Authors

  • Parizod Raxmatullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.111798

Keywords:

Zarar yetkazish oxirgi zarurat zaruriy mudofaa mol-mulkka ziyon yetkazish qonuniy harakatlar javobgarlik.

Abstract

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslari va ularni tartibga soluvchi tamoyillar muhim hisoblanadi. Chunki zarar yetkazuvchining javobgarlik tamoyillari, jumladan, g‘ayriqonuniy harakatlar yoki harakatsizlik oqibatida yuzaga kelgan zararlarni qoplash majburiyati tahlil qilishimiz mumkin. Zarar yetkazuvchining aybsizligi javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda qonun bu printsipdan istisno xolatlarni keltiradi. Bundan tashqari, zarar yetkazish xavfini oldini olish uchun qonunda zararli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatishga oid sud vakolatlari belgilangan. Bundan tashqari zarar yetkazuvchining harakatlari jabrlanuvchining roziligi asosida sodir etilgan va jamiyat axloqiy tamoyillariga zid bo‘lmagan taqdirda, zarar qoplanmasligi mumkinligi ham mumkin. Shunday ekan zarar yetkazishni oldini olish huquqiy tizimning ijtimoiy adolatni ta’minlash va manfaatlar muvozanatini saqlashga qaratilgan asosiy vositalaridan biri sifatida ko'riladi desak maqsadga muvofiqdir.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1363

ZARAR YETKAZISHDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR

Raxmatullayeva Parizod

TerDU Yuridik fakulteti 2-bosqich 123-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15740636

Annotatsiya

. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning huquqiy asoslari va

ularni tartibga soluvchi tamoyillar muhim hisoblanadi. Chunki zarar yetkazuvchining

javobgarlik tamoyillari, jumladan, g‘ayriqonuniy harakatlar yoki harakatsizlik oqibatida yuzaga

kelgan zararlarni qoplash majburiyati tahlil qilishimiz mumkin. Zarar yetkazuvchining aybsizligi

javobgarlikdan ozod qiluvchi asos sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa

-da, ayrim hollarda qonun bu

printsipdan istisno xolatlarni keltiradi. Bundan tashqari, zarar yetkazish xavfini oldini olish

uchun qonunda zararli faoliyatni to‘xtatib turish yoki tugatishga oid sud vakolatlari belgilangan.

Bundan tashqari zarar yetkazuvchining harakatlari jabrlanuvchining roziligi asosida

sodir etilgan va jamiyat axloqiy tamoyillariga zid bo‘lmagan taqdirda, zarar qoplanmasligi

mumkinligi ham mumkin. Shunday ekan zarar yetkazishni oldini olish huquqiy tizimning ijtimoiy

adolatni ta’minlash va manfaatlar muvozanatini saqlashga qaratilgan asosiy vositalaridan biri

sifatida ko'riladi desak maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar:

Zarar yetkazish, oxirgi zarurat, zaruriy mudofaa, mol-mulkka ziyon

yetkazish, qonuniy harakatlar, javobgarlik.

Odamlarning ishonchini yo‘qotish —

zarar yetkazishning eng katta shaklidir.

(Konfutsiy)


Zarar bu

bir shaxsning noqonuniy harakati yoki harakatsizligi natijasida boshqasiga

yetkazilgan moddiy yoki no

moddiy yoʻqotish hisoblanadi.

Zarar bu mulkning yoʻq qilinishi yoki

shikastlanishi natijasida yetkazilgan yoʻqotish desak mubolag'a bo'lmaydi yoki zarar koʻrgan
shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan qonuniy huquqlarni amalga oshira olmagani natijasida olishi
mumkin boʻlgan, ammo olmagan daromadlardir.

Odatda zarar yetkazgan shaxs uni toʻliq hajmda qoplashga majburdir hamda zarar

yetkazgan shaxsning aybi isbotlanishi lozim. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar

asosan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan amalga oshiriladi, unda
g‘ayriqonuniy harakat (yoki harakatsizlik) natijasida fuqaro yoki yuridik shaxsga yetkazilgan
zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, zarar yetkazuvchi tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1364

shart.

Shuningdek qoʻshimcha tovon toʻlash majburiyati zararni qoplashdan tashqari, qonun yoki

shartnoma asosida jabrlanuvchiga qoʻshimcha ravishda tovon toʻlash majburiyati belgilanishi

mumkin. Agar zarar yetkazuvchi shaxs zarar uning aybisiz yetkazilganligini isbotlasa, u zararni

toʻlashdan ozod qilinishi mumkin. Ammo ayrim hollarda, qonun zarar yetkazuvchining aybi
boʻlmasa ham, uni zarar qoplashga majbur qilishi mumkin.

Qonuniy harakatlar tufayli

yetkazilgan zarar esa faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda qoplanishi mumkin. Zarar
yetkazishda jabrlanuvchining roziligi ham muhim ahamiyat kasb etadiAgar zarar

jabrlanuvchining oʻz iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa va bu harakatlar jamiyatning

axloqiy tamoyillarini buzmasa, zarar yetkazuvchi zarar qoplashdan ozod qilinishi mumkin. Zarar
yetkazishni oldini olish ham mumkin. Agar biror faoliyat kelgusida zarar yetkazish ehtimolini
yuzaga keltirsa, jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs sudga murojaat qilib, xavf

tug‘dirayotgan faoliyatni taqiqlashni talab qilishi mumk

in. Misol bilan tushuntiradigan bo'lsak

qishloq dalasiga yaqin joyda kimyoviy moddalarni saqlash ombori qurilmoqda. Bu moddalarni

to‘kilish xavfi bo‘lsa va atrof

-muhitga zarar yetkazishi mumkinligi aniqlansa, jabrlanuvchilar

sudga murojaat qilib omborni qurishni taqiqlashni so‘rashi mumkin yokin bo'lmasam daryo
bo‘yida kimyoviy chiqindilarni to‘kadigan ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan.

Mahalliy aholi sudga da’vo keltirib, zavod faoliyatini boshlashni oldindan to‘xtatishni

talab qilishi mumkin.

Agar zarar yetkazilayotgan faoliyat davom etsa, sud zarar yetkazuvchi shaxs yoki

tashkilotdan zararni qoplashni talab qilishi bilan birga, faoliyatni to‘xtatish yoki tugatish

majburiyatini ham yuklashi mumkin. Masalan ma'lum bir mahalla yaqinida joylashgan zavod
havoni doimiy ravishda ifloslamoqda va aholi salomatligiga zarar yetkazmoqda. Sud zarar

qoplashni buyuradi va zavodning ishlashini to‘xtatish yoki ekologik talablarni qondirguncha
faoliyatni vaqtincha to‘xtatib turishni talab qilishi mumkin.

Agar faoliyatni to‘xtatish jamiyatning keng qamrovli manfaatlariga zid bo‘lsa sud

faoliyatni to‘xtatish haqidagi da’voni rad etishi mumkin. Lekin bu jabrlanuvchilarning zarar

qoplash huquqini bekor qilmaydi. Faraz qiling hududga elektr energiyasini yetkazib beruvchi
yagona elektr stansiyasi faoliyati atrof-

muhitga zarar yetkazmoqda. Uni to‘xtatish butun

mintaqani elektrsiz qoldirishi mumkin. Bunday holatda sud stansiya faoliyatini to‘xtatishni rad

etsa ham, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1365

Endi zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratda zarar yetkazish holatlarini ko'ramiz. Agar

zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazilgan bo‘lsa va mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo‘lsa,
zarar to‘lanmaydi, lekin uchinchi shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda uni tajovuz qilgan shaxs

qoplaydi. Oxirgi zarurat holatida esa zarar tahdidni boshqa vositalar bilan bartaraf etish imkoni

bo‘lmasa, zarar yetkazgan shaxs tomonidan qoplanadi, biroq sud bu majburiyatni zarurat sababli

harakat qilgan uchinchi shaxsga yuklashi yoki ikki tomonning javobgarligini yengillashtirishi
mumkindir. Shuningdek birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchi oldida solidar javobgar

bo‘lib, sud zaruratga ko‘ra ularga hissali javobgarlik yuklashi mumkin hisoblanadi zarar to‘lagan
shaxs esa boshqalardan o‘z ulushiga mos tovon talab qilishga haqli.Ammo zararni davlat
to‘lagan hollarda, davlat zarar yetkazgan mansabdor yoki aybdor shaxslarga sud hukmi asosida
regress huquqini qo‘llash orqali tovonni qayta talab qilishi mumkin. Uy hayvonlari tomonidan

yetkazilgan zarar uchun javobgarlik ham mavjud. Bu holatda hayvonning mulkdori yoki uni

vaqtinchalik nazorat qiluvchi shaxsning hayvon sabab bo‘lgan zararlarni qoplash majburiyati

tushuniladi. Quyida misollar bilan tushuntirsam. It misolida ko'radigan bo'lsak agar kimningdir

iti boshqa odamni tishlab olgan bo‘lsa yoki uning kiyimlarini yirtib yuborsa, itning egasi ushbu

zarar uchun javob beradi. Sigir yoki qo'yning ekinga zarar yetkazishi holatlari ham bo'lishi

mumkin bunda agar biror kishining sigiri yoki qo'yi qo‘shnining ekin maydoniga kirib, hosilni
payhon qilsa, sigirning egasi ekinga yetkazilgan zararni to‘lashi lozim. Yoki mushugiz bo'lsayu
u qo‘shnining mebelini tirnalab shikastlasa, mushukning egalik qiluvchisi bu zarar uchun
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (delikt huquqi) bo‘yicha chet el

tajribasi qanday? Ularning qonunchiligida bu qanday amalga oshiriladi? Ayniqsa rivojlangan

davlatlarda, o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Keling ayrim mamlakatlar va ularning

delikt huquqidagi tajribasi bilan tanishamiz.

AQShni oladigan bo'lsak aynan AQSHda

Common Law tizimi amal qiladi. Bu tizim orqali zarar yetkazish bo‘yicha majburiyatlar

ko‘p hollarda sud qarorlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Undan tashqari Tort Law ham

mavjud bo'lib u uch asosiy turga bo'linadi:

-Intentional Torts (qasdiy zarar yetkazish).
-Negligence (beparvolik tufayli zarar yetkazish).
-Strict Liability (aybdorlik talab qilinmaydigan javobgarlik, masalan, xavfli mahsulotlar

tufayli zarar yetkazish).

Bunda jazo xarakteridagi kompensatsiya ya'ni punitive damages keng qo‘llaniladi, bu esa

zarar yetkazuvchilarni jazolash va oldini olish maqsadida ko‘riladi. Shu sababli ham bu holat

AQSh qonunchilik tizimi bilan belgilanadi. Bundan tashqari Angliya huquqi ham Common Law

tizimiga asoslanadi. Unda zarar yetkazish bo‘yicha javobgarlik asosan:

-Negligence (beparvolik).
-

Occupiers’ Liability (yer egasi javobgarligi).

-Product Liability (mahsulotlar sifatsizligi) asosida belgilanadi.
Germaniyada esa bu holat Germaniya fuqarolik qonunchiligiga binoan (BGB) delikt

huquqi batafsil tartibga solinadi. Bunda aybdorlik prinsipiga binoan zarar yetkazuvchi aybdor

bo‘lishi kerak. Ammo faqat haqiqiy zarar qoplanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1366

Fransiya huquqi Civil Law tizimiga asoslangan va zarar yetkazish bo‘yicha majburiyatlar

Fransiya Fuqarolik Kodeksida belgilangan. Bunda asosan jabrlanuvchi va zarar yetkazuvchi

o‘rtasidagi aloqani isbotlash talab qilinadi va bu holat causal link deb nomlanadi. Ammo

beparvolik va qasddan yetkazilgan zarar uchun ham javobgarlik belgilanadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar huquqiy

tizimda fuqarolarning va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishning muhim qismidir

desak adashmaymiz. Negaki bu haqidagi normalar g‘ayriqonuniy harakatlar yoki harakatsizlik
oqibatida yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashni nazarda tutadi. Zarar yetkazuvchi

shaxsning javobgarligi u tomonidan sodir etilgan harakatlarning noqonuniyligi va uning

oqibatida zarar yuzaga kelganligi bilan bog‘lanadi. Shu bilan birga, qonunchilik zarar
yetkazuvchi bo‘lmagan shaxslarga ham javobgarlikni yuklash imkonini beradi, bu holatda
jabrlanuvchilar manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zarar yetkazuvchi o‘z
aybining yo‘qligini isbotlash orqali javobgarlikdan ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lsa

-da, ayrim

holatlarda, aybsizlikka qaramay, zararni qoplash majburiyati belgilanishi mumkin. Bu, ayniqsa,

jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash yoki faoliyatni nazorat qilish masalalarida muhim

ahamiyatga egadir. Kelgusida zarar yetkazilishining oldini olish ham qonun bilan tartibga
solinib, xavf manbaini bartaraf etish uchun sudga tegishli vakolatlar beriladi. Shu tariqa, ushbu

normalar jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash bilan birga,
jamoatchilik manfaatlarini balanslashga yo‘naltirilgan murakkab mexanizmni tashkil etadi.

Shunday ekan zarar yetkazishdagi holatlar shu tariqa amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Lex.uz

2.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi

3.

Online.zakon

4.

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik vikipediya


References

Lex.uz

O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi

Online.zakon

Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik vikipediya