Authors

  • Dostonbek Turonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136614

Keywords:

AKT onlayn ta’lim masofaviy ta’lim elektron ta’lim resurslari raqamli savodxonlik pedagogik innovatsiyalar ta’lim infratuzilmasi o‘quv-uslubiy materiallar.

Abstract

mazkur maqola ta’lim sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va onlayn ta’limning ahamiyati, imkoniyatlari hamda cheklovlarini tahlil qiladi. AKTning pedagogik jarayonga integratsiyasi o‘quv samaradorligini oshirish, individualizatsiyalangan ta’limni amalga oshirish va resurslarga tezkor kirishni ta’minlash kabi ijobiy jihatlarni keltirib chiqaradi. Onlayn ta’lim formatlari (masofaviy kurslar, virtual sinflar, elektron resurslar) ta’limning demokratlashuvi va doimiy professional rivojlanish uchun qulay muhit yaratadi. Shu bilan birga, texnik infratuzilma, raqamli savodxonlikning yetishmasligi va motivatsiya muammolari kabi to‘siqlar mavjudligi ta’kidlanadi. Maqola muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar — infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun raqamli kompetensiyalarni oshirish, sifatli kontent va baholash vositalarini joriy etish —ni taklif etadi.

background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

94

TA’LIMDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT) VA

ONLAYN TA’LIM

Turonov Dostonbek Murodqobulovich

E-mail:

Dostonbekturonov.edu@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17148016

Annotatsiya.

mazkur maqola ta’lim sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

(AKT) va onlayn ta’limning ahamiyati, imkoniyatlari hamda cheklovlarini tahlil qiladi. AKTning
pedagogik jarayonga integratsiyasi o‘quv samaradorligini oshirish, individualizatsiyalangan
ta’limni amalga oshirish va resurslarga tezkor kirishni ta’minlash kabi ijobiy jihatlarni keltirib
chiqaradi. Onlayn ta’lim formatlari (masofaviy kurslar, virtual sinflar, elektron resurslar)
ta’limning demokratlashuvi va doimiy professional rivojlanish uchun qulay muhit yaratadi. Shu
bilan birga, texnik infratuzilma, raqamli savodxonlikning yetishmasligi va motivatsiya
muammolari kabi to‘siqlar mavjudligi ta’kidlanadi. Maqola muammolarni bartaraf etish bo‘yicha
tavsiyalar — infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun raqamli
kompetensiyalarni oshirish, sifatli kontent va baholash vositalarini joriy etish —ni taklif etadi.

Kalit so‘zlar:

AKT, onlayn ta’lim, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim resurslari, raqamli

savodxonlik, pedagogik innovatsiyalar, ta’lim infratuzilmasi, o‘quv-uslubiy materiallar.

KIRISH

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda,

kadrlar tayyorlash mazmunini takomillashtirish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash ta’limga texnologik yondashuvni talab etadi [1]. Bunda
bevosita ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik
texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan
yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatni
rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish
hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish [2,3], shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini
ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini
rivojlantirishga zarurat mavjud. Hozirgi vaqtda agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda
ta’limning zamonaviy texnologiyalarini izchil joriy etish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda.
Zamonaviy davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimining ajralmas qismiga
aylangan. Globalizatsiya va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’limning mazmuni, usullari va
tashkil etilish shakllarini tubdan o‘zgartirmoqda. AKT maktabdan oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha
bosqichlarda o‘quv jarayonini boyitadi, interaktivlikni oshiradi hamda o‘quvchilarga
o‘zlashtirishni individual tarzda tashkil etish imkonini beradi. Ayniqsa pandemiya davrida onlayn
ta’limning o‘rni va ahamiyati ortib, ta’limning uzluksizligini ta’minlash, keng auditoriyaga chiqish
va samarali resurslarni taqsimlash imkoniyatlari namoyon bo‘ldi. Shu kontekstda maqola AKT va
onlayn ta’limning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi hamda rivojlanish istiqbollarini ko‘rib
chiqadi [4].

ASOSIY QISM

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi o‘quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har

bir o‘quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga,


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

95

o‘stozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishini
unutmasligi lozim. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o‘quvchining qalbidan
chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘la olishga erishishi, o‘quvchining
eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lishi, muammoli
vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya oldiga qo‘yilgan
maqsadga erishiladi [5,6,7,].

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil etish

uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega [8].
Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan unumli foydalanish mumkin.
Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo‘nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert
tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazifalarni kompyuter vositasida echishda
foydalaniladi. O‘quv muhitida o‘qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida
namoyon bo‘ladi. Pedagogika fani uchun umumlashgan quvvatlarni qo‘lga kiritish o‘ta muhim
ahamiyatga ega [9]. Chunki u yangi bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Umumlashgan
quvvatlarni sarflash o‘quv jarayonida juda zarur hisoblanadi. Jumladan, 1) o‘quvchilarni aniq
ilmiy, amaliy muammolarni echishga jalb etish, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlarni hosil
qilish; 2) o‘quvchilarning o‘quv ishlarini shunday tashkillashtiriladiki, mantiqiy-lingvistik
modeldan topshiriqlarni echish vositasi va ularning echimlarini tekshirish usuli sifatida
foydalanish imkoniyati vujudga kelishi; 3) qo‘lga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron
ko‘rinishlarda ifodalanishi lozim. Buning natijasida o‘quvchilarda kompyuterdan foydalanishga
oid dastlabki ko‘nikmalar tarkib topadi va har bir o‘quvchida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan
axborotlar bazasini yaratishga bo‘lgan intilish vujudga keladi [10, 11, 12, 13]. Bu jarayonda guruh
a’zolari birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir o‘quvchi o‘z bilim zahirasini guruhdoshlari
egallagan bilimlar yordamida boyitish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bunda ularga yangi bilimlar
bilan boyitilgan o‘quv materiallari yaqindan yordam beradi, shuningdek, o‘qituvchi intellektual
xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan kengroq foydalangan holda hamkorlikka asoslangan o‘quv
muhitini vujudga keltirishi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish
natijasida maktab ta’limida yangi yo‘nalish vujudga keladi [14,15].

Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qo‘llanilishi tarixan tibbiyot

sohasida ham muhim burilishlar keltirib chiqargan. XIX va XX asrlarda tibbiy ma'lumotlarni
saqlash va uzatish usullari rivojlanishi bilan kasalliklarning diagnostikasi va davolashidagi
bilimlar tezkor tarqala boshladi. Masalan, telemeditsinaning ilk shakllari telegraf va telefon orqali
masofaviy maslahatlar berishdan boshlanib, keyinchalik radio, televideniye va axborot
texnologiyalari yordamida kengayib bordi. Shu tariqa, AKT tibbiy ta'limda an'anaviy amaliyotni
to‘ldirib, talabalar va shifokorlarga ilg‘or tajriba va bilimlarni masofadan o‘rganish imkonini
yaratdi [16,17].

Bugungi kunda tibbiyot va onlayn ta’lim o‘zaro chambarchas bog‘langan: virtual

simulyatorlar, telekonsultatsiya, elektron sog‘liqni saqlash yozuvlari va masofaviy amaliyotlar
tibbiy ta’limni tubdan o‘zgartirdi. Klinik ko‘nikmalarni o‘rgatishda virtual operatsion xonalar va
3D-modellash yordamida xavfsiz muhitda mashq qilish mumkin, bu real bemorlarga tatbiq
etishdan avval tajriba orttirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tibbiy tarix va empirik bilimlar
raqamlashtirilishi orqali tadqiqotlar va epidemiologik monitoring samaradorligi oshdi [18].


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

96

Falsafiy nuqtai nazardan AKT va onlayn ta’limning tibbiyotdagi roli bilim, axloq va

insoniy munosabat masalalarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Bilim nazariyasi (epistemologiya)
onlayn manbalarning ishonchliligi va ma'lumotning tasdiqlanishi savollarini keltirib chiqaradi
[19], axloqshunoslik esa bemor maxfiyligi, ma'lumot xavfsizligi va masofaviy davolashning
axloqiy chegaralarini muhokama qiladi. Bundan tashqari, texnologik vositalar orqali insoniy
munosabat va shifokor-bemor interaksiyasining o‘zgarmasi antropologik va etik yondashuvlarni
talab qiladi [20], bu esa tibbiy ta’lim va amaliyotning falsafiy asoslarini yangilash zaruratini
tug‘diradi.

Guruhlarda o‘qitish (R.Slavin, Ishmuhamedov) da o‘quvchilar teng sonli ikki guruhga

ajratiladi. Har ikkala guruh bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh a’zolari o‘quv topshiriqlarini
hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish . Bu yondashuvda
kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra
o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4
qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har
bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib [21], o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh
a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik
guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o‘zaro
munosabatning rivojlanishini o‘rganishga qaratiladi, o‘qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni
bayon qilinadi. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi
hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o‘qituvchining o‘quvchiga
ko‘rsatadigan yordamidan boshlanadi; O‘quvchilarning faolligi asta-sekin o‘sib borib, butunlay
ularning o‘zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo‘ladi. Pedagogika – psixologiya
fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir: 1) faoliyatga kirish; 2)
mustaqil harakatlar o‘qituvchi bilan o‘quvchi hamkorlikda bajaradilar; 3) o‘qituvchi harakatni
boshlab beradi va unga o‘quvchini jalb etadi; 4) taqlid harakatlari (o‘qituvchidan ibrat olgan
o‘quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi); 5) madad harakatlari (o‘qituvchi o‘quvchiga
oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
6) o‘zini – o‘zi boshqarish harakatlari (o‘qituvchi umumiy maqsadni ko‘rsatishda oxirgi natijani
baholashda ishtirok etadi); 7) o‘zini – o‘zi ko‘rsatuvchi harakatlar; 8) o‘zini – o‘zi uyushtiruvchi
o‘yinli harakatlar.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishda

asosiy omillardan biridir. Interaktiv darsliklar, virtual laboratoriyalar, ta’lim boshqaruv tizimlari
(LMS) va multimediya materiallari o‘quv jarayonini vizual va amaliy jihatdan boyitadi. Bu
vositalar o‘quvchilarga mavzuni mustahkamlash, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
hamda murakkab tushunchalarni oddiyroq shaklda tushunishga yordam beradi.Onlayn ta’lim
formatlari — sinxron va asinxron kurslar, webinarlari, masofaviy laboratoriyalar va mikrokurslar
— o‘qitishning moslashuvchanligini ta’minlaydi. O‘quvchilar o‘z tempida o‘rganishi, turli
hududlardan yetarli sifatdagi ta’lim olishni davom ettirishi mumkin. Bu, ayniqsa, shahardan
tashqaridagi yoki chekka hududlarda istiqomat qiluvchi talabalar uchun katta afzallikdir. AKT


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

97

yordamida individualizatsiya va differensial ta’limni amalga oshirish ancha osonlashadi. Adaptiv
ta’lim tizimlari o‘quvchining bilim darajasini aniqlab, shunga mos materiallar va mashqlarni taklif
qiladi. Natijada, zaif tomonlarni mustahkamlash va yuqori natijali o‘quvchilarga
chuqurlashtirilgan vazifalar berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim sifatini ta’minlash
uchun pedagogik dizayn va kontent ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Video darslar,
interaktiv mashqlar, testlar va loyiha asosidagi topshiriqlar o‘quv jarayonini samarali qiladi.
Shuningdek, baholashning avtomatlashtirilgan va shaffof usullari o‘quv natijalarini ob’ektiv
baholashga yordam beradi.

Biroq AKT va onlayn ta’lim bilan bog‘liq bir qator cheklovlar ham mavjud. Texnik

infratuzilma yetishmasligi, internet tezligi va qamrovi, qimmatbaho qurilmalar talabi ko‘plab
hududlarda to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning raqamli savodxonligi
past bo‘lsa, yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash qiyinlashadi. Ijtimoiy hamda psixologik
jihatlar ham muhimdir: onlayn ta’limda o‘zaro muloqot cheklanib, motivatsiya pasayishi yoki
yolg‘izlik hissi yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, pedagoglar faqat texnologiyani joriy
qilmasdan, shu bilan birga o‘quvchi motivasiyasini oshirish, guruh ichidagi hamkorlik va
kommunikasiyani qo‘llab-quvvatlash metodlarini ham ishlab chiqishi kerak. Muammolarni
yengish uchun bir nechta strategiya mavjud: infratuzilmani rivojlantirish, arzon va ishonchli
internetga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, maktab va oliy ta’lim muassasalarida texnik
jihozlarni yangilash. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun doimiy malaka oshirish kurslari va raqamli
kompetensiyalarni oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etish lozim.

XULOSA

AKT va onlayn ta’lim ta’lim tizimini modernizatsiya qilish uchun kuchli vositalardir. Ular

o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini individualizatsiyalash, resurslarga universal kirish, hamda
pedagogik innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradi. Biroq, texnik va ijtimoiy to‘siqlarni
yengish, sifatli raqamli kontent va baholash tizimlarini ishlab chiqish, shuningdek,
o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish muhim shart hisoblanadi. Mazkur
muammolar yechimi ta’limning samaradorligini oshirish va teng imkoniyatlarni ta’minlashga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Misri, M. E. (2025, April). Stock Market Price Prediction using Ebola Optimization Search
Algorithm with Bi-Directional Gated Recurrent Unit. In 2025 4th International Conference
on Distributed Computing and Electrical Circuits and Electronics (ICDCECE) (pp. 1-6).
IEEE.

2.

Norkulov, D. T., Narkulov, S. D., & Iskandarov Sh, A. (2022). Alimova SG, Pardayev AA
Umarova FS, Khudoykulov AB THE ROLE OF PHILOSOPHICAL THINKING AND
PHILOSOPHICAL KNOWLEDGE IN UNDERSTANDING NATIONAL IDENTITY.
ASEAN Journal on Science & Technology for Development, 39(4), 605-613.

3.

Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated
Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on
Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE.


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

98

4.

Ниёзова, Н. Ш. (2022). Сущность и значения книга Абу Райхан Беруний
«Минерология»(«Китаб ал-джамахир фи ма ‘рифат алджавахир») (Doctoral
dissertation, Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o ‘rni).

5.

Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated
Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on
Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE.

6.

Ниёзова, Н. (2022). Teletibbiyotni rivojlantirish–inson salomatligini saqlashda yangi
bosqich. Materials of International student’s conference: Digitalization is the future of
medicine.

7.

Бўриев, О., Искандаров, Ш., & Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг
“Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in
educational sciences, (3), 399-411.

8.

Ниёзова, Н. Ш. (2022). ИНСОН ҚАДР–ҚИММАТИ ВА ҲУҚУҚИНИ МУҲОФАЗА
ҚИЛИШ–ФАРОВОНЛИК ГАРОВИ. Academic research in educational sciences,, 222-
223.

9.

Абилов, Ў. М. (2024). Социальные и гносеологические основы оптимизма-
пессимизма (Doctoral dissertation, Filologiya, falsafa, madaniyat va san’at: umumiy
muammolar va yechimlar).

10.

Kholikova, R. E., Narkulov, D. T., Abilov, U. M., Khudoykulov, A. B., Karimov, N. R.,
Iskandarov, S. A., ... & Niyozova, N. S. (2023). Impact of Renaissances in The History of
Uzbekistan And Causative Factors of The Third Renaissance. Journal of Law and
Sustainable Development, 11(12), e2518-e2518.

11.

Abilov, U. M., & Shakasimovich, M. B. (2022). Spirituality is a Light from the Mirror of
the Soul. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(6), 104-109.

12.

Абилов, У. М. (2022). Садоқатли дўст тимсолига молик ҳаёт фалсафасига амал
қилган инсон (Doctoral dissertation, Орзуларга ҳамоҳанг ҳаёт. Профессор ДТ
Норқуловнинг 70 йиллигига бағишланган илмий анжуман материаллари).

13.

Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИГА ЭЪТИБОР-МИЛЛИЙ ЎЗЛИКНИ
АНГЛАШ ВА УНИ НАМОЁН ҚИЛИШ АСОСИДИР. МАМЛАКАТИМИЗДА
УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ҒОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙ-
ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ МАВЗУСИДА ИЛМИЙ-
АМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ.

14.

Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР.
МАМЛАКАТИМИЗДА УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ГОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ
ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ
МАВЗУСИДА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ.

15.

Абилов, У. (2022). Миллий-маданий меъросимиз бўлган давлат тили ҳақида
мулоҳазалар (Doctoral dissertation).

16.

Абилов, У. (2022). Учинчи ренессанс давлат тилига эътибордан бошланади (Doctoral
dissertation).


background image

2025

SENTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 9

99

17.

Ниёзова, Н. Ш. (2014). Здоровый образ жизни и гигиеническая культура. The Way of
Science, 50.

18.

Iskandarov, S. (2020). O ‘zbekiston arablarining til xususiyatlari va etnolingvistik o
‘zgarishlar. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2).

19.

Misri, M. E. The Impact Of Devops Practices On Software Development Lifecycle.

20.

Искандаров, Ш. А. (2017). ОБ ЭТНИЧЕСКОЙ ИСТОРИИ АРАБОВ УЗБЕКИСТАНА
И СВЯЗАННЫХ С НЕ ЭТНОТОПОНИМАХ. Вестник антропологии, (4), 38-46.

21.

Агабабян, И. Р., Тошназарова, Н. Ш., Тошназаров, Ш. М., & Журакулов, Ф. Н.
(2020). Рациональная гипотензивная терапия в профилактике хронической
сердечной недостаточности у больных гипертонической болезнью. Вестник науки и
образования, (24-3 (102)), 63-67.

References

Misri, M. E. (2025, April). Stock Market Price Prediction using Ebola Optimization Search Algorithm with Bi-Directional Gated Recurrent Unit. In 2025 4th International Conference on Distributed Computing and Electrical Circuits and Electronics (ICDCECE) (pp. 1-6). IEEE.

Norkulov, D. T., Narkulov, S. D., & Iskandarov Sh, A. (2022). Alimova SG, Pardayev AA Umarova FS, Khudoykulov AB THE ROLE OF PHILOSOPHICAL THINKING AND PHILOSOPHICAL KNOWLEDGE IN UNDERSTANDING NATIONAL IDENTITY. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, 39(4), 605-613.

Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE.

Ниёзова, Н. Ш. (2022). Сущность и значения книга Абу Райхан Беруний «Минерология»(«Китаб ал-джамахир фи ма ‘рифат алджавахир») (Doctoral dissertation, Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o ‘rni).

Misri, M. E. (2024, December). Binary Water Wheel Plant Algorithm with Soft Gated Recurrent Unit for Software Defect Prediction. In 2024 4th International Conference on Mobile Networks and Wireless Communications (ICMNWC) (pp. 1-5). IEEE.

Ниёзова, Н. (2022). Teletibbiyotni rivojlantirish–inson salomatligini saqlashda yangi bosqich. Materials of International student’s conference: Digitalization is the future of medicine.

Бўриев, О., Искандаров, Ш., & Хўжаёров, А. (2022). Абу Райҳон Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

Ниёзова, Н. Ш. (2022). ИНСОН ҚАДР–ҚИММАТИ ВА ҲУҚУҚИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ–ФАРОВОНЛИК ГАРОВИ. Academic research in educational sciences,, 222-223.

Абилов, Ў. М. (2024). Социальные и гносеологические основы оптимизма-пессимизма (Doctoral dissertation, Filologiya, falsafa, madaniyat va san’at: umumiy muammolar va yechimlar).

Kholikova, R. E., Narkulov, D. T., Abilov, U. M., Khudoykulov, A. B., Karimov, N. R., Iskandarov, S. A., ... & Niyozova, N. S. (2023). Impact of Renaissances in The History of Uzbekistan And Causative Factors of The Third Renaissance. Journal of Law and Sustainable Development, 11(12), e2518-e2518.

Abilov, U. M., & Shakasimovich, M. B. (2022). Spirituality is a Light from the Mirror of the Soul. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(6), 104-109.

Абилов, У. М. (2022). Садоқатли дўст тимсолига молик ҳаёт фалсафасига амал қилган инсон (Doctoral dissertation, Орзуларга ҳамоҳанг ҳаёт. Профессор ДТ Норқуловнинг 70 йиллигига бағишланган илмий анжуман материаллари).

Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИГА ЭЪТИБОР-МИЛЛИЙ ЎЗЛИКНИ АНГЛАШ ВА УНИ НАМОЁН ҚИЛИШ АСОСИДИР. МАМЛАКАТИМИЗДА УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ҒОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ МАВЗУСИДА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ.

Абилов, У. (2022, May). ДАВЛАТ ТИЛИ ҲАҚИДА МУЛОҲАЗАЛАР. МАМЛАКАТИМИЗДА УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ГОЯСИНИ КЕНГ ТАРҒИБ ҚИЛИШДА ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ ВА ЎРНИ МАВЗУСИДА ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ОНЛАЙН КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ.

Абилов, У. (2022). Миллий-маданий меъросимиз бўлган давлат тили ҳақида мулоҳазалар (Doctoral dissertation).

Абилов, У. (2022). Учинчи ренессанс давлат тилига эътибордан бошланади (Doctoral dissertation).

Ниёзова, Н. Ш. (2014). Здоровый образ жизни и гигиеническая культура. The Way of Science, 50.

Iskandarov, S. (2020). O ‘zbekiston arablarining til xususiyatlari va etnolingvistik o ‘zgarishlar. Uzbekistan: Language and Culture, 2(2).

Misri, M. E. The Impact Of Devops Practices On Software Development Lifecycle.

Искандаров, Ш. А. (2017). ОБ ЭТНИЧЕСКОЙ ИСТОРИИ АРАБОВ УЗБЕКИСТАНА И СВЯЗАННЫХ С НЕ ЭТНОТОПОНИМАХ. Вестник антропологии, (4), 38-46.

Агабабян, И. Р., Тошназарова, Н. Ш., Тошназаров, Ш. М., & Журакулов, Ф. Н. (2020). Рациональная гипотензивная терапия в профилактике хронической сердечной недостаточности у больных гипертонической болезнью. Вестник науки и образования, (24-3 (102)), 63-67.