DEPENDENCE OF LIVE WEIGHT OF MILK YIELD OF HOLSTEIN COWS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nomozov , H., Nortashyeva , M., & Narbayeva , M. (2023). DEPENDENCE OF LIVE WEIGHT OF MILK YIELD OF HOLSTEIN COWS. Modern Science and Research, 2(5), 424–428. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20251
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights information about milk yield, feeding conditions and economic efficiency of Holstein cows with high live weight in the breeding livestock complex "Agro Goldin Rodnik" in the Narpay district of the Samarkand region.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

424

UDK: 632.2.

GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR SUT MAHSULDORLIGINING TIRIK

VAZNIGA BOG’LIQLIGI

H.I.Nomozov

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti magistri

M.Nortashyeva

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti mustaqil izlanuvchisi

M.K.Narbayeva

ilmiy rahbar, q.x.f.n., dotsent

Samarqand davlat v eterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7942493

Annotatsiya

. Ushbu maqolada Samarqand viloyati Narpay tumanida “Agro Goldin

Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida golshtin zotining yuqori tirik vazninga
ega sigirlarining sut mahsuldorligi, oziqlantirish sharoiti hamda iqtisodiy samaradorligi haqida
ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi, qora-ola golshtin, zot,

oziqlantirish, tirik vazni, sut, sog‘im, sof foyda, rentabellik.

ЗАВИСИМОСТЬ ЖИВОЙ МАССЫ ОТ УДОЯ КОРОВ ГОЛШТИНСКОЙ

ПОРОДЫ

Аннотация.

В данной статье приведены данные по кормлению и содержанию коров

голштинской пород, разводимых в племенном животноводческом комплексе «Агро Голдин
Родник» Нарпайского района Самаркандской области, а также связи и показателей
молочной продуктивности с их живой массой экономической эффективности
производства молока.

Ключевые слова:

племенное хозяйство крупного рогатого скота, черная

голштинская порода, откорм, живая масса, молоко, молоко, чистая прибыль,
рентабельность.

DEPENDENCE OF LIVE WEIGHT OF MILK YIELD OF HOLSTEIN COWS

Abstract.

This article highlights information about milk yield, feeding conditions and

economic efficiency of Holstein cows with high live weight in the breeding livestock complex "Agro
Goldin Rodnik" in the Narpay district of the Samarkand region.

Key words:

cattle breeding farm, Black Holstein, breed, feeding, live weight, milk, milk, net

profit, profitability.

Kirish.

Istiqlol yillarida Mamlakatda chorvachilikka oid bo‘lgan ko‘plab davlat qonunlari,

Prezident farmon va qarorlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat dasturlari qabul
qilingan. Shu davr mobaynida chorvachilikning barcha tarmog‘i barqaror rivojlanib, bu jarayon
ayniqsa, keyingi yillarda yanada jadallashgan.

Respublikamiz chorvachiligida qoramolchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki ishlab

chiqarilayotgan va aholi iste’molidagi sutni asosiy qismini sigir suti tashkil qiladi. Go‘sht


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

425

strukturasida qoramol go‘shti birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham tarmoqni rivojlantirishga
katta e’tibor qaratilib, tashkiliy, zootexnikaviy, seleksion va iqtisodiy tadbirlar o‘z vaqtida
samarali ravishda tashkil etilmoqda.

Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy

etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini
mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash
hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
maqsadidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-yanvardagi PQ-4576
sonliqarorida “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida” qarori chorvachilikning barcha tarmog‘i barqaror rivojlanishida dasturiamal
bo‘lmoqda.

Material va metodlar.

Ilmiy tadqiqot ishining tajriba qismi Samarqand viloyati Narpay

tumanida “Agro Goldin Spring” qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida amalga
oshirildi. Buning uchun o‘xshashlik asosida sof zotli qora-ola golshtin zotining yuqori tirik
vazniga ega sigirlarining sut mahsuldorligiga bog‘liqligini, pushtdorlik xususiyati, asrash sharoiti,
iste’mol qilgan oziqasini tirik vazn bilan qoplashi xususiyatlari o‘rganish rejalashtirilgan. Tajriba
uchun 2 laktatsiyadagi har xil tirik vazndagi sigirlarda I-guruhga 500-550 kg, II-guruhga 560-590
kg, III-guruhga 600 va 600 dan yuqori tirik vaznga ega bo‘lgan sigirlar ajratilgan.

Natijalar va ularning tahlili.

Sigirlarni yuqori me’yorda va to‘yimli ozuqalar bilan

oziqlantirish sut miqdoriga va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sigirlarning ratsioni barcha
zaruriy to‘yimli moddalar bo‘yicha tenglashtirilgan va to‘laqiymatli bo‘lishi talab etiladi. Sog‘in
sigirlar ozuqa ratsionida ko‘p miqdorda yuqori sifatli dag‘al va shirali ozuqalarni iste’mol qilish
lozim. Chunki, buozuqalar oshqozon-ichak tizimining me’yordagi faolligiga va sifatli sut hosil
qilishiga imkon beradi. Yuqori me’yordagi to‘yimli oziqlantirishga o‘tilganda, sut miqdori
ko‘tariladi va uning sifati yaxshilanadi.

Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash

darajasi alohida amaliy ahamiyat kasb etadi va sigirlardan sutbop podalarda foydalanish
samaradorligini ko‘rsatadi. Ayniqsa turli tirik vaznga ega sigirlarning sut mahsuldorlik darajasini
o‘rganish, ozuqani sut bilan qoplash ko‘rsatkichlarini baholash muhim va dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichni sigirlarning mahsuldorligini tirik vazniga bog‘liqlikda
o‘rganish ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Xo‘jalikda yil davomida bir tipli oziqlantirish
tashkil qilingan bo‘lib shirali, konsentrat va ayrim dag‘al ozuqalar xo‘jalikning o‘zida
yetishtiriladi.

1-jadval

Sigirlarni bir tipdagi oziqlantirishda foydalanilgan

ozuqalar salmog‘i, %

Ozuqalar

Guruhlar

I

II

III

1

Beda pichani

12

11,82

11,7

2

Bug‘doy somoni

4,45

4,38

4,33

3

Paxta shluxasi

7,1

7

6,93

4

Senaj

10

9,86

9,75


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

426

5

Makkajo‘xori silosi

26,48

27,56

28,33

6

Nimqand lavlagi

4,02

3,96

3,92

7

Makka yormasi

20,3

20

19,8

8

Bug‘doy yormasi

11,85

11,68

11,54

9

Paxta shroti

3,8

3,74

3,7

Jami

100

100

100

Tajriba guruhlaridagi sigirlarga bir tipdagi oziqlantirish tashkil etilgan ozuqalardan

foydalanildi. Laktatsiya davomida tajriba guruhlaridagi sigirlarning ozuqalarning to‘yimligi va
salmog‘i o‘rganilganda I tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,6 foiz shirali ozuqani 40,5
foiz konsentrat ozuqani 35,9 foiz II tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,2 foiz shirali
ozuqani 41,4 foiz konsentrat ozuqani 35,4 foiz, III tajriba guruhidagi sigirlar dag‘al ozuqani 23,0
foiz shirali ozuqani 42 foiz konsentrat ozuqani 35,0 foiz iste’mol qilingan. Bu ozuqalarning
to‘yimligi va salmog‘i bo‘yicha guruhlararo keskin farq kuzatilmaganligi qayd qilindi.

Boshqacha qilib aytganda oziqlantirish va asrash sharoitini yanada yaxshilagan holda

golshtin sigirlardan ko‘proq mahsulot olish mumkin.

Sut mahsuldorligini o‘rganish borasidagi izlanishlar ko‘p o‘n yilliklar davomida o‘tkazilib

kelinmoqda. Olib borilgan seleksion ishlar natijasida sigirlarning sut mahsuldorligi bir necha
martaga oshdi. Shu narsa aniqki, chetdan keltirilgan golshtin zotning xo‘jalik foydali belgilari,
ayniqsa ularning tirik vazni, sut mahsuldorligi yaxshi takomillashgan.

Biz o‘z tadqiqotlarimizda ikkinchi tug‘im sigirlarining sut mahsuldorligini tirik vazniga

bog’liqligini o‘rgandik. Xo‘jalikda sigirlar sog’ish binosida bir vaqtda 24 bosh sigir 3 taktli
sog‘ish aparatlarida sogiladi. Sog‘ilgan sut 3 tonnalik shestrnalarda sovitiladi.





background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

427












Ma’lumotlarni tahlilidan ko‘rinib turibdiki, laktatsiya davrida eng ko‘p sut mahsuloti III -

guruhdagi sigirlaridan olingan bo‘lib 1 bosh sigirdan sog‘ib olingan sut o‘rtacha 5205,5 kg ni
tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular o‘z tengqurlari I va II - guruhlardagi sigirlarni
tegishlicha: 465,3 kg (Р<0,01) va 256,5 kg (Р<0,03) orqada qoldirishgan.

Olib boriladigan har bir izlanish iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Bunda dastlab qilingan harajat

e’tiborga olinadi. Ma’lumki, harajat o‘z navbatida bevosita va bilvosita harajatlarga bo‘linadi.
Bevosita harajat asosiy harajat bo‘lib, unga hayvonlar uchun beriladigan ozuqa va ishchi-hodimlarga
to‘lanadigan ish haqqi harajatlari kiradi. Bilvosita harajat esa, chorvachilik bino va inshoatlarini
amartizatsiya harajati, avtoulov, traktor, kombain, har xil qishloq xo‘jalik mexanizmlari, elektr-
energiya harajati, yoqilg‘i-moy harajati va zooveterinariya tadbirlari uchun qilinadigan harajatlarni
o‘z ichiga qamrab oladi. Biz tajribadagi sigirlarni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblab quyidagi, 2 -
jadvalda bayon qildik.

2-jadval

Tajribaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari (o‘rtacha bir boshga)

Ko‘rsatkichlar

Guruhlar

I

II

III

1

Sigirlarning tirik vazni

552,6±2,40

595,8±1,41

655,8±1,41

2

Har 1 bosh sigirga laktatsiyada
sarflangan harajatlar, so‘m

23 644 700

23 644 700

23 644 700

3

O‘rtacha 1 bosh sigirdan olingan bazis
yog‘lilikdagi sut, kg

4740,2±92,6

4949,0±104,6

5205,5±111,0

4

Bazis yog‘lilikdagi sutning
qiymati,so‘m

5913,04

5913,04

5913,04

5

Har 1 bosh sigirdan jami olingan
mahsulot qiymati, ming so‘m

28 028,9

29263,6

30780,3

6

Jami xarajatlar, so‘m

26 071 100

26 724600

27 589150


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

428

7

Sof foyda, so‘m

1 957892,2

2539034,96

3191179,72

8

Rentabellik darajasi, %

7,5

9,5

11,6

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, olingan sof foyda III - guruhlardagi tirik vazni

yuqori bo’lgan III- chi guruh golshtin sigirlarida ko‘p bo‘lib, 3191179,72 ming so‘mni tashkil
qilgan. Bu esa, I va II guruhlardagi tengqurlarining ko‘rsatkichlaridan tegishlicha:1 233 287,52
ming so‘m yoki 61,3 foiz va 652 144,76 ming so‘m yoki 79,5 foiz ko‘pdir. Rentabellik darajasi
bo’yicha ham III guruhda yuqori bolib I va II guruhdan 4,1, 2,1 foizga yuqori bo’lgan. Aynan ana
shu ko‘rsatkichlar tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi.

Xulosa.

Shunday qilib, tadqiqotlar natijalariridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki golshtin zotli

sigirlardan sut ishlab chiqarish maqsadida foydalanishda tirik vazni ham katta axamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

Нарбаева M.K. Продуктивност голштинскых черно-пострих пород и их помесей в
условиях южний зони Узбекистана. Aвтореф. дисс. канд. с-x наук. Tашкент. 2012. 21 с.

2.

Dusmuxammedova M.X., Nosirov U.N.. Toshkent atrofida chorvachilik fermer xo‘jaliklar
podasini golshtinlashtirish va sersut qilish texnologiya usullarida sut maxsuldorligini oshirish.
//Zooveterinariya. 2012 № 7. 30 -31 b.

3.

Karnauxov

YU.A..

Продуктивность

коров

черно-пестрой

порода

и

ее

голштинизированных помесей. //Zootexniya. 2012. № 11. с. 29-30.

4.

Kaxarov A.K., Narbayeva M.K., Qurbonova SH., Maxmadiyorov O. Qoramolchilikda
golshtinlashtirishning zootexnikaviy va iqtisodiy samaradorligi. // Zooveterinariya. 2013. №
9. 26-27 b.

5.

Egamberdieva Z. K., Narbaeva M. K. USE OF HYDROPONIC GREEN FODDER IN
CATTLE FEEDING. – 2022.

6.

Ахтамова М. ГОЛШТИН ЗОТЛИ ТАНАЛАРНИНГ ПОДАНИ ТАКРОР ТЎЛДИРИШ
КЎРСАТКИЧЛАРИ //Наука и технология в современном мире. – 2023. – Т. 2. – №. 14.
– С. 97-100.

7.

Allaberdievich K. S. et al. Fertility Characteristics of Cows Belonging to Different Selections
//Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences. – 2023. – С. 94-96.

8.

Ахтамова М., Қурбонова Ш., Гаппаров Ш. ТАНАЛАРНИ ЎСТИРИШ ВА СИГИРЛАР
ЕЛИНИНИНГ МОРФОФУНКЦИОНАЛ ХУСУСИЯТЛАРИНИ ЯХШИЛАШДА
ТЕХНОЛОГИК ТАДБИРЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Наука и технология в
современном мире. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 59-64.

9.

Akhtamova M.T., Amirov Sh.K., KurbonovaSh.E., Gapparov Sh.T., Sherkulova F.E. The use
of feed additives in the diet of cattle.//European Journal of Agricultural and Rural Education
(EJARE). Vol. 2 No. 6, June 2021. ISSN: 2660-5643. P. 37-39

10.

Nortasheva M., Narbayeva M. QORAMOLLARNI PODANI QAYTA TO‘LDIRISH
XUSUSIYATLARI //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 605-607.

References

Нарбаева M.K. Продуктивност голштинскых черно-пострих пород и их помесей в условиях южний зони Узбекистана. Aвтореф. дисс. канд. с-x наук. Tашкент. 2012. 21 с.

Dusmuxammedova M.X., Nosirov U.N.. Toshkent atrofida chorvachilik fermer xo‘jaliklar podasini golshtinlashtirish va sersut qilish texnologiya usullarida sut maxsuldorligini oshirish. //Zooveterinariya. 2012 № 7. 30 -31 b.

Karnauxov YU.A.. Продуктивность коров черно-пестрой порода и ее голштинизированных помесей. //Zootexniya. 2012. № 11. с. 29-30.

Kaxarov A.K., Narbayeva M.K., Qurbonova SH., Maxmadiyorov O. Qoramolchilikda golshtinlashtirishning zootexnikaviy va iqtisodiy samaradorligi. // Zooveterinariya. 2013. № 9. 26-27 b.

Egamberdieva Z. K., Narbaeva M. K. USE OF HYDROPONIC GREEN FODDER IN CATTLE FEEDING. – 2022.

Ахтамова М. ГОЛШТИН ЗОТЛИ ТАНАЛАРНИНГ ПОДАНИ ТАКРОР ТЎЛДИРИШ КЎРСАТКИЧЛАРИ //Наука и технология в современном мире. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 97-100.

Allaberdievich K. S. et al. Fertility Characteristics of Cows Belonging to Different Selections //Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences. – 2023. – С. 94-96.

Ахтамова М., Қурбонова Ш., Гаппаров Ш. ТАНАЛАРНИ ЎСТИРИШ ВА СИГИРЛАР ЕЛИНИНИНГ МОРФОФУНКЦИОНАЛ ХУСУСИЯТЛАРИНИ ЯХШИЛАШДА ТЕХНОЛОГИК ТАДБИРЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Наука и технология в современном мире. – 2023. – Т. 2. – №. 14. – С. 59-64.

Akhtamova M.T., Amirov Sh.K., KurbonovaSh.E., Gapparov Sh.T., Sherkulova F.E. The use of feed additives in the diet of cattle.//European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE). Vol. 2 No. 6, June 2021. ISSN: 2660-5643. P. 37-39

Nortasheva M., Narbayeva M. QORAMOLLARNI PODANI QAYTA TO‘LDIRISH XUSUSIYATLARI //AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. – 2022. – С. 605-607.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов