DEVELOPMENT OF STUDENTS' SPEECH BY WORKING ON WORDS IN PRIMARY CLASS MOTHER TONGUE CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Malikova , D., & Jabborova, M. (2023). DEVELOPMENT OF STUDENTS’ SPEECH BY WORKING ON WORDS IN PRIMARY CLASS MOTHER TONGUE CLASSES. Modern Science and Research, 2(12), 230–234. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26585
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the stages of speech development of elementary school students and the types of work carried out on the development of speech. Sample exercises that serve to enrich the vocabulary of students are given and their content is revealed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO’Z USTIDA ISHLASH ORQALI

O’QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH

Malikova Dilrabo Ravshan qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta’lim)

2-bosqich magistranti

dilrabomalikova21@gmail.com

+998944000456

Jabborova Marjona

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Boshlangʻich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10320081

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarning nutqini rivojlantirish

bosqichlari va nutq o’stirish ustida olib boriladigan ish turlari haqida ma’lumotlar berilgan.
O’quvchilar lug’ati boyishi uchun xizmat qiluvchi na’munaviy mashqlar keltirilib, ularning
mazmun-mohiyati ochib berilgan

Kalit so’zlar

: nutq va uni o’stirish, metod va usullar, so’z boyligini oshirish,

aktivlashtirish, fonetik birikma, sinonim, antonim, to’g’ri talaffuz, audiomatn.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' SPEECH BY WORKING ON WORDS IN

PRIMARY CLASS MOTHER TONGUE CLASSES

Abstract

. This article provides information about the stages of speech development of

elementary school students and the types of work carried out on the development of speech. Sample
exercises that serve to enrich the vocabulary of students are given and their content is revealed.

Key words

: speech and its development, methods and methods, increasing vocabulary,

activation, phonetic combination, synonym, antonym, correct pronunciation, audiotext.

РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ РАБОТЫ НАД СЛОВАМИ НА

УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ.

Аннотация

. В данной статье представлена информация об этапах речевого

развития учащихся младших классов и видах работы, проводимой по развитию речи.
Приводятся примерные упражнения, служащие для обогащения словарного запаса
учащихся, и раскрывается их содержание.

Ключевые слова

: речь и ее развитие, приемы и приемы, увеличение словарного

запаса, активизация, фонетическое сочетание, синоним, антоним, правильное
произношение, аудиотекст.

Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida

ijtimoiy faoliyati turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Bundan tashqari, nutq-bu til yordamida
insonning ovozli aloqa vositasi hamdir. Har bir til so’z tovushini tashkil etuvchi unli va undosh
tovushlarning fonetik birikmalaridan iborat (ya’ni barcha o’zbekcha so’zlar barcha ruscha
so’zlardan farq qiladi, hatto ular bir so’z bo’lsa ham, masalan, “stul” yoki “doska”va boshqalar).

Nutq o’stirishda uch yo’nalish aniq ajratiladi: 1) so’z ustida ishlash; 2) so’z birikmasi va

gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z ustida ishlash orqali nutqini rivojlantirish

deganda, so’zlarning o’z ma’nolaridan o’rinli foydalanilishi va uning xususiyatlarini anglashi va
o’rinli joylarda foydalanishi balki, to’g’ri talaffuz qilishi ham tushuniladi.

O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar, o’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan

bir qator talablarga rioya qilinadi:

1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin. Hikoya yoki insho o’quvchilar uchun yaxshi

ma’lum bo’lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan,
radioeshittirish va teleko’rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi.

Bolalar bilmagan narsa, ko’rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz

so’zlashga yo’l qo’yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o’stirish metodikasi hikoya, insho uchun
materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig’ish, uni muhokama qilish, to’ldirish, asosiy
mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bu jarayonda
o’quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.

2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi, fikr izchil,

asosli bayon etilishi, asosiy o’rinlar tushirib qoldirilmasligi va o’rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli
bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-
hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik,
mavzuni o’ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni
va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.

3. Nutq aniq bo’lsin. O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda

oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so’z, so’z birikmasi,
gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o’rgansin.

4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o’quvchi nutqi til

vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan
gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta,
boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo
o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.

5. Nutq tushunarli bo’lsin. Og’zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o’quvchiga

tushunarli bo’lishi zarur. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o’quvchining
imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz
tushunadi.

6. Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan bo’lsa, eshituvchiga

yoki o’quvchiga ta’sir etadi. Og’zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og’zaki nutq
ham, yozma nutq ham tinglovchi va o’quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan
so’zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning
tushunarli va ifodali bo’lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so’zlardan xoli bo’lishini taqozo
etadi.

7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab o’quvchilari uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos

va to’g’ri bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya
jihatidan, og’zaki nutq esa orfoepik jihatdan to’g’ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to’g’ri bo’lishi
uchun so’z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro
bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ta’lim tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi. [2,Б.303]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

232

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar nafaqat ona tili va o’qish savodxonligi darslarida balki,

barcha o’quv darslari orqali nutqini rivojlantirib va boyitib boradi. Bu turdagi darslar orqali
o’quvchalar so’zlarning ma’nolari, qo’llanilishi haqida aniq tushunchalari hosil bo’ladi. Agarda,
o’quvchi so’zlardan o’rinli foydalana olsa va lu’gat boyligi rivojlangan bo’lsa, uning nutqi chiroyli
va mazmundor bo’ladi va har qanday fikrni ifodali bayon eta oladi.

O’zbek tili rang-barang tillardan biri hisoblanadi. Besh jildlik “O’zbek tilining izohli

lug’ati” da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bu yuqoridagi fikrimizning
isbotidir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari,
antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at
boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noli so’zlar
hisoblanadi.

Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash,

tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilam ing lug’atini boyitish
jarayonini boshqarish hisoblanadi. Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy
yo’nalishni ko’zda tutadi:

boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida nutq o’stirishning muhim

vazifalaridan biri bu lug’at ustida ishlashdir. Lug’at ustida ishlash to’rt qisimdan tashkil topgan.

1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida

bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish.

2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu o’z ichiga o’zlashtirilgan so’zlarning

ma’nosini to’liq anglash, ularning sinonim va antonimlarini aniqlash va ko’chma ma’nolarini ongli
ravishda anglash tushunishni oladi.

3. Lug’atni aktivlashtirish, ya‘ni o’quvchilar ma’nosini o’zlashtirgan, ammo nutqida

foydalanilmaydigan so’zlarni faollashtirishdan iborat.

4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga

o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga
kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva
va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi. [3,Б.652]

So’z ma’nosini tushuntirish nutq o’stirishning muhim shartlaridan biri hisoblanib, ushbu

jarayon dars davomida quydagicha amalga oshiriladi. Agarda o’quvchi ona tili va o’qish
savodxonligi darslarida biror so’zning qanday ma’no anglatishini bilmasa yoki qay o’rinda
foydalanish kerakligi xususida muammoga duch kelsa, bu o’rinda o’qituvchi ushbu so’zning
ma’nosini o’quvchiga o’sha so’z ishtirok etgan mashq yoki matn bajarilishi oldidan qisqa vaqt
davomida o’quvchining fikrini asosiy g’oyadan chalg’itmagan holda tushuntirib o’tadi.

So’z ma’nosini tushuntirishning ham bir necha shakllari mavjud bo’lib, ular quydagilardan

iborat.

1.So’z ma’nosini matn ostida berilgan izohi yordamida tushuntirish.
2.So’z ma’nosini uning sinonimi yordamida tushuntirish.
3.So’z ma’nosini uning antonimi yordamida tushuntirish.
4.So’z ma’nosini uning asosiy belgisi yordamida tushuntirish.
5.So’z ma’nosini ko’rsatish(harakatlar,rasmlar,videolar) yordamida tushuntirish. [3,Б.655]


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

233

Boshlang’ich sinf o’quvchilar nutqini o’stirish jarayonida bajarilayotgan mashqlar ham

katta ahamiyatga egadir.Quyida keltirilgan turli mashqlar o’quvchilarda so’zlarga e’tiborini
kuchaytirishga yordam beradi, ya’ni tallafuz qilinayotgan so’zlar ayni eshitilgandek yozilmasligi
hamda nutq jarayonida faqat bir turdagi so’zlar o’rniga ularning muqobil ma’nodoshlaridan
foydalanish mumkin ekanligini o’rganib borishadi.

1-jadval asosida birinchi ustunda berilgan so’zlarning ma’nodoshini ikkinchi ustundan

topib ayting. [1,Б.11]

oftob

mamlakat

el

quyosh

xush

xalq

yurt

xarakter

fe’l

yaxshi

1-jadval

2-jadvalda berilgan so’zlar qatnashgan gaplarni matndan topib, qayta o’qing. Ushbu so’zlar

gaplarda qanday ma’noda kelganini ayting.

tanob

qiyg’os

shabboda

sayroqi

fayz-tarovat

zilol

poyonsiz

g’oyat

arz

to’satdan

2- jadval

3- jadval asosida audiomatndan olingan quyidagi so’zlarni o’qing. To’g’ri yozilgan

so’zlarni aniqlab, ko’chiring. [1,Б.16]

kitob

ko’b

g’aroyib

mexnat

kitobhon

farzant

ko’p

kitobxon

mehnat

g’aroyip

kitop

farzand

3-jadval

(Ushbu turdagi mashqlar o’quvchilarga so’zlar eshitilishiga ko’ra yoki tallafuz usuliga ko’ra

yozilmasligini o’rgatish uchun berilgan bo’lib,o’quvchilarni yanada e’tiborli bo’lishga undaydi.)

4- jadval asosida ajiratib ko’rsatilgan so’zlar bilan ularning izohini moslab daftaringizga

yozing.

mayib

bebaho, kam uchraydigan

zina

qimmatbaho boylik

javohir

yuqoriga va pastga tushish qurilmasi

askari

shikastlanish sababli asl holatini yo’qotish

noyob

ko’pincha

4-jadval

(Yuqorida keltirilgan mashq turi o’quvchilarga yangi so’zlarni ularning ma’nodoshi, izohi

hamda uning asosiy vazifasi orqali tushunishga va o’rganishga yordam beradi.)

Ushbu turdagi mashqlar so’z ustida bajariladigan mashqlar sirasiga kirib, o’quvchilar

lug’atini boyitishga va bu orqali ularning nutqini rivojlantirshga xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

234

REFERENCES

1.

I.Azimova, K. Mavlonova, S. Quronov, Sh. Tursun, Z.Ro’zmetova “Ona tili va o’qish
savodxonligi”3-sinf uchun darslik 1-qism .Toshkent-2022

2.

K.Qosimova, S. Matchonov, X.G‘ulomova, Sh. Yo’ldosheva, Sh. Sariyev “Ona tili
o’qitish metodikasi”.«NOSIR» nashriyoti. Toshkent -2009.

3.

S. Matchonov,H.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh. Yo’ldosheva,G.Xolboyeva “Boshlang’ich
sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”darslik. “Ishonchli hamkor nashiryoti” Toshkent-
2021.

References

I.Azimova, K. Mavlonova, S. Quronov, Sh. Tursun, Z.Ro’zmetova “Ona tili va o’qish savodxonligi”3-sinf uchun darslik 1-qism .Toshkent-2022

K.Qosimova, S. Matchonov, X.G‘ulomova, Sh. Yo’ldosheva, Sh. Sariyev “Ona tili o’qitish metodikasi”.«NOSIR» nashriyoti. Toshkent -2009.

S. Matchonov,H.Bakiyeva, X.G‘ulomova, Sh. Yo’ldosheva,G.Xolboyeva “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”darslik. “Ishonchli hamkor nashiryoti” Toshkent-2021.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов