“O`n uchinchi eshik” she‟rida beruniy obrazi talqini

Поделиться
Пирназарова, М. (2022). “O`n uchinchi eshik” she‟rida beruniy obrazi talqini. Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке, (1), 42–44. https://doi.org/10.47689/innovations-in-edu-vol-iss1-pp42-44
М Пирназарова, Urganch Davlat universiteti

f.f.n., dotsent

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Omon Matjon ijodi davomida buyuk qomusiy olimlarimiz va shoirlarimiz Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Ma‘mun, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmudlarning obrazi yaratilganini ko‗rishimiz mumkin. Shoirning Beruniy haqidagi asarlari ham shoirning yuksak darajadagi asarlari qatoriga kiradi. Abu Rayxon Beruniy keyingi avlodlarga boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan. Uni nafaqat sharq xalqlari, balki g`arb jamoatchiligi ham tan olgan. Shu boisdan buyuk olim haqida ilmiy asarlar bilan birga badiiy asarlar ham yaratilgan. Shu jihatdan olib qaraydigan bo`lsak, shoir iste‘dodli realist ijodkor sifatida o`z ideallarini ifoda etish maqsadida tarixda yashab o`tgan, xalqimiz uchun qadrli bo`lgan va butun dunyo tan olgan buyuk alloma shaxslarning obraziga murojaat qilgan. Aniq tarixiy dalillarni va tarixiy shaxslar haqidagi afsona va rivoyatlarni o`rgangan, asarlariga singdirib yuborgan. Ijodkor asarlarini kuzatar ekanmiz, buyuk va oddiy insonlarning qalb go`zalliklarini, zamon, umr, xalq, odamlar taqdiri va kelajagi bilan bog`liqligi, vatan oldidagi burchi kabi mavzular shoir ijodining asosiy mazmuni ekanligiga amin bo`ldik.


background image

41

Жайлаўым жайлаўым, айтпасам болмас,
(Луга, луга, как мне промолчать),
Бул азапты биз сорлыға ким қылмас,
(кто бы горе такое не пророчил нам),

Ӛзим әўеремен ҳақтың исине,
(Я всегда на стороне правды),
Бир қудайым мәдет бергей денеме,
(Один бог в помощь моей душе),
Ылайықлы берген мен ӛтермен жайлаўым
(Достойную помощь получил я, мои луга!) [Кҥнхожа, 2019: 6].
Если проанализировать, поэт сетуя о нехватке пастбищ каракалпаков для крупного

рогатого скота, овец и коз в те времен, когда он жил, и о том, что у них действительно не было
пастбища, создает картину жизни каракалпаков в XIX веке.

ЛИТЕРАТУРА:

1.

Исмаилов Б. Кҥнхожаның ӛмири ҳәм творчествосы. – Нукус, 1996.

2.

История Каракалакской АССР. Т. I. – Нукус: Каракалпакстан, 1975.

3.

Каульбарс А.В. Низовья Аму-дарья, описанные по собственным исследованиям в 1873 г.

Генерального штаба полковником Бароном А.В. Каульбарсом – СПБ., 1881- (Записки
императорского русского географического общества по общей географии.

4.

Кҥнхожа. Сайланды қосықлар жыйнағы. – Нукус, 2019.

5.

Нызанов М. Кҥнхожа (сайланды қосықлар жыйнағы). – Нӛкис: Билим, 2019.

6.

Пирназаров А. Кҥнхожа, Әжинияз, Сыдық шығармаларында қолланылған дӛретиўшилик

усыллары. – Нукус, 2000.

“O`N UCHINCHI ESHIK” SHE‟RIDA BERUNIY OBRAZI TALQINI

Pirnazarova M.M.

f.f.n., dotsent, Urganch Davlat universiteti,

Urganch, O‘zbekiston

e-mail:

manzuramatnazarovna@gmail.com

tel: +99897 5165666

Omon Matjon ijodi davomida buyuk qomusiy olimlarimiz va shoirlarimiz Al-Beruniy, Al-

Xorazmiy, Al-Ma‘mun, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmudlarning obrazi yaratilganini ko‗rishimiz
mumkin. Shoirning Beruniy haqidagi asarlari ham shoirning yuksak darajadagi asarlari qatoriga kiradi.
Abu Rayxon Beruniy keyingi avlodlarga boy ilmiy va adabiy meros qoldirgan. Uni nafaqat sharq xalqlari,
balki g`arb jamoatchiligi ham tan olgan. Shu boisdan buyuk olim haqida ilmiy asarlar bilan birga badiiy
asarlar ham yaratilgan. Shu jihatdan olib qaraydigan bo`lsak, shoir iste‘dodli realist ijodkor sifatida o`z
ideallarini ifoda etish maqsadida tarixda yashab o`tgan, xalqimiz uchun qadrli bo`lgan va butun dunyo tan
olgan buyuk alloma shaxslarning obraziga murojaat qilgan. Aniq tarixiy dalillarni va tarixiy shaxslar
haqidagi afsona va rivoyatlarni o`rgangan, asarlariga singdirib yuborgan. Ijodkor asarlarini kuzatar
ekanmiz, buyuk va oddiy insonlarning qalb go`zalliklarini, zamon, umr, xalq, odamlar taqdiri va kelajagi
bilan bog`liqligi, vatan oldidagi burchi kabi mavzular shoir ijodining asosiy mazmuni ekanligiga amin
bo`ldik.

Omon Matjonning ―O`n uchinchi eshik‖ she‘ri ayniqsa xarakterlidir. Xalq og`zaki ijodiyotida

―O`n uchinchi eshik‖ nomli rivoyat keng tarqalgan. 1017 yilda Xorazmni bosib olgan Mahmud G`aznaviy
o`ta xudbin, jahldor kishi bo`lgan. U Beruniyni ham asirlar qatorida kishanlaydi. Buyuk olimning
taqdiriga achingan xalq uning o`tkir olim, hatto bashoratchi ekanini aytib, shohdan shafqat so`rashadi.
Shunda Mahmud G`aznaviy: agar Beruniy bashoratchi bo`lsa, mana shu 12 eshikli saroyning qaysi
eshigidan chiqib ketishimni aytsin, degan talabni qo`yadi. Beruniy bu masalani yechib, maktub bitib
tegishli vakilga topshiradi. Shunda shoh o`n uchinchi eshikni ochdirib chiqib ketadi. O`shanda maktubni
ochib o`qisalar Beruniyning voqeani to`g`ri bashorat qilganligi ma‘lum bo`ladi. Shoir rivoyat, naql,
afsona, ertaklar vositasida tarixiy shaxslarning yorqin obrazini yarata olgan.

Ushbu sujet asosida yaratilgan she‘r O. Matjon ijodida muhim o`rin tutadi. Unda shoir buyuk

olimning naqadar zukko bashoratchi, mantiqiy fikrlovchi inson ekanligini ifodalamoqchi bo`ladi va buni
uddasidan chiqadi:

Ana turar u-toza xilqat,


background image

42

Ko`zlarida ko`kday tubsizlik.
Chehrasida porlar beshafqat,
Qat‘iy sabot mujassam o`zlik.
―Sultonlarga bizdan ne darkor
Tinch qo`yarmi axir bu zolim?
Dil xushlashi uchun hukmdor,
Endi kerak bo`ptimi olim?! [Омон Матжон, 1995: 272].

Beruniy zolim shohdan shafqat kutmaydi, sabot-matonat bilan uning tahqirlashlariga chidaydi.

Mahmud G`aznaviy uni o`ldirmaydi. Chunki uning harbiy yurishlarida Beruniydek ilmiy salohayatga ega
bo`lgan chuqur aql sohibi maslahatchi sifatida kerak edi.

She‘rda Beruniyning qalb iztiroblari G`azna shahriga nisbatan shoir aytgan so`zlarda yaqqol

ko`rinadi:

G`azna uzra bo`y cho`zmishdi bot
Haybatli va qo`rqinchli saroy.
Bunday shiddat, bunday mahobat
Bag`dodda ham yo`qdir hoynahoy.
Ichkarisi vahm bir dunyo,
O`n ikkita eshigi bordir.
O`rtada taxt… ―G`azabnok siymo...
Tegrasida o`n ikki qandil... [Омон Матжон, 1995: 272].

Omon Matjon adabiyotshunos N. Rahimjonov bilan suhbatda o`tmish siymolari haqida ushbu

fikrlarni ilgari surgan: ―…o`tmishdagi shaxslar hayotiga munosabatda uning hatti harakatlari, o`y-
kechinmalari o`sha davr muhiti bilan bog`liq tarzda baholanmog`i zarur. Zero, agar o`tmishning ijtimoiy-
ma`rifiy, ma‘naviy-ahloqiy va hokazo ibratli jihatlari bo`lmasa, bunday tarixning hech kimga keragi
yo`q‖ [Раҳимжонов, 2016: 137].

She‘rda Mamud G`aznaviy Beruniyning bashoratchi ekanini eshitib, ishonmasdan uni masxara

qiladi:

Emish, o`sha xorazmlik zot!
O`qir emish ko`zlardan ma‘no!
O`qir emish xayolni ham bot,
Aytar emish yanglishmay aslo.
―Xo`sh!-deb yana turdi o`rnidan,
Neni xayol etmishimni ayt,
Eshiklarning qaysi biridan,
Hozir chiqib ketishimni ayt!‖

Omon Matjonning bu kabi asarlari adabiy jarayonda o`z davrida yangilik bo‗lgan asarlar

hisoblanadi. Uning she‘riyatida, dostonlarida, dramatik asarlarida ham epik ko‗lam namoyon
bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Aytmoqchi bo‗lgan fikrlarining zalvorini, jamiyatdagi ijtimoiy
muammolarni, mavzularni ko‗tarib chiqqanligi bilan ahamiyati yuqori ekanligi namoyon bo`lgan. She‘rga
qaytadigan bo`lsak, albatta, Beruniy aql-zakovati, masalani to`g`ri yechishi shohni hayratga emas, balki
g`azabga keltiradi.

Va shu lahza to`qnashdi birrov,
Ikki siymo-ikki xil nigoh,
To`qnashganday suv bilan olov,
To`qnashganday o`pqon bilan tog`.
Shu o`tlug` zum, shu olov qarash,
Lekin mangu etadi davom.

Shoir voqeani tasvirlar ekan, bir-biriga mutlaqo zid bo`lgan ikki siymoni qiyos qilib, biridan aql-

zakovat, ikkinchisidan g`azab-qabohat yog`ib turishini qayta-qayta uqdiradi. Bu o`rinlarda gap faqat aniq
bir siymo- Beruniy qismati ustida borayotgani yo`q. Faqat o`tmishda emas, hamma zamonlarda ham xalq
peshonasidagi yulduzlarni, hattoki ular yaratgan ixtirolardan unumli foydalansada, bahramand bo`lsa-da,
hamisha ham munosib qadrlay bilmagan. Tarixdan bunga misollar juda ko`p va shoir shunday holatlarni
bugun ham takrorlanmasligi uchun odamlarni o`zligini anglashga, hushyor tortishga chorlaydi.

O.Matjon she‘rning final qismida muayyan xulosa chiqarishga shoshilmaydi. Biroq g`oyani yana

xalq orasidagi rivoyatlardan izlaydi:

Ne bo`ldi deb, xo`sh undan keyin,
O`tirmaylik, do`stlarim, qaytib,
Ul xatda ne yozilganligin,
Mushohidlar ketganlar aytib:


background image

43

―Kimning agar bor taxti-toji,
Kuch-quvvati dog`i ustuvor,
Qay tomonga yuz bursa-hajdir.
Qay tomonga shahd etsa-yo`l bor!‖ [Омон Матжон, 1995: 272].

Umuman olganda, O. Matjonning mazkur she‘ri rivoyatlar mazmunida dunyoga kelgan bo`lsa-da,

buyuk bobomizning nurli siymosini yorqin misralarga singdira olgan. Ushbu she‘rdagi poetik xulosa va
saboqlar g`oyat hayajonli va ibratlidir. ―To`rabekaxonim‖, ―Najmiddin Kubro‖, ―O`n uchinchi eshik‖,
―Pahlavon Mahmud‖ kabi asarlar xalqimizning tarixiy hayotiga bag`ishlangan. Tarixiy faktlarga, mashhur
olimlarning asarlariga tayanilib, shuningdek, tarixiy shaxslar haqidagi xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga
asoslanib yozilgan bu ijod namunalarida qadim ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashi, ilm-fanni
rivojlantirishga qo`shgan hissasi, insonparvarlik yo`lida olib borgan faoliyatlari aks ettirilgan. Ijodkorning
o`tmish voqealari asosida ilgari surgan falsafasi millat avlodlarini buyuk ajdodlarga xos tarzda tarbiyalash
va ma‘naviyatli jamiyat qurishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

1.

Норматов У. Қалб инқилоби. –Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат

нашриѐти. 1986. 292-бет.

2.

Норматов У. Нафосат гурунглари. Тошкент: Муҳаррир нашриѐти. 2011.100-бет

3.

Омон Матжон. Дийдор азиз. Тошкент: Ношир нашриѐти. 2011. 34-бет.

4.

Омон Матжон. Иймон ѐғдуси. Шеърлар, достонлар. –Тошкент, Ғафур Ғулом номидаги

Адабиѐт ва санъат нашриѐти. 1995. 272-бет.

5.

Раҳимжонов Н. Бадиият бош мезон. Тошкент, ―Академнашр‖. 2016.137-бет.


АДАБИЁТШУНОСЛИКДА ТАЛҚИН ВА ГЕРМЕНЕВТИКА МАСАЛАЛАРИ

Акбарова Ш.Ғ.

ўқитувчи, Фарғона давлат университети, Фарғона, Ўзбекистон

e-mail:

acharlotte18@yahoo.fr

тел: +998939730939


Юртимиздаги адабий-маънавий вазият тубдан ўзгариши муқаддас, ўлмас бадиий асарларни

холис, ишонарли, илмий талқин этиш имконини берди. Натижада ўзбек адабиѐтшунослига бадиий
асарга ѐндашувнинг янги кўринишлари, талқиннинг янги кўринишлари кириб кела бошлади ва
халқимиз бадиий асарларни ўқиб, тушуниб, ҳис қилиб улар юзасидан мушоҳада қилиб, таҳлил ва
талқин қила бошлади. Таҳлил ва талқин нафақат ҳозирги ўзбек адабиѐти, балки мумтоз
адабиѐтимиз, жаҳон адабиѐти ноѐб намуналарининг асосли таҳлил, теран талқини орқали миллий
мафкура, истиқлол ғоясини ѐритиб бериши мумкин. Зеро, ―таҳлил ва талқинлар-бадиий асар
баҳосини белгилашдаги бош мезон [B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonova, Sh.Axmedova, 2012:
341] саналади.

Интерпретация (лот.interpretation-тушунтирмоқ)- талқин; адабий асар мазмунини идрок

қилиш, унинг мазмуни, бадиий концепциясини англаш, тушуниш демакдир. Кенг маънода
интерпретация ўзга томондан айтилган гап, ѐзилган асар (илмий, диний,бадиий) мазмунини бир
бутун сифатида тушуниш ва тушунтириб бериш маъносини билдиради [

Қуронов Д., Мамажонов

З., Шералиева М, 2010: 119

]. Тушуниш ва талқин қилиш жараѐнининг назарий муаммоларини

ўрганувчи соҳа – герменевтикадир.

ХIХ асрда герменевтикага ҳар қандай тавсифдаги матнларга ишора қилувчи умумий

талқин назарияси сифатида қарала бошлади. Герменевтика маъно талқинини – тушунтириш,
таҳлил, шарҳлашни тасвирлайди. Герменевтика матнни идрок этиш ва тушуниш масалалари билан
шуғулланади, бу нуқтаи назардан тушуниш - бу матннинг маъносини тушуниш жараѐни, яъни
сўзловчи ва тингловчи ѐхуд ѐзувчи ва ўқувчи ўртасидаги ўзига хос диалогдир.

Замонавий герменевтика учта ѐндашувни (intelligendi, explicandi, applicandi) ажратиб

кўрсатади: ―тушуниш‖, ―талқин қилиш‖ ва ―қўллаш‖. Баъзи назариѐтчилар учун "тушуниш"
бирламчи бўлса, бошқалари учун эса талқин қилиш юқори даражага чиқади [H.G.Gadamer, 1976:
148].

Ғарб, англо-америка адабиѐтшунослигида герменевтика‖, ―аксиология‖, ―интерпретация‖,

―биография‖ сингари истилоҳ сўзлар мавжуд бўлиб, улар бадиий асарни ўқиш, англаш
эстетикасини яратиб бўлган, талқину баҳолаш назарияси бобида катта ютуқларга эришган экан.

Библиографические ссылки

Норматов У. Калб инкилоби. -Тошкснт, Гафур Гулом номидаги Адабист ва санъат нашриёти. 1986. 292-бст.

Норматов У. Нафосат гурунглари. Тошкент: Мухаррир нашриёти. 2011.100-бет

Омой Матжон. Дийдор азиз. Тошкент: Ношир нашриёти. 2011. 34-бет.

Омон Матжон. Иймон ёгдуси. Шеърлар, достонлар. -Тошкент, Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1995. 272-бет.

Рахимжонов Н. Бадиият бош мезон. Тошкент, “Академнашр”. 2016.137-бет.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов