O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman!

CC BY f
110-114
52
15
Поделиться
Окмаматова, Ш. . (2022). O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman!. Третье возрождение:проблемы и решения, 1(01), 110–114. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/renaissance_solution/article/view/13300
Шахрибону Окмаматова, Узбекский государственный университет мировых языков

2-й факультет английского языка Студент группы 2103

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qo‘limda qalam, qarshimda oppoq qog‘oz…
“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” [4;3]. Ha, tariximizga nazar tashlasak, qancha olimlarimiz-u shoirlarimiz, sarkardalarimiz – ota-bobolarimiz O‘zbekiston
deb atalmish uyning poydevorini mustahkam qilganligini yurakdan his qilamiz. Buyuk ajdodlarimiz vatan deb atalmish qo‘rg‘onning baquvvat bo‘lishi uchun,
milliy qadriyatlarining qadrlanishi uchun, or-nomusi, sha’nining toptalmasligi uchun jon-jahdi bilan bilan kurashgan. Mashhur hadisshunoslarimiz Imom alBuxoriy, At-Termiziy insoniyatni hadis ilmining sir-u sinoatidan boxabar qilgan…


background image

110

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

O‘ZBEKISTONLIK EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN!

Oqmamatova Shaxribonu Zafarjonovna,

O‘zDJTU Ingliz tili 2-fakulteti

2103-guruhi talabasi

Qo‘limda qalam, qarshimda oppoq qog‘oz…

“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” [4;3]. Ha, tariximizga nazar tashlasak,

qancha olimlarimiz-u shoirlarimiz, sarkardalarimiz – ota-bobolarimiz O‘zbekiston

deb atalmish uyning poydevorini mustahkam qilganligini yurakdan his qilamiz.

Buyuk ajdodlarimiz vatan deb atalmish qo‘rg‘onning baquvvat bo‘lishi uchun,

milliy qadriyatlarining qadrlanishi uchun, or-nomusi, sha’nining toptalmasligi

uchun jon-jahdi bilan bilan kurashgan. Mashhur hadisshunoslarimiz Imom al-

Buxoriy, At-Termiziy insoniyatni hadis ilmining sir-u sinoatidan boxabar qilgan…

Mudom qalbim der: “So‘z mulkin shohisan, sensan Navoiy, Aljabrni

yaratgan daho Xorazmiy, Globusni kashf etgan zukko Beruniy, Osmon sinoatin

bilgan Farg‘oniy Buyuklar vatani, mudom mangu qol”, “Iymonin asragan

Jaloliddinsan.Yovga tug‘ bermagan, buyuk Kubrosan. Sen momom To‘maris,

bobom Temursan. Shiroq jasorati, Bobur baytisan. Tarixi ming doston, yurtim,

mangu qol”.

Jadidchi allomalarimiz Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosirlar o‘z erki,

o‘z eli, o‘z yurti – o‘zligi uchun jon fido qilishgan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan

kurashishgan. Bas, shunday ekan, ota-bobolarimiz bilan faxrlansak arziydi,

ularning ulkan ma’naviy va moddiy meroslarini qadrlab, e’zozlab, asrab

avaylashimiz lozim. Vatanni qadrlash, ardoqlashni esa yurt tuprog‘ini sog‘inch ila

ko‘zga surtgan bobolarimizdan o‘rganaylik. Shoirning ushbu misralaridan xulosa

chiqaraylik: “Vatan nadur – anglang ranj-u ozoridan, So‘rang uni Mirzo Bobur


background image

111

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

mozoridan… Yot ellarda qolib ketdi turbatlari, “Fig‘onkim” deb o‘tdi qancha

Furqatlari” [5;662].

Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, u baquvvat bo‘lganidek, biz – yoshlar,

mustahkam, ya’ni sog‘lom, qobil, odil, komil bo‘lsak, yurtimiz tinch bo‘ladi,

elimiz halovat topadi, kelajagimiz – ertamiz obod bo‘ladi: Insoniyat qadr topadi,

sir-sinoatga to‘la ona tabiat yanada g‘o‘zallashadi. Bugungi avlod ajdodlardan

meros bo‘lgan sir-sinoatga boy, tengsiz kuch-qudratga ega yodgorlik-u badiiy

durdonalar bilan faxrlanibgina qolmasdan, ularga munosib voris bo‘lish, ularning

izdoshi bo‘lishi shartdir.

1991-yil 31-avgust – o‘zbegim tarixi zarvaraqlariga zarhal yozuvlar bilan

bitilgan sana. O‘sha lahzalarda yurtimiz musaffo osmonida oppoq kabutar o‘zining

qanotlarida istiqlol shamollarini olib keldi va biz mustaqil bo‘ldik, ozod bo‘ldik.

Hur fikrli, keng tafakkurli yoshlarga yanada ko‘p imkoniyatlar eshigi ochildi.

2000-yilga “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yilga “Ona va bolalar yili”, 2008-yilga

“Yoshlar yili”, 2014-yilga “Sog‘lom bola yili”, 2016-yilga “Sog‘lom ona va bola

yili”, 2021-yilga “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash yili va aholi salomatligini

mustahkamlash yili” deb nom berildi. Yillar davomida O‘zbekiston dilbandlari

fan-texnika, ilm sirlarini o‘rganib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida o‘zlarining iqtidorlarini

namoyon qildilar. Mustaqilligimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom

Karimov: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono, aqlli va, albatta,

baxtli bo‘lishlari shart!” – deya ta’kidlaganlar, “Zamonaviy bilim va kasb-hunarga

ega bo‘lgan, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimizning ertangi kuni

uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, o‘zini namoyish etishga qodir bo‘lgan

navqiron o‘g‘il-qizlarimiz, ko‘zlari yonib turgan bunday yoshlarimizni yana

qayerda – qaysi davlat, qaysi yurtda topish mumkin?” [1;2], – deya yuksak

ishonch bildirganlar. Bu umidni oqlash, ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lish

burchimizdir.


background image

112

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

O‘tmish va ertangi kunimizni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lmish bugunimiz

qanchalik yorug‘ bo‘lsa, kelajagimizdan ham umidimiz yanada katta bo‘ladi.

O‘zbek nomini butun dunyoga tanitmoq uchun shuncha imkonlar eshigi ochiq.

O‘sib kelayotgan avlod, ya’ni biz – yoshlar, izlanuvchan, intiluvchan, iqtidorli,

iste’dodli bo‘lsak, ertamiz yanada porloq bo‘ladi. Bugungi kunda muhtaram

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kelajagi uchun katta ishlarni

amalga oshirmoqdalar. 2017-2021-yillar oralig‘ida O‘zbekistonni yanada

rivojlantirish maqsadida “Harakatlar strategiyasi” tuzilgan bo‘lsa, 2022-2026-yillar

mobaynida “Inson qadri uchun” g‘oyasi ostida “Taraqqiyot strategiyasi” yaratildi.

Joriy yil 2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb bejiz

nomlanmadi. Chunki insoniyat qadr topgan vatan mudom ulug‘lanadi, asrab

avaylanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz yangi O‘zbekiston strategiyasini

ishlab chiqdik va uni butun xalqimiz bilan birgalikda amalga oshiramiz” [2;1].

Biz – yoshlar, qo‘lida nurli kelajak ekan, karvonimizning yetuk sarboni –

prezidentimizning bizga keng yo‘l ochib bergan imkoniyatlari, yurtboshimizning

bizga bo‘lgan ishonchlarini oqlash, ularga izdosh bo‘lish bizning burchimizdir. Bir

yoqadan bosh chiqarib, cho‘qqilarni zabt etib, sabr-u qanoat ila ezgulik tomon

harakat qilish, yurtga sadoqatli farzand bo‘lib yetishish, komillikka erishish

barchamizning vazifamizdir. O‘zbegim, senga munosib farzand bo‘lish ham

sharafdir, ham qarzimdir.

Yuqorida ta’kidlanganidek, yoshlar ma’naviyatini oshirish uchun bir necha

kitobxonlik tanlovlari, chet tillarini o‘rganish bo‘yicha bir qancha loyihalar,

yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro imtihonlarni kompensatsiya qilish

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yildi. Bugungacha 808 nafar

yoshlarga imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilgan. Bu yildan boshlab

mana shunday imtihonlarning soni 13 taga yetishi rejalashtirilgan. Vatanimiz sport

sohasida jahon chempionatining yetakchi o‘rinlarini egallab kelmoqda, jumladan,


background image

113

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

boks sportida

Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosovlar bir necha oltin medallarni

qo‘lga kiritdi. 26-30-dekabr kunlari Varshavada (Polsha) bo‘lgan shaxmatning

rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov jahon

chempioni bo‘ldi. Dasturlash jabhasida yurtimiz yoshlari katta muvaffaqiyatlarga

erishishmoqda. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, yoshlar orasida

dunyoqarashi tor, vaqtini bekorga sarflaydigan, nafaqat o‘ziga, balki butun bir

jamiyatga zarar keltirayotgan yoshlar ham yo‘q emas. Yaratilgan internet

imkoniyatlardan oqilona foydalanmay, o‘zi, oilasi, yaqinlari – butun bir millat

nomiga dog‘ tushirayotgan insonlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz lozim. Marifat

urug‘i ko‘proq ekilsa, barcha yoshlar “Zakovat”ga jalb qilinsa, ular shart-

sharoitlarni to‘g‘ri anglashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Qayta-qayta baralla aytsak arziydi! Yurtimiz – buyuklar vatani. Ne-ne

daholar bunda kamol topib, o‘z iqtidorini namoyon qilgan, o‘zbek nomini butun

dunyoga tanitgan hamda bizga buyuk meros – moddiy va ma’naviy boylik

qoldirgan. Rosti, biz mudom ular bilan faxrlanamiz, g‘ururlanamiz. Biz, avlodlar,

ajdodlar qoldirgan kuchli qudratga ega ulkan xazinaning sir-asrorini o‘rganishimiz,

ulardan ma’naviy madad olishimiz hamda uni kelajakka ham o‘z holicha

yetkazishimiz zarur. Ajdodlarning noyob, badiiy durdonalaridan ma’naviy kuch

olib, el koriga, vatan xizmatiga shay turishimiz kerak. Yurtimning tarixiga kirib

borayotgan har bir lahzada biz – Uchinchi renessans bunyodkorlari, o‘zimizning

ezgu ishlarimizni amalga oshirishimiz darkor, qomusiy olimlarimizdan ilm-u

ma’rifatni o‘rganib, har jabhada o‘z o‘rnimizga ega bo‘lmog‘imiz shart. Zamon

“kapalak umri” [6;1]dek o‘tar ekan, vaqt qadrini bilmoq kerak, undan oqilona

foydalanmoq zarur. Shuni bilki, O‘zbekiston yoshlari, olg‘a qadam tashla, har

soha-yu yo‘nalishda marralarga intil, cho‘qqini zabt et, “Hech kimdan kam

emassan, kam bo‘lmagaysan” [3;3], nurli kelajakka talpin, chunki sen o‘ziga bek

o‘zbek farzandisan.


background image

114

“UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI”

Yuragimda ungan gulim – qaddi-qadri baland yurtim, mudom mangu qol!

Adabiyotlar:

1.

Karimov I.

https://Hikmatlar.uz

2.

Mirziyoyev Sh.

https://kun.uz

3.

Mirzo Iqbol. Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?! . –Тошкент:

“O‘zbekiston”, 2014. – B.3.

4.

Qodiriy A. O‘tgan kunlar. –Тошкент: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’at nashriyoti, 1994. – B.3.(

www.ziyouz.com

.)

5.

Saidov S.Vatan nadur // Adabiyot (majmua)). –Тошкент: Cho‘lpon

nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – B. 662.

6.

G‘afur G‘ulom. Vaqt.

https://tafakkur.net

Библиографические ссылки

Karimov I. https://Hikmatlar.uz

Mirziyoyev Sh. https://kun.uz

Mirzo Iqbol. Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?! . -Тошкент: “O‘zbekiston”, 2014.-B.3.

Qodiriy A. O‘tgan kunlar. -Тошкент: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. - B.3.( www.zivouz.com.)

Saidov S.Vatan nadur // Adabiyot (majmua)). -Тошкент: ChoTpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. - B. 662.

G‘afur G‘ulom. Vaqt. https://tafakkur.net

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов