Authors

  • Sevara Abdumalikova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136906

Keywords:

amaliy siyosatshunoslik siyosiy nazariya siyosiy institutlar partiya konseptual va tavsiflovchi funksiyasi integratsiya funksiyasi verifikatsiya eksplisitlik modellashtirish kvantifikatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada siyosat haqidagi fan siyosatshunoslik tarkibidagi amaliy siyosatshunoslik, ya’ni siyosatining amaliy masalalari bilan shug’ullanuvchi fanning mohiyati va uning kasb sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, amaliy siyosatshunoslikning nazariy siyosatshunoslikdan qaysi jihatlarda farqlanishi, fanning metodologiyasiga oid yondashuvlar, fanning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

565

AMALIY SIYOSATSHUNOSLIK KASB SIFATIDA

Abdumalikova Sevara Orifjon qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti

Siyosatshunoslik yo’nalishi 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17243238

Annotatsiya.

Ushbu maqolada siyosat haqidagi fan siyosatshunoslik tarkibidagi amaliy

siyosatshunoslik, ya’ni siyosatining amaliy masalalari bilan shug’ullanuvchi fanning mohiyati
va uning kasb sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, amaliy siyosatshunoslikning
nazariy siyosatshunoslikdan qaysi jihatlarda farqlanishi, fanning metodologiyasiga oid
yondashuvlar, fanning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

amaliy siyosatshunoslik, siyosiy nazariya, siyosiy institutlar, partiya,

konseptual va tavsiflovchi funksiyasi, integratsiya funksiyasi, verifikatsiya, eksplisitlik,
modellashtirish, kvantifikatsiya.

ПРИКЛАДНАЯ ПОЛИТОЛОГИЯ КАК ПРОФЕССИЯ

Аннотация.

В данной статье наука о политике представляет собой прикладную

политологию в рамках политической науки, то есть сущность науки, занимающейся
практическими вопросами политики и ее значением как профессии. Кроме того, даются
сведения о различиях между практической политологией и теоретической политологией,
подходах к методологии науки, истории развития науки.

Ключевые слова:

политология, прикладная политология, политическая теория,

политические институты, партия, концептуально-описательная, интеграционная
функция, верификация, эксплицитность, моделирование, количественная оценка.

APPLIED POLITICAL SCIENCE AS A PROFESSION

Abstract.

In this article, the science of politics is applied political science within the

framework of political science, that is, the essence of the science dealing with practical issues of
politics and its importance as a profession. In addition, information is given on the differences
between practical political science and theoretical political science, approaches to the science's
methodology, and the history of the science's development.

Keywords

: political science, applied political science, political theory, political

institutions, party, conceptual and descriptive, integration function, verification, explicitness,
modeling, quantification.

Kirish.

Siyosat – bu jamiyatni boshqarish, davlatning faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy

munosabatlarni tartibga solish jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan fan va amaliyotdir. Aflotun
“Siyosat san’atining mohiyati - davlatning umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish
qobiliyatida, siyosiy “matoni” to‘qish qobiliyatida namoyon bo‘ladi” deb aytgan.

Siyosatshunoslik – bu siyosat va siyosiy jarayonlarni o'rganadigan fan. U siyosatning turli

jihatlarini, jumladan, davlat tuzilishi, siyosiy ideologiyalar, hukumat tizimlari, xalqaro
munosabatlar va siyosiy madaniyatni tadqiq etadi.

Amaliy siyosatshunoslik — siyosatshunoslikning bir yoʻnalishi boʻlib, nazariy bilimlarni

real hayotda qoʻllashga qaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

566

Bu fan siyosiy jarayonlarni boshqarish, siyosiy institutlar faoliyatini samarali tashkil

etish, va siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.

Amaliy siyosatshunoslik faniga urg’u berishdan oldin, siyosatshunoslik faniga to’xtalib

o’tadigan bo’lsak, siyosatshunoslik siyosat haqidagi fandir. Siyosat dastlab boshqa fanlar
tarkibida o’rganila boshlangan va uning boshqa ijtimoiy fanlardan mustaqil fan sifatida ajralib
chiqish jarayoni XIX asr o’rtalaridan XX asr bosshigacha davom etdi. Uning taraqqiy etishi esa
ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga borib taqaladi. AQSh va G’arbiy Yevropa
mamlakatlarida XX asr o’rtalariga kelib, ta’lim tizimida siyosatshunoslik fani keng qamrovli
o’rin egallay boshladi. Yigirmanchi asrning o'rtalariga kelib. siyosatshunoslikning tadqiqot
predmetini ifodalovchi soha noaniq talqin qilingan. 1948-yilda Birlashgan Millatlar

Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti- YUNESKO tashabbusi bilan

siyosatshunslarning xalqaro konferensiyasi o’tkazildi. Konferenisyada ekspertlari guruhi maxsus
rezolyutsiya qabul qildi. Unda to‘rtta asosiy muammo bo‘yicha siyosatshunoslik o‘rganadigan
masalalar ro‘yxati berilgan: 1) siyosiy nazariya va siyosiy g‘oyalar tarixi; 2) siyosiy institutlar; 3)
partiyalar, guruhlar, jamoatchilik fikri, saylovlar, axborot va tashviqot; 4) xalqaro munosabatlar
va tashqi siyosat. [1]

Shu bilan birga, siyosatshunoslik siyosiy voqelikni o'zgartirish, siyosiy jarayonlarga

maqsadli ta'sir ko'rsatish yo'llari va vositalarini tahlil qilish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Siyosatshunoslik siyosat haqidagi fandir. Uning

vazifasi siyosatni ham mohiyati, ham namoyon bo'lishi bilan o'rganishdir. Shunday qilib, u tabiiy
ravishda nazariy va amaliy (amaliy)ga bo'linadi. [2]

Siyosatshunoslik o‘zining vosita va usullari bilan siyosat sirlariga kirib borish, siyosiy

yetakchilar, elita, partiyalar faoliyatining, ommaning siyosiy xulq-atvorining asl mohiyatini
ochib berishga imkon beradi. Nazariy va amaliy siyosatshunoslik tushunchalarining ilmiy
muomalaga kiritilishi bir qator holatlar bilan bog’liq. Avvalo, tadqiqotlarda ikki yo’nalish
mavjud: birinchisi, siyosatning nazariy masalalari bilan shug’ullanadigan siyosatshunoslar,
ikkinchisi - aniq siyosiy voqea va vaziyatlarni tahlil qiladigan hamda siyosiy qarorlar qabul
qilish uchun tavsiyalar beradigan siyosatshunoslar. Ikkinchi yo’nalish vakillari o’zlarini haqiqiy
siyosatshunoslar deb hisoblaydilar. Shu o’rinda, siyosatshunoslikni ikkita mustaqil fanga bo’lish
tendensiyasini ko’rish mumkin.

Siyosiy nazariya har qanday ijtimoiy-siyosiy hodisani shunchaki tushunib olish uchun

emas, balki uni ma‘lum sharoitlarda o’zgartirish yoki nazorat ostiga qo’yadigan tarzda tushunish
uchun yaratilganligi bilan amaliydir. Nazariya ilmiyligi tamoyillaridan eng muhimi- verifikatsiya
(tajriba bilan tekshirish) va ekspelisitlikdir. Keyingisi qo’llanilayotgan kategoriya va
konsepsiyalarning aniqligi, ularning operatsionallashuvi, ya’ni empirik faktlarga tayanuvchi
verifikatsiyalashuvchi qaydlardan iboratligini anglatadi. [3]

Siyosiy hayotni oʻrganuvchi siyosatshunoslik siyosiy faoliyat toʻgʻrisidagi bilimlarni

shakllantirish, siyosiy taraqqiyot jarayonlarini tavsiflash, tushuntirish va tushunish,
siyosatshunoslikning kontseptual apparatini, siyosatshunoslik tadqiqotining metodologiyasi va
usullarini ishlab chiqish bilan bogʻliq ilmiy muammolarni hal qiladi. Shuning uchun ham nazariy
va amaliy siyosiy fanlar tadqiqot obyekti yoki metodi bilan emas, balki o’z oldiga qo’ygan
maqsadi: ilmiy yoki amaliy masalalarni hal etishi bilan farqlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

567


Siyosiy masalalar odatda u yoki bu amaliy masalaga qaratilgan bo’ladi. Hatto qadimgi

davr siyosiy qarashlari ham davlat boshqaruvini ham takomillashtirish, qonunsevar fuqarolarni
tarbiyalash, hokimlar obro’sini mustahkamlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi. Vaqt
o’tishi bilan siyosiy tadqiqotlarda borliqdan ancha uzoq, mavhum, nazariy tasavvurlar bilan bir
qatorda siyosiy hayotning amaliy masalalarini o’rganish va hal qilishga bevosita qaratilgan
bilimlar ajralib chiqa boshladi. Ular amaliy siyosatshunoslik sohasini tashkil etdi.[4]

V.N.Amelin va A.A.Degtyarevlarning ta’rifi bo’yicha amaliy siyosatshunoslik

- bu

siyosiy sohaning rivojlanish mexanizmlari va tendensiyalari to'g'risidagi bilimlardan
foydalanishga va shunga asoslangan tamoyillar va usullarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan
ijtimoiy muhandislik va siyosiy fan bo'limi. Ushbu fanning rivojlanish tendensiyasini ko’plab
olimlar amaliyotida kuzatish mumkin. Xususan, Stronin Aleksandr Ivanovich (1826-1889)- rus
sotsiologiyasi vakili, asosiy asarlari: “Tarix va metod” (1869); "Siyosat fan sifatida" (1872);
"Ommaviy tarix" (1885). "Siyosat fan sifatida" (1872) nomli asarida siyosiy bilimlarni
fundamental "nazariy fan" va "amaliy san'at" ga bo'lgan. Stronin asari ikkita qismga bo'linadi,
birinchisida fundamental tushunchalar va ijtimoiy, siyosiy modellari, ikkinchisida - "Rossiyaning
siyosiy diagnostikasi va prognozi" keltirib o'tilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

568

Yana bir olim - Viktor Viktorovich Ivanovskiy (1854 -1926) — rus huquqshunosi va

sotsiologi, mahalliy o'zini o'zi boshqarishning okrug tizimi va ularning empirik tadqiqotlari
natijalari asosida boshqaruv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergan.

Chicherin (1872-1936), rus inqilobchisi, sovet diplomati, mashhur "Davlat fanlari kursi"

kitobini (1894 - 1898) ishlab chiqqan. U amaliy siyosat nafaqat siyosiy nazariyaning
rivojlanishidan oldin rivojlandi va unga rahbarlik qiladi, balki ma'lum ma'noda siyosat fan emas,
balki har qanday davlat fani paydo bo'lishidan ancha oldin mavjud bo'lgan amaliy san'atdir deb
aytib o'tgan.

Nazariy siyosatshunoslik siyosatning nazariy masalalari bilan shug'ullansa, amaliy

siyosiy jarayonlarga maqsadli ta‘sir qilish yo'llari va vositalarini tahlil qilishni o'rganadigan
siyosatshunoslikdir. Nazariy siyosatshunoslikda siyosiy faoliyat to’g’risidagi bilimlarni
shakllantirishi, siyosatshunoslikning konseptual va kategorial apparatini, siyosiy tadqiqotining
metodologiyasi va usullarini ishlab chiqishni o'rganadi. Amaliy siyosatshunoslikda bo’lsa,
nazariy modellar, metodologik tamoyillar, tadqiqot usullari va siyosiy texnologiyalarni amalda
qo'llash uchun aniq dastur va tavsiyalar majmui ishlab chiqiladi, “nima uchun?”

va “qanday

qilib?”

degan savollarga javob beradi, doim amaliy siyosiy muammoga yoki mijozga qaratilgan

bo'ladi. Nazariy siyosatshunoslik verifikatsiya(tekshirish), eksplisitlik (tilda ifodalash) kabi
qonuniyatlariga tayansa, amaliy siyosatshunoslik modellashtirish va kvantifikatsiya (siyosiy
hodisalarni miqdorlarda ifodalanishi) kabi qonuniyatlariga tayanadi.

Hozirgi amaliyotda sifat usullaridan miqdor usullariga o’tish tendensiyasi keng

qo’llanilmoqda. Sababi siyosiy hodisalarni miqdorlarda ifodalash nisbatan aniq dasturlar ishlab
chiqish imkonini beradi.

Amaliy siyosatshunoslik nazariy modellar, metodologik tamoyillar, tadqiqot usullari va

tartiblari, shuningdek, amaliyotda qo‘llash va real siyosiy samaraga erishishga qaratilgan
siyosatshunoslik texnologiyalari, aniq dastur va tavsiyalar majmui sifatida taqdim etilishi
mumkin. Amaliy siyosatshunoslikda asosiy narsa bilimni oshirishga emas, balki amaliy
manfaatlarga e'tibor qaratishdir. U yakuniy natija, ish haqi va kasbiy martabani baholashning
boshqa mezonlarini qabul qiladi. Xususan, amaliy siyosatshunoslik siyosiy hodisalarning asosiy
ishtirokchilari, ularning ierarxiyasi, sinflar va sinf ichidagi tuzilmalar, partiyalar, olomon va
siyosiy auditoriyalar, mintaqaviy (hududiy) guruhlar, diniy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlarni
o‘rganadi; siyosiy

qarorlar

qabul

qilish

va

ularni

amalga

oshirishda

siyosiy

voqealar ishtirokchilarining rolini o’rganadi. Siyosiy vaziyat, uni tahlil qilish va siyosiy
amaliyotda ko'rib chiqish; muayyan siyosiy vaziyatni tahlil qilishda jamiyatning tarkibiy-
mantiqiy modelini qo‘llash; siyosiy hodisalar ishtirokchilarining hokimiyat darajasi, ularning
siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritish va saqlab qolish bilan bog'liq manfaatlari; ijtimoiy-siyosiy
kuchlarni uyg'unlashtirish va uning asosiy usullari; siyosatda yangi axborot texnologiyalari,
siyosiy jarayonlarni modellashtirish, siyosatda kompyuter texnologiyalari, siyosiy prognozlash;
siyosiy hokimiyatga saylovlar va saylov kampaniyasi texnologiyasi; siyosiy hodisalar va siyosiy
risklarni boshqarish (baholash usullari), siyosiy qarorlar qabul qilish algoritmi.

Amaliy siyosatshunoslik aniq siyosiy hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bu juda

jiddiy masala va puxta, chuqur o'ylangan tayyorgarlikni talab qiladi. Siyosiy tahlil natijasida
olingan ma'lumotlarning qiymati uni har tomonlama tayyorlashga qaratilgan sa'y-harakatlarga


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

569

to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir. Shuning uchun siyosatshunoslik tahlilining metodologik
usullarini

o'zlashtirishdan

oldin siyosatshunosning

siyosatshunoslik

tadqiqotlarini

o'tkazishga tayyorligining tegishli darajasini ta'minlaydigan aniq qoidalarni o'zlashtirish bo'yicha
ko'plab ishlar olib boriladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Siyosiy jarayonlarni, institutlarni, siyosiy qarorlarni va

insonning xulq-atvorini o’rganishda qo’llaniladi. Bu sifatli (kvalitatif) yoki miqdoriy
(kvantitativ) usullarni o'z ichiga olishi mumkin. Sifat usullariga misol tariqasida ekspert tahlil
usullari, Delphi usuli, SWOT, ivent tahlil usullarini keltirish mumkin, miqdoriy usullarga esa
kontent tahlil, matematik modellashtirish usullarini keltirib o’tish mumkin. Ushbu usullar amaliy
siyosatshunoslik fanining metodologiyasini aniqlash imkonini beradi.

Amaliy siyosatshunoslik fanidagi yondashuvlar bir nechta bo’lib, ular nazariy bilimlarni

amaliyotga tadbiq etishga yordam beradi. Institutsional yondashuv ulardan biri bo’lib, unda
siyosiy institutlar (parlament, hukumat, sud) va ularning siyosiy jarayonlarga ta’siri o’rganadi.

Masalan, siyosiy qarorlar qabul qilishda konstitutsiyaning ahamiyatini tahlil qilishni

keltirib o’tish mumkin. Ya’ni siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoni bevosita siyosiy institutlar
bilan bog’liqdir, konstitutsiya bo’lsa mamlakat ichida sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni
umumiy tartibga soluvchi va barcha hududlarda amal qiluvchi muhim hujjatdir.

Amaliy siyosatshunoslikda tarixiy yondashuv ham mavjud bo’lib, bu siyosiy jarayonlarni

tarixiy kontekstda o’rganadi va ularning hozirgi siyosatga ta’sirini tahlil qiladi.

Mustamlakachilik davridagi siyosiy institutlarning mustaqil davlat boshqaruviga ta’sirini

o’rganish ushbu yondashuv yordamida amaliy siyosatshunoslik fani tadqiqot metodologiyasini
ochib beradi. Amaliy siyosatshunoslik fanining vazifalari bo’lsa quyidagi jadvalda
berilgan:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

570

Shunga ko’ra u fan doirasida va fandan tashqari turli funksiyalarni bajaradi.
Uslubiy-baholovchi. U tadqiqotchiga tadqiqot usullari va protseduralari tizimini taqdim

etadi. Bu siyosiy texnologiya va siyosiy tahlil nazariyasining bir turi; ushbu tadqiqotlar
natijalarining kognitiv foydaliligini baholashni shakllantirish;

Boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat integratsiya

funksiyasi. Ya’ni, ma’lum fan o‘z tili (atamalari, tushunchalari, kategoriyalari) va uslubiy
vositalariga tayangan holda o‘zini va “qo‘shnisini” boyitib, turdosh fanlar bilan qay darajada
hamkorlik qila oladi.

Siyosiy fanning funksiyalari siyosiy hayotning ko'plab tekisliklarida amalga oshiriladi va

shuning uchun ham shunga ko'ra farqlanishi mumkin. Birinchi guruhni - "klassik nazariy
funksiyalarni" ajratib ko'rsatamiz. Bunga quyidagilar kiradi:

Kontseptual va tavsiflovchi. U tadqiqotchiga siyosatshunoslik doirasida va undan

tashqarida ma'lum atamalar, tushunchalar va toifalar zaxirasini, shuningdek, ushbu toifalar va
tushunchalar qamrab olgan siyosiy voqelik mazmunini aks ettiruvchi tavsif qoidalarini taqdim
etishdan iborat. Bu bizga "nima qilinmoqda va qanday?" Degan savolga javob berishga imkon
beradi;

Aniqlangan tendensiyalar, faktlar va qonuniyatlar asosida siyosiy jarayonlar va

hodisalarning ma'lum tushuntirishlarini beruvchi tushuntirish funksiyasi. Bu bizga "nima uchun
bu shunday qilingan va boshqacha emas?" Degan savolga javob berishga imkon beradi;

Prognostik funksiya. Uning maqsadi oldindan tushuntirish uchun ishlatilgan bayonotlarga

muvofiq oldindan bilishni shakllantirishdir. Fanning maqsadlaridan biri bashorat qilishdir.
Shuning uchun siyosatshunoslik tadqiqotining ahamiyati nafaqat uning muayyan tendentsiyalarni
qanchalik adekvat aks ettirishi, balki ularning ilmiy asoslangan bashoratlarda avj olish darajasi
bilan ham belgilanadi. Bugungi kunda qabul qilingan siyosiy qarorlar oqibatlarini bashorat
qilish, shuningdek, siyosiy monitoring – kelgusidagi nomaqbul siyosiy voqealarni kuzatish va
erta ogohlantirish alohida qiziqish uyg‘otadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin va uzoq
muddatli istiqbollarini belgilash siyosatshunoslik funksiyasiga kirmasligini ta’kidlaymiz (bu
prognostika fanining vakolatidir).

Fandan tashqarida amalga oshiriladigan funksiyalar:
Instrumental-ratsionalizator (boshqaruvchi), siyosiy subyektlarga siyosiy muhit, vaziyat

va ularga muvaffaqiyatli ta'sir qilish vositalari haqida bilim berish. U "qanday va nima uchun?"
degan savollarga javob beradi. Siyosatshunoslik bu yerda siyosiy maqsadlarni amalga
oshiradigan vositalar tizimining elementlaridan biri vazifasini bajaradi va siyosiy harakat
subyektlari uchun maqbul bo'lgan vaziyatni yaratish quroli hisoblanadi. Siyosatshunoslik siyosiy
qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish muammosini alohida tadqiq qiladi va
optimal va samarali siyosiy faoliyat bo‘yicha tavsiyalar beradi;

“Nima uchun?” degan savol atrofida qurilgan mafkuraviy funksiya. U amaldagi ijtimoiy-

siyosiy qadriyatlar mazmunini qayta qurish, siyosiy voqealar ishtirokchilarining harakatlarini
rag'batlantiruvchi qadriyatlarning muhim bog'liqligini asoslashdan iborat.

1

1

https://studfile.net/preview/6312580/


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

571

Zamonaviy siyosiy bilimlarni egallash siyosatni safsatabozlikdan, davlatni diktaturadan,

demokratiyani anarxiyadan ajratish, davlat, partiya va boshqa jamoat tashkilotlarining
jamiyatdagi o’rni va vazifalarini teran anglab olish imkonini beradi.[5]

Amaliy siyosatshunoslik kasbi siyosiy jarayonlarni, davlat boshqaruvini va jamiyatning

turli qatlamlari bilan o'zaro aloqalarni o'rganishga qaratilgan. Amaliy siyosatshunoslik kasbi va
fanining namoyon bo’lishi bir qancha sohalarda namoyon bo’ladi. Siyosiy tizimlar, tashkilotlar,
qonunlar va siyosiy xatti-harakatlarni chuqur tahlil qilishda, siyosiy qarorlar ishlab chiqishni
osonlashtirish uchun davlat yoki tashkilotlar uchun strategiyalar ishlab chiqishda, siyosiy
kommunikatsiya, jamoatchilik fikrini shakllantirish va siyosiy kampaniyalarni boshqarishda
amaliy siyosatshunoslikning ahamiyati yuqoridir. Bu kasbda muvaffaqiyat qozonish uchun
analitik fikr, muammolarni hal qilish qobiliyati, yaxshi muloqot ko'nikmalari va siyosiy
jarayonlar haqida chuqur bilim talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov, Siyosatshunoslik, Toshkent-2012, 8-bet

2.

J.Yusubov, М.Atavullayev, J.Akramov, B.Abdullayev, Amaliy siyosatshunoslik, Uslubiy

qo’llаnmа, Toshkent – 2023, 6-bet

3.

V.P. Pugachev, A.I. Solovyov, Siyosatshunoslikka kirish, Toshkent “Yangi asr avlodi”-

2004, 41-bet

4.

V.P. Pugachev, A.I. Solovyov, Siyosatshunoslikka kirish, Toshkent “Yangi asr avlodi”-

2004, 43-bet

5.

X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov, Siyosatshunoslik, Toshkent-2012, 11-bet

Internet saytlar:

6.

https://studfile.net/preview/6312580/

7.

https://poe.com/chat/31qrvd471k11srtgikc

References

X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov, Siyosatshunoslik, Toshkent-2012, 8-bet

J.Yusubov, М.Atavullayev, J.Akramov, B.Abdullayev, Amaliy siyosatshunoslik, Uslubiy qo’llаnmа, Toshkent – 2023, 6-bet

V.P. Pugachev, A.I. Solovyov, Siyosatshunoslikka kirish, Toshkent “Yangi asr avlodi”- 2004, 41-bet

V.P. Pugachev, A.I. Solovyov, Siyosatshunoslikka kirish, Toshkent “Yangi asr avlodi”- 2004, 43-bet

X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov, Siyosatshunoslik, Toshkent-2012, 11-bet

Internet saytlar: