DEVELOPMENT PROSPECTS OF COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN WITH THE UNITED NATIONS TO A NEW LEVEL

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jumanov, J. (2023). DEVELOPMENT PROSPECTS OF COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN WITH THE UNITED NATIONS TO A NEW LEVEL. Modern Science and Research, 2(4), 87–91. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18938
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents a scientific conclusion about the advancement of the cooperation of the Republic of Uzbekistan with the United Nations to a new level and development prospects. On March 2, 2018, it was 26 years since the Republic of Uzbekistan became a member of the United Nations. From this date, Uzbekistan is a full-blooded member of the world community. A representative office of the UN was opened in our capital, Tashkent, and a representative office of Uzbekistan was opened at the UN headquarters in New York. Since then, the flag of our republic has flown in front of the UN headquarters, like the flags of other members of the organization. In this regard, the views of the states are highlighted, conclusions are determined based on the interests of the regions and peoples. Uzbekistan has been steadily cooperating with the UN within the framework of issues such as maintaining peace and stability, solving environmental problems, and socio-economic development. Establishing a particularly active political dialogue has become one of the main directions of Uzbekistan's cooperation with the UN.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

87

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRLASHGAN MILLATLAR

TASHKILOTI BILAN HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHGA KO‘TARILISHI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Jumanov Jahongir Sulaymon o

g

li

O‘zbekiston Milliy unversiteti

Davlat va fuqorolik jamiyati institutlari boshqaruvi

mutaxassisligi bo‘yicha 2 - kurs magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.7811913

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar

tashkiloti bilan hamkorligining yangi bosqichga ko‘tarilishi va rivojlanish istiqbollari haqida
ilmiy xulosa yuritiladi.

2018 yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar

Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga 26 yil to‘ldi. Ushbu kundan boshlab O‘zbekiston jahon
hamjamiyatining to‘la qonli a’zosi hisoblanadi. Poytaxtimiz Toshkentda BMT ning vakolatxonasi
ochildi, Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida esa O‘zbekistonning vakolatxonasi ochildi. Shu
davrdan boshlab respublikamiz bayrog‘I tashkilotning boshqa a’zolari bayroqlari kabi BMTning
Bosh binosi oldida xilpirab turibdi Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi insoniyat oldida
turgan dolzarb muammolarni muhokama etish, ularga yechim qidirish masalalariga
bag‘ishlanadi. Bu borada davlatlarning qarashlari o‘rtaga tashlanadi, mintaqalar va xalqlar
manfaatidan kelib chiqib xulosalar belgilanadi. O‘zbekiston tichnlik va barqarorlikni saqlash,
ekologik muammolarni hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kabi masalalar doirasida BMT
bilan sobitqadamlik asosida hamkorlik qilib kelmoqda. Ayniqsa faol siyosiy muloqotning
o‘rnatilishi O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Kalit so’zlar:

Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi bo‘lgan zona,

“6+2” guruhi, yashil

orol dengizi tashabbusi, "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni
ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasi, Ming
yillik taraqqiyot dastur.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА РЕСПУБЛИКИ

УЗБЕКИСТАН С ОРГАНИЗАЦИЕЙ ОБЪЕДИНЕННЫХ НАЦИЙ НА НОВЫЙ

УРОВЕНЬ

Аннотация.

В данной статье представлен научный вывод о выводе сотрудничества

Республики Узбекистан с Организацией Объединенных Наций на новый уровень и
перспективы развития. 2 марта 2018 года исполнилось 26 лет, как Республика Узбекистан
стала членом Организации Объединенных Наций. С этой даты Узбекистан является
полноправным членом мирового сообщества. В нашей столице Ташкенте открыто
представительство ООН, а в штаб-квартире ООН в Нью-Йорке – представительство
Узбекистана. С тех пор флаг нашей республики развевается перед штаб-квартирой ООН,
как и флаги других членов организации. В связи с этим выделяются взгляды государств,
определяются выводы исходя из интересов регионов и народов. Узбекистан
последовательно сотрудничает с ООН в рамках таких вопросов, как поддержание мира и
стабильности, решение экологических проблем, социально-экономическое развитие.
Налаживание особо активного политического диалога стало одним из основных
направлений сотрудничества Узбекистана с ООН.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

88

Ключевые слова:

зона, свободная от ядерного оружия, в Центральной Азии, группа

«6+2», инициатива Green Island Sea, резолюция «Укрепление регионального и
международного сотрудничества в целях обеспечения мира, стабильности и устойчивого
развития в Центральноазиатском регионе», Программа развития тысячелетия.

DEVELOPMENT PROSPECTS OF COOPERATION OF THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN WITH THE UNITED NATIONS TO A NEW LEVEL

Abstract.

This article presents a scientific conclusion about the advancement of the

cooperation of the Republic of Uzbekistan with the United Nations to a new level and development
prospects. On March 2, 2018, it was 26 years since the Republic of Uzbekistan became a member
of the United Nations. From this date, Uzbekistan is a full-blooded member of the world
community. A representative office of the UN was opened in our capital, Tashkent, and a
representative office of Uzbekistan was opened at the UN headquarters in New York. Since then,
the flag of our republic has flown in front of the UN headquarters, like the flags of other members
of the organization. In this regard, the views of the states are highlighted, conclusions are
determined based on the interests of the regions and peoples. Uzbekistan has been steadily
cooperating with the UN within the framework of issues such as maintaining peace and stability,
solving environmental problems, and socio-economic development. Establishing a particularly
active political dialogue has become one of the main directions of Uzbekistan's cooperation with
the UN.

Keywords:

nuclear-weapon-free zone in Central Asia, "6+2" group, green island sea

initiative, resolution "Strengthening regional and international cooperation to ensure peace,
stability and sustainable development in the Central Asian region" , Millennium Development
Program.


O‘zbekiston BMT doirasida xalqaro va regional muammolarni muhokama qilish va hal

qilishda faol ishtirok etadi. Xususan, Prezident Islom Karimov o‘z nutqlarida BMT ning 48-(1993
yil sentabr), 50- (1995 yil oktabr), 55-sessiyalarda (2000 yil sentabr) va BMT Bosh
Assambleyasining “Ming yillikni rivojlantirish maqsadlari” (2010 yil) sammitida e’tiborini
Markaziy Osiyoning dolzarb masalalariga urg‘u berdi. O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan BMT
tomonidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan qator
rezolutsiyalar qabul qilindi.Masalan, 1993 yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida nutq
so‘zlab, I.A. Karimov Markaziy Osiyoni yadro qurolidan holi zona, deb e’lon qilishni taklif etdi.
Bu taklif Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va BMT ning boshqa ko‘pgina
a’zolari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari va xalqaro
ekspertlarining birgalikdagi ko‘p yillik ishidan keyin 2006 yil sentabrda Semipalatinsk shahrida
(Qozog‘iston) Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi-siyosiy idoralari boshliqlari darajasida
“Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi bo‘lgan zona to‘g‘risidagi Shartnoma” ning imzolanishi
bo‘lib o‘tdi.

Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligining muhim aspekti

hisoblanadi. O‘zbekiston tashabbusi va BMT ning qo‘llab-quvvatlashi bilan, afg‘on muammosini
muhokama qilishga va regional xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan “6+2” guruhi (qo‘shni
mamlakatlar: Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Xitoy, hamda Rossiya va
AQSh) tashkil qilingan edi. Guruhning birinchi uchrashuvi 1997 yilda Nyu-Yorkda, ikkinchisi –


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

89

1999 yil iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2008 yil aprelda Buxarestda NATO sammitida
O‘zbekiston rahbari I.A. Karimov “6+2” tinchlik tashabbusining yana davom ettirilishi va
kengaytirilishi va bu guruhga NATO ning kiritilishi bilan uning “6+3” ga aylantirilishining
maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risida taklif kiritdi, qaysiki, u Afg‘onistonda vaziyatni
barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni aniqlashda kuchlarni birlashtirishga yordam
berishi mumkin edi. Ushbu formatda Afg‘onistonni rekonstruksiya qilishning yirik donorlari –
Hindiston, Yaponiya va boshqa manfaatdor mamlakatlarning ishtiroki – yanada samaraliroq
xalqaro dialogga yordam berishi mumkin edi.

O‘zbekiston Respublikasi BMT ning turli ixtisoslashtirilgan muassasalari va komitetlari

faoliyatida, BMT ning Afg‘onistondagi gumanitar aksiyalarida faol ishtirok etmoqda. 2002 yil
oktabrda BMT ning Bosh kotibi Kofi Annanning va 2010 yilda BMT ning hozirgi Bosh kotibi Pan
Gi Munning O‘zbekistonga qilgan tashriflari BMT bilan hamkorlikning muhim bosqichi sifatida
namoyon bo‘ldilar. Muloqotda suv resurslaridan samarali foydalanish, demokratik islohotlar,
hamda BMT ni isloh qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda Orol muammosi chinakam umumsayyoraviy miqyosga ega bo‘ldi, va

shuning uchun Markaziy Osiyo davlatlarining bu masala bo‘yicha BMT bilan hamkorligi xalqaro
ahamiyatga ega. 2013 yil 16 sentabrda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida
“Orol qurishining oqibatlarini tugatish va Orolbo‘yidagi ekotizimlar halokati oldini olish bo‘yicha
choralar Dasturi” mavzusidagi O‘zbekistonning tashabbusi ma’qullandi. Dastur BMT ning Bosh
kotibi Pan Gi Mun tomonidan butunicha qo‘llab-quvvatlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 2017 sentabr oyida BMT Bosh

Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif mamlakatimiz
bilan BMT hamkorligining yangi bosqichini boshlab berdi. Aytish joizki, Prezidentimiz o‘z
nutqida uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi
fikrlarini o‘rtaga tashladi, umuminsoniy manfaatlar ko‘zlangan taklif va tashabbuslarni ilgari
surdi. Prezidentimizning dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, BMTning xalqaro
munosabatlardagi rolini oshirish borasidagi fikrlari ham dolzarb ahamiyatga molikdir. BMTning
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh Assambleyaning
"Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolutsiyasini qabul qilish bo‘yicha
tashabbuslar, ayniqsa, tarixiy voqeadir.

Muxtasar aytganda, O‘zbekistonning BMT minbaridan turib ilgari surgan tashabbuslari

zamonaviy dunyoning bugungi realliklariga to‘la javob beradi. Shu boisdan ham ular jahonda
o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasiga hurmat bajo keltirish BMT Bosh
Assambleyasining 71-sessiyasi kun tartibiga asosiy bandlardan biri sifatida kiritilgani Islom
Karimov nafaqat mamlakatimizda, balki mintaqamiz hamda jahonda tinchlik va barqarorlikning
ta’minlanishiga ulkan hissa qo‘shganining tasdig‘i bo‘ldi.

2018 yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida "Markaziy Osiyo

mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash" rezolyutsiyasi qabul qilindi. Loyihasi O'zbekiston tomonidan
Markaziy Osiyodagi qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni
BMTga a'zo barcha davlatlar bir ovozdan qo'llab-quvvatladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

90

Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil

sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari
surilgan tashabbusning amaliy ijrosi hisoblanadi. O'zbekiston rahbari o'z chiqishida 2017-yil
noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Markaziy Osiyo bo'yicha
yuqori darajadagi xalqaro anjuman o'tkazilishini ma'lum qilib, uning yakunlari bo'yicha Markaziy
Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi
sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikaning 55 mamlakati ushbu

rezolyutsiya hammualliflari bo'ldi. Ular orasida Avstraliya, Avstriya, Afg'oniston, Belarus,
Germaniya, Italiya, Hindiston, Indoneziya, Kanada, Nigeriya, Norvegiya, BAA, Koreya
Respublikasi, Singapur, Turkiya, Shveysariya, Ekvador va boshqa mamlakatlar bor. Hujjatni
ishlab chiqish bo'yicha maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyoning barcha yetakchi hamkor
davlatlari, jumladan, Rossiya, XXR, AQSh va YeI mamlakatlari faol va konstruktiv tarzda ishtirok
etdi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil

taraqqiyotni ta'minlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi
muhim roli e'tirof etiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik va taraqqiyot sohalaridagi
mintaqaviy va xalqaro tashabbuslari alohida qayd etiladi.

Hujjatda Bosh Assambleya mintaqa mamlakatlari tomonidan Markaziy Osiyoda barqarorlik

va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlar va tashabbuslarni qo'llab-
quvvatlashi bayon etiladi. O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
maslahatlashuv uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish bo'yicha tashabbuslari mintaqa doirasida
qo'llab-quvvatlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, rezolyutsiya bunday
maslahatlashuvlar platformasidan mintaqaning dolzarb muammolarini birgalikda hal etish yo'lida
samarali foydalanishga da'vat etadi. Hujjatda 2018-yil 15-mart kuni Ostona shahrida Markaziy
Osiyo davlat rahbarlarining ilk sammiti o'tkazilgani e'tirof etiladi.

Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash, suv va energiya

manbalaridan unumli va kompleks foydalanish, Orol dengizi qurishi bilan bog'liq ekologik va
ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarni yumshatish, mintaqada zamonaviy transport va tranzit tizimini
tashkil etish, ma'rifat, fan, texnologiyalar, innovatsiyalar, turizm, madaniyat, san'at va sport
sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish yo'nalishlarida ikki tomonlama va mintaqaviy
hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etiladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining Afg'onistonda tinchlik o'rnatish va ijtimoiy-iqtisodiy

taraqqiyotga ko'maklashishga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlariga alohida e'tibor qaratiladi.
Ushbu mamlakatda tinchlik va murosaga erishish maqsadida joriy yil mart oyida "Tinchlik
jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuidagi Afg'oniston bo'yicha
Toshkent konferensiyasining ahamiyati qayd etiladi.

Rezolyutsiya xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tizimidagi ixtisoslashgan muassasalar,

jamg'arma va dasturlarni mintaqa mamlakatlari tomonidan ko'zda tutilayotgan Markaziy Osiyoda
mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlarini qo'llab-
quvvatlashga da'vat etadi.

Ushbu rezolyutsiyaning BMTda bir ovozdan ma'qullanishi va qabul qilinishi

O'zbekistonning Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yuritayotgan ochiq, oqilona va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

91

konstruktiv tashqi siyosati tufayli Markaziy Osiyoda shakllangan mutlaqo yangi, o'zaro ishonch
va yaxshi qo'shnichilik muhiti xalqaro miqyosda keng e'tirof etilayotganidan dalolat beradi.
Xalqlarini ming yillik birodarlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari, mushtarak tarix, din, madaniyat
va an'analar bog'lab turgan Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni
ta'minlash O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishi hisoblanadi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya Markaziy Osiyoni

hamkorlikda umumiy muammolarni hal qilish, mintaqa taraqqiyoti va uning ko'p millionli aholisi
farovonligini ta'minlashga qodir yaxlit jipslashgan mintaqa sifatida shakllanishida muhim bosqich
bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон

Республикаси

Ташқи

ишлар

вазирлиги

расмий

сайти:

https://mfa.uz/uz/cooperation

/

(23.07.2017)

2.

2 .Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанд шаҳрида
ўтган “Марказий Осиё ягона тарих ва умумий келажак, барқарор ривожланиш ва
тараққиёт йўлидаги ҳамкорлик” мавзусидагихалқаро конференцияда сўзлаган нутқи
// Халқ сўзи. 2017 йил 11 ноябрь.

3.

Қ.Жўраев. Ўзбекистон — БМТ: тинчлик ва барқарорлик йўлидаги
самарали ҳамкорлик. Адолат, 2012 йил 2 март

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammitining Mingyillik
rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-
uslubiy majmua. – Toshkent: “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2010. – 146 bet.

5.

5.https://mfa.uz/uz/press/news/2021/ozbekiston-prezidentining-orolboyi-mintaqasini-
ekologik-innovatsiyalar-va-texnologiyalar-hududi-deb-elon-qilish-togrisidagi-tashabbusi-
amalga-oshdi---29760


References

Millennium Development Program.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов