STATE POLICY TO SUPPORT WOMEN (FIRST STEPS)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Radjabova, S. (2023). STATE POLICY TO SUPPORT WOMEN (FIRST STEPS). Modern Science and Research, 2(6), 49–52. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20839
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the analysis of financial results aimed at protecting women and their interests in the Republic of Uzbekistan, as well as the reforms implemented in the republic in the first years of independence and their results.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

49

XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID DAVLAT SIYOSATI

(ILK ODIMLAR)

Radjabova Sabohat Bobirovna

(PhD)Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7999936

Annotatsiya.

Usbu maqolada O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va ularning

mafaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan maliy natijalar tahlili bayon qilingan, Shuningdek,
mustaqillikning dastlabki yillaridrespublikada amalga oshirilgan islohatlar va ularning natijalari
keltirilgan

.

Kalit so’zlar:

Surxondaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi

xotin-qizlar qo‘mitasi”, davlat dasturlari.

STATE POLICY TO SUPPORT WOMEN (FIRST STEPS)

Abstract.

This article describes the analysis of financial results aimed at protecting women

and their interests in the Republic of Uzbekistan, as well as the reforms implemented in the
republic in the first years of independence and their results.

Keywords:

women's committee of Surkhandarya region", "women's committee of the

Republic of Uzbekistan", state programs.

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПОДДЕРЖКИ ЖЕНЩИН

(ПЕРВЫЕ ШАГИ)

Аннотация.

В данной статье описывается анализ финансовых результатов,

направленных на защиту женщин и их интересов в Республике Узбекистан, а также
реформы, проведенные в республике в первые годы независимости и их результаты.

Ключевые слова:

комитет женщин Сурхандарьинской области», «комитет

женщин Республики Узбекистан», государственные программы.


Jamiyatimizda xotin-qizlarga e’tiborning ortib borishi, ayollar manfaatlarini himoya

qilishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilishi ijtimoiy hayotimizdagi muhim
masalalardan biri sanaladi. Bu esa ayollar muammosining bartaraf qilinishiga hamda ularning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash, jamiyatdagi o‘rni va mavqeyini
oshirish imkoniyatini yuzaga keltirib, deyarli barcha mamlakatlarning ayollar masalasi bo‘yicha
olib borayotgan siyosatini o‘zgartirishiga olib keldi. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarni
muvofiqlashtirish, jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirish davlatimizning muhim vazifalaridan
biriga aylanib bordi

1

.

Mustaqillik yillarida respublikada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,

ularning davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilishdagi o‘rnini kuchaytirish, mehnat va turmush
sharoitini yaxshilash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida qator islohotlar amalga oshirildi

2

. Bu esa ayollarga g‘amxo‘rlik, ularning ijtimoiy,

iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishida o‘z ifodasini
topmoqda. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini oshirish, jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy

1

“O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Transformatsion jarayonlar. Termiz davlat universiteti.

Respublika ilmiy anjumani maqolalar to‘plami. - Termiz. 2013. - B. 266

2

Mirziyoyev. Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. “O‘zbekiston” 2021. - B. 248.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

muammolarning oldini olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini yanada
mustahkamlash kabi muhim vazifalarni kuchaytirishni taqozo etmoqda

3

.

Ayolning insoniy qadrini joyiga qo‘yish, uni ulug‘lash, so‘zsiz, aql-idrok tantana qilgan,

inson oldidagi javobgarligini chuqur tushungan yurtdagina amalga oshirish mumkin. Ayol qadri
ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topmas ekan, ayol jamiyatning erkinlik, to‘kinlik, osoyishtalik
mezoniga aylanmas ekan, bu jamiyatda barqarorlik, bunyodkorlik hukmronlik qilishi mumkin
emas

4

.

Chunki, ijtimoiy hayot, uning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan oila ayollardan boshlanadi,

to‘g‘rirog‘i, u ayol zaminida vujudga keladi, mavjud bo‘ladi, doimiylik kasb etadi. Oila va uning
ta’sirida shakllanuvchi insoniy fazilatlar, birinchi galda, onaning oq sutidan, uning chaqaloqqa
bo‘lgan mehr-muhabbatidan, beshik tebratib o‘tkazgan bedor tunlaridan boshlanadi. Ayol allasi
o‘ziga xos millat madhiyasidir, chunki bunda Vatanni o‘zida jam qilgan onaning orzusi, uning
javobgarligi, uning mehri jo‘sh urib turadi. Millat ayolni nechog‘lik ulug‘lasa, uning o‘zi ham
shunchalik ulug‘lanadi, har tomonlama yuksalib, kelajagi porloq bo‘ladi

.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ayollarimizning baxti-xalqimiz,

jamiyatimizning ham baxtidir”

5

.

Mamlakatimiz xotin-qizlari iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xalq xo‘jaligi, ilm-fan,

madaniyat va ma’rifat tizimining barcha sohalarida o‘zlarining halol va fidokorona mehnatlari
bilan ishtirok etmoqdalar. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi mamlakatimiz xotin-qizlarini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ayollar harakati hamda boshqa nufuzli tuzilmalar bilan
keng hamkorlik qilib kelmoqda.

1991-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlarining birinchi ta’sis Konferensiyasi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi

6

. Anjuman Respublikaning barcha

viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan saylangan delegatlar ishtirokida bayramona
tarzda yakdillikda o‘tkazilib, barcha qonuniy, me’yoriy hujjatlar delegatlarning bildirgan taklif va
e’tirozlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasini tashkil etish
qarori qabul qilindi

7

. Mazkur qaror muhokamadan o‘tkazilib, qayta ko‘rib chiqlganidan keyin

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991-yil 23-
fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tashkil etildi.

8

Surxondaryo viloyatida xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etilganidan so‘ng barcha

jarayonlarda bosqichma-bosqich faoliyatini olib bordi. Birinchidan, qo‘mitaning matbuotdagi
nazorat organi “Nazokat” gazetasi tashkil etilib, obuna o‘n ming nuxsaga еtkazildi (O‘sha yili
viloyatning asosiy gazetasiga olti ming nusxa obuna bo‘lindi). “Nazokat” gazetasining barcha
sonlarida xotin-qizlar va ularning ilm-fan, qishloq xo‘jaligi, ta’lim tizimi, tibbiyot va boshqa
sohalardagi faoliyati , shu jumladan, “Surxondaryo viloyati xotin-qizlar” qo‘mitasining amalga
oshirayotgan chora-tadbirlari ham yoritib borildi. Ikkinchidan, yoshlarni va yosh ayollarni har

3

Safayeva S. Ayollar masalasi: umumiy ijtimoiy va milliy jihatlari. - Toshkent: O‘zbekiston, 2002. - B. 12-16.

4

Xalq so‘zi, 2018 yil. 8mart . - B. 1.

5

Xalq so‘zi. 2018 yil. 8 mart. 1 b.. Sh. Mirziyoevning bayram tabrigi.

6

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond, 1- ro‘yxat, 465-yig‘ma jild, 34-varaq.

7

Inoyatova S., Muhitdinova F., Kenjaeva M.. “Surxondaryo barchinoylari-Mustaqillik qaldirg‘ochlari”.: - T.: 2021. -

B. 16.

8

G‘ulomova D.M. “O‘zbekiston xotin-qizlari mustaqillik yillarida”. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki

sahifalari: davriy to‘plam. “Sharq”. Toshkent. 2000. - B. 137-138.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatdan еtishib chiqqan taniqli shoira Ra’no
Uzoqova mukofoti ta’sis etildi. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi nizomi me’yoriy hujjatlar asosida
tayyorlandi. Uchinchidan, kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarni, nogiron va kasalmand ayollarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Onalar va bolalar uyi” tashkil etilib, viloyatning tajribali tibbiyot
xodimlari jalb etilgan holda ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi

9

. Qo‘mita

faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish hamda viloyat xotin-qizlarining mavjud muammolarini o‘rganish
va ularni hal qilishda “Surxondaryo viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi” ning birinchi raisi bo‘lgan
Bo‘ritosh Aminovaning xizmatlari katta bo‘ldi. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi
mamlakatimizda mavjud barcha davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yuqorida sanab
o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faol ish olib bordi.

1995-yil 2-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-

qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ayollarning mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti masalalarini hal qilishga, ularning davlat va jamoat
boshqaruvidagi ishtirokini oshirishga keng jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi

10

.

Mazkur Farmonga binoan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, uning zimmasiga xotin-
qizlarning jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan bog‘liq masalalar yuklandi. Ushbu qabul
qilingan Farmonga binoan viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida hokimlarning xotin-
qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i
Kengesida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosarining tegishli lavozimi joriy
etildi

11

.

Ushbu Farmonning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1995-yil 14-martdagi 86-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi
apparati, respublika, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida xotin-qizlar ishlari ishchi
organlarining tuzilishi haqida” gi qaroriga asosan viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanish masalalarini hal qilishda xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyat
boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza etilganligini
kuchaytirish, shuningdek, boshqarmalar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, idoralar-
korxonalar, tashkilotlar hududiy boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlarining ushbu
yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borishni ta’minlash maqsadida 1995-yilning 24-martida
Surxondaryo viloyati hokimining 101-son qarori qabul qilindi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev. Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. “O‘zbekiston” 2021. - B. 248.

2.

Safayeva S. Ayollar masalasi: umumiy ijtimoiy va milliy jihatlari. - Toshkent:
O‘zbekiston, 2002. - B. 12-16.

3.

Xalq so‘zi, 2018 yil. 8mart . - B. 1.

4.

Xalq so‘zi. 2018 yil. 8 mart. 1 b.. Sh. Mirziyoevning bayram tabrigi.

9

Surxondaryo viloyati hokimiyati joriy arxivi, doimiy fond. M-01-49, 3-ish, 36-varaq.

10

O‘razalieva G. Gender va ayollar huquqiy madaniyati. - Toshkent. - 2009. - B. 5-7.

11

G‘ulomova D.M. “O‘zbekiston xotin-qizlari mustaqillik yillarida. ”Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki

odimlari. - T.: “Sharq” . 2000. - B. 139-41.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

5.

S. B. Radjabova. Ayollar salomatligini muhofazasi davlat dasturlarida.

International

scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 2 / ISSUE 5 /
UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

7.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

8.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK
TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.


References

Mirziyoyev. Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”. “O‘zbekiston” 2021. - B. 248.

Safayeva S. Ayollar masalasi: umumiy ijtimoiy va milliy jihatlari. - Toshkent: O‘zbekiston, 2002. - B. 12-16.

Xalq so‘zi, 2018 yil. 8mart . - B. 1.

Xalq so‘zi. 2018 yil. 8 mart. 1 b.. Sh. Mirziyoevning bayram tabrigi.

S. B. Radjabova. Ayollar salomatligini muhofazasi davlat dasturlarida. International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов