PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF SOCIAL INTELLIGENCE OF PRESCHOOL CHILDREN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abduraxmonov, O. (2023). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF SOCIAL INTELLIGENCE OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and Research, 2(5), 707–709. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20396
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the pedagogical and psychological features of the formation of social intelligence of preschool children.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

707

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY INTELLEKTNI

SHAKILLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abduraxmonov Otabek Abdug’affor o’g’li

Namangan davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti, Pedagogika nazariyasi va

tarixi kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7954015

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy intellektni

shakillantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

maktab, pedagogik va psixologik, intellekt, bola.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE

FORMATION OF SOCIAL INTELLIGENCE OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract.

This article talks about the pedagogical and psychological features of the

formation of social intelligence of preschool children.

Key words:

school, pedagogical and psychological, intellect, child.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ

ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДОШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

В данной статье говорится о педагогико-психологических

особенностях формирования социального интеллекта дошкольников.

Ключевые слова:

школа, педагогико-психологический, интеллект, ребенок.


Maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlari rivojlanishini

harakatga keltiruvchi kuchining faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni
qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga
kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni, pedagogik - psixologik jihatlarini ta’minlash, faoliyat
turlarini murakkablashtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsida yangi psixologik
fazilatlarni tarkib toptirish bilan go’daklik davriga xos bazi xarakatlarni asta – sekin yo`qotish
mumkin. Maktabgacha yoshda inson shaxsi kamolotining muxim bosqichi hisoblanadi,
maktabgacha yoshdagi bolalarda g`oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar ro`y
beradi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur sifatlar
ta’lim –tarbiya ta’sirida paydo bo‘ladi, barqaror, mustaxkam iz qoldiruvchi ijobiy xislatlar
namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar

kamolotga erishgan sayin uning ichki dunyosida

yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo`la boshlaydi, psixikasida keskin qayta burilish sodir bo‘ladi.
O‘zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo`yadi, bu esa o‘z navbatida ko‘proq xuquq va erk
berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va xulq – atvorini maqbul deb hisoblab amalga
oshirishni takozo qiladi. Ijtimoiy rivojlanish, kamolotga intilish, nisbiy barkarorlik maktabgacha
yosh davrining eng muxim xususiyatlari hisoblanadi. Bizningcha, mana shu omillar qatoriga
shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo`yilishi, odamlarning oqilona, odilona muloqotga
o‘rgangani, jamoa va guruxlarda ijobiy psixologik muxit yaratilgani, asabiylashish, parokandalik
kamayganini ham qo`shish maqsadga muvofikdir. 3-7 yoshgacha bo’lgan davr bog’cha yoshi davri
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini
inobatga olgan xolda 3 davrga bo’lish mumkin

(3-4yosh) kichik maktabgacha davri,
(4-5yosh)kichik bog’cha yoshi, o’rta maktabgacha davr( o’rta bog’cha yoshi)


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

708

6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog’cha yoshlilarga ajratish mumkin.

Bola rivojlanish jarayonida odamlarning ilgari o’tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va
xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. Bola insoniyat ko’lga kiritgan barcha
yutuqlarni faol ravishda o’zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular
yordamida amalga oshiriladigan xatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni
egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o’sib borishi, katta yoshli
kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog’i kerak Asosan mana shu davrdan
boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bog’cha yoshdagi bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan biri ularning
serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatinining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin:
bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning
bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so’zlardan bog’cha yoshidagi bola
tabiatining asosiy qonuni bo’lmish serharakatliligini ortiqcha cheklab tashlamay, balki maqsadga
muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan munosabat orqali bola ahloq normalari, kishilarni anglash,
shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bola endi
o’z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiklashtirilgan xolda bo’ladi.
Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi
bilganlarini mustaxkamlashga ehtiyoj sezadi. O’zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan
zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos hususiyatdir.
Bog’cha yoshidagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng
doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo’lish, uynash ehtiyojlarinig mavjudligidir. Bu davrda
bolalarda hamma narsani bilib olishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog’cha yoshidagi bola tabiatiga
xos bo’lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri uning har narsani yangilik sifatida ko’rib, uni har
tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan
ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar maktabgacha yosh davrining ikki xil davriga –
kichik maktabgacha yosh davri va katta maktabgacha yosh davri to‘g‘ri keladi.

Birinchi bosqichda bola o‘zini ijtimoiy jamiyat qatnashchisi sifatida namoyon qila

boshlaydi, endi o’zini ijtimoiy jamiyat qatnashchisi sifatida ta’kidlamokchidek bo‘ladi. Bu davr
uchun kattalarning xatti-xarakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga
tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi uchun yordam berayotgan
bir gurux tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari xolatlar
xarakterlidir.

Ikkinchi bosqichda endi o‘zining yosh bola emasligiga shubxa qilmaydi va u o‘zligini aniq

anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug`lab, o‘ziga xos xarakatlar qila boshlaydi. Bu davrga kelib,
uning xarakatlari o‘zi bilan o`rtoq bo‘lgan bir gurux tengdoshlariga bog‘liq bo`lmay qoladi.
Shuning uchun ham bu davrda bolaga ta’sir o`tkazish metodikasiga jiddiy e’tibor berish darkor.
Maktabgacha yosh davrida yuz bergan o‘zgarishlar, jumladan fiziologik o‘zgarishlar nafakat uning
xulqiga, xatti-xarakatlariga ta’sir etibgina qolmay, uning bilishga bo‘lgan munosabatlariga, o’z-
o’ziga mehnat va uning turlariga munosabatlarini ham o‘zgartirib yuboradi. Maktabgacha yosh
davrining nerv tizimi jiddiy o‘zgarishlarga duch keladi. Miya pustlog`ining analitik sintetik
faoliyati murakkablashadi. Xotiraning xajmi ko‘rgazmali material va faktlarni eslab qoladi (Ilmiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

709

kuzatish va tadqiqotlar inson oʻz umri davomida oladigan barcha maʼlumotning 70 foizini 5
yoshgacha boʻlgan davrda faol qabul qilishini koʻrsatgan). Maktabgacha yosh davrida bolalarning
o‘zlashtirib oladigan mavxum tushunchalar doirasi kengayadi. Ayni vaqtda muxim narsalarni
muxim bo`lmagan narsalardan ajrata bilmaslik ham ko‘zatiladi. Ijtimoiy faoliyatga qiziqish ortadi.
Faollik, tashabbuskorlik, bahodirona ishlar va romantikaga, do`stlik va o`rtoqlikka intilish bu
yoshga xos bo‘lgan xususiyatdir. Maktabgacha yosh davrida bolalarning endi u tevarak atrofidagi
narsaga juda ham qiziqadi, faolligi ham zur, ham jismoniy, ham aqliy mehnatga ishtiyoki juda
katta. Uning bu faolligini yo‘lga solishga o‘rganish lozim, bolalarni axillik bilan ish ko`rishga
o`rgatish, ularning kerakli bilimlar bilan qurollanishiga, jamoat ishlarini olib borishni
o‘rganishiga, ham aqliy mehnat sohasida, ham jismoniy mehnat sohasida uyushqoqlik bilan
ishlashni o‘rganishiga yordam berish kerak. Maktabgacha yosh davrida bolalarning faolligi –
ijtimoiy hayotda o‘z o`rnini, o‘zining boshqa kishilar hayotidagi ro`lini tushuna boshlagan
kishining faolligidir. Uning faolligidan axloqiy tarbiyada ham, aqliy tarbiyada ham foydalanish
kerak, Maktabgacha yosh davrida bolalarning voqea-hodisalar mohiyatini bilib olishdagi
ildamligidan sinf tarbiyalanuvchilar faolligini oshirishda, namuna qilib ko‘rsatishda, Tarbiyachi
bayon qilgan nazariy bilimlarga hayotiy misollar keltira olish ko‘nikmalarini hosil qilishda ham
foydalanish zarur. Buning uchun xar bir Maktabgacha yosh davrida bolalarga uning ko‘ngliga
yoqadigan tarbiyalanuvchini rivojlantiruvchi tarbiyaviy faoliyat topib berish lozim. Maktabgacha
yosh davrida bolalarni tarbiyalash, ularga rahbarlik qilish san’ati shundan iboratki, ular bu
raxbarlikni mumkin qadar kam xis qilsinlar.

REFERENCES

1.

Ўзбекистон Республикaсининг “Тaълим тўғрисидa”ги Қонуни Т.:2020 й. 23 cентябр

2.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли
“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси
тўғрисида” Фармони. –Т.: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017
й., 6-сон, 70-модда

3.

Мирзиёев Ш.М. “Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар
бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак”. “Вазирлар Маҳкамасининг
мамлакатимизни 2016 йилдаги ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунларини ҳар
томонлама таҳлил қилиш ҳамда республика Ҳукуматининг 2017 йил учун иқтисодий ва
ижтимоий дастури энг муҳим йўналишлари ва устувор вазифаларини белгилашга
бағишланган кенгайтирилган мажлисида сўзлаган маърузаси Халқ сўзи”2017 йил 16
январ 11-сони

4.

Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
T.:O’zbekiston. 2017.(103 b)

5.

Mirziyoyev .Sh.M Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. T.O’zbekiston.2016 (14 b)

6.

Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. T. ToshDPU.2002.(o'quv qo'llanma).

7.

Davletshin M.G. "O'quvchilarning texnika qobiliyati psixologiyasi" Toshkent 1971.

8.

Davletshin M.G. va boshqalar. “Qobiliyat va uning diagnostikasi”-T.:O‘qituvchi, 1997. -134b

References

Ўзбекистон Республикaсининг “Тaълим тўғрисидa”ги Қонуни Т.:2020 й. 23 cентябр

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” Фармони. –Т.: Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда

Мирзиёев Ш.М. “Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик-ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак”. “Вазирлар Маҳкамасининг мамлакатимизни 2016 йилдаги ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунларини ҳар томонлама таҳлил қилиш ҳамда республика Ҳукуматининг 2017 йил учун иқтисодий ва ижтимоий дастури энг муҳим йўналишлари ва устувор вазифаларини белгилашга бағишланган кенгайтирилган мажлисида сўзлаган маърузаси Халқ сўзи”2017 йил 16 январ 11-сони

Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:O’zbekiston. 2017.(103 b)

Mirziyoyev .Sh.M Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.O’zbekiston.2016 (14 b)

Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. T. ToshDPU.2002.(o'quv qo'llanma).

Davletshin M.G. "O'quvchilarning texnika qobiliyati psixologiyasi" Toshkent 1971.

Davletshin M.G. va boshqalar. “Qobiliyat va uning diagnostikasi”-T.:O‘qituvchi, 1997. -134b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов