THE ROLE OF MULTIMEDIA TOOLS IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF ELEMENTARY EDUCATION CLASSES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdusattorovna , S. . (2023). THE ROLE OF MULTIMEDIA TOOLS IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF ELEMENTARY EDUCATION CLASSES . Modern Science and Research, 2(3), 103–106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/17790
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, the effective use of modern technologies of computer and information technology is considered the main factor in improving the quality and efficiency of primary education. The article focuses on the importance of multimedia tools in modern education.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN TA’LIM SHAROITINI YARATISH MEXANIZMI

Qurbonova Maftuna Faxriddinovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7739383

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan sifatli

ta’limni tashkil etish, ta’lim sifatli tashkil etilishi uchun zarur muhitni yaratishda shaxsga
yoʻnaltirilgan ta’lim mexanizmini yaratish haqida soʻz yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

kouching, diagnostika, SOFT SKILLS, 4K ko‘nikmasi, tadqiqotchi talaba,

standart-uslubchi talaba, nofaol talaba, CLIL

МЕХАНИЗМ СОЗДАНИЯ ЛИЧНОСТНО-ОРИЕНТИРОВАННОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ

Аннотация.

В данной статье говорится об организации качественного

образования, приобретающей сегодня все большее значение, и создании личностно-
ориентированного образовательного механизма в создании необходимой среды для
качественной организации образования.

Ключевые слова:

коучинг, диагностика, SOFT SKILLS, 4K skills, студент-

исследователь, студент стандартного стиля, пассивный студент, CLIL.

A MECHANISM FOR CREATING A PERSON-ORIENTED EDUCATIONAL

ENVIRONMENT

Abstract.

This article talks about the organization of quality education, which is gaining

importance today, and the creation of a person-oriented educational mechanism in creating the
necessary environment for the quality organization of education.

Key words:

coaching, diagnostics, SOFT SKILLS, 4K skills, research student, standard-

style student, passive student, CLIL.

Sifatli ta’lim muhitini yaratish, raqobatbardosh kadrlarni ishlab chiqarish pedagogik

ta’lim oldidagi dolzarb masalalardan biri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida sifatli ta’lim
muhitini yaratish maqsadida pedagogik ta’limning innovatsion klasteri negizida shaxsga
yoʻnaltirilgan ta’lim sharoitini yaratish boʻyicha pedagogik faoliyat doirasida ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda.

Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini yaratish maqsadid oliy ta’lim muassasida mavjud

kafedralarda diagnostikalash-shaxsni tashxislash labaratoriyalari tashkil etilishi lozim. Bu
labaratoriyalarda zamonaviy shaxsni shakllantirish va tarbiyalash maqsadida quyidagi
diagnostikalar olib boriladi.

Kuzatish;
Suhbat;
Kouching;
Yoʻnaltirish.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

107

Shu oʻrinda kouching atamasiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, pedagog talabaning qiziqishi

va muommolarini oʻrganib, uning qiziqishi va ichki potensialiga koʻra ma’lum sohaga
yoʻnaltiruvchi diagnostika faoliyat turi hisoblanadi.

“Kouching” metodikasi;
maqsadni va unga erishishning optimal yoʻllarini aniqlaydi;
talabaning mustaqilligi va javobgarligini oshiradi;
oʻz faoliyatidan qoniqa olish;
samarali hamkorlikning yangi yoʻllarini topish;
qiyin holatlarda muhim yechimni tez topish;
individual maqsadlarni taʼlim muassasasi maqsadlari bilan moslashtirish;
oʻz hayot tarzini boyitish;
yangi imkoniyatlarni ochish;
hayotni yangi produktiv shaxsiy munosabatlar bilan boyitish va boshqalarga yordam beradi

[1].

Kouching - inglizchadan tarjima qilinganda “Mashq qildirmoq” soʻzini anglatadi. Taʼlimda

esa, pedagog bilan talabaning samarali faoliyatiga imkoniyat yaratuvchi uzluksiz jarayonni
nazarda tutadi. Kouching - bu muhim oʻquv maqsadiga erishish uchun talabaga individual
konsultatsiya berish, uning ichki potensialini ochish, zarur qobiliyat va koʻnikmalarini
shakllantirish va rivojlantirish, natija olish uchun ilgʻor strategiyalarni oʻzlashtirishdir. Kouching
maqsadi – nimagadir oʻqitish emas, balki talabaning zarur bilim va tajribani egallashi uchun oʻzini-
oʻzi oʻqitishga sharoit yaratishdir. Bu metodika kasbiy va shaxsiy oʻsishi uchun talabalarning oʻz
oldiga qoʻygan vazifalar va oʻzgarishlarga ehtiyojlarini anglash, imkoniyatlarini kengaytirish
uchun moʻljallangan. U taʼlimda, shuningdek, biznesda, shaxslararo munosabatda, oilada,
jismoniy sogʻlom boʻlish kabi hayotning turli sohalarida rejalarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan
[2].

Oliy ta’lim muassasida mavjud kafedralar qoshida faoliyat olib borayotgan shaxsni

tashxislash labaratoriyalarida diagnostika natijasida talabaning kompitentligi, ya’ni qobiliyatlari
aniqlanadi. Bunda talabalar 3 guruhga boʻlinadi:

1.

Tadqiqotchi talaba

2.

Standart-uslubchi talaba

3.

Nofaol talaba

Tadqiqotchi talaba kreativ, kritik, kommunikativ, korporativ va tushuntiruvchi kabi

xususiyatlarga ega boʻlishi kerak. Bu koʻnikmalar xalqaro mezonlar hamda SOFT SKILLS asosida
shakllangan boʻlib “4K” nomi bilan atalmoqda. “4K” bu kreativ-ijodkor, kritik-tanqidchi,
kommunikativ-muloqotga kirishuvchi, korporativ-jamoa bilan ishlay oluvchi hisoblanadi.
Tadqiqotchi talaba bu “4K” koʻnikmasini oʻzida jamlagan boʻlishi, tushunishi hamda boshqalarga
ham tushuntiruvchi funksiyalarini bajarishi kerak.

Standart-uslubchi talaba oʻrganuvchi, oʻzlashtiruvchi va bajaruvchi xususiyatlarga ega

boʻlishi lozim.

Nofaol talaba esa tinglovchi, takrorlovchi, koʻchiruvchi hamda ergashuvchi xususiyatlarga

ega boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

108

Biz taklif qilayotgan mexanizm asosida nofaol talabalar standart talabalarga oʻtishi va shu

orqali ta’lim samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan. Shuningdek tadqiqotchi talabaning ta’lim
jarayoni uzviyligiga erishish maqsad qilib olingan.

Nofaol talaba bilan ishlash diagnostikasi amalga oshirilishi natijasida dastavval talabaning

qiziqishi, qobiliyati va bilish darajasi oʻrganiladi va shu orqali qoʻshimcha kasb-hunarga jalb
qilinadi. Nofaol talaba “Talaba talabaga ustoz, talaba talabaga shogird” tamoyili asosida
tadqiqotchi talabaga biriktiriladi. Diagnostika davomida standart uslubchi darajasiga oʻtadi.

Satandart-uslubchi talaba bilan ishlash quyidagicha olib boriladi. Har bir fan va

ixtisosliklar boʻyicha kafedralar qoshida “Maktab labaratoriyalari” tashkil etilishi ta’lim
oluvshilarga erkin va sifatli tarzda maktabda amaliyot olib borishiga hamda erta pedagogic
faoliyatga kirishish imkonini beradi. Fan va ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasi boʻyicha
4+2 loyihasi asosida talabalar maktablarda amaliyot olib borishadi. Amaliyot jarayonida passiv
kuzatuvchilikdan yordamchi oʻqituvchi darajasiga sifatida pedagogik faoliyatga kirishadi.
Standart-uslubchi talabani kuzatish natijasida unga yoʻnaltiruvchi sohalarni qiziqishi va qobiliyati
hamda bilish darajasiga koʻra, oʻz mutaxassilgiga yaqin boʻlgan ixtisosliklarni smart, mobil, gibrid
ta’limi asosida oʻqib oʻrganishi natijasida talaba kelajakda qoʻsh mutaxassislikka ega boʻlish
takliflari ishlab chiqildi. Masalan, uslubchi, boshqaruvchi, muhandis pedagog, psixolog, tarbiyachi
kabi.

Tadqiqotchi talaba bilan individual ishlash mexanizmi quyidagicha olib boriladi. Ta’lim

jarayonida an’anaviy usulda ma’ruza, seminar hamda amaliy darslar olib boriladi. Biz ma’ruza
darslarni shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida tashkil etish maqsadida debat-ma’ruza va
debat-seminar shaklida boʻlishini taklif qilmoqchimiz. Debat ma’ruzada ta’lim beruvchi bilan
ta’lim oluvchi darsga yangi oʻrganiladigan mavzuni oʻrganib, shaxsiy xulosalari bilan keladi
hamda o`rganiladigan mavzu doirasida fikrlarni muhokamasi asosida dars tashkil etiladi. Bunda
talaba tushuntiruvchi, oʻqituvchi esa tahlil qiluvchi, baholovchi vazifasida faoliyat olib boradi
ya’ni teskari ta’lim metodi ishlaydi. Debat-seminar darslarida esa talabaga qoʻshimcha
mutaxassislik fanlari oʻrgatiladi. Qoʻshimcha fanlar sifatida quyidagi bugungi kunda dolzarb
hisoblanadigan fanlarni beryapmiz:

Psixologiya;
ART;
Mantiq;
TIME management;
Ta’lim menejmenti;
Xalqaro baholash dasturlari;
CLIL;
Mnemonika

Bu fanlar talabalarni yanada fikrlash qobiliyatini oʻsishida va shaxsiy rivojlanishida zarur
hisoblanadi. Masalan, talaba psixologik hamda mantiqiy fikrlari, turli muommolarni san’at orqali
shakllantirib unda yaratuvchanlik ya’ni novatorlik malakasini rivojlantirish mumkin. “Time
menejmenti” ya’ni vaqtni boshqarish bugungi kunda, nafaqat talaba uchun balki pedagog uchun
muhim va ahamiyatlidir.

Xalqaro baholash dasturlari esa bugungi kunda YUNESKO hamda UNICEF tomonidan

ham e’tirof etilgan boʻlib, bu orqali ta’lim sifatini xalqaro mezonlarda baholash, oʻrganish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

imkoniyatini beradi. Jumladan, bu xalqaro baholash dasturlari PISA, PIRLS Oʻzbekistonda sinov
tariqasida amalga oshirilmoqda.

CLIL (content and language integrated learning) texnologiyalari orqali talaba xorijiy

tillarni qanday qilib oson va qulay tarzda oʻrganish texnologiyalarini oʻrganadi. Yuqoridagi barcha
sohalarni eslab qolish uchun talabada super xotira darslari ya’ni mnemonika kerak.

Yuqoridagi fanlarni oʻzlashtirishi natijasida talabada qoʻshimcha mutaxassislik paydo

boʻladi. Masalan, Maktabgacha ta’lim+logoped + ingliz tili+ psixologiya yoki boʻlmasa
boshlang’ich ta’lim+ psixologiya+logopediya + ingliz tili kabi.

Tadqiqotchi talaba bevosita birinchi bosqichligidanoq ilmiy faoliyatga jalb qilinadi va

ilmiy rahbar tayinlanadi. Professor-oʻqituvchi oʻzi faoliyat olib borayotgan kafedrada ilmiy
faoliyatini maqsadli va tizimli tarzda olib borishi, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy
labaratoriyasi hamda ilmiy rahbarning oʻz ilmiy maktabiga doktorant, magistrlar bilan bir qatorda
talabani ham jalb etishi kerak. Shu orqali talaba bevosita ilmiy muhokama va seminarlarda ishtirok
etish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu orqali maqsadli ish olib boriladi hamda talabaning bakalavr
darajasidan boshlab ilmiy tasavvurlar shakllanadi.

Ushbu fikrlarga tayanib biz individual ta’limni amalga oshirish modelini ishlab chiqdik (1-

rasm).


Boshqa talabalarga nisbatan harakatchan, izlanuvchan, sinchkov va uquvli boʻlgan

talabada tadqiqotchi talaba bilan ishlash natijasida unda XXI asr koʻnikmalari moderator,
motivator, mentor, blingvistlik koʻnikmasi shakllanadi.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

110

REFERENCES

1.

Харрис Д. Коучинг: личностный рост и успех. –М:. 2004. - 112 с.

2.

Максимов В.Е. Коучинг от А до Я. Возможно все. - СПб.: Издательство «Речь»,
2004. - 272 с.

3.

Yakimanskaya I.S. Zamonaviy maktabda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. - M.: Sentyabr,
2000 yil. – 112 b.

4.

Alekseyev N.A. Shaxsga yo’naltirilgan yondashuv: nazariya va amaliy savollar:
Monografiya. Tyumen: Tyumen davlat universiteti nashriyoti, 1996.

5.

216 bet.

6.

Qurbonova M.F. Oʻquvchilarning oʻquv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishda
kouching metodikasi // Maktab va hayot. – Toshkent, 2020. Maxsus son №1, – B. 8-10.


References

Tadjiyeva Z.Gʼ. va boshqalar „Boshlangʻich sinf matematika, taʼlim samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish" Toshkent-2007.

Karimov I. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –T: «Oʻzbekiston», 2009.

Xoliqov A "Pedagogik mahorat" – Toshkent.: Iqtisod – moliya, 2010.

Taʼlimni boshqarish tizimlarida multimodal biometrikaga asoslangan talabalar davomatini o'lchash. Multimedia bo'yicha IEEE Xalqaro Simpoziumi (2009), 699744-betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов