MONOSYLLABIC AND POLYSYLLABIC WORDS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xaydarova, M. (2023). MONOSYLLABIC AND POLYSYLLABIC WORDS. Modern Science and Research, 2(5), 237–239. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19910
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, monosyllabic and ambiguous words are widely covered scientifically.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

237

BIR MA’NOLI VA KO’P MA’NOLI SO’ZLAR

Xaydarova Mashhura Mansur qizi

Termiz davlat universetiti O’zbek filologiyasi fakulteti I kurs 422-guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7913061

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar keng ilmiy yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Bir ma’noli va ko’p ma’noli, metafara, metanimya, senekdoxa, vazifadoshlik.

MONOSYLLABIC AND POLYSYLLABIC WORDS

Abstract.

In this article, monosyllabic and ambiguous words are widely covered

scientifically.

Keywords:

unambiguous and ambiguous, metafara, metanimya, synecdoche, assignment.

ОДНОЗНАЧНЫЕ И МНОГОЗНАЧНЫЕ СЛОВА

Аннотация.

В данной статье широко освещаются однозначные и многозначные

слова.

Ключевые слова:

однозначный и многозначный, метафара, метанимия, сенекдоха,

дежурство.

Har qaysi tilda sanoqli til bilishining turli xil birikuvida cheksiz tushuncha va fikrni

ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud boʻlgan soʻzda yangi-
yangi maʼno yuklanadi. Natijada bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻz hosil boʻladi. Bir maʼnoli soʻzlar
tilimizda kam sonni tashkil qiladi va ilmiy kasb-hunar doir atamalarni, shuningdek, yangi paydo
boʻlgan soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir maʼnoni ifoda
etuvchi soʻzlar bir maʼnoli soʻzlar deyiladi. Masalan, kompost, marmar, morfologiya, taassurot,
xulosa, gigiena, gʻoya, mimika, qolib, fonema va boshqalari.

Soʻzlar baʼzan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil maʼnoni, gap tarkibida boshqa

soʻzlar bilan bogʻliq holda boshqa bir maʼno anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq soʻzi gapdan
tashqarida olinganda yerga tomon yaqinlashmoq maʼnosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi
pasaydi, koʻrish sezgisi pasaydi kabi boshqa maʼnolarni bildiradi. Bir maʼnoli soʻz manosemantik
soʻz ham deyiladi. Demak, nutqdan tashqarida bir maʼno, nutq tarkibida boshqa soʻzlar bilan
bogʻliq holda yana boshqa maʼno ifodalovchi soʻzlar koʻp maʼnoli soʻzlar deyiladi. Koʻp
maʼnolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday soʻz, avvalo biror narsa yoki
hodisani atash tufayli paydo boʻladi, yaʼni bir maʼnonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu soʻz
taraqqiyoti maʼno tufayli koʻp maʼnoli soʻzlar aylanishi mumkin. Koʻp maʼnoli soʻzlarda 2 xil
maʼno farqlanadi:

1. Oʻz ( bosh) maʼno.
2.Koʻchma( yasama) maʼno.
Bosh maʼno soʻzning nutqdan tashqarida ifodalagan maʼnosi boʻlib, u boshqa maʼnolarning

kelib chiqishiga asos boʻladi. Yasama maʼno bosh maʼnoning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi.
Masalan, ogʻiz soʻzning oʻz maʼnosi insonning tana aʼzosi,gʻorning ogʻzi,gapning oʻzi koʻchma
maʼno. Soʻzning koʻchma maʼnosi gapdagi boshqa soʻzlar bilan bogʻliq holda aniqlashiladi. Koʻp
maʼnoli soʻzlarning asosiy xususiyati shuki, soʻz qanchalik koʻp maʼnoli boʻlmasin, leksik
maʼnolari oʻrtasida maʼlum munosabat bogʻlanish boʻladi. Nutq jarayonida ikki va undan ortiq
maʼnoda qoʻllanuvchi soʻz polisemantik soʻz, koʻp maʼnolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi.
Koʻp maʼnoli soʻz qancha maʼnoni bildirmasin, baribir oʻsha predmet, hodisa, harakat orasida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

aloqa umumiy belgi mavjud boʻlishi. Masalan, olma soʻzi koʻp maʼnoli boʻlib, 1) olma- ot soʻz
turkumi, 2) olma - feʼl soʻz turkumi.Oʻt soʻzi 1) oʻt- maysa, 2) oʻt- olov, 3) oʻt- oʻtmoq feʼl soʻz
turkumi. Uchmoq soʻzi: 1) uch- son soʻz turkumi, 2) uch- feʼl soʻz turkumi, 3) uch- toʻnini uchi.

Davr oʻtishi bilan koʻp maʼnoni bildiruvchi soʻzning maʼnosi kamayishi mumkin. Masalan,

ichkari soʻzi avval "biror narsa yoki binoning ichki qismi" ni ham "biror kishining xotin- qizi"
maʼnosini ham bildirgan. Lekin hozir "bino yoki narsaning ichki qismini" bildiradi xolasi. Kiyik
soʻzi ilgari barcha yovvoyi hayvonga nisbatan ishlatilgan boʻlsa, hozir faqat ohuni, pivo soʻzi
avval ichimlikning har qanday turini bildirgan boʻlsa, hozir esa faqat bir turini ifodalaydi. Turdosh
otning atoqli otgs koʻchishi ham maʼno torayishiga olib keladi: poʻlat-poʻlat, bolta- bolta, kumush-
kumush, bahor- bahor kabi. Soʻz bir maʼnoni bildirar ekan, uning birinchi va keyinchalik anglatgan
maʼnosini farqlash kerak. Koʻp maʼnoli soʻzlarda maʼno koʻchishi 5 taga boʻlinadi.

1.

Metafora.

2.

Metonimiya.

3.

Sinekdoxa.

4.

Vazifadoshlik.

5.

Kinoya.

Koʻchma maʼno hosil boʻlish usullari: Metafora soʻzi grekcha boʻlib, metaphora

"koʻchirish", "koʻchirma" demakdir. Biror predmet belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi
oʻxshashligi asosida maʼno koʻchishi Metafora deyiladi. Bunda predmetning rangi, shakli,
harakat- holat, xususiyati, oʻrini va paytga munosabati jihatidan oʻxshashligiga asoslanadi.
Metafora koʻproq 1)odam tana aʼzosi nomiga (bosh, yuz, burun, ogʻiz, quloq, til, oyoq): yer yuzi,
kitobning beti, shishaning ogʻzi. 2) kiyim qismiga (etak, yoqa) toʻnini etadi, daryoning yoqasi. 3)
hayvon, hashorat yoki parrandaning tana aʼzosi( qanot,dum) futbolchilarimiz chap tomondan
hujum uyushtirdi. Varrakning dumi. 4) kishilarga ism ham Metafora usulida boʻladi. Masalan,
Charos, Oydin, Lochin, Feruza shu kabilarni.

Metonimya (grekcha metanymia qayta nomlash)-nasra va hodilari oʻrtalarida makon hamda

zamondagi oʻzaro aloqadorlik asosida biring nomi ikkinchisiga koʻchishidir. Masalan, Navoiyni
qilmay oldim degani bu Navoiyning asarini olgani. Samovarda osh yedik bu yerda samovar yonida
osh yegani. Salima kirib kelib, kasalning oyogʻiga oʻtirdi yaʼni bemorning oyogʻining yoniga
oʻtirgani. Ichak- chavogʻim tugadi endi kalla sotaman bu yerda ichak- chavoq mahsulot, kalla
mahsuloti. Metonimya asosidagi koʻchma maʼno- fikrni loʻnda va taʼsirchan bayon qilish vositasi.

Sinekdoxa (grekcha synecdoche- birgalikda aniqlash) shaxs yoki predmetning nomi oʻrnida

biror aʼzo, boʻlak orqali oʻsha tushunchani berish, yaʼni boʻlak orqali burunni yoki butun orqali
boʻlakni ifodalashni bildiradi: Masalan, besh qoʻl barobar emas. (qoʻl-butun aʼzo nomi orqali
uning bir qismi boʻlgan barmoq). Yigʻilishda moʻylovni chaqirib kelinglar. (moʻylov-qism orqali
butun bir inson nazarda tutilgan). Olma archayotganimda qoʻlimni kesib qoʻydim. (qoʻl-butun aʼzo
nomi orqali uning bir qismi barmoq nazarda tutilgan).

Vazifadoshlik-narsa va hodisa orasidagi vazifaviy oʻxshashlik asosida birining nomini

ikkinchisiga koʻchirish.Vazifadoshlik asosida maʼno koʻchirish deyiladi. Masalan, stolning oyogʻi
qiyshayib qolibdi.(inson oyogʻi va stol oyogʻi uchun bir xil boʻlgan tayanch vazifasi asosida).
Devorning ham qulogʻi bor, aylanay. (inson qulogʻi bilan devor qulogʻi uchun bir xil boʻlgan
tovush oʻtkazish vazifasi).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

239

Kinoya soʻzi teskari maʼnoda ishlatish kinoya deyiladi.Kinoyadagi soʻzlar qoʻshtirnoqqa

olinadi. Masalan, "Matematik"sinfdoshimning bir nozi algebrani "suv qilib ichmoqqa"yoʻlladi.
Bizni "homiy"gʻarbdan himoya qilish degan sharq xalqida piching duo bor.

Soʻzning maʼnosini bilish va undan nutq jarayonida oʻrinli foydalanish nutqning taʼsirchan

ifodali boʻlishiga yordam beradi. Koʻp maʼnoli soʻzlar bizning ax boyligimiz boyishiga yordam
beradi.

REFERENCES

1.

Neʼmatov H. Bozorov. Til va nutq. Toshkent 1993.23 Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent
1996.

2.

Azizov O. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 1963.

3.

Mirzayev M. Usmonov S. Rasulov R. Oʻzbek tili. Toshkent 1979.

References

Neʼmatov H. Bozorov. Til va nutq. Toshkent 1993.23 Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent 1996.

Azizov O. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 1963.

Mirzayev M. Usmonov S. Rasulov R. Oʻzbek tili. Toshkent 1979.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов