THE IMPORTANCE AND RELEVANCE OF DETERMINING THE FACTS OF LEGAL IMPORTANCE IN CIVIL PROCEEDINGS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Ismoilov, T. (2023). THE IMPORTANCE AND RELEVANCE OF DETERMINING THE FACTS OF LEGAL IMPORTANCE IN CIVIL PROCEEDINGS. Modern Science and Research, 2(5), 1251–1255. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20640
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the importance and relevance of determining the facts of legal importance in civil proceedings. Reasonable opinions and arguments are used throughout the article. At the end of the article, conclusions and suggestions are given.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1251

FUQAROLIK PROTSESSIDA YURIDIK AHAMIYATGA EGA BO’LGAN

FAKTLARNI BELGILASHNING AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Ismoilov Toxirjon Ibragimovich

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi

Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7980448

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

fuqarolik protsessida Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan

faktlarni belgilashning ahamiyati va dolzarbligi haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr
va dalillardan foydalanilgan. Maqola so’nggida xulosa hamda takliflar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

fuqarolik protsessi, faktlarni belgilashning ahamiyati, fuqarolik ishlarini

koʻrish.

THE IMPORTANCE AND RELEVANCE OF DETERMINING THE FACTS OF

LEGAL IMPORTANCE IN CIVIL PROCEEDINGS

Abstract.

This article talks about the importance and relevance of determining the facts of

legal importance in civil proceedings. Reasonable opinions and arguments are used throughout
the article. At the end of the article, conclusions and suggestions are given.

Key words:

civil procedure, the importance of determining the facts, hearing civil cases.

ВАЖНОСТЬ И АКТУАЛЬНОСТЬ УСТАНОВЛЕНИЯ ФАКТОВ,

ИМЕЮЩИХ ЮРИДИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ, В ГРАЖДАНСКОМ

СУДОПРОИЗВОДСТВЕ

Аннотация.

В данной статье говорится о важности и актуальности

установления фактов, имеющих юридическое значение, в гражданском судопроизводстве.
На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и доводы. В конце
статьи даны выводы и предложения.

Ключевые слова:

гражданский процесс, значение установления фактов,

рассмотрение гражданских дел.


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu

jumladan, sud-huquq sohasida ham bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur maqolada fuqarolik protsessi tushunchasi hamda Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan

faktlarni belgilashning ahamiyati va dolzarbligi mavzusini ochib berishga harakat qilamiz.

Avvalambor, fuqarolik protsessi tushunchasi nima, u qanday ma’noni anglatadi shu

masalaga to’xtalib o’tsak.

Fuqarolik protsessi

- (OʻzRda) sudda fuqarolik ishlarini koʻrish, hal qilish va sud

qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq faoliyat. Fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan
belgilanadi. Protsessual qonun sud faoliyatini amalga oshirilishda manfaatdor shaxslarga ishda
ishtirok etish huquqini, ularga qator protsessual huquqlar berilishini va protsessual burchlar
yuklatilishini belgilaydi. Fuqarolik protsessi shaxslarning mulkiy va shaxsiy huquqlarining sud
tomonidan himoya qilinishi shakli sifatida koʻriladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik
protsessual harakatlar qilinadi. Bunday harakatlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida
qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan protsessual harakatlar,
shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning protsessual
harakatlaridan iborat boʻladi. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish boʻyicha boʻladigan sud


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1252

faoliyati maʼlum bosqich (qism)larga boʻlinib amalga oshiriladi. Fuqarolik protsessining bunday
bosqichlari: fuqarolik ishini qoʻzgʻatishdan, ishni sudda koʻrish uchun tayyorlashdan, ishni sud
majlisida koʻrish va hal qilishdan, sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlari yuzasidan shikoyatlar
berish va protestlar keltirish, nihoyat sudning hal qiluv qarorlari ijrosidan iborat.

Keng ma'noda, fuqarolik protsessualligi sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish

qoidalaridan iborat. "Fuqarolik sudlari" bir shaxs yoki sinfning boshqasiga nisbatan da'volarini sud
orqali hal qilish bilan bog'liq bo'lib, davlat jinoiy qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka
tortiladigan "jinoyat ishlari" dan farqlanishi kerak.

FPKning 56-moddasida dalillar tushunchasi berilgan hamda nimalarning dalil va isbotlash

vositalari bo`lishligi ko`rsatilgan. Bu qonunda belgilanishicha, taraflarning talablari va
e`tirozlarini asoslaydigan va ishni to`g`ri hal qilish uchun ahamiyatli bo`lgan boshqa holatlarning
mavjudligi yoki yo`qligini, muayyan qonun bilan belgilangan tartibda sudda aniqlashga asos
bo`ladigan har qanday faktik ma`lumotlar fuqarolik ishi bo`yicha dalil bo`lib hisoblanadi.

Shu moddaning o`zida isbotlash vositalari ham sanab o`tilgan. Bular taraflarning va

uchinchi shaxslarning bayonotlari, guvohlarning bergan guvohliklari, yozma dalillar, ashyoviy
dalillar va ekspertlarning fikrlaridir.

FPKning 56-moddasida ko`rsatilgan faktik ma`lumotlar va isbotlash vositalari bir-biri

bilan bog`liq holda ko`riladi. Bu yerda sudga oid dalillar masalasida ham, mazmun bilan shaklning
dialektik bog`liq bo`lishligi nazarda tutiladi. Mazmun deganimizda-faktlar to`g`risidagi
ma`lumotlar nazarda tutilsa, shakl deganimizda, isbotlash vositalari (dalillar) nazarda tutiladi.
Da`voni isbotlash yoinki inkor etish uchun har ikki element mavjud bo`lishi kerak. Faktlar
to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`lmagan isbotlash vositasi hech narsani isbotlamaydi va
aksincha, faktik ma`lumotlar isbotlash vositalarining qonun bilan belgilangan manbalaridan
olinmagan bo`lsa, dalil sifatida foydalanilmaydi va sud qarorining asosiga qo`yilmaydi.

Amaldagi yangi fuqarolik protsessual kodeksi muallifi ko`rsatilmagan holatlar va manbai

noma`lum bo`lgan yoki g`ayriqonuniy tarzda olingan boshqa ma`lumotlarni dalil bo`la olmasligi
ko`rsatilgan. Bu qoidani kiritilishi bilan sud amaliyotida turli xil usul bilan «dalil» deb ishda
foydalanadigan harakatlarni oldini olishga sababchi bo`ladi.

Dalillarning daxldorligi to`g`risidagi FPKning 58-moddasida berilgan qoidada sud faqat

ish uchun ahamiyatli bo`lgan holatlarni tasdiqlaydigan dalillarnigina ko`rish uchun qabul qiladi,
deb ko`rsatilgan.

Sud taraflar tomonidan keltirilgan dalillarni qabul qilish-qilmaslik masalasini va

qo`shimcha dalillarni talab qilib olish to`g`risidagi iltimoslarni hal qilishda, shuningdek o`z
tashabbusi bilan dalillar to`plashda bu qonunga amal qiladi.

Dalillarning ko`riladigan ishga daxldor bo`lish-bo`lmasligini to`g`ri hal qilish-oz kuch va

kam vaqt sarf qilib, ishning barcha holatlarini to`la va holisona aniqlash imkonini beradi.
Chunonchi, voqeadan xabardor bo`lgan ko`p guvohlardan faqat bir nechasigina sud majlisiga
chaqirib so`ralganda, bir necha fuqarolar asosiy ishlarini, xizmat vazifalarini bajarishdan
qoldirilmaydilar, buning ish uchun oshiqcha (keragidan ko`p) chaqirilgan guvohlarning bergan
guvohliklarini eshitib, sud protsessi ham ko`pga cho’zilmaydi.

Sudya ishni sud majlisida ko`rishga tayyorlash jarayonida, protsessda ishtirok etish uchun

taklif qilinadigan shaxslarni belgilash bilan birga ishga daxldor, ish uchun zarur bo`lgan
hujjatlarnigina qabul qilib ishga qo`shadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1253

Dalillarning daxldorligi to`g`risidagi qoida bilan FPKning 71, 72, 75, 79 va 81-

moddalarida belgilangan normalar bog`liqdir. Bu qonunlarda guvohlarning chaqirilishini, yozma
yoki ashyoviy dalillar keltirilishini yoki ularning talab qilib olishini iltimos qiluvchi shaxs qanday
holatlar guvohlarning guvohliklari bilan tasdiqlanishi yoki yozma yoxud ashyoviy dalillar bilan
aniqlanishi mumkinligini ko`rsatishga majbur ekanligi aytilgan Dalillarning ishga daxldor bo`lish-
bo`lmasligi prinsipini qo`llashda sudyalar o`zlarining ichki tushunchalariga asoslanib ish
ko`radilar. Fuqarolik ishini sudda ko`rishga tayyorlash vaqtida taraflar tomonidan ko`rsatilgan
yoki prokuror taklif qilgan guvohlardan kimlarni sud majlisiga chaqirish, yozma va ashyoviy
dalillardan qaysi birini qabul qilishlik masalasini yakka o`zi hal qiladi. Ammo bu to`g`ridagi
takliflar sud majlisida qilinsa, qonunda ko`rsatilgan holda masalani qollegial tartibda hal qilinadi
va bu to`g`rida ajrim chiqariladi. Sudning dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish
to`g`risidagi ajrimi asoslantirilgan bo`lishi kerak.

Dalillarga yo`l qo`yilishi to`g`risida FPKning 59-moddasida ko`rsatma beriladi. Bunda

qonun bo`yicha muayyan isbotlash vositalari bilan bog`liq bo`lgan holatlarni hech qanday
isbotlash vositalar bilan tasdiqlash mumkin emasligi aytiladi. Masalan, uy-joylarning olingan-
sotilgan bo`lishligi O`zbekiston Respublikasi FKning 112 va 488-moddalariga muvofiq notarial
tartibda guvohlantirilgan va tegishli davlat ro`yxatidan o`tkazilgan shartnoma bilangina
tasdilanishi mumkin. Eng kam ish haqining o`n baravaridan ortiq summaga tuziladigan qarz
shartnomasi oddiy yozma formada tuzilishi lozim. Aks holda shartnomani tuzilganligini (arz
berilganligini) yoki shartnomaning ijro etilganligini (qarzning to`langanligini) guvohlarning
ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi. Ammo jinoiy jazoga tortiladigan xatti-harakatlar ro`y
berganida, chunonchi, qarz olgan shaxs birovlarning ishonchidan foydalanib, bir necha fuqaroning
haqiga xiyonat qilsa (olgan qarzidan tonsa), huquqiy tilda aytilganda-firibgarlik qilsa, umumiy
qoidadan (FKning 733-moddasidan) mustasno tariqasida da`vo guvohlarning ko`rsatmalari bilan
isbotlanishi mumkin (FKning 737-moddasi).

Tashkilotlar o`rtasidagi huquqiy munosabatlardan ham, huddi shuningdek muayyan yozma

hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin bo`lgan holatlar boshqa isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi
mumkin emas. Masalan, temir yo`l transporti bilan tashiladigan yuk yo`qotilgan yoki kam
kelganligi kommercheskiy akt bilan tasdiqlanishi shart bo`ladi.

Agar dalillarning daxldorligi prinsipi masalasida sudyalar o`zlarining ichki

tushunchalariga asoslanishlari mumkin bo`lsa, dalillarga yo`l qo`yilishi prinsipini qo`llanishda
faqat qonun ko`rsatmalariga qat`iyan rioya qilishlari talab qilinadi. qonun bilan isbotlash vositasi
bo`la olmaydigan dalillarni, ularning mazmuni va ish uchun ahamiyatidan qat`iy nazar, qabul
qilishga yo`l qo`yilmaydi.

Yuqorida aytilganlarga asoslanib, fuqarolik protsessida dalillarning belgilari quyidagicha

desak bo`ladi:

-

birinchidan, dalillar avvalo-faktik ma`lumotlar, ya`ni ishni hal qilish uchun ahamiyatli

bo`lgan holatlarni o`z mazmunida aks ettiruvchi ma`lumotlar bo`lishi bilan xarakterlanadi;

-

ikkinchidan, dalillar-taraflarning talablari va e`tirozlarini asoslaydigan holatlarni hamda

ishga doir boshqa holatlarning mavjud bo`lish-bo`lmasligini belgilaydigan faktik ma`lumotlar
bo`ladi;

-

uchinchidan, dalillar-protsessual qonun bilan belgilangan tartibga rioya qilinib, sud

tomonidan olingan faktik ma`lumotlar bo`ladi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1254

-

to`rtinchidan, dalillar-bu sud tomonidan nazarda tutilgan isbotlash vositalaridan olingan

ma`lumotlar bo`lib ko`riladi. qonunda nazarda tutilmagan manbalardan olingan faktik
ma`lumotlar, chunonchi: anonim xatlar, mish-mish gaplar va shu kabilar dalil bo`lib
hisoblanmaydi.

Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib,

guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni so‘roq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini
belgilaydi.

Yozma dalillar yoki ushbu Fuqarolik protsessual kodeksining 76, 83, 103 va 104-

moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ularni ko‘zdan kechirish bayonnomalari sud
majlisida o‘qib eshittiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa, ekspertlar,
mutaxassislar hamda guvohlarga tanishish uchun taqdim etiladi. Shundan so‘ng ishda ishtirok
etuvchi shaxslar ushbu dalillar yuzasidan tushuntirishlar berishi mumkin. Ashyoviy dalillar sud
tomonidan ko‘zdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar,
mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi.

O‘ziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq bo‘lgan u

yoki bu holatlarga sudning e’tiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga
kiritiladi.

Ushbu Kodeksning 76, 93, 103, 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan

ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish bayonnomalari sud majlisida o‘qib eshittiriladi, shundan
keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishi mumkin. Sudga olib kelish
imkoni bo‘lmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda ko‘zdan kechiriladi va tekshiriladi.
Joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi

shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan
holda amalga oshiriladi.

Raislik qiluvchi ko‘zdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi

to‘g‘risida e’lon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha olib
boriladi. Ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko‘zdan
kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar,
hujjatlarning ko‘zdan kechirish vaqtida olingan ko‘chirma nusxalari, yozma va ashyoviy
dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati
ilova qilinishi mumkin.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Yuridik ahamiyatga ega bo’lgan faktlarni belgilash

sudning to’g’ri qaror qabul qilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Yolg’on va soxta dalillar esa
nohaq ayblovlarni yuzaga chiqaradi. Buning oldini olish uchun dalillar o’rganilayotganda hamda
to’planayotganda ishonchli ekanligiga ahamiyat berish dolzarb vazifadir.

REFERENCES

1.

https://lex.uz/docs/-3517337/

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual

kodeksi/ 01.04.2018

2.

Sh.Sh. Shorahmetov. 0‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik.
Т., «Adolat», 2001.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1255

3.

Sh.Sh. Shorahmetov. 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik.
Т., «Adolat», 2007.

4.

С.Ф. Иноятова. П равовая природа третейского суда как органа, разреш аю щ его ю
ридические споры. Т., TD YI Axborotnomasi, 2009.

5.

С.Ф. Иноятова. Вопросы принудительного исполнения реш ений третейского суда.
«Davlat va huquqning dolzarb muammolari» yosh tadqiqotchilar nigohida aspirant va
tadqiqotchilarning ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to ‘plami. Т., TD Y I, 2009.

References

https://lex.uz/docs/-3517337/ O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi/ 01.04.2018

Sh.Sh. Shorahmetov. 0‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Т., «Adolat», 2001.

Sh.Sh. Shorahmetov. 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. Т., «Adolat», 2007.

С.Ф. Иноятова. П равовая природа третейского суда как органа, разреш аю щ его ю ридические споры. Т., TD YI Axborotnomasi, 2009.

С.Ф. Иноятова. Вопросы принудительного исполнения реш ений третейского суда. «Davlat va huquqning dolzarb muammolari» yosh tadqiqotchilar nigohida aspirant va tadqiqotchilarning ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to ‘plami. Т., TD Y I, 2009.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов