ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1619
•
Vakolat
beruvchi
•
A
Vakillik
Vakillik
•
Vakil
•
B
•
Uchinchi
shaxs
•
V
Vakillik
VAKILLIK VA ISHONCHNOMA
Raxmatullayeva Parizod
Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti 2-bosqich 123-guruh talabasi.
Nazarov Elbek
Ilmiy rahbar. Termiz Davlat Yuridik fakulteti o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15551327
Annotatsiya. Ishonchnoma va vakillik fuqarolik huquqining muhim tarmoqlaridan biri
bo’lib ular shaxslarning huquqiy munosabatlarida o’z manfaatlarini boshqalar orqali ifodalash
imkonini beradi. Vakillik orqali vakil beruvchi, o’z manfaatlarini ishonchli shaxs orqali himoya
qiladi, ishonchnoma esa ushbu vakolatni yozma ravishda tasdiqlaydi. Vakillik huquqning turli
tarmoqlariga mos keladi. Shu o’rinda vakolat beruvchi vakilga ishonch bildirgan holda muhim
vazifalarni bajarishni ishonib topshiradi. Quyida berilgan Koreya va Singapur davlatlarida ham
vakillik va ishonchnoma, qulay va muhim huquqiy vosita bo’lib kelmoqda.
Kalit so’zlar: Vakillik, yuridik, ishonchnoma, fuqarolik, sud, huquq, qonun, ustav,
vakolatsiz, tijorat, Koreya fuqarolik kodeksi, vakil, bitim, tijorat vakilligi.
Vakillik shaxs yoki tashkilotning huquqlarini himoya qilish, manfaatlarini ilgari surish va
qonuniy masalalarda yordam ko’rsatish uchun muhimdir. Ular juda ko’p maqsadlarda ishlatilishi
mumkin. Jumladan: huquqiy masalalar bo’yicha yordam kerak bo’lib qolganda, sudda o’z
manfaatlarini himoya qilishda ishni osonlashtirishda va vaqtni tejashda shuningdek psixologik
qo’llab quvvatlashda kerak bo’lishi mumkin. Chunki vakillik bir shaxsning boshqa shaxs
nomidan Yuridik harakatlarni amalga oshirishda, asosan bir shaxs vakilining vakolat bo’yicha
tuzgan bitimini, vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va
majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradigan o’zgartiradigan yoki bekor qiladigan
huquqga ega. Vakillik munosabatlarida ikki tomon ishtirok etadi: Vakil-ishlarni amalga
oshiruvchi shaxs hamda vakil qiluvchi, vakilga o’z nomidan harakat qilish huquqini beruvchi
shaxs.
Odatda vakillik yozma ravishda tuziladigan ishonchnoma bilan rasmiylashtiriladi. U
quyidagicha qo’llanilishi mumkin:
-Fuqarolik huquqiy shartnomalarini tuzish;
-Savdo va tijorat operatsiyalarida qatnasish;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1620
-Sudda yoki davlat organlarida vakillik qilish;
-Mulk yoki mol-mulkni boshqarish.
Bundan tashqari sudda vakillik qilish ham keng tarqalgan hisoblanadi. Chunonchi
fuqarolar va yuridik shaxslar o’zlarining fuqarolik ishlarini sudlarda yoki o’zlari bevosita
yurgizadilar. Lekin kasallik, kommandirovkada bo’lish, huquq normalaridan yetarlicha xabardor
bo’lmaslik, muomala layoqatiga ega bo’lmaslik va shu kabi boshqa sabablar bilan davogar va
javobgarlar sud ishini yuritishni boshqa shaxslarga yani vakilga topshirishlari mumkin. Shu
sababli yuridik shaxslarning sud ishlarini yurutish o’z xabarlari yoki vakillari tomonidan
yuritiladi. Shunday ekan vakillik yuqorida ko’rsatilgan shaxslar nomidan hamda ularning
manfaatini ko’zlab sudda ish yuritish bilan bog’liq protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
Sudda fuqarolik ishlarining vakil orqali yuritilishi fuqarolik protsessual huquq
nazariyasida sud himoyasida bo’lgan huquqni
ta’minlash usullaridan biridir. Kimlar qay tartibda va maqsadda sudda vakillik qilishi
mumkinligini quyidagicha aniqlash mumkin:
-Korxona, muassasa, tashkilot, jamoa xo'jaliklari va boshqa tashkilot rahbarlari shu
muassasa ishlari bo'yicha;
-Kasaba uyushmalarining vakillari kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladigan
boshqa shaxslar ishlari bo'yicha;
-Qonun, ustav yoki nizomda o'z a'zolarining huquq va manfaatlarini himoyalash huquqi
berilgan tashkilotlarning vakillari;
-Qonun ustavi yoki nizomda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiladiga tashkilotlar
vakillari;
-Advokatlar;
-Taraflar saylagan sud shu ish bo'yicha vakillik qilishga ruxsat etgan shaxslar;
-Ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirig'i bo'yicha vakil bo'la oladilar.
Vakolatsiz vakillik vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa bir shaxs nomidan tuzilgan
yoki vakolatidan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik
maqullaganda u uchun huquq va majburiyatlarini vujudga keltiradi, o’zgartiradi va bekor qiladi.
Bitim tuzish uchun vakolat bergan shaxs uning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik
beruvchi harakatlar qilgan holda bitim maqullangan hisoblanadi. Undan tashqari tijorat vakilligi
degan
tushunchaham mavjud bo’lib tadbirkorlar shartnoma tuzayotganlarida ular nomidan
mustaqil ravishda vakillik qiluvchi shaxs vakilning vakolatlari ko’rsatilgan yozma shartnoma
orqali bunday vakolatlar ko’rsatilmaganda esa ishonchnoma asosida ish olib boradi. Shuningdek
ko’pchilikning shaxsiy va boshqa huquqiy munosabatlarida duch keladigan ishonchnoma haqida
to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bir shaxs ya’ni ishonch bildiruvchi tomonidan ikkinchi shaxsga
(ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat
hisoblanadi. Ishonchli vakil esa shu ishonchnomada berilgan vakolatlar asosida ish olib boradi.
Yuridik shaxs nomidan esa yoki yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxs
ustaviga zid bo’lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Ishonchnoma ko’pi bilan 3
yil muddatga beriladi. Agar unda muddat ko’rsatilmagan bo’lsa u berilgan kundan boshlab bir yil
mobaynida o’z kuchini saqlaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1621
Berilgan kuni ko’rsatilmagan ishonchnoma esa haqiqiy hisoblanmaydi. Ishonchnomaning
amal qilishi quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
-Ishonchnoma muddatining tamom bo’lishi;
-Ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi;
-Ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi;
-Nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to’xtatilishi;
-Ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan
yoki bedarak yo’qolgan deb hisoblanishi yoki vafot etishi bilan;
-Ishonchnomani bergan shaxs undan hohlagan paytda voz kechishi yoki uni bekor qilishi
mumkin.
Chet el tajribasida ko’radigan bo’lsak Koreyada vakillik deganda bir shaxsning boshqa
shaxs nomidan ish yuritishi va huquqiy harakatlarni amalga oshirishi tushuniladi. Hamda
fuqarolik huquqiy munosabatlarida, tijorat va sud jarayonlarida keng qo’llaniladi. Koreya
fuqarolik kodeksida vakillik asosan 114-137-moddalarni o’z ichiga oladi. Ushbu bo’limlarda
vakolatning mohiyati, vakolatni berish va tasdiqlash tartibi, vakolatdan oshib ketgan harakatlar
oqibatlari, vakillikning tugatish asoslarini ko’rish mumkin. Koreya fuqarolik kodeksida vakillik
huquqi aniq belgilangan bo’lib shaxslar o’rtasida huquqiy munosabatlarni boshqaruvchi muhim
istitutlardan biri hisoblanadi. Bu kodeksning vakillik huquqi bir nechta asosiy tamoyillar va
qoidalarga asoslanadi. Koreya fuqarolik kodeksiga ko’ra vakillik huquqi asosan ishonchnoma
asosida vujudga keladi chunki bu vakillikning eng keng tarqalgan shaklidir. Qonunga asoslangan
vakillik esa bolalar, nogironlar yoki boshqa huquqiy cheklovlarga ega bo’lgan shaxslar vakili
sifatida vasiylar va homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Vakillikning bekor qilinishi esa
vakolat muddati tugaganida, vakil yoki vakil qilingan shaxsning o’limi tufayli vakolatning bekor
qilinishi yoki bekor qilinganligi sababli amalga oshiriladi. Agar vakil o’z vakolatlarini oshirib
yuborsa bunday harakatlar vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangunicha huquqiy kuchga ega
emas hisoblanadi. Vakil o’z vakolatlarini bajarishda vakil qilingan shaxsning manfaatlariga zid
harakat qilganda javobgarlikga tortilishi mumkin. Shu tufayli koreya huquq tizimidagi vakillik
uchga yani: huquqiy vakillik, ishonchnoma orqali vakillik va sud vakilligiga bo’linadi.
Ishonchnoma orqali vakillikda vakil qiluvchi tomonidan berilgan vakolatlar dorasidan
chiqmaslik juda muhim hisoblanadi.
Singapur qonunchiligida esa vakillik huquqi huquqiy va tijorat faoliyatida muhim o’rin
tutadi. Vakillik instituti fuqarolik huquqi, biznes va sud jarayonlarida keng tarqalgan hisoblanadi
va ularda vakillik turli xil shakllarda bo’lishi mumkin.
Singapurda huquqiy vakillik (legal Representation) keng tarqalgan bo’lib voyaga
yetmaganlar yoki layoqatsiz shaxslar, ota onalar yoki qonuniy vasiylar, voyaga yetmaganlar yoki
muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlarini himoya qiladi. Agar shaxs o’zining
huquqlarini mustaqil amalga oshira olmasa sud tomonidan vasiy tayinlanadi. Ishonchnoma orqali
vakillik esa umumiy va maxsus ishonchnomalarga bo’linadi. Umumiy ishonchnoma vakilga
keng vakolatlar beradi. Masalan mulk sotish yoki moliyaviy masalalarni amalga oshirish, maxsus
ishonchnomalar esa aniq bir ishni bajarish uchun vakil tayinlanadi. Masalan: biron bir bitim
tuzish. Tijorat vakilligi esa korporatsiyalar yoki kompaniyalar nomidan shartnomalar tuzuvchi
shaxslar hisoblanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1622
Direktorlar yoki menejerlar kompaniyada vakillik huquqiga ega bo’lib kompaniya
nomidan qarorlar qabul qilishi mumkin. Singapurdagi so’nggi sud vakilligi (Litigation
Representation)da advokatlar faqat litzensiyaga ega bo’lgan taqdirda sudlarda vakillik qilishi
mumkin. Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha advakatlar zarur huquqiy yordamni taqdim etadi.
Shunday ekan Singapurdagi vakilliik munosabatlari qat’iy qonunlar bilan tartibga
solinadi. Vakolatlar aniq belgilanmagan bo’lsa vakil harakatlari cheklangan bo’lishi mumkin
hisoblanadi. Vakilli bilan bog’liq barcha hujjatlar va ishonchnomalar aniq, tushunarli va
rasmiylashtirilgan bo’lishi talab qilinadi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, vakillik va ishonchnoma orqali ishlarni olib
boorish bir qancha qulayliklarni olib keladi hamda ushbu imkoniyatlardan foydalanishga yordam
beradi. Masalan, vakil ishlarni mijoz nomidan amalga oshiradi, bu esa mijozga boshqa muhim
masalalarni bajarishiga yordam beradi.
Vakil odatda o’z sohasida tajribaga ega bo’ladi, bu ularning ishlarining to’g’ri va qonuniy
hal qilinishiga yordam beradi. Vakillik munosabatlari asosan shartnoma, qonun yoki boshqa
yuridik asos bilan o’rnatilishi ham mumkin. Shuningdek vakil ishlarni ishonch bildiruvchining
manfaatlariga muvofiq amalga oshirishi kerak.
Ular ko’pincha yirik huquqiy harakatlar misol uchun sud ishlari yoki shartnoma tuzish
uchun qo’llanilishi mumkin. Vakillik va ishonchnoma bir biridan qanday farq qilishi mumkin.
Vakillik agar shaxs ishlarini qonuniy asosda o’zi bajara olmagan taqdirda kerak bo’ladi.
Ishonchnoma esa shaxsning vakolatlarini faqat ma’lum bir vazifa uchun topshirmoqchi
bo’lganda qo’l keladi. Ammo vakillik kengroq huquqiy tushuncha bo’lib, juda ko’p hollarda
shartnoma asosida o’rnatiladi. Ishonchnomaning vazifasi esa hamma vakolatlarni
qonuniylashtirishdan iborat. Shunday ekan bu vositalar orqali huquqiy ishlarni yanada qulayroq
va samarali bajarish imkoniyatini qo’lga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Fuqarolik protsessual kodeksi;
2.
Fuqarolik kodeksi;
3.
Civil Law Act 1909-Singapore;
4.
Korean civil code;
5.
Lex.uz;
6.
Vakillik Wikipedia.