CONFLICT RULES OF THE REGULATION OF FAMILY RELATIONS UNDER PRIVATE INTERNATIONAL LAW

HAC
Google Scholar
To share
Muhitdinοv S. (2023). CONFLICT RULES OF THE REGULATION OF FAMILY RELATIONS UNDER PRIVATE INTERNATIONAL LAW. Modern Science and Research, 2(12), 109–115. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26533
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article analyzes conflicting norms of regulation of family relations under international private law. Also, this article talks about the incommensurable role of conflicting norms in regulating family relations.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

XALQARO XUSUSIY HUQUQ BO’YICHA OILA MUNOSABATLARINING

TARTIBGA SOLINISHNING KOLLIZON NORMALARI

Muhitdinοv Sunnatulla Tοxirοvich

Jahοn iqtisοdiyοti va diplοmatiya universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10288177

Annοtatsiya.

Maqοlada xalqaro xususiy huquq bo’yicha oila munosabatlarining tartibga

solinishning kollizon nozmalari

tahlil qilingan. Shuningdek, shbu maqolada oila munosabatlarini

tartibga solishda kollizon normalarning o’rni beqiyosligi haqida so’z yuritiladi.

Kalit sο’zlar:

oilaviy munosabatlar, kollizon, norma, kollizon normalar va xalqaro xususiy

huquq.

CONFLICT RULES OF THE REGULATION OF FAMILY RELATIONS

UNDER PRIVATE INTERNATIONAL LAW

Abstract.

The article analyzes conflicting norms of regulation of family relations under

international private law. Also, this article talks about the incommensurable role of conflicting
norms in regulating family relations.

Key wοrds:

family relationship, collision, norm, collision norms and private international

law.

КОЛЛИЗИОННЫЕ ПРАВИЛА РЕГУЛИРОВАНИЯ СЕМЕЙНЫХ

ОТНОШЕНИЙ ПО МЕЖДУНАРОДНОМУ ЧАСТНОМУ ПРАВУ

Аннотация

.

В статье анализируются противоречивые нормы регулирования

семейных отношений по международному частному праву. Также в данной статье
говорится о несоизмеримой роли коллизионных норм в регулировании семейных отношений.

Ключевые слова:

семейные отношения, коллизия, норма, коллизионные нормы и

международное частное право.


KIRISH

Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan chet el

fuqarolari va fuqaroligi boimagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlami huquqiy tartibga
solish masalalari alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu holat quyida e’tiboringizga havola
etilayotgan bir qator obyektiv xarakterdagi sabablar bilan bog’liqdir: - aholi ko’chishining o’ta
kuchayib ketganligi, shu jumladan bir mamlakat fuqarolarining u yoki bu mamlakatdan o’zga
hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslaming bu mamlakatga erkin kirib kelishi;
- O’zbekiston fuqarolari bilan chet el fuqarolari o’rtasidagi (ish yuzasidan) amaliy va shaxsiy
aloqalaming kuchayib borayotganligi. O’zbekiston fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikoh
tuzishlari sonining sezilarli darajada oshganligi, bitta oila a’zolarining turli davlatlar fuqarolari
bo’lishi hollarining ko’payganligi yuqorida sanab o’tilgan holatlaming oqibatidir. Bunda xorijiy
(xalqaro) element ishtirokidagi xilma-xil munosabatlar, ya’ni nikoh tuzishda, nikohning
tugatilishida, nikohni haqiqiy emas deb topishda, er-xotin o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy
munosabatlarda, ota-ona va bolalar o’rtasidagi mulkiy munosabatlarda tafovutlar yuzaga keladi.
Xalqaro xususiy huquqda xorijiy davlatlar fuqarolari bo’lgan shaxslar ishtirok etadigan
munosabatlar, ya’ni masalan, ularing o’zaro nikoh tuzishlari yoki umumiy fuqarolikka ega
bo’lmagan er-xotinning aliment to’lash to’g’risida bitim tuzishi xorijiy element ishtirokidagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

110

munosabatlar deb ataladi. Huquqiy munosabatlaming vujudga kelishi, o’zgartirilishi yoki
tugatilishi bilan bog’liq bo’lgan yuridik fakt chegaradan tashqarida sodir bo’lgan hollarda ham
(masalan, O’zbekiston Respubhkasi hududidan tashqarida O’zbekiston fuqarolari o’rtasida
nikohning tuzilishi yoki tugatilishi) chet el elementi bilan murakkablashgan oilaviy munosabatlar
mavjud bo’ladi.

MUHΟKAMA

VA

NATIJALAR

Oilaviy munosabatlar bilan murakkablashgan chet el elementi mavjud bo’lgan hollarda

qaysi davlat huquqi qo’llaniladi va qaysi davlat organlari oilaviy munosabatlardan kelib
chiqadigan u yoki bu masalalar bo’yicha qaror qabul qilishga vakolatli, degan savollar yuzaga
keladi. Bunday muammolar xalqaro xususiy huquq doirasiga tegishlidir. U yoki bu masalani
qanday hal etish lozimligi xususidagi to’g’ridan to’g’ri javobni, to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatmani
o’zida mujassam etmagan va qaysi qonunchilik qoilanilishi lozimligini ko’rsatuvchi kollizion
(to’qnashuv) normalar xalqaro xususiy huquqning asosini tashkil etadi. Bunday normalar turli
manbalarda mavjuddir. Eng avvalo, bu O’zbekiston Respublikasining ichki qonunlaridir. Masalan,
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida kollizion normalardan tashkil topgan Maxsus
bo’lim bor (VIII bo’lim).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boimagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlami

tartibga solish). O’zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o’rtasidagi xalqaro
shartnomalarda ham kollizion normalar mavjuddir. Chet el elementi bilan murakkablashgan
oilaviy munosabatlarning keng tarqalganligi O’zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar
oilaviy qonunchiliklari o’rtasidagi ziddiyatlami hal etish muammosini keltirib chiqaradi, zero
o’sha davlatlar fuqarolari O’zbekiston Respublikasi oila huquqining ta’sir doirasiga tez-tez tushib
qola boshladilar, bu esa tegishli ravishda mamlakat hududidagi oilaviy munosabatlarda ulaming
huquqlarini ishonchli kafolatlash zamriyatini keltirib chiqardi. Ikkinchi tomondan, chet el
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarda O’zbekiston
fuqarolarining, ayniqsa bolalarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya qilish masalasi
muhimlikda yuqorida tilga olingan masalalardan qolishmaydi (Bu hol chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo’lmagan shaxslaming o’zbekistonlik bolalami farzandlikka olganlarida, ota-onalar va
bolalaring aliment majburiyatlarini tartibga solishda yaqqol ko’zga tashlanadi). Shu sababdan,
oilaviy munosabatlami tartibga solishda chet ellarning oila huquqi normalarini qo’llash
imkoniyatiga yondashuvni tubdan o’zgartirish zamriyati yuzaga keldi, zero bu masalaga nisbatan
ilgari mavjud bo’lgan salbiy munosabat ko’pgina hollarda O’zbekiston fuqarolari hamda chet el
fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini cheklab qo’yishga olib kelgan edi.

1998-yilning aprelida O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingach, bu

muammolar asosan hal etildi, bundan tashqari avval amalda bo’lgan qonunchilikdagi
muammolarga ham barham berildi. Oila kodeksining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlari tartibga solish”, deb nomlangan VIII-bo’limida
fuqaroligi bo’lmagan chet ellik shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga nisbatan
O’zbekiston Respublikasi oila qonunchiligi va chet ellar oila huquqi normalarini qo’llash asoslari
nazarda tutilgan. Shuningdek, agar ushbu munosabatlar xorijiy davlat hududi bilan bog’liq bo’lsa,
nafaqat O’zbekiston fuqarolarining oilaviy munosabatlariga nisbatan, balki xorijliklarga nisbatan
ham ushbu normalar qo’llaniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

111

Turli davlatlaming oila huquqlari moddiy-huquqiy normalari orasida katta xilma-xilliklar

bor. Bu endi albatta, xorijiy element ishtirokidagi huquqiy munosabatlaming turli masalalarini hal
etishda amalda kolliziyalami, ya’ni qarama-qarshiliklar, to’qnashuvlami vujudga keltiradi.
“Kolliziya” so’zi (“qonunlar kolliziyasi”, “kollizion masala”, “kollizion norma”) bu yerda turli
mamlakatlar qonunchiliklarining tc’qnashuvini ifoda etadigan ibora sifatida ishlatilmoqda.

“Kollizion huquq” degani esa xalqaro xususiy huquqning normalari bo’lib, ma’lum bir

masalada to’qnash kelgan xorijiy va o’z davlati qonunlarida qaysi biri qo’llanilishini aniqlab
beradi). Iqtisodiy tuzumning o’ziga xosliklari bilan bir qatorda milliy, maishiy, diniy o’ziga
xosliklar va an’analar ham oilaviy munosabatlami tartibga solishga muhim ta’sir ko’rsatadi. Bir
qator mamlakatlaming oila huquqiga eming oldidagi yakkahokimligi xosdir; er va xotinnning
oilada teng huquqli emasligi ko’pgina mamlakatlarda hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda.
Bunday mamlakatlaming fuqarolik kodekslarida nikoh shaitnomasi tuzish belgilab qo’yilgan.
Bunday shartnoma asosan nikohdan avval tuziladi va unda xotinning mol-mulkiga eming
huquqlari mustahkamlab qo’yiladi.

Ko’pgina davlatlar qonunchiliklarida yakka nikohlik (monogamiya) mustahkamlab

qo’yilgan. Ammo Osiyo va Afrikaning ba’zi bir mamlakatlarida ko’p nikohlik (poligamiya) ham
hozirgi kunlargacha tan olinadi va kelin uchun qalin puli to’lash kabi qadimiy an’analar saqlanib
qolgan. Bunday qonunlarda ayolning turmushga chiqishi mumkin bo’lgan eng yosh chog’i ham
belgilab qo’yilgan. Bir qator mamlakatlaming qonunlari va amaliyotida irqiy cheklashlar mavjud:
bunday qonunlar bo’yicha turli irqqa yoki turli dinga mansub bo’lgan shaxslaming o’zaro nikoh
tuzishlariga yo’l qo’yilmaydi. Sobiq Sovetlar Ittifoqida oila huquqi sotsialistik huquq prinsiplari
asosida taraqqiy topgandi. Sovet oila huquqining o’ziga xosliklari, agar xalqaro shartnomalarda
boshqacha holat belgilab qo’yilgan bo’lsa, kollizion masalalarda qat’iy hududiylikning
o’matilishiga olib keldi. “Hududiylik” (har qanday holatlarda ham) xorijiy fuqarolar ishtirokidagi
oilaviy munosabatlarga nisbatan sud amalga oshirilmayotgan mamlakat qonunlari qo’llanilishini
anglatgan. Shunday qilib, amaliyotda, keyinchalik esa Sovet qonunchiligida ham sovet huquqiy
tizimininng boshqalardan ajralib turadigan jihatlariga bog’liq ravishda bu tizimga “begona” chet
el oila huquqi normalarining SSSRda amal qilishi nomaqbul ekanligi xususidagi nuqtayi nazar o’z
ifodasini topdi. Mustaqillik qo’lga kirgach O’zbekiston Respublikasi oila huquqini xalqaro huquq
normalari asosida o’zining barqaror an’analari va odatlariga mos ravishda rivojlantirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan “oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir” (63-
modda) [2]. Quyidagilar oilaviy munosabatlar sohasidagi konstitutsiyaviy tamoyillar hisoblanadi:

- erkak va ayolning teng huquqliligi;
- nikoh tuzishning erkinligi;
- nikoh tuzayotgan shaxslaming teng huquqiyligi;
- ota-onalaming nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar farzandlaming qonun

oldida tengligi;

- yetim bolalaming va ota-onalaming vasiyligidan mahmm bo’lgan bolalaming ta’minoti,

tarbiyasi va ta’lim olishning kafolatlanganligi;

- onalik va bolalikning davlat tomonidan muhofaza qilinishi.
Asosiy qonunga mos ravishda davlat quyidagi majburiyatlami o ‘z zimmasiga oladi: -

oilani muhofaza qilishni; - yetim bolalar va ota-onasining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalami


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

112

boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlashni; - yetim bolalar va ota-onasining vasiyligidan
mahrum bo’lgan bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantirishni.

O’zbekiston Respublikasida oila, onalik va bolalikning konstitutsiyaviy muhofazasi inson

huquqlari bo’yicha xalqaro hujjatlarga muvofiqdir. Ona va bola manfaatlarini himoya qilish
qonunlar bilan ta’minlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 4 milliondan ortiqroq oila mavjud.
Har yili 250 mingga yaqin yosh oilalar paydo bo’lmoqda, 710 ming chaqaloq tug’ilmoqda.
O’zbekistondagi oilalar o’rtacha 5-6 kishidan iboratdir. Aholining asosiy qismini bolalar va
yoshlar tashkil etadi. Oilalaming 12 foizdan ko’prog’ida o’n va undan ko’proq bolalar bor, qishloq
joylarida esa bu ko’rsatkich 20 foizni tashkil etadi. Aholining 60 foizidan ko’prog’ini bolalar,
o’smirlar va 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi. Respublika aholisining yarmidan
ko’prog’i (52 foizi) ayollar va qizlardan iborat. Oila jamiyat va davlat muhofazasida ekanligi
xususida so’z yuritilar ekan, turli jamg’armalar va jamoat tashkilotlari tomonidan oilaga ham
moddiy, ham ma’naviy yordam berilishi anglashiladi [4].

O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida ham nikoh shartnomasi to’g’risida qoidalar

bor (29-36-moddalar). Bu qoidalarga binoan, nikohlanuvchi shaxslaming yoki er va xotinning
nikohda bo’lgan davrida va yoki er va xotin nikohdan ajralgan taqdirda ulaming mulkiy huquqi
hamda majburiyatlarini belgilovchi bitimi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi. Nikoh shartnomasi
nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar ham, er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda
o’zgartiri lishi yoki bekor qilinishi mumkin (Oila kodeksining 32-moddasi) [6]. Nikoh shartnomasi
qanday shaklda tuzilgan bo’lsa, uning o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda
amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo’l
qo’yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o’zgartirilishi
yoki bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh shartnomasi sud tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha to’la yoki qisman haqiqiy
emas deb topilishi mumkin (Oila kodeksining 33-moddasi). Oila kodeksidan tashqari (VIII bo’lim.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlami tartibga
solish).

O’zbekiston Respublikasining ko’ptomonlama va ikkitomonlama xalqaro shartnomalari

ham chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlari
huquqiy tartibga solish manbalari hisoblanadi. Masalan, irqi, terisining rangi, tili, milliy kelib
chiqishi hamda boshqa qandaydir holatlardan qat’i nazar, kamsitishlaming har qanday shaklidan
bolani muhofaza qilishiji ta’minlash uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar to’g’risidagi, shuningdek,
bolaning manfaatlarini eng yaxshi ta’minlash, jumladan, fuqarolami farzandlikka olish huquqi,
bolalami noqonuniy tarzda chegaradan o’tkazish va qaytarish to’g’risidagi prinsipial qoidalar
BMTning 1989-yil 20-noyabrida qabul qilingan “Bolalarning huquqlari to’g’risida»gi
konvensiyasiga kiritilgan. Bu konvensiya 1990-yil 2-sentabrdan boshlab kuchga kirdi. 1996-yil
31-may holati bo’yicha konvensiyada 187 ta davlat, shu jumladan O’zbekiston ham ishtirok
etmoqda. 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1966-yilda qabul
qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda fuqarolik va
siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasi ham xorijiy fuqarolar ishtirokidagi oilaviy munosabatlami tartibga solishda muhim


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

113

o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan bo’lgan munosabatlarida 1993-
yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Huquqiy yordam va fuqarolik, oilaviy va jinoyat
ishlari bo’yicha huquqiy munosabatlar to’g’risidagi konvensiya hamda shu konvensiya yuzasidan
1977-yil 28-martda qabul qilingan, oila huquqlarining alohida normalari tilga olib o’tilgan
Protokol birinchi darajali o’rin tutadi [4].

Oila huquqining ko’pgina masalalari O’zbekiston Respublikasining dunyoning bir qator

mamlakatlari bilan tuzilgan fuqarolik, oila, jamiyat ishlarini hal etish borasida huquqiy yordam
ko’rsatish to’g’risidagi ikkitomonlama shartnomalarida ham ko’rib chiqilgan. Zamonaviy
sharoitlarda faoliyati kollizion oila huquqi normalarini kodifikatsiya qilishga qaratilgan
hukumatlararo tashkilotlaming ahamiyati kattadir. Xalqaro xususiy huquq bo’yicha Gaaga
konferensiyasi ko’pgina mamlakatlar uchun ayniqsa muhim o’rin tutadi. Unda ishlab chiqilgan va
qabul qilingan barcha konvensiyalaming uchdan bir qismidan ko’prog’i kollizion oila huquqiga
taalluqlidir. Ular orasida 1978-yil 14-martda qabul qilingan nikoh tuzish haqiqiyligini tan olish
to’g’risidagi konvensiyani hamda er-xotinning mol-mulki rejimlariga nisbatan qo’llaniladigan
huquqi to’g’risidagi konvensiyani, 1980-yil 25-oktabrda qabul qilingan bolalarni xalqaro
o’g’irlashning fuqaroviy jihatlari to’g’risidagi konvensiyani va 1993-yil 29-mayda qabul qilingan
bolalami himoya qilish va xorijiy farzandlikka olish borasida hamkorlik qilish to’g’risidagi
konvensiyani tilga olib o’tish mumkin. Yuqorida sanab o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, oilaviy
qonunchiliklarida tafovutlar bo’lgan mamlakatlaming fuqarolari o’zaro nikoh tuzganlarida
kollizion masalalari hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi oila
huquqining kollizion normalari katta xilma-xillikka ega ekanliklari bilan ajralib turadi. Nikohga
taalluqli huquq layoqati, ya’ni nikoh tuzish huquqining o’zi, nikoh tuzish uchun har xil
to’siqlaming yo’qligi - bularing barchasi bir qator mamlakatlarda er va xotinning har birining
o’zaro fuqarosi hisoblangan davlatda amalda bo’lgan qonunlar bilan aniqlanadi. Turli mamlakatlar
fuqarolari bo’lgan er-xotin o’rtasidagi nikoh tugatiladigan hollarda bir qator mamlakatlarda er
fuqarosi bo’lgan mamlakat qonunlari qo’llaniladi. Bu davlat hududida nikoh tuzilgan joy
qonunlariga mos ravishda tuziigan nikoh boshqa bir mamlakatda tan olinmasligi mumkin. Er va
xotinning mulkiy munosabatlari bir qator mamlakatlarda er fuqarosi bo’lgan mamlakat
qonunlariga binoan hal etiladi. Ko’plab davlatlarda bir qator kollizion masalalar hal etiladi.

Vengriya Respublikasi Xalqaro xususiy huquq to’g’risidagi qonunning 31-paragrafi

bo’yicha nikoh haqiqiyligining moddiy-huquqiy shart-sharoitlari nikoh tuzuvchilaming “umumiy
shaxsiy qonuni” bilan tartibga solinadi. Agar bu shaxslar fuqarolikda turgan davlatlaming
qonunlari turlicha bo’lsa, “har ikki tomon qonunlari bo’yicha haqiqiylik sharti mavjud” bo’lgan
hollardagina nikoh haqiqiy deb hisoblanadi. Vengriyada nikoh shakliga nisbatan nikoh tuiilgan
joy huquqi qo’llaniladi. Xitoy Xalq Respublikasida XXR fuqarosi chet ellik bilan nikoh
tuzayotganda nikoh tuzilayotgan joy qonuni qo’llaniladi, nikoh tugatilayotganda esa ishni ko’rib
chiqish uchun qabul qilingan sud joylashgan joy qonuni qo’llaniladi (XXRning 1986-yilda qabul
qilingan “Fuqarolik huquqi umumiy qoidalari”ning 147-moddasi). Vengriya va Serbiyada nikohni
tugatish masalalarini hal etishda, qoida bo’yicha, er va xotinning davlatlardagi fuqarolik qonunlari
asos bo’lib xizmat qiladi.

Rossiya Oila qonunchiligining xorijiy element ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga

taalluqli normalari an’anaviy ravishda asosiy 384 federal sohaviy hujjatga kiritilgandi: 1996-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

114

yilgacha RSFSRning Nikoh va oila to’g’risidagi kodeksning 5-bo’limi amalda bo’ldi. Uning
normalari SSSR va ittifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to’g’risidagi qonunchilik
asoslarining tegishli 5-bo’limi qoidalarini amalda aynan takrorlardi. Rossiya Federatsiyasining
kodifikatsiyalangan federal qonun bo’lmish yangi Oila kodeksiga «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi
bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga nisbatan oila qonunchiligini qo’llash»
degan VII bo’lim kiritilgan. Uning normalari RSFSRning ilgari amalda bo’lgan Nikoh va oila
to’g’risidagi kodeksining V bo’lim qoidalaridan tubdan farq qiladi. Rossiya Federatsiyasining Oila
kodeksidagi 156-167-moddalarida aytilishicha, RF hududida nikoh tuzishning shakli va tartibi
Rossiya Federatsiyasi qonunlari bo’yicha belgilanadi. Agar chet el fuqarosi bo’lgan shaxs bir
vaqtning o’zida Rossiya Federatsiyasining ham fuqarosi bo’lsa, nikoh Rossiya Federatsiyasi
qonunlari bo’yicha tuziladi. Agar shaxs bir qancha xorijiy davlatlar fuqaroligiga ega bo’lsa uning
xohishi bo’yicha o’sha davlatlardan birining qonunchiligi qo’llaniladi. Fuqaroligi bo’lmagan
shaxsning Rossiya Federatsiyasi hududida nikoh tuzishi o’sha shaxs doimiy turar joyga ega
bo’lgan davlat qonunlari bo’yicha amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqarida
istiqomat qilayotgan RF fuqarolari Rossiya Federatsiyasining diplomatik vakolatxonalarida yoki
konsullik muassasalarida nikohdan o’tadilar. Rossiya Federatsiyasi hududidagi xorijiy
davlatlarning diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida tuzilgan chet elliklar
o’rtasidagi nikoh, nikohlanuvchilar nikoh tuzish paytida

Rossiya Federatsiyasiga elchi yoki konsul jo’natgan xorijiy davlatlarning fuqarolari

bo’lgan taqdirdagina o’zaro kelishuv sharti bilan haqiqiy hisoblanadi (RF Oila kodeksining 157-
moddasi). Boshqa moddalarda quyidagi holatlar bayon etilgan: “Rossiya Federatsisi hududida
tashqarida tuzilgan nikohlarning tan olinishi” (158-modda), “Nikohning tugatilishi” (160-modda),
“Er va xotinning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlari va majburiyatlari” (161-modda), “Otalik
(onalik)ning belgilanishi va shu xususda nizolashish” (162-modda), “Ota-onalar va bolalaming
huquqlari va majburiyatlari” (163-modda), “Balog’atga yetgan farzandlar va oilaning boshqa
a’zolarining alimentga oid majburiyatlari” (164-modda), “Farzandlikka olish” (165-modda),
“Xorijiy oila huquqi normalari mohiyatini aniqlash” (166-modda), “Xorijiy oila huquqi
normalarini cheklash” (167-modda). 1997-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Fuqarolik holati aktlari
to’g’risida”gi Federatsiya qonunida hamda 1998-yil 5-noyabrda RF Prezidenti Farmoni bilan
tasdiqlangan Rossiya Federatsiyasining konsullik muassasalari to’g’risidagi Nizomda ham xorijiy
element ishtirokidagi oilaviy munosabatlar xususida so’z yuritilgan. Rossiya Federatsiyasining
ko’ptomonlama, shuningdek ikki tomonlama xalqaro shartnomalari ham chet el fuqarolari
ishtirokidagi oilaviy munosabatlami huquqiy tartibga solish manbayi bo’lib xizmat qiladi [7].

Rossiyaning quyida tilga olingan bir qator mamlakatlar bilan fuqarolik, oila va jinoyat

ishlarini hal etish bo’yicha o’zaro huquqiy yordam ko’rsatish to’g’risidagi ikkitomonlama
shartnomalarda ham oila huquqi masalalari hal etib berilgan: Albaniya, Bolgariya, Vengriya,
Vyetnam, KXDR, Kuba, Mongoliya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya (1982-yildan beri
Chexiya va Slovakiya), Yugoslaviya bilan; shuningdek, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg’iziston,
Latviya, Litva, Moldaviya, Estoniya bilan. Oila huquqi kolliziyalarini tartibga solish va bu
shartnomalarda ko’rib chiqiladigan masalalar doirasi MDH davlatlarining 1993-yil 22-yanvarda
qabul qilingan konvensiyasi orqali tartibga solinadigan masalalar doirasiga ancha yaqindir [6].
Jahon hamjamiyatida xuddi O’zbekiston va boshqa sobiq sovet respublikalari statusi o’zgarganligi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

singari Rossiya statusining o’zgarganligi, ochiq jamiyat usuliga o’tilganligi, Konstitutsiyada yangi
ustuvorliklarning mustahkamlab qo’yilganligi xorijiy element ishtirokidagi oilaviy
munosabatlarga nisbatan qo’llanilishi lozim bo’lgan muhitni aniqlash usuliga yondashuvni tubdan
o’zgartirib yubordi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining yangi Oila kodeksida, O’zbekiston
Respublikasining Oila kodeksida qonun chiqaruvchi bog’lanishlari tanlashda birinchi navbatda
munosabatlaming ma’lum turining u yoki bu davlat bilan, shu jumladan xorijiy davlat bilan
ko’proq yoki kamroq uzviy aloqasini e’tiborga olgan. Sud qonuniga bog’liqlikdan foydalanish
doirasi ancha toraytirilgan. Albatta, turli oilaviy mu nosabatlarga nisbatan, aytaylik, Rossiya
qonunlarini qo’llash o’sha munosabatlar ishtirokchilarining, shu jumladan, chet ellardagi Rossiya
fuqarolarining ham manfaatlariga zid kelib qoldi. Shunday qilib, chet el huquqini qo’llamaslik
shunga olib keldiki, er fuqarolikda turgan davlatning qonunlari yetakchi deb tan olinadigan
davlatlarda Rossiya muassasalarining, masalan, nikoh tuzilganligi to’g’risidagi tegishli hujjatlari
tan olinmasligi va hayotga tatbiq etilmasdan qoladigan bo’ldi. Bu esa “oqsoqlanadigan”, ya’ni bir
marqlakatda tan olinib, ikkinchi mamlakatlarda tan olinmaydigan nikohlami vujudga keltirdi.
ko’rib turganimizdek, RFning yangi oila kodeksida qonun chiqaruvchi kollizion normalarni
shakllantirishda ma’lum munosabatlar bilan ma’lum huquqiy tizim o’rtasidagi aloqani,
bog’liqlikni eng ko’p darajada aks ettiradigan yechimlami axtargan.

O’zbekiston Respublikasida ham qonun ijod qilishning shu yo’lidan foydalaniladi.

O’zbekistondagi kollizion oila huquqi taraqqiyotining ikkinchi yo’nalishi xorijiy element
ishtirokidagi oilaviy munosabatlari qonuniy tartibga solish doirasining kengaytirilishidir.
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida nikohning haqiqiy emasligi, er va xotinning shaxsiy
mulkiy va nomulkiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquqlari va majburiyatlari,
balog’atga yetgan farzandlar va boshqa oila a’zolarining aliment majburiyatlari singari oila
qonunchiligidagi muammolar hal etib berildi. Bu sohadagi qonuniy tartibga solishning
kengaytirilganligi, kollizion normalaming yanada batafsillashtirilganligi jahon an’analariga mos
kelishini aytib o’tish lozim. Zero, ko’plab xorijiy davlatlarda kollizion oila huquqi normalari
yangilangan va batafsillashtirilgan hamda Avstriya, Vengriya, Lixtenshteyn, Turkiya, Shveysariya
kabi davlatlarda xalqaro xususiy huquq to’g’risidagi yangi qonunlarga yoxud oila yoki Fuqarolik
kodekslariga kiritilgan.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”. 1998.-B.48.

2.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. -T.: «Adolat», O’zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 1997-yil. -B.384.

3.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganuvchilarga yordam. Tuzuvchilar:
yuridik fanlar doktorlari, prof. A.Saidov, U.Tojixonov. -T.: “Akademiya» nashriyot
markazi. 2001-yil. –B.155

4.

“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni.
1992-yil, iyul.

5.

O’zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi. Xalq so’zi. 1996-yil 10-sentabr. 6.
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -T.: “Adolat”, 1998-yil. –B.300.

6.

Xalqarο xususiy huquq. Darslik. Tοshkent. 2008.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: “O’zbekiston”. 1998.-B.48.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharhlar. -T.: «Adolat», O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1997-yil. -B.384.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganuvchilarga yordam. Tuzuvchilar: yuridik fanlar doktorlari, prof. A.Saidov, U.Tojixonov. -T.: “Akademiya» nashriyot markazi. 2001-yil. –B.155

“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 1992-yil, iyul.

O’zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi. Xalq so’zi. 1996-yil 10-sentabr. 6. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -T.: “Adolat”, 1998-yil. –B.300.

Xalqarο xususiy huquq. Darslik. Tοshkent. 2008.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов