Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash – pedagogik muammo sifatida

CC BY f
102-106
442
27
Поделиться
Меретгелдиева , А. . (2022). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash – pedagogik muammo sifatida. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 102–106. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13298
Айгуль Меретгелдиева , Нукусский государственный педагогический институт

Начальное образование  студент 1 курса факультета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso‘zlik bilan muomalada bo‘lish kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir. Chunki mazkur predmetlar bo‘yicha darslar tuyg‘ular va hissiyotlar asosida qurilayotgan mashg‘ulotlardir. Shuning uchun ham darslarda bolalarni tushunish, ularni his qilish, his tuyg‘ularini qadrlashni o‘qituvchi diqqat markazida turishi kerak


background image

102

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MA’NAVIY-AXLOQIY

RUHDA TARBIYALASH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Meretgeldieva Aygul Bekmiratovna

NDPI Boshlangich ta'lim

fakulteti 1- kurs talabasi

Annotatsiya:

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik

qilish, shirinso‘zlik bilan muomalada bo‘lish kabi ma’naviy sifatlarni

shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir.

Chunki mazkur predmetlar bo‘yicha darslar tuyg‘ular va hissiyotlar asosida

qurilayotgan mashg‘ulotlardir. Shuning uchun ham darslarda bolalarni tushunish,

ularni his qilish, his tuyg‘ularini qadrlashni o‘qituvchi diqqat markazida turishi

kerak.

Kalit so‘zlari:

Boshlang‘ich sinf,ma’naviyat,ma’rifat,his tuyg‘u,diqqat.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisida ma’naviyatni shakllantirish bo‘yicha ishlar

samaradorligini oshirish vazifasi ular uchun chop etilayotgan barcha darslik va

o‘quv qo‘llanmalarning matnini xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan urf-odatlari,

axloqiy qarashlarini ifodalovchi qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar bilan

izchil boyitib borishini taqozo etadi. Ayni paytda boshlang‘ich sinflardan

boshlaboq, o‘quvchilarda jahondagi boshqa xalqlarning qadriyatlari, urf-odatlariga

ham hurmat va qiziqishni shakllantirish maqsadi ustuvorlik qilishi zarur. Shuning

uchun ham darsliklrada boshqa xalqlarning tarixi, urf-odatlari, qarashlari

ifodalangan matnlari o‘rin olishi, agar shunday materiallar bayon etilgan o‘quv

vositalari yaratilgan bo‘lmasa, ularni o‘quvchini o‘zi tayyorlashga burchli bo‘lishi

maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, mazkur xalqlarning taraqqiyot darajasini,

yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarni ijodiy

o‘zlashtirishga o‘quvchilarni pastki sinflardan boshlab odatlantirib borish,

bag‘rikenglikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi shaxsi ma’naviy


background image

103

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

qiyofasini belgilashda fidoiylik tushunchasi bosh omil ekanligini hisobga olib har

bir boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi ta’lim tarbiya jarayonida Amir Temur,

Ulug‘bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk shaxslarning adabiyot, san’at, fan, madaniyat,

Vatan mudofaasi yurt obodligi sohasida ko‘rsatgan fidokoronaligi, jonbozligi bilan

tanishtirib borish zarur. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ma’naviyatini yaxlit

tizim asosida shakllantirish vazifasi nafaqat I-IV sinflarda o‘qitiladigan o‘quv

materiallar mazmunini boy merosimiz bilan boyitish, o‘quvchilarga ko‘proq

ularning ma’naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy, memorial asarlari, o‘zbek

va jahon xalqlari ertaklari, qissa, hikoyalar o‘qishni tavsiya etish, tarixiy

yodgorliklar, muqaddas qadamjohlar, osoru-atiqalar, ularning tarixi, bunyod

etilishi bilan, balki zamonamiz qahramonlari, fidoiy insonlar, yozuvchi, olimlar,

san’atkorlar, sportchilar ularning bevosita mehnat jarayonlari natijalari bilan

tanishtirib borishni ko‟zda tutadi

Boshlang‘ich ta’lim o‘quv rejasida «Musiqa madaniyati» o‘quv faniga alohida

e’tibor berilgan bo‘lib, u yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda muhim

ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqimizning milliy kuy va qo‟shiqlari odamlarning

orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, boy ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettirgan.

O‘zbek milliy musiqa madaniyatining bu sohadagi imkoniyatini nihoyatda katta

ekanligini birgina ona allasi qo‘shig‘ida o‘rsatamiz, «Alla» ashulasida onaning

naqadar sodda, mazmunan boy, o‘z bolasiga cheksiz mehrmuhabbati, uning

istiqbolini o‘zining dil izhori bilan tarannum etgan orzu-umidlari yotadi. «Alla»da

ilgari surilgan yuksak g‘oyani farzandning ongli, aqlli, eslixushli, shirinsuxan,

oqibatli, mehribon, kelgusida ota-ona suyanchig‘i, madadkori bo‘lish istagi ifoda

etilganligi uni qanchadan qancha avlodlarni yuksak ma’naviyatli bo‘lib

shakllanishida muhim vositalaridan biriga aylantirdi. Shu munosabat bilan musiqiy

merosimiz, qadriyatlarimiz, ustozshogirdchilik an’analarini, milliy musiqa

san’atimizning rivoji uchun beqiyos xizmatlarini ayamagan buyuk musiqiy


background image

104

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatlarini o‘quv dastur va o‘quv-metodik

komplekslarga muntazam kiritish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich talim

tizimida va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida atoqli bastakorlarimiz –

M.Mirzayev, K.Jabborov, F.Sodiqov, S.Kolonov, N.Hasanov, Yu.Rajabiy kabi

bastakorlarning musiqiy merosini targ‘ib etish maqsadida o‟tkaziladigan ko‘rik-

tanlov hamda tadbirlarda o‘quvchilarni bevosita ishtirok etishlariga erishish,

shubhasiz ularda milliy qadriyatlarimizga, buyuk milliy musiqiy merosimizga

bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish uning muhim vositasi bo‘lib

xizmat qiladi. Boshlang‘ich maktabda ta’lim-tarbiya berish orqali o‘quvchilarning

rivojlanishinga yordam beradigan asosiy omillarga: dars mashg‘ulotlari, darsdan

tashqari tadbirlar, jamoat topshiriqlari va o‘quvchilarning dam olishlarini reja

asosida tashkil qilish va hokazolar kiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga

ma’naviyatni singdirishni amalga oshirishda uchraydigan qiyinchiliklarga

quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviyatdan

dars o‘tishga doir ilmiy jihatdan asoslangan maxsus qo‘llanmalarning yetarli

darajada emasligi; - boshlang‘ich sinflarda fanlararo uzviylik va ma’naviy-axloqiy

tarbiyalash omillari keng o‘qituvchilar jamoasiga tushunarli tarzda yetkazilmagan;

bu sinflarda ishlayotgan o‘qituvchilar bilan o‘quvchilar, ota-onalar o‘rtasidagi

aloqa muayyan pedagogik tizimga solinmagan, nazariy va amaliy jihatdan asoslab

berilmagan; - boshlang‘ich maktabda o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy ishlarni

tashkil etish uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan; - ma’naviy-axloqiy tarbiya

borasida sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazishda jamoatchilikning yetarli darajadagi

ishtiroki ta’minlanmagan; - boshlang‘ich maktabda ma‟naviyatdan ta’lim-tarbiya

ishlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan maxsus ilmiy izlanishlar zamon

talabiga ko‘ra qayta ishlab chiqilmagan. Boshlang‘ich maktabda o‟quvchilarning

ma’naviy-axloqiy tarbiyasi samaradorligini oshirish quyidagilarni ko‘zda tutadi: -

boshlang‘ich sinflarda ma’naviy ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning hamda


background image

105

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

fanlararo uzviylikning o‘ziga xos maqsadi va vazifalari to‘g‘ri belgilanishiga

erishish- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi

o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda yaratilgan pedagogik tizim asosida

ish olib borish; - o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, psixologiyasi,

tursushtarzi hamda har bir maktabning mahalliy sharoitini hisobga olgan holda

ma’naviy ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish jarayonining o‘ziga xosligini hisobga

olish; - boshlang‘ich sinf ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish

texnologiyalarini joriy etish va hokazo. Maqollar xalqimizning nodir ma’naviy

boyligi bo‟lib, o‘quvchilarda milliylikni tarbiyalashga, ularni o‘zligini anglashga

da’vat etadi hamda yosh bolalarning fikrlarini chuqur, ixcham, aniq va obrazli qilib

ifodalashga o‘rgatadi. Maqollarda o‘zbek xalqining turmush-tarzi, ma’naviy

qiyofasi, e’tiqodi, odamlarga, tabiatga munosabati o‘z ifodasini topgan. O‘zbek

xalqi doimo Vatanga sodiqlik, mardlik, qag‘ramonlik, kamtarlik, samimiylik kabi

yuksak axloqiy fazilatlarni yosh avlodga singdirishga alohida e’tibor berib kelgan;

«Vataning tinch – sen tinch», «Botirdan o‘lim ham qo‘rqar», «Yigitning botirini

maydonda sina», «Kamtarga kamol – manmanga zavol». Xalqimiz ayrim

odamlarda uchraydigan nodonlik, qo‘rqoqlik, yalqovlik, ochko‘zlik kabi salbiy

sifatlarni keskin qoralash orqali ham yosh avlodni ma’naviy barkamol etib

tarbiyalashda ham boy tajriba to‘plagan; «Amal tegsa nodonga, o‘zini urar har

yonga», «Axmoqqa javob sukunat», «Yolg‘onchi yolchimas, o‘g‘ri boyimas»,

«Insofsizga erk bersang, elni talar».

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

1.

Tolipov O‘. va b.q. O‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni

joriy etish. – Toshkent, 2004. – 64 b.


background image

106

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

2.

Usmonova S. Ta’lim jarayonida noan’anaviy darslarga ijodiy yondashish

usullari. – Buxoro: «Pedagogik mahorat» jurnali, 2005 yil, 2-son. – B. 19-21.

3.

Shodiyev N., Axrorov Yu., Xolmuxamedov M. Amaliy pedagogik o‘yinlar.

O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2005. – 32 b.

4.

www.ziyonet.uz

5.

www.google.uz

Библиографические ссылки

Tolipov 0‘. va b.q. O‘quv-tarbiya jarayoniga pcdagogik texnologiyalarni joriy etish. - Toshkcnt, 2004. - 64 b.

Usmonova S. Ta’lim jarayonida noan’anaviy darslarga ijodiy yondashish usullari. - Buxoro: «Pedagogik mahorat» jurnali, 2005 yil, 2-son. - B. 19-21.

Shodiyev N., Axrorov Yu., Xolmuxamcdov M. Amaliy pedagogik o‘yinlar.

O‘quv qoTlanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2005. - 32 b.

www.ziyonct.uz

www.google.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов