Authors

  • Sabohat Radjabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.19986

Keywords:

Women's Year State Program Healthy Generation Year

Abstract

This article states that many reforms were implemented in the health care system in Surkhandarya region during the years of independence. In particular, the adoption of the "Year of Women" state program in 1999 was an important step in strengthening women's health in the region. "Family and marriage" rooms were opened as part of the state program. Within the framework of the program, events such as "Girls are the future of the nation", "Spiritual qualities of girls", "Culture of marriage and behavior" were carried out in educational institutions of the region.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

AYOLLAR SALOMATLIGINI MUHOFAZASI DAVLAT DASTURLARIDA

Radjabova Sabohat Bobirovna

(PhD) Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7924658

Annotatsiya. Ushbu maqola Surxondaryo viloyatida mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash

tizimida ko’pgina islohatlar amalga oshirildi. Xususan, 1999 yilda “Ayollar yili” davlat
dasturining qabul qilinishi xotin-qizlarning viloyatda salomatligini mustahkamlashda muhim
qadam bo’ldi. Davlat dasturi doirasida “Oila va nikoh” xonalari ochildi. Dastur doirasida
viloyatning ta’lim dargohlarida “Qizlar-millat kelajagi”, “Qizlarning ma’naviy sifatlari”,
“Turmush va muomala madaniyati” singari tadbirlar amalga oshirildi.

Kalit so’zlar: “Ayollar yili davlat dasturi”, “Sog‘lom avlod yili”, “Ayol va salomatlik”

markazi, “Mashav” jamg‘armasi.

WOMEN'S HEALTH PROTECTION IN STATE PROGRAMS

Abstract. This article states that many reforms were implemented in the health care system

in Surkhandarya region during the years of independence. In particular, the adoption of the "Year
of Women" state program in 1999 was an important step in strengthening women's health in the
region. "Family and marriage" rooms were opened as part of the state program. Within the
framework of the program, events such as "Girls are the future of the nation", "Spiritual qualities
of girls", "Culture of marriage and behavior" were carried out in educational institutions of the
region.

Keywords: "Women's Year State Program", "Healthy Generation Year", "Women and

Health" Center, "Mashav" Foundation.

ОХРАНА ЖЕНСКОГО ЗДОРОВЬЯ В ГОСУДАРСТВЕННЫХ ПРОГРАММАХ

Аннотация.

В данной статье указывается, что за годы независимости в системе

здравоохранения Сурхандарьинской области было осуществлено множество реформ. В
частности, принятие в 1999 году государственной программы «Год женщины» стало
важным шагом в укреплении женского здоровья региона. В рамках государственной
программы открыты комнаты «Семья и брак». В рамках программы в образовательных
учреждениях области проведены такие мероприятия, как «Девочки – будущее нации»,
«Духовные качества девушек», «Культура брака и поведения».

Ключевые слова: «Госпрограмма «Год женщины», «Год здорового поколения»,

Центр «Женщины и здоровье», Фонд «Машав».

Mamlakatda sog‘lom avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lajak onalar,

ya’ni balog‘at yoshidagi qizlarning salomatligini muhofaza qilish va ularni erta turmushga
berishning oldini olishdir. Surxondaryo viloyatida qizlarni balog‘at yoshiga turmushga berish
holati 1995-yilga qadar respublikada eng ko‘p uchraydigan viloyatlardan biri hisoblandi. 1995-
yilda 471 nafar qizlarni erta turmushga berish viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga
olingan, bu holatlarning salbiy oqibati aholiga tushuntirilib borildi va 1996-yilda raqamlar 15
marotabaga kamayib 32 nafar qizlarni erta turmushga berish holati kuzatildi

1

. 2000-yilning

1

Surxondaryo viloyati joriy arxivi. 143-fond, 10-ro‘yxat, 103-yig‘ma jild, 51-varaq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra viloyatda balog‘at yoshiga еtmay erta uzatilgan qizlar
sonining keskin kamayganligi va uch nafarni tashkil qilganligini ko‘rib o‘tishimiz mumkin

2

.

1999-yil 20-aprelda “Ayollar yili davlat dasturi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kotibiyati tomonidan ishlab
chiqilgan “Qizlarni turmushga tayyorlash” dasturi viloyatda o‘rganilib shu asosda viloyatning
dasturi ishlab chiqildi va joylarda tadbiq qilindi. Yuqorida belgilangan dastur asosida juda ham
ko‘plab ishlar amalga oshirildi hamda dastur uch bosqichda amalga oshirildi

3

. Jumladan:

1-bosqich: Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi qizlar bilan ishlash;
2-bosqich: Maktab yoshidagi va o‘smir qizlar bilan ishlash:
3-bosqich: Balog‘at yoshidagi qizlarni turmushga tayyorlash:
Shahar maktablarida hamda Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlarni

oilaga tayyorlash borasida ham ishlar olib borildi. Ushbu dasturga asosan viloyatdagi mavjud
kattalar poliklinikalari qoshida “Oila va nikoh” xonalari ochildi. Dastur doirasida viloyatning
ta’lim dargohlarida “Qizlar-millat kelajagi”, “Qizlarning ma’naviy sifatlari”, “Turmush va
muomala madaniyati” va “Oila chirog‘i ayol” mavzularida davra suhbatlari olib borildi

4

.

“Kamolot” jamg‘armasi bilan birgalikda “Qizlar odobi bilan”, “Odobli qiz elga manzur”,

“Turmush madaniyati” va “Sog‘lom ona-sog‘lom jamiyat” mavzusida seminar-treninglar
o‘kazildi. Surxondaryo viloyatida ayollar salomatligini yanada mustahkamlash hamda milliy
qadriyatlarimizni yuksaltirish maqsadida 1999-yildan boshlab viloyat ayollari o‘rtasida
“To‘maris” xotin-qizlar o‘yinlari festivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yilda festivalga jami 2500 nafar xotin-qizlar jalb qilinib, festival doirasida sport

o‘yinlari o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu yilda viloyatda tug‘ish yoshidagi ayollarning soni
aniqlanib, ularga har tomonlama tibbiy ko‘mak berildi. Viloyatda 1999-yilda 369 466 nafar tug‘ish
yoshidagi ayollar aniqlanib, ularga tibbiy ko‘mak berilib, joylardagi ambulatoriyalar ro‘yxatiga
olinib, tug‘ish yoshidagi 94 % ayollar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

5

. “Ayollar yili” davlat

dasturi va ushbu yilda amalga oshirilgan tadbirlar natijasiga qaramasdan Surxondaryo viloyatida
1999-yilda kam ta’minlangan oilalarda istiqomat qiluvchi homilador ayollarning oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlanish rejasi 51,1 % gagina bajarildi (Qashqadaryo viloyatida esa 70,1 %
ni tashkil qildi)

6

.

2000-yilning “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilinishi va yil doirasida maxsus dastur qabul

qilinishi mamlakatda xotin-qizlar salomatligini yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib
xizmat qildi. “Sog‘lom avlod yili” davlat dasturi bevosita 3 ta muhim yo‘nalishdan iborat bo‘lib,
uning uchinchi bosqichida ayollar salomatligini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor berildi

7

.

Dastur doirasida Surxondaryo viloyatida xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashga

alohida e’tibor qaratilib, viloyatda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, bolalar o‘limi,
nikohsiz farzandli bo‘lish, oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar va voyaga еtmaganlar jinoyatchiligining
oldini olish borasidagi ishlar yanada kuchaytirildi.

2

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 143-fond, 13-ro‘yxat, 207-yig‘ma jild, 79-varaq

3

Surxondaryo viloyat davlat arxivi. 1091-fond, 1-ro‘yxat, 829-yig‘ma jild, 82-varaq.

4

Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 1091-fond, 1-ro‘yxat, 829-yig‘ma jild, 82-varaq.

5

Surxon tongi. 1999-yil 3-may. - B. 4.

6

Surxondaryo viloyati hokimlgi joriy arxivi. “Ayollar yili” Davlat dasturi va uning ijrosi yuzasidan hisobot.

7

To‘ychiyeva X. Maqsad-ona va bola sog‘ligi, oila farovonligi. /Oila va jamiyat. - 2002. - № 4. 23-24 yanvar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

Tug‘ish yoshidagi ayollarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tqazish, ularni o‘z salomatligiga

bo‘lgan masuliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar shular jumlasidan sanaladi. “Sog‘lom avlod
uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining viloyat filialiga qarashli tibbiy-ijtimoiy potranaj brigada
viloyatning 7 ta tumanida bo‘lib, 10 902 nafar aholi tibbiy-ijtimoiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikdan
o‘tkazilganlardan 4965 nafari tug‘ish yoshidagi ayollar ekanligi aniqlandi. Olib borilgan
tekshiruvlar natijasida viloyatda onalar o‘limi 1999-yilda viloyatda 12 nafarni tashlik qilgan
bo‘lsa, 2000-yilda 3 nafarga kamaydi

8

.

Sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan viloyatda ayollarning tug‘ruq yoshini nazorat qilish

hamda tug‘ruq oralig‘ini to‘g‘ri rejalashtirish yuzasidan ayollarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan viloyat bo‘yicha jami 2000 yilda 35 536
ta tug‘ruq qayd etilgan bo‘lib, shulardan 15-16 yoshdagilardan 3 nafari ona bo‘lgan. Shuningdek,
35-44 yosh oralig‘ida tuqqan ayollar 411 nafarni, 45-50 yoshda xavfli davrda ona bo‘lgan ayollar
esa 4 nafarni tashkil qildi

9

.

2000-yilga kelib viloyatda “Ayol va salomatlik” markazi tashkil etilib, unga rahbar sifatida

Sh. Jumayeva dastlab tayinlandi. Mazkur markazning asosiy vazifasiga yosh xotin-qizlarda o‘z
salomatliklarini asrash tushunchasini tarbiyalash, ayollarda o‘zini o‘zi hurmat qilish hissini
uyg‘otish, mamlakatimiz va chet el xotin-qizlar tashkilotlarining ayol va oila, ayol va jamiyat
hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalariga doir ilg‘or ish tajribalarini belgilagan tartibda
ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish kabilar kiradi.

Mazkur markaz tomonidan tumanlarda “Tug‘ish yoshidagi ayollar salomatligini yaxshilash”

mavzusida seminar treninglar olib borildi hamda yosh onalarga amaliy yordamlar berildi

10

.

Shuningdek, markaz Yevropa davlatlari bilan hamkorlikda 2000-yilning 28-30 mart kuni
Germaniyaning Konrad Adinaur kompaniyasi bilan tashkil qildi. Ushbu seminarda ayollar va
ularning salomatligini yaxshilash va jahon hamjamiyatida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini
muhofaza qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati miqyosida
2001 yilda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan tug‘ish yoshidagi ayollarning 70, 4 foizida turli
ekstragenital kasalliklar mavjudligi aniqlandi. Natijada ushbu holatdan kelib chiqib olib borilgan
tekshiruv natijasida onalar o‘limi 2001-yilda 9 tadan 4 taga kamaydi

11

.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002-yil 25-yanvarda “Ayollar

va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha-chora tadbirlar
to‘g‘risida” gi 32-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror respublikada aholi salomatligini nazorat
qilish hamda turli og‘ir xastaliklarning oldini olishda muhim chora-tadbirlarni ishlab chiqishda
ko‘mak bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatida qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 16 ta patronaj guruhlari tashkil

etilib, ushbu guruhlar viloyatning barcha hududlarida o‘zlarining faoliyatini olib bordi. Viloyat
miqyosida ayollar va o‘smirlar salomatligini tahlil qilgan holda ularga kerakli tibbiy ko‘mak
ko‘rsatildi. Viloyatdagi mavjud 27 ta tug‘ruq koplekslari qayta jihozlandi. Shuningdek, ushbu
yilda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlar va ularning malakasini oshirishga

8

Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 1091-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 829-yig‘ma jild, 87-varaq.

9

Surxondaryo viloyati davlat arxivi. 1091-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 829-yig‘ma jild, 94-varaq.

10

Surxon tongi. 2000-yil, 31-avgust. - B. 2.

11

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. Doimiy hujjar fondi. M-1049. 2001-yil yakunlari bo‘yicha hisobot, 89-

varaq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

ham alohida ahamiyat berildi. Sohadagi ayol xodimlarning soni ham ortib borib, 2002-yilda
sog‘liqni saqlash tizimidagi ayollarning umumiy soni 18 741 nafarni tashkil etdi

12

.

Ushbu tahlil qilinayotgan yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida aholiga tibbiy

xizmat ko‘rsatish, salomatligini muhofaza qilish va sohaga oid dasturlarni ishlab chiqishda ayol
shifokorlarning ham faoliyati alohida ahamiyat kasb etdi. Xususan, tuman sog‘liqni saqlash
tizimida o‘zining mehnati bilan el nazariga tushgan tibbiyot xodimlaridan Farida Eshonova,
Zulayho Habibulina hamda Mamlakat To‘layevalarni alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Yuqorida sanab o‘tilgan tibbiyot xodimlarining mehnati tufayli tuman aholisi salomatligi

bilan bog‘liq muammolar o‘z vaqtida bartaraf etildi

13

. Bundan tashqari viloyatning Jarqo‘rg‘on

tumanida sog‘liqni saqlash tizimida еtakchi reanimatolog Roziya To‘xtayeva o‘zining sohasi
bo‘yicha tumanda ko‘plab aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatganligi sabab 2004-yilda II
darajali “Sog‘lom avlod” ordeni bilan taqdirlandi

14

.

Ayollar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan xavfli kasalliklardan biri bu bachadon saratoni

hisoblanib, ushbu kasallikning belgilari bilan ayollarni tanishtirish va kasallikning oldini olish
chora-tadbirlari respublika va hududlar miqyosida ham ishlab chiqildi. Respublika bo‘yicha 2000-
yilda 20 174 nafar ayollar maslahatxonasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2005-yilda
2370 tani tashkil qildi. 2005-yilda respublikada jami 6000 nafar akusher-ginekologlar faoliyat olib
borib, ayollar salomatligi ular tomonidan nazoratga olindi

15

.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-yanvardagi “Sihat-

salomatlik yili davlat dasturi to‘g‘risida” gi 30-son qarori hamda shu asosdagi viloyat hokimining
2005-yil 4 fevraldagi 30-son qarorining Surxondaryo viloyatidagi ijrosi doirasida 473 119 nafar
tug‘ish yoshidagi ayollardan 441 937 nafari 94,7 % i chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shulardan 58, 5 % idan ekstrogenetal kasalliklar aniqlanib, 6814 nafar homilador ayollarda

kamqonlik kasalligi aniqlanib temir moddasiga boy dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida
“Sog‘lom avlod uchun” Respublika xayriya jamg‘armasi tomonidan 3 mln. 504 ming 277 so‘mlik
100 quti Kosmofer preparati berildi. Ushbu davolovchi vositalarning QVP va QVA larga еtkazib
berilishi nazorat ostiga olindi

16

.

Bundan tashqari 2005-yilda Respublikamizning barcha hududlarida ayollarda erta bachadon

saratonini aniqlash bo‘yicha Isroilning “Mashav” jamg‘armasi bilan birga viloyat ayollari
ko‘rikdan o‘tkazilib, tumanlarda ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari va oqibati haqida
tushuntirish ishlari olib borilib, ayollarga amaliy yordam berildi. Respublikada sog‘liqni saqlash
tizimida 2005-yilda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ayol shifokorlar soni 41,0 mingni (53,6 %)
tashkil qilgan bo‘lsa, 2006-yilda bu ko‘rsatkich 40,9 ming (54,0), 2007 yilda 41,4 mingni (53,8
%), 2010 yilda esa 41,2 mingni (51,6 %) tashkil qildi

17

. Mazkur amaliy tadbirlarda viloyatning

tajribali akusher-ginekologlari ham jonbozlik ko‘rsatishdi. Surxondaryo viloyatida tibbiyot

12

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 1091- jamg‘arma, 4- ro‘yxat, 134- yig‘ma jild, 45- varaq.

13

S.Tursunov, T.Turdiyev. Denov.: “Fan”. - T. 2009 yil. - B. 311.

14

Tursunov S, To‘xtayev A. Jarqo‘rg‘on.: “Fan”. - T. 2008 yil. - B. 200.

15

Yillik statistik to‘plam. - Toshkent. 2008. - B.141.

16

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-

yanvardagi “Sihat-salomatlik yili davlat dasturi to‘g‘risida” gi 30-son qarori hamda shu asosdagi viloyat hokimining
2005-yil 4 fevraldagi 30-son qarorining Surxondaryo viloyatidagi ijrosi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

17

O‘sha joyda. - B. 120.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

sohasining rivojiga katta hissa qo‘shgan ayollarda mavjud kasalliklarni vaqtida aniqlab ularga
amaliy ko‘mak bergan akusher-ginekologlardan biri Zebiniso Kamolovadir.

Zebiniso Habibullayevna 1982-1995-yillarda Angor tuman Markaziy shifoxonasida vrach

akusher-ginekolog bo‘lib ishladi. Shuningdek, uzoq yillik mehnat faoliyatida ko‘pgina namunali
ishlarni amalga oshirib, ayollarda mavjud bachadon xastaliklarini aniqlash va uni bartaraf etishda
ayollarga amaliy yordam berdi. U nafaqat shifokor balki, siyosiy jarayonlarda ham faol ayol
sifatida namoyon bo‘lib, jumladan, 1995-2006-yillar davomida Z.Kamolova Angor tuman hokimi
o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida xizmat qildi. 2006-yildan shifokorlik
faoliyatini yana qaytadan boshlab, Angor tumani Markaziy shifoxonasida akusher-ginekolog
sifatida uzoq yillar mehnat qildi

18

.

Viloyatda mustaqillik yillarida ayollar sog‘lig‘ini saqlash borasida 2009-yil 13 aprel PQ-

1096-son va 2009 yil 1 iyuldagi PQ-1144-son Prezident qarorlariga asosan ayollarning reproduktiv
salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom oilani shakllantirish yuzasidan qator amaliy ishlar
bajarildi. Markazdan uzoq bo‘lgan hududlarda “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” shiori ostida targ‘ibot
va tashviqot ishlari olib borildi

19

.

Jumladan, Sho‘rchi tumanida ayollar salomatligini yaxshilash borasida olib borilgan ishlarga

nazar tashlaydigan bo‘lsak, tumanda 2009-yil hisobiga ko‘ra 46079 nafar tug‘ish yoshidagi ayollar
mavjud bo‘lib, ulardan qishloq mahallalarida 38 361 nafari istoqomat qildi. Bundan tashqari
ayollardan 45 831 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ya’ni ular tumandagi xotin-qizlarning 99,4 %
ini tashkil etdi. Tumandagi qolgan xotin-qizlar ham mazkur yilda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

20

.

REFERENCES

1.

Раджапова Сабохат.Роль женщин в народном образовании сурханского оазиса (на
примере в годы независимости

.

Ўтмишга назар. Том 4 № 6 (2021).

2.

Surxon tongi. 2000-yil, 31-avgust. - B. 2.

3.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. Doimiy hujjar fondi. M-1049. 2001-yil
yakunlari bo‘yicha hisobot, 89- varaq.

4.

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 1091- jamg‘arma, 4- ro‘yxat, 134- yig‘ma jild, 45-
varaq.

5.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2005-yil 25-yanvardagi “Sihat-salomatlik yili davlat dasturi to‘g‘risida”
gi 30-son qarori hamda shu asosdagi viloyat hokimining 2005-yil 4 fevraldagi 30-son
qarorining Surxondaryo viloyatidagi ijrosi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

6.

O‘sha joyda. - B. 120.

7.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi, doimiy hujjatlar. M-1049, 2006-yil yakuni
bo‘yicha hisobot.


18

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi, doimiy hujjatlar. M-1049, 2006-yil yakuni bo‘yicha hisobot.

19

Termiz shahar joriy arxivi. Hokimiyat hujjatlari.5 fond.

20

Surxondaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining joriy arxivi. Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar

qo‘mitasi raisi M.Qobulovaning 2009 yil yakunlari bo‘yicha Respublika xotin-qizlar qo‘mitasiga yozgan hisoboti.

References

Раджапова Сабохат.Роль женщин в народном образовании сурханского оазиса (на примере в годы независимости. Ўтмишга назар. Том 4 № 6 (2021).

Surxon tongi. 2000-yil, 31-avgust. - B. 2.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. Doimiy hujjar fondi. M-1049. 2001-yil yakunlari bo‘yicha hisobot, 89- varaq.

Surxondaryo viloyati davlat arxivi, 1091- jamg‘arma, 4- ro‘yxat, 134- yig‘ma jild, 45- varaq.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-yanvardagi “Sihat-salomatlik yili davlat dasturi to‘g‘risida” gi 30-son qarori hamda shu asosdagi viloyat hokimining 2005-yil 4 fevraldagi 30-son qarorining Surxondaryo viloyatidagi ijrosi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar.

O‘sha joyda. - B. 120.

Surxondaryo viloyati hokimligi joriy arxivi, doimiy hujjatlar. M-1049, 2006-yil yakuni bo‘yicha hisobot.