COMPOUND COMPOUND SENTENCES AND THEIR STRUCTURE THROUGH CONNECTION (EQUATION)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Shopo’latova, G. (2023). COMPOUND COMPOUND SENTENCES AND THEIR STRUCTURE THROUGH CONNECTION (EQUATION). Modern Science and Research, 2(5), 355–359. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20140
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, general concepts of complex sentences are given, and their semantic features and their structure by connection (equation) are considered.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

355

MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR HAMDA ULARNING BOG‘LANISH

(TENGLANISH) YO‘LI BILAN TUZILISHI

Shopo'latova Gulhayo Shuhrat qizi

Termiz davlat universiteti

Òzbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7933443

Annotatsiya.

Ushbu maqolada murakkab qo’shma gaplar haqida umumiy tushunchalar

berib o`tilgan bo`lib, ularning semantik hususiyatlari hamda bog‘lanish (tenglanish) yo‘li bilan
tuzilishi ko`rib chiqilgan.

Kalit so`zlar:

murakkab qo’shma gap, yuklamalar, ko‘makchili biriktiruvchi vositalar, fe’l

shakllari ko‘rsatkichlari, ohang, ilmiy manbalar, ikki komponentli va ko‘p komponentli qo‘shma
gaplar, tenglanish, tobelanish.

COMPOUND COMPOUND SENTENCES AND THEIR STRUCTURE

THROUGH CONNECTION (EQUATION)

Abstract.

In this article, general concepts of complex sentences are given, and their

semantic features and their structure by connection (equation) are considered.

Key words:

complex sentence, prepositions, auxiliary connectives, indicators of verb

forms, tone, scientific

sources, two-component and multi-component sentences, equalization,

subordination.

СЛОЖНЫЕ СЛОЖНЫЕ ПРЕДЛОЖЕНИЯ И ИХ СТРОЕНИЕ ЧЕРЕЗ

СОЕДИНЕНИЕ (УРАВНЕНИЕ)

Аннотация.

В данной статье даются общие понятия сложных предложений, а

также рассматриваются их семантические особенности и их строение по связи
(уравнению).

Ключевые слова:

сложное предложение, предлоги, вспомогательные связки,

показатели глагольных форм, тон, научные источники, двухсоставные и
многосоставные предложения, приравнивание, подчинение.


Ikkitadan ortiq soda gaplardan tuzilgan qo’shma gap murakkab qo’shma gap deyiladi.

Masalan: Shunday bir vaqt bo’larki, lochinlar havoga uchajaklar, xalq ozod bo’lajak. Murakkab
qo’shma gap tarkibidagi soda o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar. Shunga ko’ra murakkab
qo’shma gaplar quyidagicha ko’rinishlarga ega.

An’anaviy sintaktik ta’limotda qo‘shma gaplar qismlarining miqdoriga ko‘ra ikki va ko‘p

komponentli qo‘shma gaplarga ajratiladi.[1] Ilmiy manbalarda ko‘p komponentli qo‘shma gaplar
murakkab qo‘shma gaplar deb ham yuritiladi. Qo‘shma gaplarning bu ikki turi quyidagicha
farqlanadi:

1. Ikki komponentli va ko‘p komponentli qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining miqdoriga ko‘ra

farqlanadi.

2. Bog‘lanish usulining sodda yoki murakkabligi bilan farqlanadi.
Ikki komponentli qo‘shma gaplar ikki sodda gapning tenglanish yoki tobelanish asosida

bog‘lanishidan tashkil topsa, murakkab qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining miqdori hamda uch va
undan ortiq bog‘lanish usuli (tenglanish, tobelanish, aralash usul) asosida shakllanishi bilan
xarakterlanadi. Qiyoslang:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

356

1. Ikki komponentli qo‘shma gap:

Uning ham ko‘zi qattiq, ham tili tez edi.

(O.)

2. Murakkab qo‘shma gap (ko‘p komponentli qo‘shma gap): O‘

tar kunlar, kechar yillar,

yurakda muttasil xanda.

(G‘.G‘.)

Murakkab qo‘shma gaplar sintaktik tuzilishi, qismlarini bog‘lovchi vositalariga ko‘ra

bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshaydi. Bunday tuzilishdagi qo‘shma gap tarkibiy
qismlarini bog‘lashda teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar,
ko‘makchili biriktiruvchi vositalar, fe’l shakllari ko‘rsatkichlari, ohang muhim o‘rin tutadi.

Murakkab qo‘shma gaplarning tarkibiy qismlari faqat tenglanish yoki faqat tobelanish,

shuningdek, ham tenglanish, ham tobelanish asosida bog‘lana oladi. Bu belgilari asosida
M.Asqarova murakkab qo‘shma gaplarni quyidagicha tasniflaydi:

1. Bog‘lanish (tenglanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar.
2. Ergashish (tobelanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar. (Bir necha ergash gapli qo‘shma

gaplar)

3. Bog‘lanish va ergashish yo‘li bilan tuzilgan (aralash tur) murakkab qo‘shma gaplar.[2]
G‘.Abdurahmonov esa murakkab qo‘shma gaplarning quyidagi turlarini farqlaydi:
1. Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar. (Ketma-ket yoki birgalik ergashuv asosida

tuzilgan tur)

2. Aralash turli bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar. (Ketma-ket va birgalik ergashuv

asosida tuzilgan tur)

3. Ergashgan-bog‘langan qo‘shma gaplar. (Ergashgan va bog‘langan qo‘shma gaplardan tuzilgan

tur)

4. Period. [3] (Ergashgan, bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan tuzilgan tur)
Quyida murakkab qo‘shma gaplarning M.Asqarova tomonidan qayd etilgan hamda o‘quv

darsliklaridan o‘rin olgan turlarini tahlil qilamiz va bu masala bo‘yicha olimaning ilmiy
xulosalarini umumlashtiramiz.

Bog‘lanish (tenglanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar
Uch va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan tenglanish asosida

birikuvidan tashkil topgan gaplar bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar
deyiladi. Bunday tuzilishdagi murakkab qo‘shma gaplarning qurilish chizmasi quyidagicha:





Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar qismlarining birikuviga ko‘ra quyidagi

ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:

1. Tarkibiy qismlari teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida

birikkan tur. Masalan:

Sobir O‘ktamni kabinaga o‘tirishga qistadi, lekin u unamadi, ikkovlari…

bosh qoplarga o‘tirdilar

. (O.)

Tarkibiy qismlari bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordamida bog‘langan

murakkab qo‘shma gaplarda bog‘lovchilarning qo‘llanishi 2 xil:

a) bog‘lovchilar murakkab qo‘shma gapning har bir tarkibiy qismi orasida qo‘llanadi;
b) bog‘lovchilar faqat ikki sodda gap orasida qo‘llanadi.
Ularni qiyoslab chiqamiz:

1

3

2


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

357

1.

Goh qo‘shiq yangraydi, goh sho‘x kulgi eshitiladi, goh baqiriq-chaqiriq eshitiladi.

(«Yoshlik».)

2.

Adirlari yam-yashil o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan, soylarda suvlar toshib hayqiradi,

ammo hali lolalar ochilmagan

. («Yoshlik».)

2. Tarkibiy qismlari ohang yordamida birikkan tur. Masalan:

Ko‘p o‘tmay yana qo‘ng‘iroq

jarangladi, yana hamma eshiklar ochildi, yana atrof xushchaqchaq g‘ala-g‘ovurga to‘ldi.

(P.Q.)

3. Tarkibiy qismlari teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi vositalar hamda ohang

yordamida birikkan aralash tur. Masalan:

Otini bilolmadim, ammo qamishday qomati bor, husnini ta’rif

qilolmayman

. (O.)

Bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap qismlari kesimlarining shakllanishida

ikki holat kuzatiladi:

a) murakkab qo‘shma gap qismlarining kesimlari har doim ham to‘liq shakllanavermaydi:

kesimlik ko‘rsatkichlari shaxs-son, kesimlik bog‘lamalari oxirgi gapning kesimida qo‘llanadi va
har bir kesimga tegishli bo‘ladi. Masalan:

U meni qolishga undar, men qolishni istamas, hamma bu

holatdan hayron edi.

(«Yoshlik».)

b) murakkab qo‘shma gap qismlarida hatto kesim yoki uning biror qismi qo‘llanmasligi

mumkin, bunda ham so‘nggi gapning kesimi oldingi gaplar uchun umumiy hisoblanadi. Masalan:

Shijoatli va kuchli botirlar urushda; xotin va farzandlar – kambag‘allikda; do‘st va birodarlar boshga
kulfat tushganda taniladilar.

("K.D".)

Ergashish (tobelanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar
Bir necha ergash gaplarning bir bosh gap bilan tobelanish asosida bog‘lanishidan tashkil

topgan murakkab qo‘shma gaplar

ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar

deyiladi.

Ergashish yo‘i bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gaplar tarkibiy qismlarining sintaktik tuzilishi,
ergash gap kesimlarining shakllanishi quyidagicha:

Ergash gapning kesimi mustaqil fe’llardan tashkil topib, mustaqil qo‘llana oladi. Bunday ergash

gaplar bosh gapga

-

ki, chunki, negaki, sababki

kabi yordamchilar orqali birikadi Masalan:

Saida mana

shunday masalalar to‘g‘risida... odamlar fikrini uyyutishga harakat qildi, chunki bo‘larning har biri
odamlarning zehniga, kolxoz hayotiga o‘rnashib qolgan, chunki Qalandarov nima qilgan bo‘lsa, yaxshi
niyat bilan qilgan edi va xalq ham shunday deb bilgan

(A. Q.)

Ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap tarkibiy qismlari bosh gapga ikki xil

bog‘lanadi: 1. Birgalik ergashish. (To‘g‘ridan- to‘g‘ri ergashish) 2. Ketma-ket ergashish.

1. Birgalik ergashish. (To‘g‘ridan- to‘g‘ri ergashish). Ergash gaplarning bosh gapga

alohida-alohida bog‘lanishi birgalik ergashish deyiladi. Bunday gaplarning qurilish chizmasi
quyidagicha:






Birgalik ergashuvli murakkab qo‘shma gaplarda ergash gaplar uyushgan yoki uyushmagan

ergash gaplardan tashkil topadi. Ergash gaplarning quyidagi turlari uyushib kelib, bir necha ergash
gapli qo‘shma gaplarni hosil qiladi:

1

3

2


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

1. Ega ergash gap uyushib keladi:

Kimki o‘z vatanini sevsa, kimki xalqi uchun jonini fido qilsa, u

qahramon bo‘ladi.

Ushbu gapning qurilish chizmasi quyidagicha:

2. Kesim ergash gap uyushadi:

Tilagim shuki, biringiz olim bo‘lib, tarix yozing; biringiz shoir

bo‘lib, yurtni kuylang

. ("Yoshlik")

3. Aniqovchi ergash gaplar uyushib keladi. Masalan:

Men shunday chamanzor yaratayki, kishilar

zavqlansin, bulbullar xonish qilib, dillarni yayratsin.

(So‘zl.)

4. To‘ldiruvchi ergash gaplar uyushadi. Masalan:

Shuni yodda tutishing lozimki, qiz qalbi guldek nozik,

uning yarasi hech vaqt tuzalmaydi.

(«Yoshlik».)

5. O‘lchov-daraja ergash gaplar uyushib qo‘llanadi. Masalan:

Fikri qanchalik aniq, dalillari qanchalik

ishonarli bo‘lsa, kelishuv shunchalik oson kechadi

. (So‘zl.)

7. Maqsad ergash gaplar uyushib keladi. Masalan:

Pilla tuting, bo‘lsin deb, shartnomamiz to‘lsin

deb.

(Qo‘shiq.)

8. O‘rin ergash gaplar uyushadi. Masalan:

Qayerda zulm bo‘lsa, qayerda dilozorlik bo‘lsa, o‘sha

yerda notinchlik hukm suradi

. (So‘zl.)

9. Shart ergash gap uyushadi. Masalan:

Agar yerga o‘z vaqtida ishlov berilmasa, urug‘ o‘z vaqtida

yerga qadalmasa, hosilning unumi past bo‘ladi.

(«Yoshlik».)

10. To‘siqsiz ergash gaplar uyushiq holda qo‘llanadi. Masalan:

Er-xotin o‘rtasida qanaqa

kelishmovchilik bo‘lmasin, qanaqa gap qochmasin, kampir oraga tushib, hamma vaqt kuyovining tarafini
olar edi.

(A. Q.)

Har xil turdagi bir necha ergash gaplar ham bosh gapga alohida-alohida bog‘lanib,

birgalik

ergashuvni

tashkil qiladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan hisoblanadi. Masalan:

U qaytsa, ishni

yo‘lga qo‘yadigan bo‘lsak, biror natija chiqar.

(So‘zl.)

2.

Ketma-ket ergashish

.

Birdan ortiq ergash gaplarning biri ikkinchisiga, ikkinchisi

uchinchisiga tobelanib, keyin bosh gapga bog‘lanishidan hosil bo‘lgan gaplar ketma-ket ergashuv
yo‘li bilan tuzilgan murakkab ko‘shma gap hisoblanadi. Bunday tuzilishdagi gaplarning qurilish
chizmasi quyidagicha:




Ergash gaplarning quyidagi turlari bosh gapga ketma-ket ergashuv yo‘li bilan bog‘lanadi:

1.

Shart ergash gap+ to‘siqsiz ergash gap+ bosh gap:

Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi

rost bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku.

(A.Q.)

2.

Payt ergash gap+ shart ergash gap+ bosh gap:

Dastlabki vaqtlarda yordam bersangiz, ishlar

jo‘nashib ketgandan keyin, uncha og‘irligim tushmas.

(A.Q.)

3.

To‘siqsiz ergash gap+ natija ergash gap+ bosh gap:

Qish fasli bo‘lsa-da, uy shu darajada issiq

ediki, yuzlarimdan ter quyila boshladi

.

4.

Shart ergash gap+ ravish ergash gap+ bosh gap:

Janobi oliyning ruxsatlari bo‘lib, rahbarlik

uchun kishi tayin qilsalar, mamlakat obodonligiga sabab bo‘ladilar

. (O.)

Anglashiladiki, murakkab qo‘shma gaplarda ravish, payt, shart, to‘siqsiz, maqsad ergash

gaplar bosh gapga birdan ortiq holda bog‘lanib kelib, ketma-ket va birgalik bog‘lanishni hosil
qiladi.

Xulosa qilib aytganda, murakkab qo‘shma gaplar semantik-sintaktik tuzilishi jihatdan

o‘ziga xos qurilishga ega bo‘lgan gaplardir. Nutqda murakkab qo‘shma gaplarning rang-barang

1

2

22

3


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

359

ko‘rinishlari voqelanadi. Bunday gaplar qismlari orasidagi sintaktik munosabat turi – bog‘lanish
usuli asosida o‘zaro farqlanadi. Murakkab qo‘shma gap qismlari faqat tenglanish asosida yoki
faqat tobelanish usulida, shuningdek aralash turda - ham tenglanish, ham tobelanish munosabati
asosida shakllana oladi. Bu belgilar murakkab qo‘shma gaplarning tasnifida asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: О‘qituvchi, 1987.
–B. 161.

2.

G‘ulomov A., Asqarova M. Ko‘rsatilgan darslik. –Toshkent: О‘qituvchi, 1987. –B.
229.

3.

G‘.Abdurahmonov. О‘zbek tili grammatikasi. –Toshkent: О‘qituvchi. 1996. –B. 220
– 241; Shu muallif. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. – Toshkent: О‘zFA, 1958. –
B.212 – 234; 312 – 318.

4.

O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun ) qayta ishlangan 2-nashr
T. «O’zbekiston» 1992y

5.

A Nurmatov va boshqalar o’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

6.

R.Rasulov so’z valentligi va sintaktik aloqa “O’zbek tili va adabiyoti(oliy o’quv yurti
talabalari uchun darslik)T.O’zbekiston 1995 y

7.

A.Aliyev , K Sodiqov , ”O’zbek adabiy tili tarixidan” . (Universitet talabalari uchun
darslik ) Toshkent “O’zbekiston” 1995y

8.

M.Mirtojiyev mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi . “O’zbek tili va adabiyoti
jurnali. № 2 1995y

9.

A.Xo’jiev So’zning morfem tarkibiga oid jurnal “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali
1998y.

10.

F.Ubaeva , R.Saydullayeva to’liqsiz gaplar haqida ba’zi bir mulohazalar. “O’zbek
tili va adabiyoti jurnali”

11.

B. Abdurahmonov , S Mamajonov “O’zbek tili va adabiyoti” (Oliy o’quv yurti
talabalari uchun) T. “O’zbekiston” 1995y.

12.

www.ziyonet.uz

References

G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: О‘qituvchi, 1987. –B. 161.

G‘ulomov A., Asqarova M. Ko‘rsatilgan darslik. –Toshkent: О‘qituvchi, 1987. –B. 229.

G‘.Abdurahmonov. О‘zbek tili grammatikasi. –Toshkent: О‘qituvchi. 1996. –B. 220 – 241; Shu muallif. Qo‘shma gap sintaksisi asoslari. – Toshkent: О‘zFA, 1958. –B.212 – 234; 312 – 318.

O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun ) qayta ishlangan 2-nashr T. «O’zbekiston» 1992y

A Nurmatov va boshqalar o’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

R.Rasulov so’z valentligi va sintaktik aloqa “O’zbek tili va adabiyoti(oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik)T.O’zbekiston 1995 y

A.Aliyev , K Sodiqov , ”O’zbek adabiy tili tarixidan” . (Universitet talabalari uchun darslik ) Toshkent “O’zbekiston” 1995y

M.Mirtojiyev mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi . “O’zbek tili va adabiyoti jurnali. № 2 1995y

A.Xo’jiev So’zning morfem tarkibiga oid jurnal “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998y.

F.Ubaeva , R.Saydullayeva to’liqsiz gaplar haqida ba’zi bir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti jurnali”

B. Abdurahmonov , S Mamajonov “O’zbek tili va adabiyoti” (Oliy o’quv yurti talabalari uchun) T. “O’zbekiston” 1995y.

www.ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов