ACTIVITIES OF WOMEN IN THE CULTURAL LIFE OF SURKHANDARYA REGION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Radjabova, S. . (2023). ACTIVITIES OF WOMEN IN THE CULTURAL LIFE OF SURKHANDARYA REGION. Modern Science and Research, 2(6), 53–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20840
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article analyzes the activities of women who have a worthy place in the cultural life of Surkhandarya region, reveals the development of cultural spheres in the region and the level of support of women in the sphere with examples.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

SURXONDARYO VILOYATINING MADANIY HAYOTIDA XOTIN-QIZLAR

FAOLIYATI

Radjabova Sabohat Bobirovna

(PhD)Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7999983

Annotatsiya.

Ushbu maqola Surxondaryo viloyatining madaniy hayotida munosib o’rniga

ega xotin-qizlar faoliyatini tahlil qilib, viloyatda madaniy sohalar rivojlanishi hamda sohada
xotin-qizlarning qay darajada qo’llab-quvvatlanishi misollar bilan ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

“Nazokat” gazetasi, “Ayol va zamon”, Saodat”, “Guliston”, “Yoshlik”,

“Sanam”, “O‘zbekiston xalq artisti”, “Do‘stlik” ordeni.

ACTIVITIES OF WOMEN IN THE CULTURAL LIFE OF SURKHANDARYA

REGION

Abstract.

This article analyzes the activities of women who have a worthy place in the

cultural life of Surkhandarya region, reveals the development of cultural spheres in the region and
the level of support of women in the sphere with examples.

Keywords:

"Nazokat" newspaper, "Ayol va Zamon", Saodat", "Guliston", "Yoshlik",

"Sanam", "People's Artist of Uzbekistan", "Dostlik" Order.

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ЖЕНЩИН В КУЛЬТУРНОЙ ЖИЗНИ

СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация

. В данной статье анализируется деятельность женщин, занимающих

достойное место в культурной жизни Сурхандарьинской области, раскрывается развитие
культурных сфер региона и степень поддержки женщин в сфере на примерах.

Ключевые слова:

Газета «Назокат», «Аёл ва замон», «Саодат», «Гулистон»,

«Санам», «Народный артист Узбекистана», «Дўстлик».


Mustaqillikning 1995-1996-yillarida Surxondaryo viloyatida madaniy sohalarda faoliyat

olib boruvchi ayollar soni 35 nafarni tashkil qilgan bo’lib, ular ham asosan tuman va shahar
markazlarida o’z ish faoliyatini olib brogan. 2004-yildan boshlab viloyatda sohadagi xotin-qizlar
soni ortib bordi

1

. Chunki, Aynan shu yildan viloyatda madaniyat uylari, teatrlar faoliyatini tashkil

etishga alohida e’tibor berildi. E’tibor natijasida Surxondaryo viloyati sohada o’zining munosib
o’rniga ega ayollar faoliyati har tomonlama qo’llab-quvvatlanib, davlat mukofotlari bilan
taqdirlandi. Xususan, ulardan Jamila Ergashova 30 yildan ortiqroq davr mobaynida matbuotning
eng og‘ir va masuliyatli tarmog‘i bo‘lgan-gazeta ishida faoliyat olib bordi. Dastlab Jarqo‘rg‘on
tumani gazetasida, keyinchalik “Surxon tongi” gazetasida faoliyat olib bord

2

i.

1997-yil viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasining taklifi bilan faoliyati to‘xtab qolgan qo‘mita

nashri “Nazokat” gazetasini bosh muharrir sifatida qayta tiklab, “Ayol va zamon” nomi bilan chop
eta boshladi. Jamilaxon qissa va hikoyalar ham yozdi. Uning qissa va hikoyalari “Sharq yulduzi”,
“Saodat”, “Guliston”, “Yoshlik”, “Sanam” va “Ishonch” kabi gazeta va jurnallarda chop etildi.
Adibaning “Izhor”(1992), “Intiqom”(1995), “Tanazzul”(1997 yil) hamda “Ayol jodusi”(2005 yil)

1

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 67-varaq.

2

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 3-varaq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

nomli qissa va hikoyalari jamlangan kitoblari muallifni viloyat va respublika bo‘yicha tanitdi.
Jamila Ergashova “O‘zbekiston mustaqilligining 15 yilligi” ko‘krak nishoni sovrindori,
Respublika “Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘olibi, “Adib Sobir Termiziy” nomidagi davlat mukofoti
sovrindori. Jamila Ergashova o‘zining madaniyat sohasidagi xizmatlari uchun munosib
taqdirlanib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor
bo‘ldi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatining madaniy hayoti rivojida Mannon Uyg‘ur nomidagi

viloyat musiqali drama teatrining o‘rni juda ham katta. Teatr san’ati sohasida ham o‘zining
munosib o‘rniga ega ayollar juda ko‘pchilikni tashkil etib, ulardan biri Xadicha Boboxonova
hisoblanadi. Aktrisa Hamzaning “Boy ila xizmatchi asarida-Jamila, Sobir Abdullaning “Tohir va
Zuhra” sida-Zuhra, Xurshidning “Layli va Majnun” ida-Layli, Komil Yashinning “Ravshan va
Zulxumor” ida-Zulxumor, “Nurxon”-Nurxon , Chingiz Aytmatovning “Momo еr” ida-Momo еr,
Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘olon” ida-Farmonbibi, U.Xodjibekovning “Arshi mololon” ida-
Gulchehra, shuningdek “Maysaraning ishi” spektaklida-Maysara obrazlarini yuksak mahorat bilan
ijro etgan. Uning ijrosidagi barcha obrazlar tomoshabinlar qalbidan chuqur joy egallagan. O‘zining
qilgan xizmatlari evaziga kasbdoshlari tomonidan “sahnamiz farishtasi” deb e’tirof etildi.

1994-yilda o‘tkazilgan Respublika teatrlarining “Navro‘z” festivalida Mashrab Boboyev

qalamiga mansub “O‘chmasin chiroq” dramasida Xadicha Boboxonova yaratgan Jannat xola
obrazi “Eng yaxshi ayol obrazi“ mukofotiga loyiq deb topildi. Aktrisa umr bo‘yi jonkuyar fidoiy
bo‘ldi. Viloyat madaniy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etdi. Xadicha Boboxonovaga san’at
yo‘lidagi xizmatlari uchun 1979 yilda

O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berildi. Mustaqillik

yillarida aktrisa “El-yurt hurmati “ordeni va “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bundan tashqari
viloyat teatr san’ati rivojida Gulnora Ravshanovaning, Surxondaryo viloyat musiqali va drama
teatri aktrisasining xizmatlari katta bo‘ldi

3

. Mahoratli aktrisa teatr sahnasida 100 dan ortiq rang-

barang talqindagi rollarni ijro etdi. Uning fidokorona xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib
baholanib, 1987-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 2004-yilda esa unga” O‘zbekiston xalq artisti” yuksak faxriy unvoni berildi.

Surxondaryo viloyatida bugungi kunda nomoddiy madaniy yodgorlik sifatida qaralib,

ardoqlanib kelayotgan qadriyatlarimizdan biri bu baxshichilik san’ati sanaladi. Baxshichilik
san’ati bilan hozirgi kunda ayollar ham shug‘ullanib kelmoqda. Vohada bu san’at turini keng
yoyishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ayollardan biri Zulhumor baxshi Shernazarova
sanaladi. U birinchilardan bo‘lib vohada baxshichilik bilan tanildi. U Go‘ro‘g‘li turkumidagi
“Alpomish”, “Xondalli”, “Go‘ro‘g‘li”, “Ollanazar Olchinbek”, “Nurali” va “Ravshanxon” kabi
dostonlarni va 400 ga yaqin termalarni* mahorat bilan kuylab kelmoqda, ko‘pgina ko‘rik
tanlovlarda ham qatnashib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, “Do‘stlik” ordeni bilan ham
taqdirlandi

4

.

Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bugun gender tenglik har tomonlama kafolatlangan.

O‘zbekiston Respublikasida ayollarning bilim olishlari qonun bilan mustahkamlanmoqda. Jadid
adabiyotining yorqin namoyondasi Fitratning “Oila” asarida xotin-qizlarning dunyo ilmini
egallashlari yosh avlod tarbiyasida nechog‘lik muhim ekanligini alohida ta’kidlanganidek,

3

Surxon tongi 1994-yil. 3-mart.-B. 3.

4

Dala yozuvi. Qumqo‘rg‘on tumni. Bo‘ston mahallasi.

Zulhumor baxshi Shernazarova. 2020 yil. 28 may.

*

Terma

-

o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri (hikoyachilar ijrosidagi qoʻshiq).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

55

bugungi O‘zbekistonda ayollarning ilm cho‘qqilarini zabt etishlari uchun barcha imkoniyatlar
eshigi keng ochildi.

Xususan, 2016-yilda respublikada oliy va undan yuqori ma’lumotli ayollar jami 25 yosh

va undan katta ayollarning 12 % ini tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda 13,2 % ni
tashkil qildi. Yuqoridagi statistik ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdiki, xotin-qizlarning oliy
ma’lumotlik darajasi ortib bormoqda. Bu ko‘rsatkichlarni yanada o‘stirib borish uchun tizimli
qaror va qonunlar qabul qilindi.Respublikada iqtidorli xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashning tizimli shakli yaratildi.

REFERENCES

1.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 67-varaq.

2.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 3-varaq.

3.

Surxon tongi 1994-yil. 3-mart.-B. 3.

4.

S. B. Radjabova. Ayollar salomatligini muhofazasi davlat dasturlarida.

International

scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 2 / ISSUE 5 /
UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

6.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

7.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.

References

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 67-varaq.

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond,1-ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 3-varaq.

Surxon tongi 1994-yil. 3-mart.-B. 3.

S. B. Radjabova. Ayollar salomatligini muhofazasi davlat dasturlarida. International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов