Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillardan samarali foydalanish chora- tadbirlari

Abstract

Annotatsiya: Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o'sishi butun iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kash etadi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib, maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta ’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. О ‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillarga aid statistik ma'lumotlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari ко ‘rib chiqiladi va samara/i foydalanish choratadbirlari yuzasidan xulosalar keltiriladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
doi

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shadmankulova, D. (2025). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillardan samarali foydalanish chora- tadbirlari . Raqamli Iqtisodiyot Va sun’iy Intellekt Texnologiyalarining Jamiyat Rivojlanishidagi Ahamiyati, 1(1), 40–46. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/risitjra/article/view/69015
Dilnoza Shadmankulova, International Agricultural University
teacher
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Annotatsiya: Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o'sishi butun iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat kash etadi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib, maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta ’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. О ‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotga ta’sir etuvchi omillarga aid statistik ma'lumotlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari ко ‘rib chiqiladi va samara/i foydalanish choratadbirlari yuzasidan xulosalar keltiriladi.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

40

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR

ETUVCHI

OMILLARDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-

TADBIRLARI

Shadmankulova Dilnoza Abdusaidovna

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o’qituvchisi e-mail:

dlnz@bk.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14197738

Annotatsiya: Jahon iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o‘sishi butun

iqtisodiyotning ulushida yuqori ekanligi, raqamli muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqib, maqolada raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. O‘zbekistondagi raqamli iqtisodiyotga
ta’sir etuvchi omillarga oid statistik ma’lumotlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi va samarali foydalanish choratadbirlari yuzasidan xulosalar keltiriladi.

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli infrastruktura, raqamli texnologiyalar,

inson kapitali, innovatsiya, huquqiy muhit, raqamlashtirish siyosati.

KIRISH.

So‘nggi yigirma yil ichida raqamli texnologiyalarning tez sur’atlarda

rivojlanishi, jahon iqtisodiyotida yangi bosqich – raqamli iqtisodiyot bosqichini boshlab

berdi. Bu bosqichda raqamli texnologiyalar va internet AKT sohasi bilan chegaralanmagan
holda, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari uchun iqtisodiy o‘sishning muhim
drayveriga aylandi. Raqamli iqtisodiyotning ulushi allaqachon jahon yalpi ichki
mahsulotining (YaIM) 15,5% dan ortig‘ini tashkil qilmoqda. Mamlakatlarda raqamli
transformatsiya global tendensiya bo‘lib, kelgusi o‘n yil ichida iqtisodiyotda yaratilgan

yangi qiymatning taxminiy 70 foizi raqamli platformadagi biznes modellariga asoslanadi.

[1]

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish har qanday davlatning raqobatbardoshligini

oshirish, ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, aholi turmush darajasini
yaxshilash va boshqa muhim masalalarni hal qilishdagi rolini oshirmoqda. Bu esa

iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning

ahamiyatini oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

1970-yillardagi uchinchi global sanoat inqilobi

kompyuter texnologiyalari va internet aloqa texnologiyasiga asoslangan yangi iqtisodiy
shakllar paydo bo‘la boshladi. Buning natijasida aksariyat rivojlangan mamlakatlarda
avtomatlashtish, elektron tijorat, raqamli platformlar, elektron hukumat, raqamlashtirish

kabi yangi tushunchalar kirib keldi. Keyinchalik ushbu tushunchalar raqamli

iqtisodiyotning bir qismiga aylandi

.

Raqamli iqtisodiyot – axborotlashgan jamiyat a’zolarining cheksiz ehtiyojlarini

tezkor va toʻlaqonli qondirish maqsadida iqtisodiy jarayonlarda raqamli koʻrinishdagi katta


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

41

hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali tovarlarni ishlab chiqarish,
ularni saqlash, sotish hamda yetkazib berish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi

iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatdir.

[2]

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar

tomonidan bir qator ishlar olib borilgan. Tadqiqotlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
va unga ta’sir etuvchi omillarning samarasi haqida ilmiy ishlar qilingan. Mavjud
tadqiqotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan
kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari toʻliq amal qiladigan demokratik davlat qurishga hamda

mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik
yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion gʻoyalar realizatsiyasiga xizmat
qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir. [3] Raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadi butun milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdan
iborat bo‘lib, raqamli iqtisodiyot zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni
birlashtirgan yangi iqtisodiy shakldir. Shu bois ilmiylik va tizimlilik raqamli iqtisodiyot
rivojlanishini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichdir. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
jarayonida sanoat tuzilmasini optimallashtirish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘zaro
bog‘liq bo‘lib, bu nafaqat an’anaviy tarmoqlarning raqamlashuvi va intellektini oshiribgina
qolmay, balki raqamli iqtisodiyot rivojiga yangi kuch-quvvat bag‘ishlaydi va ishlab
chiqarish ko‘lamini yanada kengaytiradi.[4] Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir
etuvchi mintaqaviy omillardagi shahar darajasi, iqtisodiy rivojlanish holati, sanoat

tuzilmalari darajasi, texnogiyalarga ochiqlilik darajasi, fan va texnologiya darajasi ijobiy

rol o'ynaydi.[5]

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda institutsional va siyosiy omillarni ta’sirini

e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Qonun ustuvorligi va ta’lim tizimlari internetning qamroviga
sezilarli ta’sir ko’rsatadi.[6] Rivojlanishga ta'sir ko'rsatadigan ichki omillar asosan raqamli
infratuzilma darajasi, raqamli ko’nikmalar holati va raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar,

ommalashtirish va qo'llashni o'z ichiga oladi. Ular orasida raqamli infratuzilmani

rivojlanishining asosi hisoblanadi. Raqamli infratuzilma qanchalik yaxshi bo'lsa, rivojlanish

uchun shunchalik qulay bo'ladi. Oyeyinka va Lal (2005) 1995 yildan 2000 yilgacha bo'lgan

ma'lumotlarga asoslanib Sahroi Kabirdagi Afrika mamlakatlarida Internet tarqalishini

o'rganishdi va telekommunikatsiya infratuzilmasi bunda muhim rol o'ynashini aniqladilar.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar tarkibi bir xil bo’lishi

mumkin. Lekin bu barcha mamlakatlar uchun omillar tarkibidagi ulushi xar hil bo’lishi,
tadqiqotlarni amalga oshirishda o’rganilayotgan mamlakatdagi mavjud holat va
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yondashishni talab qiladi.

METODOLOGIYA.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishidagi mavjud

iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Raqamli iqtisodiyot faoliyati yaqindan
o‘rganildi va ma’lumotlar bazasi yig‘ildi. To‘plangan ma’lumotlar asosida kuzatish va
iqtisodiy tahlilni qiyoslash, tizimli yondashuv hamda mantiqiy yondashuv kabi uslublardan

samarali foydalanildi.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

42

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda tadqiqotlarga asoslangan holda iqtisodiyotning

tarmoq va sohalarini o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning aksariyatini tahlil qilingan.

1-rasm. Chizma raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar.

Yuqoridagi chizmadagi har bir omilning rivojlanish uchun zaruriyatini izohlaydigan

bo’lsak, infrastruktura va texnologiyalar omilida yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i,
zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, mobil aloqa va kiberxavfsizlik tizimlarining

rivojlanishini qamrab oladi. Innovatsiya va tadqiqotlar orqali raqamli texnologiyalarni

rivojlantirish va joriy etish uchun innovatsion yechimlarni yaratish va tadbiq etish, ilmiy-
tadqiqot ishlarini qo‘llabquvvatlash samarali natija beradi.

Raqamli texnologiyalarni samarali boshqarish va foydalanish uchun malakali

mutaxassislar, IT-muhandislar, dasturchilar va boshqa soha mutaxassislariga bo‘lgan

ehtiyoj ortib boradi. Bu esa inson kapitali omili orqali amalga oshiriladi. Shu sababli, IT-

ta'lim tizimini takomillashtirish, IT-malakalarni oshirish dasturlarini joriy etish muhimdir.

Huquqiy muhitda Raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish

maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirish, elektron tijorat, kiberxavfsizlik va

ma'lumotlarni himoya qilish borasida aniq qonunlarni qabul qilish zarur. Kirib kelayotgan
yangi biznes modellari va raqamli xizmatlar uchun qonuniy jihatdan to’siqlarning
bo’lmasligini ta’minlash lozim.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun maxsus dasturlar va strategiyalarni ishlab

chiqish, innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli texnologiyalarni joriy etishga
ko‘maklashish davlatning salohiyati va resurlar imkoniyatining mavjudligi bilan izohlanadi.

Raqamli iqtisodiyotda ma'lumotlar muhim resurs hisoblanadi. Shu sababli,

ma'lumotlarning ochiqligi va yetkazilishini ta'minlash, davlat va xususiy sektor tomonidan

Innovatsiya

va

tadqiqotlar.

Inson

kapitali

Huquqiy

muhit.

Infrastruktura

va texnologiya

Ma'lumotlar

ochiqligi


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

43

ma'lumotlarni ochiq platformalarda e’lon qilish orqali raqamli innovatsiyalarni
rivojlantirishga hissa qo‘shish mumkin.

Ushbu omillardan har bir mamlakat turli xil darajada foydlanishi mumkin.

O’zbekiston Republikasida ham raqamli iqtisodiyotga davlat siyosati darajasi sifatida 2015
yillardan boshlab ahamiyat qartila boshladi. Davlat tomonidan aniq strategiyalar, maxsus
dasturlar va me’yoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Iqtisodiyotning o’sishida raqamli
iqtisodiyotning ulushini aniqlash, tarmoq va sohlarga ta’sirini baholash yuzasidan ham
tadqiqotlar olib borildi. Xususan Statistika agentligi tomonidan raqamli iqtisodiyotning
ulushi va rivojlanishiga oid bir qator ko’rsatkichlarning statistik ma’lumotlari ham 2015
yildan yuritala boshlandi. 1-rasmdagi ta’sir etuvchi omillarning samarali tashkil etilganligi
raqamli iqtisodiyotga oid raqamlarda yanada aniq aks etadi. Xususan O’zbekistonda
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni statistik
ma’lumotlar asosida tahlil qilish imkonini beradi.

1-jadval

O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi ko‘rsatkichlari

Ko’rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Axborot

iqtisodiyoti

va

elektron tijorat

sohalarida

yaratilgan yalpi qo‘shilgan
qiymatning

YaIMdagi ulushi

(% da)

1,9

2,1

2,3

2,0

1,7

1,9

2,5

3,3

-

AKT

ishlab

chiqarishda

yaratilgan yalpi qo‘shilgan
qiymatning YaIMdagi ulushi

(yillik, % da)

0,07 0,05 0,08 0,08 0,06 0,09 0,07

0,09

8

-

AKT savdosida yaratilgan
yalpi qo‘shilgan qiymatning
YaIMdagi ulushi (yillik, %
da)

0,07 0,09

0,1

0,06 0,06 0,04 0,04 0,05

-

Elektron tijoratda yaratilgan
yalpi qo‘shilgan qiymatning

YaIMdagi ulushi (yillik, % da)

0

0

0,00

4

0,02

8

0,05

4

0,10

6

0,57

2

1,15

8

-

Axborot

kommunikatsiya

texnologiyalari

(AKT)

sektorida

yaratilgan

yalpi

qo‘shilgan qiymatning

YaIMdagi ulushi (yillik, % da)

1,78

1,96

4

2,06

9

1,80

5

1,50

2

1,62

1

1,68

5

1,92

8

-


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

44

Iqtisodiy faoliyat turi bo’yicha
“Axborot va aloqa” sohasida
faoliyat

ko‘rsatayotgan

korxona va tashkilotlar soni,
(1-yanvar holatiga ko‘ra,

birlikda)

6221

6370

6427

6403

6975

7901

9517

1058

7

1220

4

АKT sohasida

faoliyat

yuritayotgan yuridik
shaxslarda ishlovchi xodimlar
soni, kishi

3341

3

3447

8

3795

8

4024

8

4769

7

5015

7

5378

2

6046

2

7162

7

Dasturiy taʼminotga qilingan
xarajatlarning

yalpi

ichki

mahsulotdagi ulushi , (% da)

-

-

-

-

-

-

0,09 0,18 0,24

Sun’iy

yo‘ldoshli

keng

yo‘lakli

tarmoq

bo‘yicha

internetga kirish imkoniyatiga
ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari
ulushi (% da)

-

-

0

0

4,9

5,1

3,6

3,2

7,7

Internet tarmog‘iga ulangan
abonentlar soni, 100 ta aholiga
nisbatan (% da)

26,6 30,2 34,5 40,4 48,8 58,4 65,8

75

82,6

O‘zbekiston

Respublikasi

AKT xizmatlari

eksporti

(ming AQSH doll.)

4080

97,6

1475

02,5

1506

50,1

2981

52,6

1674

96,4

1695

10,7

3370

07,1

3057

98,2

5403

81,4

O‘zbekiston Respublikasi
AKT tovarlari eksporti (ming
AQSH doll.)

2619

3,4

5097

,4

1065

4,9

1575

2,3

1815

4,8

2387

9,4

4203

4,2

8425

6,9

1332

92,4

Yuqoridagi jadval ma’lumotlari 2015-2023-yillarda O‘zbekistonda axborot

iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi
ulushi, “Axborot va aloqa” sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni,
ular tomonidan ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi hamda АKT
sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soni oshib, internetga

ulangan aholi va AKT tovar va xizmlarining eksport va import miqdori kabi
ma’lumotlardan hajm jihatdan o’sish kuzatilgan. Raqamlarni tahlil qilish asnosida, axborot
iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning

YaIMdagi

ulushi yiliga o’rtacha 25% ga o’sish kuztilgan. Tarkibiga ahamiyat beradigan bo’lsak,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektorida yaratilgan yalpi qo‘shilgan

qiymatning ulushi yuqori. Bu esa mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning boshqa
yo’nalishlarida deyarli qiymat yaratilmayotganini ko’rishimiz mumkin. Infrastruktura va
texnologiya omilining faqatgina infrastruktura qismida asosiy qiymat yaratilmoqda.

Texnologiya qismida esa deyarli qiymatning yaratilishio juda past. Bunga bir qator


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

45

sabablarni keltirishimiz mumkin Innovatsion va ilmiy – konstruktorlik ishlanmalarga

investitsiya darajasining pastligi, inson kapitalining salohiyatining yuqori emasligi,
ommaviy raqamlashtirish targ’ibotining sustligini ta’kidlashimiz mumkin. Elektron
tijoratning ulushi so’nggi yillrda YaIMning 1% ini tashkil etdi. AKT tovarlar eksporti
salmog’i xizmatlar eksportiga nisbatan 4 barobar kamligi, raqamli texnologiyalar ishlab
chiqarishni rivojlantirish omillarining past darajadaligini ko’rsatadi. Axborot va aloqa
sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soniga o’rtacha 5 ta АKT sohasida
faoliyat yuritayotgan xodimlar soni tog’ri kelmoqda. 1-rasmdagi raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish omillari va O’zbekistondagi bu boradagi qilingan ishlarni statistik ma’lumtlar
orasida o’zaro bog’liqligini o’ragngan holda, omillarning o’zaro bog’liqligi kuchli
ekanligini aks etadi. Birgina ma’lumotlarning ochiqligi innovatsiyalrni rivojlanishiga hissa
qo’shadi. 1-jadval ma’lumotlaridan avvalo O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot bir necha
barobar sekinroq rivojlanmoqda, ya’ni O‘zbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida boshqa
davlatlarga qaraganda orqada qolmoqda, afsuski bu iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatmay qolmaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish va ushbu

sohani yanada jadal rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

IT-mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

Infrastrukturani rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

Kiberxavfsizlikni ta'minlash;

Raqamli texnologiyalarni joriy etishda byurokratik to‘siqlarni

bartaraf etish;

Innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy

mexanizmlarni takomillashtirish;

O‘zbekistonning raqamli transformasiyasi uzoq muddatli jarayon

bo‘lib, ushbu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish davlat, xususiy sektor va
jamiyatning hamkorlikdagi harakatlariga bog‘liq.

Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda IT-sohasidagi

xususiy kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, IT-sohasini rivojlantirishga qaratilgan
qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususiy sektorning innovatsiya faoliyatini
rag‘batlantirish bilan bir qatortda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish xususan,
xizmatlar eksportini oshirish, sifatli internet tarmog’i bilan ta’minlash, ommaviy
ma’lumotlar ochiqligi va aholini raqamlashtirish ko’nikmalarini jadallashtishtirtish, raqamli
iqtisodiyotdagi qiymat yaratish imkoniyatlari uchun huquqiy muhit yaratilishi iqtisodiy
jihatdan o’sishni jadallashtirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

https://www.weforum.org/stories/2023/12/tech-diplomacy-harness-

digital-economy/.

2.

G.N. Maxmudova, N.F. Gʻulomova, B.Gʻ. Zayniddinov, D.A. Shad

mankulova,
“Industriya 4.0” (oʻquv qoʻllanma). – Тoshkent: “Fan va ta’lim”, 2023. 260 bet.


background image

“Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2024-yil 22-noyabr, Tоshkеnt, O‘zbekiston

46

3.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish

.

4.

Lisi Lu, Jishen Guan, Xiaoxia Wu

Factors Influencing the Development of

Digital Economy in Local Areas of China Based on Big Data Statistics . Hindawi Wireless
Communications and Mobile Computing Volume 2023, Article ID 9806129, 1
pagehttps://doi.org/10.1155/2023/9806129.

5.

Raqamli

iqtisodiyot,

URL:

https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_Iqtisodiyot

6.

Raqamli iqtisodiyot bizga nima beradi? URL:

https://uzlidep.uz/uz/news-

ofparty/11083

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli

8.

Iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi qarori.

9.

Raqamli iqtisodiyot stastistik ma’lumotlari,

https://stat.uz/uz/rasmiy-

statistika/raqamli-iqtisodiyot

.

10.

Тураев, Шавкат. "Совершенствование методики расчета налоговой

нагрузки." Научные исследования и инновации в индустрии 4.0. 1.1 (2022): 55-62.

11.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ

ҚАРАШЛАРНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт

ва

инновацион технологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

12.

Тўраев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ

АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2.
2023.

References

https://www.weforurn.org/stories/2023/12/tech-diplornacy-harness-digital-economy/.

G.N. Maxmudova, N.F. G‘ulomova, B.G‘. Zayniddinov, D.A. Shad mankulova,“Industriya 4.0” (o'quv qo'llanma). - Toshkent: “Fan va ta’lim”, 2023. 260 bet.

https://yuz.uz/uz/ncws/ozbckistonda-raqarnli-igtisodivotni-rivojlantirish.

Lisi Lu, Jishen Guan, Xiaoxia Wu Factors Influencing the Development of Digital Economy in Local Areas of China Based on Big Data Statistics. Hindawi Wireless Communications and Mobile Computing Volume 2023, Article ID 9806129, 1 pagchttps://doi.org/l 0.1155/2023/9806129.

Raqamli iqtisodiyot,URL:https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli Iqtisodiyot

Raqamli iqtisodiyot bizga nima beradi? URL: https://uzlidep.uz/uz/news-ofparty/11083

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli

Iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qarori.

Raqamli iqtisodiyot stastistik ma’lumotlari, https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot.

Тураев, Шавкат. "Совершенствование методики расчета налоговой нагрузки." Научные исследования и инновации в индустрии 4.0. 1.1 (2022): 55-62.

Тураев, Шавкат Шухратович. "СОЛИҚ ЮКИГА ОИД ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ." Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” журнали 4 (2021): 324-335.

Тураев, Шавкат Шухратович. "БЮДЖЕТ-СОЛИҚ СИЁСАТИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.