514
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
AMALIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA KONTENT TAHLIL USULINI
QO’LLANISHI
Abdumalikova Sevara Orifjon qizi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Siyosatshunoslik yo’nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17248187
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bevosita amaliy siyosiy hodisalarni tahlil qilishning
ahamiyati, siyosiy tahlil usullaridan biri bo’lgan kontent tahlil usulini xalqaro siyosiy
jarayonlarda qo’llanilishi, siyosiy tahlilni ilmiy tadqiqotning alohida turiga aylantiruvchi
xususiyatlari haqida, shuningdek, davlatning siyosiy imidji - davlatning o‘z fuqarolari va
xalqaro maydondagi qiyofasi va uning namoyon bo‘lishi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
siyosiy tahlil, samaradorlik, tugallanmagan vaziyatlar, subyektlilik, ko‘p
o‘lchovlilik, mikro darajadagi tahlil, kontent tahlil, xavfsizlik, davlatning siyosiy imidji.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ КОНТЕНТ-АНАЛИЗА ПРИ АНАЛИЗЕ ОПЕРАЦИОННЫХ
ПРОЦЕССОВ
Аннотация.
В
данной
статье
рассматривается
значение
анализа
непосредственных практических политических явлений, применение метода контент-
анализа, одного из методов политического анализа, в международных политических
процессах, особенности, выделяющие политический анализ в отдельный вид научного
исследования, а также политический имидж государства - образ государства среди его
граждан и на международной арене, и его проявления.
Ключевые слова:
политический анализ, эффективность, незавершенные дела,
субъективность,
многомерность,
микроуровневый
анализ,
контент-анализ,
безопасность, политический имидж государства.
THE USE OF CONTENT ANALYSIS IN ANALYZING OPERATIONAL PROCESSES
Abstract.
This article discusses the importance of analyzing direct practical political
phenomena, the application of the content analysis method, one of the methods of political
analysis, in international political processes, the features that make political analysis a separate
type of scientific research, as well as the political image of the state - the image of the state
among its citizens and in the international arena, and its manifestation.
Keywords:
political
analysis,
effectiveness,
unfinished business,
subjectivity,
multidimensionality, micro-level analysis, content analysis, security, political image of the state.
To’xtovsiz rivojlanayotgan bugungi dunyoda siyosiy jarayonlar ko’lami keng. Xalqaro
maydonda sodir bo’layotgan voqealar, hamkorlik dasturlari va davom etayotgan ziddiyatlar
siyosiy soha vakillari uchun katta qiziqish uyg’otadi. Xalqaro munosabatlar subyekti sifatida
jahon siyosatida sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan befarqlik mamlakat siyosiy imijini
davlatlararo ko’lamda pasaytiradi.
Davlat ichidagi vaziyatlarni o’rganish esa ichki barqaror rivojlanish va omma orasida
tinchlikni ta’minlovchi muhim omildir. Ichki va tashqi siyosatda faqatgina statistik
ma’lumotlarni o’rganishning o’zi, albatta, tinchlikni ta’minlamaydi, bu chuqur va har tomonlama
tahlilni talab qiladi.
Tatbiqiy bilimlarda qo’llaniladigan siyosiy sohalarni tatbiq etishning usul va metodlari
real siyosiy jarayonlarni, turli subyektlarning harakatini va ularning o’zaro munosabatlarini
515
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
o’rganishga qaratilgan siyosiy fanning maxsus tarmog’ini shakllantiradi.
1
Aniq siyosiy vaziyat
siyosiy tahlil predmetidir. Siyosiy tahlil orqali muammoning kelib chiqish sababini ochib
beriladi, uning asosiy belgilarini ko’rsatiladi, mavjud ma’lumotlarni sharhlanadi, muammoning
ko’lamini aniqlanib, rivojlanish sur’atini va istiqbolini ochib beriladi.
Siyosiy tahlilni ilmiy tadqiqotning alohida turiga aylantiruvchi oltita xususiyat mavjud:
2
Samaradorlik- qat'iy vaqt cheklovlari
“Foydali bilim”- Amaliy tabiat: nafaqat xulosalar, balki tavsiyalar ham muhimdir.
Siyosiy tahlilchi uchun yakuniy bosqich foydali bilimlarni, ya'ni aniq aktyor uchun
batafsil tavsiyalarni o'zlashtirishdir.
"Tugallanmagan vaziyatlar" - Siyosatshunoslar odatda "tugallangan vaziyatlar",
"haqiqiy" natijasi ma'lum bo'lgan siyosiy voqealar bilan ishlaydi, siyosiy tahlilchilar bo’lsa,
natijasi aniq bo’lmagan butun bir jarayon bilan, masalan, saylov jarayonini olsak, saylov
o’tkazilishidan, hukumat o’rnatilib to ular siyosat yuritishni boshlaguncha bo’lgan vaziyatlar
bilan shug’ullanadilar.
Subyektlilik - vaziyat yoki muammoda muayyan ishtirokchining manfaatlari va
maqsadlari ko’zlanadi.
Ko‘p o‘lchovlilik- Siyosiy tahlil ko'p o'lchovli tahlilga tayanadi.
Mikro darajadagi tahlil - Siyosiy tahlil mikrotahlil, ya'ni mikrodarajadagi tahlildir.
Mohiyatan, siyosiy tahlil dunyoga ma’lum bir qarash, ma’lum bir nuqtai nazardir. "Biz
ko'z bilan emas, balki miyamiz bilan ko'ramiz." Bu mavhum tarzda o'rganib bo'lmaydigan narsa.
O'rganish faqat amaliyot orqali amalga oshiriladi. Bu maxsus bilim turi, ko'nikma va
amaliy qobiliyatlar bilan bevosita bog'liqdir.
3
Xalqaro va ichki siyosatda siyosiy tahlilning bir qancha turi orqali tadqiqotlar o’tkazish
mumkin. Shu tahlil usullaridan biri kontent tahlil usulidir. Kontent tahlil usulida esa ma’lumotlar
to’planib, matn mazmunining ma'lum birliklarini aniqlash, olingan ma'lumotlarning miqdorini
aniqlash va siyosiy ishtirokchilarning harakatlarini baholash va bashorat qilish uchun natijalarni
talqin qilishdir.
Hozirgi sharoitda, xavfsizlikni ta’minlash va muvozanatga erishish masalalari uzoq
o’ylangan va ko’p o’lchovli strategiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Nafaqat umumiy tinchlik,
balki jamiyat hayotidagi barqarorlik, taraqqiyot ham oqilona yuritilgan siyosat orqasidan keladi.
To’g’ri tanlangan siyosat esa tahlil va tadqiqotlar natijasidir.
2025-yilning sentabrida
“Birgalikda yaxshiroq: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun 80 yil va undan ko‘proq”
shiori ostida o‘tkazilgan 80-yubiley sessiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlat
rahbarlari o’z nutqlari bilan qatnashdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o’z nutqi
bilan ishtirok etdi. Mamlakatimiz rahbari o’z nutqida ijtimoiy so’zini 3 marta, iqtisodiy 1 marta,
ta’lim so’zini 6 marta ishlatgan, xalqaro so’zi 6 marta, sherikchilik 3 marta, tinchlik so’zini 4
marta, yangi so’zini 4 marta ishlatdi. Bundan kelib chiqadiki, nutqda iqtisodiy sohadan ko’ra
ijtimoiy sohaga ko’proq urg’u berilgan. Mamlakatimizdagi yangi siyosat ta’kidi va ta’lim
xususida, shuningdek, xalqaro hamkorlik va sherikchilik haqida so’z ketgan. Xuddi shu
sessiyada Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp qariyb 1 soat davom etgan o’z
nutqida
Amerika so’zini 27 marta, kuchli so’zini 17 marta ishlatish orqali o’z gegemoniyasini
1
Siyosiy tahlil, O’quv qo’llanma, R. Z. Djumayev, D.I. Madaminova, X.I. Mustapova, B.S. Suyunova, Toshkent-
2020, 7-bet
2
Основы политического анализа, Учебное пособие, Беляева Н.Ю., Зудин А.Ю., Москва 2007 г, стр - 3
3
Основы политического анализа, Учебное пособие, Беляева Н.Ю., Зудин А.Ю., Москва 2007 г, стр - 7
516
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
ta’kidlab o’tdi. Urush so’zi 22 marta, qurol so’zi 11 marta, xavf so’zi 17 marta ishlatildi,
aksincha ta’lim, ilm so’zlarini davlat rahbari biron marta ham ishlatmadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, asosiy e’tibor jahondagi ziddiyatlar va davom etayotgan urushlar haqida ketgan.
Siyosiy shaxslarning xalqaro jarayondagi nutqi, xulq-atvori, tashqi ko’rinishi ularning
shaxsiy imiji bo’libgina qolmay, balki davlatning ham siyosiy imijidir. Zamonaviy dunyoda har
qanday davlatning samarali imidj siyosati strategik siyosiy resurs hisoblanishi bilan bir qatorda,
muvaffaqiyatli tashqi va ichki siyosat yuritishning zaruriy omilidir. Endilikda siyosatchi nafaqat
boshqaruv malakalariga, balki yuqori darajadagi psixologik barqarorlik, emotsional intellekt,
kommunikativ qobiliyat hamda strategik fikrlashga ega bo‘lishi zarur.
Davlatning siyosiy imidji bu - davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro maydondagi qiyofasi
va uning namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, davlatning imidji - davlat tuzilmalarining tizimli
tashkil qilinishi va ularning o‘zaro aloqalaridan, shuningdek, siyosiy faoliyatning mohiyatidan
kelib chiqadigan tizimli-korporativ kompleksi sifatida ham qarash mumkin.
4
Masala shundaki, kutilgan natijaga erishish uchun yaratilgan obrazga mamlakat ichidagi
va tashqarisidagi jamoatchilikni ishontirishdir. Imidjningamaliyotda vujudga keladigan umumiy
belgilarini jamlagan holda, mamlakat imidjiga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy talablarni
alohida ajratish mumkin. Ulardan kelib chiqadigan bo‘lsak, imidj quyidagilardan tashkil
topmog‘i lozim:
- sintetik, ya’ni ramzlar va belgilar yordamida ma’lum bir taassurotlarni
vujudgakeltirishni rejalashtirish (geraldik rasmzlar);
- haqiqatga yaqin, ishonchli. Agarki, imidj odamlarning ishonchini qozona olmasa, u
hech kimga kerak emas. Imidj aniq bir mamlakat bilan identifikatsiya qilinmog‘i joiz. Imidj tirik
bo‘lmog‘i uchun, u sog‘lom mazmun talablariga javob bermog‘i lozim;
- yorqin va aniq. Imidj, qachonki, odamlarning hissiyotlariga ta’sir qilsa, tezlikda qabul
qilinadi, aniq maqsadlarni ko‘zlasa, muayyan bir mamlakat uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni
ko‘rsata olsagina uning samaradorligi ortadi;
- hissiyot va aql, kutilgan va reallik o‘rtasida joylashgan qaysidir darajadagi
noaniqlik.Imidj har doim kutilmagan ssenariylarga, kutilmagan voqeliklarga, siyosiy
hayotdagio‘zgarishlarga chidam bera oladigan, shuningdek, turli qatlamlar va shaxslarning
xohishlari va orzulariga moslasha oladigan bo‘lmog‘i lozim.
5
Tasvir - siyosiy lider, nomzod yoki tashkilotning tashqi ko'rinishi. Bu asosan ongda
mavjud bo'lgan konstruksiyadir, lekin auditoriyaning ushbu shaxslar yoki tashkilotlarning o'zini
tutish uslubini dekodlash qobiliyatiga asoslanadi, shuningdek, auditoriya a'zolari ushbu shaxslar
yoki tashkilotlarning ommaviy axborot vositalarida tasvirlangan usuli va ular bilan muloqot
qilish uslubi va uslubidan nimani oladilar.
Foydalanilgan manbalar:
1.
Davlat siyosiy imidjining shakllanishi, Berdiyev Bektosh Oxnorovich, International
journal
of
scientific
researchers,
Volume
10,
issue
2,
March2025,
https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/73165
4
Davlat siyosiy imidjining shakllanishi, Berdiyev Bektosh Oxnorovich, International journal of scientific
researchers, Volume 10, issue 2, March2025,
https://inlibrary.uz/index.php/ijsr/article/view/73165
5
Davlat siyosiy imidjining shakllanishi, Berdiyev Bektosh Oxnorovich, International journal of scientific
researchers, Volume 10, issue 2, March2025,
517
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9
2.
Siyosiy tahlil, O’quv qo’llanma, R. Z. Djumayev, D.I. Madaminova, X.I. Mustapova,
B.S. Suyunova, Toshkent-2020.
3.
Основы политического анализа, Учебное пособие, Беляева Н.Ю., Зудин А.Ю.,
Москва 2007 г.
