Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimining bugungi kunda

Abstract

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimini bugungi kunda tutgan о ‘mi va xavfni boshqarish tizimini xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish yuzasidan takliflar berib о ‘tilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
doi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14198227
CC BY f
3-7
39

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Farkhodov, F., & Sherboboev, D. (2025). Bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimining bugungi kunda. Raqamli Iqtisodiyot Va sun’iy Intellekt Texnologiyalarining Jamiyat Rivojlanishidagi Ahamiyati, 1(1), 3–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/risitjra/article/view/69000
Farrukh Farkhodov, Customs institute of the state customs committee of the Republic of Uzbekistan
teacher of the department of payments
Damir Sherboboev, Customs institute of the state customs committee of the Republic of Uzbekistan
4th year cadet, BI-221 group
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimini bugungi kunda tutgan о ‘mi va xavfni boshqarish tizimini xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish yuzasidan takliflar berib о ‘tilgan.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

3

BOJXONA ORGANLARIDA XAVFNI BOSHQARISH TIZIMINING BUGUNGI
KUNDA

TUTGAN OʻRNI VA UNING AHAMIYATI

Farxodov Farrux Furqatovich

Bojxona instituti Bojxona tartibga solinishi va bojxona
toʻlovlari kafedrasi oʻqituvchisi

email:

farrux.farxodov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14198227

Sherboboyev Damir Oʻktam oʻgʻli

Bojxona instituti 4-kurs BI-221-guruh kursanti.

email:sherboboyevdamir2@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14198227

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida xavfni

boshqarish tizimini bugungi kunda tutgan oʻrni va xavfni boshqarish tizimini xorijiy tajribalar
asosida rivojlantirish yuzasidan takliflar berib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar: Xavf, xavfni boshqarish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, xavfni

boshqarish tizimi, bojxona, xavflarni aniqlash, bojxona nazorati.

KIRISH

Zamonaviy global iqtisodiyotda tashqi savdo hajmining ortishi sharoitda bojxona

organlarining samaradorligini ta’minlagan holda davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash
va bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bojxona organlaridagi xavfni boshqarish tizimini, davlatlarning xavfsizligi va iqtisodiy

farovonligini ta’minlashda asosiy rol oʻynaydi.

Mamlakatlarning bojxona tizimini quyidagi 3 ta asosiy mezon orqali baholanadi:

1.

Xalqaro standartlarga javob beradigan Bojxona kodeksining mavjudligi;

2.

Uzoq muddatga moʻljallangan strategiyaning qabul qilinganligi; 3.

Xavfni boshqarish tizimining mavjudligi.

Xavflarni boshqarishning tashkiliy masalalari nafaqat ichki nazorat bilan bogʻliq,

balki, u strategiya, tizimli boshqaruv, manfaatdor tomonlar bilan aloqa, xavflarni boshqarish

tamoyillari, xavflarni tasniflash hamda mavjud jarayonlarga xos boʻlgan xavflarni

minimallashtirishdir.

Kioto konvensiyasi bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimini qoʻllanilishining

dastlabki poydevorlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Xavfni boshqarish tizimini joriy etish


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

4

Bojxona protseduralarini

soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi

Kioto

konvensiyasiga qoʻshilish shartlaridan biridir. Shu bilan birga, Bojxona protseduralarini
soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi Kioto konvensiyasiga qoʻshilish esa Jahon
savdo tashkilotiga a’zo boʻlishning shartlaridan biridir.

ADABIYOTLAR SHARHI

Bojxona sohasida xavf tushunchasi va xavfni boshqarish boʻyicha koʻplab olimlar

tadqiqot olib borgan. Xususan Thomas Cantens – Jahon Bojxona Tashkiloti (WCO) doirasida

olib borgan tadqiqotlarida xavfni bojxona nazorati jarayonidagi noma’lum yoki nazorat
qilinmagan tahdidlar sifatida belgilaydi[5]. U xavfni boshqarishda big data va sun’iy intellekt
texnologiyalaridan foydalanish orqali yanada samarali natijalarga erishish mumkinligini

aytadi. Uning tadqiqotlari bojxona xavflarini prognoz qilish va profiling orqali kamaytirish
masalalariga bag‘ishlangan. Margarita Tisliakova olima bojxonadagi xavfni nazorat qilish
tizimini kuchaytirish uchun xavfni aniqlash va baholashning yangi usullarini oʻrganadi. U
xavfni noqonuniy faoliyatlarning paydo boʻlishiga olib keluvchi omillar bilan bogʻlaydi va
bojxona tizimlarini xalqaro qoidalarga moslashtirishning ahamiyatini ta’kidlaydi[6]. Rus
olimi S.Bogoyavlenskiy xavflarni ularning vujudga kelish sohasi boʻyicha 4 ta ya’ni tabiiy
xavflar, inson faktori bilan bogʻliq xavflar, texnik xavflar va ijtimoiy-iqtisodiy xavflar
bo’yicha shakllanishini aytib o’tgan[4].

NATIJA VA TAHLIL

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-aprelda “Oʻzbekiston

Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-son Farmoni[1] bilan Bojxona qoʻmitasiga tovarlarning
bojxona nazoratini tanlov asosida oʻtkazishni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish topshirigʻi berildi.

Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish, bojxona tartib-taomillarini

soddalashtirish, bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat

ishtirokchilari tomonidan bojxona qonunchiligiga rioya etishlari, insofli tadbirkorlarni
ragʻbatlantirish va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi

Prezidentining

2018-yil

24-noyabrda

“Bojxona

maʼmurchiligini

takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati
samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5582-son
Farmoni[2] qabul qilinib, xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimida 2018-yil 1-
dekabrdan boshlab “sariq” va “qizil” yoʻlaklar, 2019-yil 1-martdan boshlab esa “yashil” va
“koʻk” yoʻlaklar joriy etildi.

Xavfni boshqarish tizimining joriy qilishdan maqsad quyidagilardan iborat:

-Bojxona organlarining vakolatlari doirasida davlat xavfsizligini, insonning hayoti va

sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ta’minlash;

-Yuqori xavfga ega boʻlgan sohalarga e’tiborni jamlash va bojxona organlari

tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash;

-Tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona operatsiyalarining

oʻtkazilishini tezlashtirishdan iborat.

Shu bilan bir qatorda, bojxona organlarida xavfni boshqarish tizimi joriy qilingandan

keyin tadbirkorga quyidagi afazalliklarni beradi:


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

5

-Eng avvalo, ushbu tizim tashqi savdo aylanmasining oshishiga va xalqaro savdoning

rivojlanishiga xizmat qiladi;

-Tashqi iqtisodiy faoliyatning (TIF) halol ishtirokchilarini ragʻbatlantirish hamda

huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish imkonini beradi;

-Bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga sarflanadigan vaqt sezilarli ravishda qisqaradi;

-TIF qatnashchisiga individual baho berish va ularning halolligiga qarab saralash,

birbiridan farqlash imkoni tugʻiladi;

-TIF qatnashchilariga bojxona koʻrigidan yengillik yaratiladi;

-TIF qatnashchilarining tovarlari aylanmasi davri qisqaradi.

Xavfni boshqarish tizimi bosqichma bosqich chegara bojxona postlarida ham

amaliyotga tatbiq etildi jumladan, 2020-yil avtomobil chegara bojxona postlarida,

2021-yildan avia va temir yoʻl chegara bojxona postlarida joriy etildi.

Tizim koʻmagida tovarlarni bojxona koʻrigisiz rasmiylashtirish amaliyoti joriy etildi.

Xususan, tizim joriy etilishiga qadar barcha tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkazilar edi. Ushbu
tizim joriy etilishidan oldin 2018-yil koʻrik samaradorligi 0,1%ni tashkil qilgan boʻlsa tizim

joriy etilganidan keyin 2024-yil 5,4%ni tashkil qildi.

Mazkur tizim joriy etilishga qadar barcha TIF ishtirokchilariga bojxona organlari

tomonidan bir xil baho berilgan boʻlsa, hozirda TIF ishtirokchilarini toifalash orqali halollik
darajasi boʻyicha baholanadi.

Shuningdek, rasmiylashtirilgan deklaratsiyalardan 76% tovarlar soddalashtirilgan

tartibda rasmiylashtirildi.

Xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan axborot tizimidan samarali foydalanilishi,

xavflarni minimallashtirish choralari qoʻllanilishi natijasida davlat byudjetiga qoʻshimcha
bojxona toʻlovlari undirildi va bojxona qoida buzilishlarini oldi olindi.

Bojxona sohasida yuqori samaradorlikka erishgan davlatlar tajribasiga qaraydigan

boʻlsak, ushbu davlatlarda axborot almashinuv tizimlari keng joriy etilganiga guvoh
boʻlishimiz mumkin. AQSH tajribasida koʻradigan boʻlsak, bugungi kunda barcha jarayonlar
toʻliq elektron maʼlumot almashish asosida qurilgan boʻlib, barcha yirik portlarda xavfni
boshqarish tizimi asosida tanlab olish va xavflarni analiz qilish orqali bojxona nazorati amalga

oshiriladi. Kirib keladigan yuklarning qariyb
98 foizi bojxona koʻrigisiz dasturning mantiqiy nazorati ostida realizatsiyaga ruxsat beriladi.

AQSHning bojxona va chegara xavfsizligi tomonidan xavfni boshqarishni qoʻllashga

moʻljallangan quyidagi turli dasturlar ishlab chiqilgan va amaliyotga muvaffaqiyatli joriy
etilgan:

Terrorizmga qarshi kurashish yuzasidan savdo jamiyati bilan hamkorlik dasturi

(S-TRAT);

Konteynerda tashish xavfsizligi dasturi;

24 soat qoidasi;

SENTRI (the Secure Electronic Network for Travelers Rapid Inspection –

Safarlarni tezkor tekshirish uchun xavfsiz elektron tarmoq) dasturi.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

6

SENTRI dasturi jismoniy shaxs haqidagi maʼlumotlar oldindan taqdim etilishini va

ushbu maʼlumotlar bojxona va chegara xavfsizligi tomonidan tekshirilishini nazarda tutadi.
Soʻngra beriladigan roʻyxatga olish kartachasidan yuz tuzilishini tezlashtirilgan holda
identifikatsiya qilish uchun foydalaniladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xavfni boshqarish tizimining joriy etilishi mamlakatda investitsiya muhitini

yaxshilash va insofli tadbirkorlarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bojxona tartib-
taomillarining soddalashtirilishi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining faoliyatini

yaxshilaydi va bojxona qonunchiligiga rioya qilishni oshiradi. Bu, oʻz navbatida, mamlakat
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun, bojxona organlari xavfni
boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratishi lozim. Bojxona organlarida
xavfni boshqarish tizimini xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda rivojlantirish
zarurati paydo boʻlmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi takliflar beriladi:

chegara bojxona postlari orqali harakat qilayotgan jismoniy shaxslar haqidagi

ma’lumotlarni oldindan taqdim etish tizimini joriy etish;

hududiy boshqarmnalarda ham targetlash boʻlimlarini ochib yoʻlaklarni belgilashda

target hudud ulushini oshirish;

xavfni boshqarish tizimida amalga oshirayotgan ishlarini KPI tizimida inobatga

olish va yuqari natijaga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovar va transport vositalari

harakatini tezkor tartibga solishning optimal usuli xavfni boshqarish tizimi hisoblanadi. xavfni

boshqarish tizimi tadbirkorlik subyektlariga bir qator yengilliklar yaratadi. Xususan, ularning
ortiqcha sarfxarajati va vaqti tejalishiga, tovar va transport vositalarini “yalpi” nazoratdan
oʻtkazishdan voz kechishga, hamda insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini
ragʻbatlantirishga imkoniyat yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-aprelda “Oʻzbekiston

Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-son Farmoni.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi «Bojxona

maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati
organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi
PF5582-son Farmoni.

3.

DBQning 2018-yil 18-iyuldagi 469-sonli buyrugʻi, 3/3-son Hayʼat qarori bilan

tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Xavfni boshqarish tizimi
konsepsiyasi”.

4.

M.Xamrayev, X.Roʻzmetov, A.Nazarov. Xavfni boshqarish tizimi: Darslik. -

Toshkent: BI, 2021 y. – 263 b.

5.

World customs journal, article, Kunio Mikuriya and Thomas Cantens.

6.

Global Trade and Customs Journal, article, Margarita Tisliakova.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

7

7.

Бекмуродов, А., Тураев, Ш., Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022). Социально-

экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой зарубежный опыт и
национальная практика. in Library, 22(2), 3-13.

8.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ

ҚАРАШЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт ва инновацион
технологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

9.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ

АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-aprelda “O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5414-son Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi «Bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidawgi PF5582-son Farmoni.

DBQning 2018-yil 18-iyuldagi 469-sonli buyrug'i, 3/3-son Hay'at qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarining Xavfni boshqarish tizimi konsepsiyasi”.

M.Xamrayev, X.Ro'zmetov, A.Nazarov. Xavfni boshqarish tizimi: Darslik. -Toshkent: BI, 2021 y. - 263 b.

World customs journal, article, Kunio Mikuriya and Thomas Cantons.

Global Trade and Customs Journal, article, Margarita Tisliakova.

Бскмуродов, А., Тураев, Ш„ Хасанов, Т., & Бозоров, Р. (2022). Социально-экономическое значение бедности и пути ее снижения: передовой зарубежный опыт и национальная практика, in Library, 22(2), 3-13.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт ва инновацион тсхнологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

Тураев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.