HISTORY OF FOLK INSTRUMENTS, RUBOB PRIMA

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Shodiyev, S. (2023). HISTORY OF FOLK INSTRUMENTS, RUBOB PRIMA. Modern Science and Research, 2(4), 132–136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19154
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about folk instruments and rubab, and discusses the types of rubab. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

XALQ CHOLG’ULARI RUBOB PRIMA CHOLG’U TARIXI

Shodiyev Shuxrat Shodiyevich

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7821681

Annotatsiya. Mazkur maqolada xalq cholg’ulari va rubob haqida ma’lumot keltirilgan

bo’lib, rubobning turlari haqida to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli
fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar: eng qadimiy cholgʻu asboblari, xalq cholg’ulari, zamonaviy rubob.

HISTORY OF FOLK INSTRUMENTS, RUBOB PRIMA

Abstract. This article provides information about folk instruments and rubab, and discusses

the types of rubab. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented
throughout the article.

Key words: the most ancient musical instruments, folk instruments, modern rubob.

ИСТОРИЯ НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ, РУБОБ ПРИМА

Аннотация. В данной статье представлена информация о народных инструментах

и рубабе, рассмотрены виды рубаба. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы
представлены на протяжении всей статьи.

Ключевые слова: древнейшие музыкальные инструменты, народные инструменты,

современный рубоб.

Rubob — torli cholgʻu asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun

(mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida
keng tarqalgan.

Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga

kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Afgʻon
rubobi tojik yoki buxoro rubobi deb ham ataladi.

Qashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar

rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq
daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi.

Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga

oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl
uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.

Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar

ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi.

Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta

oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „ lya“ tovushini chiqaradigan
qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi.

Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon

sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining
diapazoni 3 oktavaga yaqin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir

rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar) ning yetishib chiqishi bu sozning
1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida
ommaviylashuviga sabab boʻlgan.

Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus

domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida
ishlatiladi. Oʻzbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N.
Qulabdullayev, kompozitorlardan Ibrohim Hamroyev, Mustafo Bafoyev va boshqalar qashqar
rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

134

Bir qancha yozma manbaalarda ming yillar mobaynida musiqa va musiqa cholg’ulari,

ularning o’ziga xos xususiyatlari, ijrochilik san’ati, hamda, mohir sozandalar haqidagi qimmatli
ma’lumotlar cholg’u ijrochiligining boy tarixidan darak beradi.

Tarixiy manbaalardan ma’lumki, boshqa ko’pgina xalqlarda bo’lgani kabi Markaziy Osiyo

xalqlarida ham musiqa ijrochiligi qadimdan xalqning to’yutantanalarida, xalq sayillari va
bayramlarida yakka holda, turli katta-kichik guruhlar ko’rinishida shakllanib, keyinchalik
hukmdorlar saroylarida maxsus jamoalar shaklida rivojlanib, takomillashib uzoq taraqqiyot yo’lini
bosib o’tgan holda bizgacha o’zining hozirgi mukammal ko’rinishida yetib kelgan.

XX-asr boshlarida O’zbekistonda bir qancha folklor etnografik ansambllar, xalq

teatrlarining tuzilishi, Turkiston xalq konservatoriyasi va ko’plab turli ijodiy jamoalarning
shakllanishi, o’zbek musiqasining tadqiq qilinishi, ularning yozib olinishi kabi ko’plab ishlar,
musiqa va ijrochilik san’atining yanada rivojlanishiga, taraqqiy topishiga turtki bo’ldi.

1

Keyinchalik O’zbekiston davlat filarmoniyasi qoshida birin-ketin tuzilgan “Shodlik”,

“Lazgi”, “Go’zal”, “Zarafshon” va “Bahor” kabi ashula va raqs ansambllari, “T.Jalilov nomidagi
davlat akademik xalq cholg’ulari orkestri” shuningdek, O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi
“Y.Rajabiy nomidagi maqomchilar ansambli”, “D.Zokirov nomidagi xalq cholg’ulari orkestri”,
hamda so’nggi yillarda cholg’u ijrochiligi san’atiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan
“So’g’diyona” xalq cholg’ulari davlat kamer orkestri va viloyatlardagi ko’plab ashula va raqs
ansambllarining O’zbekistonda va horijiy mamlakatlardagi konsert faoliyatlarida ijrochilik san’ati,
xususan, qashqar rubobi ijrochiligi ham targ’ibot qilinib, rivojlantirib kelinmoqda. Bu jamoalar
tarkibida mashhur rubobchi sozandalar ijod qilishgan va ijod qilmoqdalar.

1936 yilda Farg’ona vodiysining so’lim Shohimardon qishlog’ida bo’lib o’tgan xalq saylida

ustoz M.Mirzayev bir uyg’ur sozandasidan qashqar rubob cholg’usini xarid qiladi va Toshkentga
olib kelib usta Usmon Zufarov bilan bu cholg’uni takomillashtiradi, ya’ni uning menzurasi
uzaytirilib, dastasiga latun qalamchalari o’rnatiladi. Natijada bugungi ko’rinishdagi rubob
cholg’usini yaratadilar. Tez orada bu cholg’u ustoz M.Mirzayev ijrosi orqali o’zbek musiqa
ijrochiligida o’z o’rniga ega bo’lib, cholg’uning mohir sozandalari ham yetishib chiqa boshlaydi.
O’z navbatida qashqar rubob ijrochilik san’ati shakllanib, rivojlanib bordi. Bugungi musiqa
ijrochilik san’ati, shuningdek musiqiy ta’limda qashqar rubob cholg’usi yetakchi cholg’ulardan
biriga aylanib ulgurgan. Bu cholg’u bo’yicha mashhur ustoz, O’zbekiston xalq artisti
Muhammadjon Mirzayev, O’zbekiston Respublikasida xizmat

ko’rsatgan artistlar Qobiljon

Usmonov, Shavkat Mirzayev, Tohir Rajabiy, Zamira Rahmatullayeva, Odiljon Nazarov kabi
taniqli sozanda va san’atkorlar, ko’plab Respublika va Xalqaro tanlovlar g’oliblari yetishib
chiqdilar. Oliy ta’lim va o’rta- maxsus ta’lim muassasalarida hamda, “Bolalar musiqa va san’at”
maktablarida ushbu cholg’u bo’yicha ta’lim yo’lga qo’yilgan.

Cholg’u jrochilik san’atini kompozitorlar va bastakorlar ijodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Ayniqsa M.Bafoyev, S.Jaliln, M.Sautovning, A.Mansurov, R.Abdullayev, H.Rahimov,
M.Otajonovn, O,Abdullayeva, J.Charshemov kabi kompozitorlarni qashqar rubob, tanbur, ud,
dutor, g’ijjak, afg’on rubob, doyra va xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratgan asarlari o’zining
yorqinligi, mazmunliligi, cholg’uga mosligi, cholg’u imkoniyatlarini to’liq namoyon qilishi,
ayniqsa, muayyan cholg’uda ijrochilikni rivoshlantirishga xizmat qilishi bilan yaqqol ajralib
turadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

135

Shuningdek, O’zbekiston kompozitorlari qashar rubobi uchun yaratgan maxsus asarlari

rubob ijrochiliginng yangi-yangi ufqlarini ochib bermoqda. So’nggi yillarda yaratilayotgan
maxsus asarlar ijro hamda o’quv dasturlarini boyitib kelmoqda. Kompozitorlar ijodida qashqar
rubob cholg’usi uchun yaratilayotgan asarlarda milliylik va zamonaviylikning uyg’unlashuvini
kuzatishimiz mumkin. Mualliflardan S. Hayitboyevning “Ballada”, T.Azimovning “Durdona”,
M.Bafoyevning “Afsona”, Q.Komilovning “Fantaziya”, “Mohim” poemasi, M.Otajonovning
Qashqar rubob va orkestr uchun Konsert, O.Abdullayevaning Qashqar rubob va orkestr uchun
Konsert, R.Abdullayevning Qashqar rubob va simfonik orkestr uchun Konsert, J.Charshemovning
“Tarix sadosi”, N.Safarovning “Sharqona fantaziya” kabi asarlarda milliy ohanglar zamonaviy
garmoniyalar bilan yo’g’rilgan holda yaratilganligi bilan ijrochilar va mutaxassislar tomonidan
yuqori baholanmoqda.

Qashqar rubob ijrochiligi mohir sozanda va bastakorlar ijodi bilan chambarchas bog’liq.

Bastakor va mashhur sozanda, O’zbekiston xalq artisti

M.Mirzayev

o’tgan asrning 50-60 yillarida

juda sermazmun ijod qildi. Uning qashqar rubobi uchun yaratgan har bir asari xalq orasida tez
ommalashdi. Ustozning ham bastakor sifatida, ham sozanda sifatida sermahsul ijodi qashqar
rubobi sozini o’zbekning har bir xonadoniga olib kirdi. Qashqar rubobida o’z farzandi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sh.Mirzayev bilan birgalikda ijro etgan duetlari o’zining
takrorlanmas jozibasiga ega.

Bastakorning aynan qashqar rubobi uchun bastalagan “Shodlik”, “Marg’ilon qizlari”,

“Intizor etma”, “Gulrux”, “Orzu dil”, “Dil kuylasin”, “Lirik kuy” kabi o’nlab musiqalari, nafaqat
qashqar rubobi uchun yozilgan asarlar repertuarini boyitdi, balki, qashqar rubobi ijrochiligining
rivojlanishiga, ijrochilik madaniyatining yuksalishiga, qashqar rubobining yangidan yangi ijro
imkoniyatlarini ochilishiga sabab bo’ldi.

Qashqar rubobchi sozandalardan

E.Shukrullayev

va

A. Bahromov

lar ijodi ayniqsa tahsinga

sazovordir. Bu sozandalar qashqar rubobida ikki yo’nalishda ijro etgan va jahon festivali g’oliblari
bo’lish bilan birga, o’zbek san’atini boshqa mamlakatlarda namoyish qilgan dastlabki
rubobchilardandir.

M.Mirzayevning taniqli shogirdlaridan biri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist

Qobiljon Usmonov

o’zining ko’p yillik ijodiy faoliyati davomida ijrochilik san’ati rivojiga katta

hissa qo’shgan. Uning dastlabki yaratgan “Boshlang’ich rubob darsligi” kitobi keyingi avlod
rubobchilari uchun asosiy o’quv qo’llanma bo’lib xizmat qildi. D.Zokirov nomidagi xalq
cholg’ulari orkestrida qariyb 40 yillik faoliyati davrida ko’plab kuylarni, turli xil konsertlarda,
televideniya va radio to’lqinlarida ijro etgan.

Qashqar rubobi ijrochiligida o’z o’rniga ega bo’lgan mohir sozandalardan biri bu –

Adham

Xudoyqulov

dir. O’ziga xos ijro uslubiga ega bo’lgan bu sozanda ijro etgan har bir kuy texnik

jihatidan murakkabligi, jozibasi va to’laqonliligi bilan sozandalar va tinglovchilar diqqatiga
sazovor bo’lgan. Respublika radiosi fondiga ushbu sozanda ijrosida ko’plab kuylar yozib olingan.

O’zbekistonda mashhur qashqar rubobchi sozandalardan yana biri

Ariel Boboxonov

dir. U

M.Ashrafiy nomidagi Buxoro san’at bilim yurtidagi o’zining ko’p yillik o’qituvchilik faoliyati
davomida ko’plab yetuk rubobchi sozandalarni tarbiyalash bilan birga, doimiy ijrochilik
faoliyatini ham olib borgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek jahon yoshlar festivali g’olibi,
Respublika yosh ijrochilar tanlovi g’olibi, ko’plab musiqa anjumanlarida, san’at dekadalarida
tinglovchilar hamda mutaxassislarning olqishlariga sazovor bo’lgan bu san’atkor, shashmaqom


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

136

ijrochiligini mukammal egallash bilan birga, zamonaviy kompozitorlar asarlarini ham ijro etgan
sozandalardandir. Ustozning qashqar rubobi uchun bastalangan “Xurram”, “Feruza”, “Buxoro
go’zali” kabi kuylari juda mashhur bo’lib, rubobchilarning eng sevimli asarlaridan biriga aylandi.
Bir necha bor Germaniyada ijodiy gastrollarda bo’lib, nemis tinglovchilari olqishlarini olgan
A.Boboxonov ijrosida yozib olingan ko’plab kuylar O’zbekiston radiosi oltin fondida
saqlanmoqda.

Respublikamizdagi ko’plab sozandalar ustozi, Toshkent Davlat konservatoriyasining sobiq

professori

Sulaymon Taxalov

ning cholg’u ijrochiligi san’atiga qo’shgan hissasi salmoqlidir.

S.Taxalov ijrochilik faoliyati bilan birga o’zining o’qituvchilik faoliyati davomida T.Rajabiy,
R.Qosimov, I.Ertoyev, Sh.Nuritdinov, B.Ergashev, R.Karimov, O.Nazarov kabi o’nlab etuk
ijrochi- sozandalarni tarbiyaladi. S.Taxalov ikki yo’nalish, ya’ni ham an’anaviy ijro yo’nalishi,
ham akademik yo’nalishini mukammal egallagan san’atkordir. Uning ijrosidagi kuylar
gramplastinkalarga va O’zbekiston radiosi oltin fondiga yozib olingan.

Ustoz san’atkor M.Mirzayevning farzandi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, bastakor,

mashhur rubobchi sozanda

Shavkat Mirzayev

qashqar rubob ijrochiligini tinimsiz rivojlantirib,

targ’ib qilib kelmoqda. Ustozning ishlarini davom ettirib ko’plab kuy va qo’shiqlar bastalash bilan
birga, el suygan xonandalar bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Dunyoning o’nlab
mamlakatlarida o’z san’atlarini namoyish etgan.

Taniqli rubobchi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist

Tohir Rajabiy

ning ijro uslubi

alohida ahamiyat kasb etadi. U akademik yo’nalish bilan bir qatorda, an’anaviy ijro yo’nalishlarini
puxta egallagan san’atkorlardan biridir. Uning ijrosida 100 dan ortiq kuy va qo’shiqlar hamda,
kompozitorlar asarlari yakka rubob ijrosida ansambllar, xalq cholg’ulari orkestri va estrada
simfonik orkestri jo’rligida magnit tasmalariga yozilib, O’zbekiston radiosi oltin fondida
saqlanmoqda. T.Rajabiy Vengriya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarda gastrollarda bo’lib,
o’zining mohirona ijrosi bilan tinglovchilar olqishlariga sazovor bo’lgan.

REFERENCES

1.

Y.Rajabiy “O’zbek xalq musiqasi” I jild T., 1955

2.

I.Rajabov “Maqomlar masalasiga doir” T., 1963

3.

A.Fitrat “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” “Fan”. T.,1993

4.

A.Odilov “O’zbek cholg’ularida ijrochilik tarixi”. T. “O’qituvchi”, 1995.

5.

Ne’matillo Mo’’jaziy “Tavorixi musiqiyn” Pekin millatlar nashriyoti. Pekin. 1982.


References

Y.Rajabiy “O’zbek xalq musiqasi” I jild T., 1955

I.Rajabov “Maqomlar masalasiga doir” T., 1963

A.Fitrat “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” “Fan”. T.,1993

A.Odilov “O’zbek cholg’ularida ijrochilik tarixi”. T. “O’qituvchi”, 1995.

Ne’matillo Mo’’jaziy “Tavorixi musiqiyn” Pekin millatlar nashriyoti. Pekin. 1982.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов