. Sinfdan tashqari

tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda o‘quvchilar o‘rtasida turli mavzularda

kechalar, ommaviy tadbirlar, bellashuvlar o‘tkazish, ekskursiyalarga borish,

kino va teatrlarga jamoa bo‘lib birgalikda borishni yo‘lga qo‘yish kabi ishlar

kiradi.

Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli mashg‘ulotlarni tashkil qilish

o‘quvchilarni faollikka undaydi. Faollik o‘z–o‘zidan kelmaydi albatta. Bu

albatta o‘qituvchining mahoratiga bog‘liqdir. Qachonki o‘qituvchining oldiga

qo‘ygan maqsadi aniq, o‘lchamli, ahamiyatli, rejaga asoslangan va vaqt bilan

chegaralangan bo‘lsa samaradorlik ham faollik ham ta’minlanadi. Undan

tashqari o‘qituvchining chuqur bilimi, malakasi, zamonaviy pedagogik

texnologiyalarni qo‘llashi, axborot kommunikatsion vositalardan foydalana

olishi kerak va albatta doimo mahoratli pedagog o‘qishdan va izlanishdan

to‘xtamasligi kerak.

Qaysi sohada bo‘lmasin o‘qituvchi bo‘lish sharafli va ma’suliyatli kasb

sanaladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lishning nimasi qiyin? yosh bolaga

dars berish osonku?. Yuqori sinflarga dars berish murakkab deb nolinadigan

o‘qituvchilar ham oramizda yo‘q emas. To‘g‘ri bir qaraganda boshlang‘ich sinf

o‘qituvchising vazifasi yuqori sinf o‘qituvchisinikiga nisbatan soddda va


background image

99

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

yengilroq tuyulishi mumkin. Aslida bunday emas. Chunki boshlang‘ich ta’lim

o‘qituvchisi fanning barcha yo‘nalishlaridan atroflicha bilimga ega bo‘lishi,

fanlararo integratsiyani uzviy bog‘lagan holda umumlashtira olish mahorati

bo‘lishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari bilan ishlash o‘qituvchidan

katta mas’uliyat, sabr-qanoat, iroda, yuqori darajada psixologik tayyorgarlikni

talab etadi.

Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchini kelajak hayotga

tayyorlashdan iboratdir. O‘quvchi kundalik ishlarning davomi sifatida sinfdan

tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda

qatnashadi, kechalarni tayyorlashda ishtirok etadi. Qolaversa bular orqali

ma’naviy dunyosi boyib, kengayib boradi bu o‘quvchilarga yomon illatlar

begona bo‘ladi. Har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga vazifalarni

qo‘yish shart. Sinfdan tashqari ta’limiy-tarbiyaviy ishlar o‘qituvchining yillik

ish rejasida aniq ko‘rsatilgan, maktab rahbariyati tomonidan tasdiqlangan

bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ko‘proq o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan, darsga faol

qatnashmaydigan, o‘quvchilar bilan do‘stona munosabat qilishi qiyin bo‘lgan

o‘quvchilarni sinfdan tashqari ishlarga ko‘proq jalb qilib, ularning faolligi

oshirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

O‘qituvchi ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda quyidagi

pedagogik talablarga amal qilishi kerak:

O‘quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos bo‘lishi;

Darsda olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishi ;

Aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi;

Tadbir orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida hamlorlik, uyushqoqolik,

o‘zaro yordam, jamoa bo‘lib ishlash kabi axloqiy sifatlarining tarkib toppish;


background image

100

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini oshirishda

o‘tkaziadigan bellashuv, musobaqalarni va ommaviy tadbirlarni mavzularga

ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Masalan:

Intelektual bahs munozara va viktorinalar (“Zakovat”, “Yosh

kitobxon”, ”Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari (Badantarbiya mashqlari,

jismoniy mashqlar asosidagi jismoniy mashqlar),

Ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar ( Bayram kunlariga atalgan tadbirlar,

buyuk allomalarning tavallud ayyomiga bag‘ishlangan kechalar,fan bayramlari)

Milliy xalq o‘yinlari(Oq terakmi- ko‘k terak”,”Doira o‘yini”

Qaysidir o‘quvchilarda sh’er aytishgam rol ijro etishga, qo‘shiq

kuylashga va tadbirlarga boshlovchilik qilishga iste’dodi bo‘ladi. Shu tarzda

o‘quvchilardan iborat jamoa shakllanadi. Har bir guruhga nom beriladi. Bunday

tarzda guruhlarga nom berish o‘quvchilarni yanada ruhlantiradi, kelajakda

o‘zlari qiziqqan sohaga yo‘naltirib,dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardagi

shaxsiy faolligini oshiradi. “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkazilganda dastlab

guruhlarga bo‘linadi, har bir guruh o‘z nomi va shioriga ega bo‘lishadi.Ikki

tarafda bu guruhlar o‘zaro bellashishadi. Ularning savol-javoblari hakamlar

hay’ati tomonidan baholab boriladi. Umumiy ballar hisoblanib g‘olib jamoa

aniqlanadi. G‘olib bo‘lgan jamoa va faol qatnashgan o‘quvchilarga rag‘bat

sifatida sovg‘a va diplomlar beriladi. Faol qatnashgan guruh a’zolarga “Eng

chaqqon o‘quvchi”, Eng zukko o‘quvchi”, “Eng bilimdon o‘quvchi” va boshqa

nominatsiyalarda o‘quvchilar taqdirlanishadi. Bu esa o‘quvchilarni ruhlantiradi,

bunday tadbirlarda yana qatnashishga undaydi va jamoaviy ishlarda faolligini

oshiradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, sinfdan tashqari ishlarni tashkil

qilishda maktab va sinf rahbari ish rejalarida o‘quvchilar bilan olib boriladigan


background image

101

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish, kadrlar malakasini oshirish,maktab

o‘qituvchilari orasida seminar, anjumanlarni tashkil etish kabi masalalarni

rejalashtirish hozirgi kunning muhim talablaridan biridir. O‘quvchilar faolligini

oshirishda sinfdan tashqari tadbirlar asosida ularning qiziqishlarni belgilab olish

va mashg‘ulotlarga jalb etish masalasi o‘qituvchining oldida turgan bugungi

dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunning talabi ham

shudir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2016-yil 2-son fevral.

2. Pedagogika Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /O‘.M.Asqarova,

M.Hayitboyev, M.S.Nishonov O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,-T.:

“Talqin”, 2008.-288 b

Библиографические ссылки

Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2016-yil 2-son fcvral.

Pedagogika Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik /O‘.M.Asqarova, M.Hayitboyev, M.S.Nishonov O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,-T.: “Talqin”, 2008.-288 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов