SYSTEMATIC AND LEGAL APPROACH TO THE FORMATION OF LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE AGAINST CORRUPTION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Botirov, S. (2023). SYSTEMATIC AND LEGAL APPROACH TO THE FORMATION OF LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE AGAINST CORRUPTION. Modern Science and Research, 2(6), 1014–1017. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21270
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the origin and development factors of corruption, which disrupts the life of society, derails all its areas, and has the power to make the crisis of the state and society inevitable, its impact on society, the formation of youth consciousness and legal culture against it. it talks about tasks that need to be done.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1014

KORRUPSIYAGA QARSHI HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TIZIMLI VA HUQUQIY YONDASHUV

Botirov Shoxruxmirzo Boymirza o‘g‘li

Jizzax viloyati Yuridik texnikumi Davlat huquqiy faoliyati yo‘nalishi

6/21-guruh o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8056783

Annotatsiya.

Ushbu maqolada jamiyat hayotiga rahna soluvchi, uning barcha sohalarini

izdan chiqarish, uning rivoji davlat va jamiyat inqirozini muqarrar qilish kuchiga ega bo’lgan
korrupsiyaning kelib chiqish va rivojlanish omillari, jamiyatga ta’siri, unga qarshi yoshlar ongi
va huquqiy madaniyatini shakllantirish

borasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar

haqida so’z boradi.

Kalit so'zlar:

korrupsiya, lobbizm, xizmat haqi, poraxo’rlik, komplayens, jamoatchilik

nazorati, aldamchilik.

СИСТЕМНО-ПРАВОВОЙ ПОДХОД К ФОРМИРОВАНИЮ

АНТИКОРРУПЦИОННОГО ПРАВОСОЗНАНИЯ И ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены факторы зарождения и развития

коррупции, которая нарушает жизнь общества, пускает под откос все ее сферы, имеет
силу сделать неизбежным кризис государства и общества, ее влияние на общество,
формирование молодежи. сознание и правовая культура против него, он говорит о задачах,
которые необходимо выполнить.

Ключевые слова:

коррупция, лоббирование, вознаграждение, взяточничество,

комплаенс, общественный контроль, мошенничество.

SYSTEMATIC AND LEGAL APPROACH TO THE FORMATION OF LEGAL

CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE AGAINST CORRUPTION

Abstract.

In this article, the origin and development factors of corruption, which disrupts

the life of society, derails all its areas, and has the power to make the crisis of the state and society
inevitable, its impact on society, the formation of youth consciousness and legal culture against it.
it talks about tasks that need to be done.

Key words:

corruption, lobbying, remuneration, bribery, compliance, public control,

fraud.

Korrupsiya

lotincha so’zdan olingan bo’lib,

“aynish, poraga sotilish” — mansabdor

shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita
suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot degan ma’noni anglatadi.

Korrupsiya — chegara bilmas “ajdaho”, u aldamchilik, poraxoʻrlik va pulni “yuvish”ning

aniq “chizma” (sxema)laridan tashkil topgan.

Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi.

Aksariyat Korrupsiya

lobbizm

(monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga

tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro
darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat
amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik Korrupsiya koʻrinishlariga misol
boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan
foydalaniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1015

Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida

eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib oʻtiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha
yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yoʻqotib
boʻlmaydi. Hatto rivojlangan gʻarb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq
jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish yer yuzidagi
barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan. Hatto bundan bir necha asr
muqaddam vujudga kelgan “Islom dini” ta’limoti bo’yicha ham bu illat qattiq qoralanadi. Qurʼoni
karimda poraxoʻrlik bevosita taqiqlanadi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan
yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga
gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188).

Lekin shunga qaramay, poraxoʻrlik Usmoniylar xalifaligida ham mavjud boʻlgan. Avvaliga

xalifa turli idoralar faoliyatini shaxsan oʻzi nazorat qilardi, lekin vaqt oʻtishi bilan bu ishni oʻziga
yaqin odam — xalifaning turli ishlar boʻyicha shaxsiy yordamchisi boʻlgan vazirga topshirib
qoʻydi. Vaqt oʻtishi bilan vazirlar keng tarmoqli davlat apparatini shakllantirdi. Pulga qattiq
muhtojlik sezayotgan davlat soliqlar toʻplashni xususiy shaxslarga topshirgani bois bu turli
suiisteʼmolliklarni yuzaga keltirardi. Shu tariqa poraxoʻrlik xalifalik tanazzulga yuz tutishining
sabablaridan biriga aylandi.

Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik”

hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol
paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday
balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?!

Poraxoʻrlik va korrupsiya oʻzbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik

yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda.

Korrupsiyaning salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu

esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi;

- ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli

darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining
buzilishini koʻpaytiradi;

- uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, gʻarb

andozasiga oʻxshasa-da, mazmun-mohiyatiga koʻra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu
kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.

2017-yildan boshlab, mamlakatimizda “parlament nazorati”, “jamoatchilik nazorati”,

degan atamalar taomilga kiritildi, bu borada ilk qonunlar qabul qilindi. Demak, biz mazkur sohada
ishlaydigan tizimni tezlikda yaratishimiz, milliy mentalitetni hisobga olgan holda, Janubi-sharqiy
Osiyo mamlakatlari ilgʻor tajribasini qoʻllashga oʻtishimiz lozim. Jamoatchilik nazoratisiz
Oʻzbekistonda siyosiy tizim islohotlarini amalga oshirib boʻlmaydi.

Ayniqsa, modernizatsiya, yangilanish, islohotlar bilan korrupsiyaning bir-biriga “qoni

qoʻshilmaydi”, yangilik bilan eskilik tarafdorlari, fan, innovatsiya, kreativ fikrlovchilar bilan eski
byurokratiya avlodi oʻrtasida muttasil kurash davom etadi.

Korrupsiya

— chegara bilmas “ajdaho”, u aldamchilik, poraxoʻrlik va pulni “yuvish”ning

aniq “chizma” (sxema)laridan tashkil topgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1016

Korrupsiyani idrok etish indeksini — davlat sektoridagi korrupsiya darajasini ekspert va

biznes vakillari baholaydi. Avvalgi yillarda boʻlgani kabi, dunyo mamlakatlarining uchdan ikki
qismidan koʻprogʻining oʻrtacha bali 43 dan 50 gacha koʻrsatkichda turibdi. Indeks
tuzuvchilarning fikricha, bu aksariyat mamlakatlarning korrupsiyani jiddiy nazorat qila
olmaganligi va demokratiyaning inqirozidan dalolat beradi.

2020-yil 29-iyunda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi

kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga
muvofiq tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu borada davlat siyosatini
shakllantirish va amalga oshirish bilan birga, ana shu koʻrsatkichni yaxshilash ustida koʻp ishlashi
kerak.

2020-2021-yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi

ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralari koʻrilishi
sohada tub oʻzgarishlarga turtki beradi. Agentlikka xalqaro konvensiya talablarini bajarish
maqsadida ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi
milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi
oʻrnini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini
yanada oshirishga, yoshlar ongini va huquqiy madaniyatini nazariy ma’lumotlar bilan birga
amaliyot birligi ta’minlash borasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil, 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong

va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi farmoniga
muvofiq, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini
ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi

ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza
qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy

immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy
qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks
tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi

hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko‘rsatadi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat

manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli
olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta’sirini
ko‘rsatmoqda.

Demak, milliy taraqqiyotga toʻsiq boʻlib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yoʻlida

dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz boʻlmas ekan,
taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta
olmaymiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1017

REFERENCES

1.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2.

Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. —

Vol. 25. — P. 1320. [1] Arxivlandi 2009-09-20 Wayback Machine saytida.

(ingl.)

3.

Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99.

— International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994.

(ingl.)


References

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997. — Vol. 25. — P. 1320. [1] Arxivlandi 2009-09-20 Wayback Machine saytida.(ingl.)

Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper 94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 1994. (ingl.)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов