SCIENTIFIC HERITAGE OF SUFI ALLOHYOR

HAC
Google Scholar
f
929-931
0
0
To share
Ramazonova, . R. (2023). SCIENTIFIC HERITAGE OF SUFI ALLOHYOR. Modern Science and Research, 2(12), 929–931. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27284
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the scientific heritage and creativity of Sufi Allahyor. Also, in our article, the life and work of the scholar, his works, and their significance today are studied. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. The conclusion is given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

929

SOʻFI OLLOHYOR ILMIY MEROSI

Ramazonova Raʼno

Termiz davlat universiteti Rus va qardosh tillar fakulteti

tojik tili yoʻnalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10408243

Annotatsiya.

Mazkur maqolada So’fi Ollohyor ilmiy merosi va ijodi haqida so’z boradi.

Shuningdek, maqolamizda allomaning hayoti va ijodi, yozgan asarlari, ularning hozirgi kundagi
ahamiyati o’rganilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan. Maqola
so’nggida xulosa berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

So’fi Ollohyor, buyuk shaxslar, avliyolar, ajdodlar tarixi, allomaning hayoti

va ijodi.

SCIENTIFIC HERITAGE OF SUFI ALLOHYOR

Abstract.

This article talks about the scientific heritage and creativity of Sufi Allahyor.

Also, in our article, the life and work of the scholar, his works, and their significance today are
studied. Reasonable opinions and comments are used throughout the article. The conclusion is
given at the end of the article.

Key words:

Sufi Allahyor, history of great personalities, saints, ancestors, life and work of

scholars.

НАУЧНОЕ НАСЛЕДИЕ СУФИЯ АЛЛОХОЙАРА

Аннотация.

В данной статье говорится о научном наследии и творчестве суфия

Аллахйора. Также в нашей статье изучаются жизнь и деятельность ученого, его труды,
их значение сегодня. На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и
комментарии. Заключение приведено в конце статьи.

Ключевые слова:

суфий Аллахйор, история великих личностей, святых, предков,

жизнь и деятельность ученых.

Yurtimizdan koʻplab buyuk shaxslar, avliyolar, allomalaru ulamolarning yetishib

chiqqanini nafaqat xalqimiz, balki jahon xalqlari ham e’tirof etadi. Ana shunday mashhur
allomalardan biri oʻzbek tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi, diniy ilmlarni mukammal
egallagan Soʻfi Ollohyordir. Quyidagi maqolamizda allomaning hayoti va ijodi, yozgan asarlari,
ularning hozirgi kundagi ahamiyati haqida soʻz boradi. Buyuk ajdodlarimizning tarixini bilish ular
yozgan asarlarining mohiyatini anglash va oʻrganish har birimizning burchimizdir.

Zamonamizning mashhur olimlaridan biri R.Mirzayevning izlanishlariga koʻra Soʻfi

Ollohyor 1663-yil Samarqand viloyatining Minglar qishlogʻida dunyoga kelgan. 1724-yil
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Vaxshivor qishlogʻida vafot etadi. Soʻfi Ollohyor 2-3
yoshida oʻqish va yozishni oʻrganib, 6 yoshida Qur’oni karimni yod oladi. 12 yoshida esa otasi
Ollohquli Buxorodagi mashhur “Joʻybor” madrasasiga oʻqishga yuboradi. U yerda barcha fanlarni
yaxshi oʻzlashtirib, arab va fors tillarini mukammal oʻrganadi. Oʻzining donoligi va zukkoligi
bilan Buxoro Amiri Abdulazizxonning e’tiboriga tushib, 25 yoshida bojxona-soliq toʻralsi
lavozimiga tayinlanad. U bu lavozimda bir muddat faoliyat yuritib, keyinchalik oʻz ixtiyori bilan
iste’foga chiqadi. Tasavvuf va ibodatga muhabbati sabab oʻsha davrning mashhur
donishmandlaridan biri Shayx Habibullohga murud tushadi. U kishidan 12 yil davomida barcha


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

930

ilm sirlarini oʻrganib, shayxlik darajasiga koʻtariladi. “Uzot naqshbandiya tariqatining murshidi
komili, zohir va botin-shariat va tariqat ilmlaridan nodir alloma, Haq va xalq suyuklisi, daho
mutafakkir, nodir mutasavvif, san’atkor shoir, sohibkaroamat, sohibmaqom, sohibkitob valiydir”

1

.

Allomaning ilmiy merosi 3 tilda ya’ni arab, fors, va turkiy tillarda yozilgan. “Mahzan ul-

mutein” (“Itoatkorlar xazinasi”) asari arab tilda yozilgan yagona asaridir. Bu asar ikki boʻlimdan
iborat. Birinchi boʻlimi “Aqidalar kitobi” deb nomlanib 27 faslni oʻz ichiga oladi. Ikkinchi boʻlim
amaliy masalarni oʻz ichiga olib 17 fasldan ziyoddir. “Maslak ul-mutttaqin” va “Murod ul-orifin”
fors tilida yozilgan. “Maslak ul-muttaqin” (“Taqvodorlar maslagi”) asari allomaning eng yirik
asari boʻlib, 1700-1701 yillar oraligʻida ta’lif etilgan. Uning hajmi 12 ming bayt va 135 bobdan
iborat. “Murod ul-orifin” ya’ni “Oriflar murodi” kitobi 15 fasldan boʻlib, muallif uni 30 ga yaqin
ulamolar va soʻfiylar risolasiga tayanib yozilganligi ba’zi manbalarda keltirilgan.

“Sabot ul-ojizin” (“Ojizlar saboti”) va “Favz un-najot” (“Najot tantanasi”)

2

asari turkiy

tilda yozilgan. “Sabot ulojizin” asari mashhur boʻlib, “Qur’onning magʻzi” deb ham etirof etiladi.
“Sabot ul-ojizin” asari 1500 baytdan ortiqroqdir. Asar dunyoning bir qancha mamlakatlarida
tarjima va nashr qilingan. Bu asar yurtimiz mustaqillikka erishgan davrda 1991-yil “Choʻlpon”
nashriyotida Rashid Zohidov, “Mehnat” nashriyotida Hoji Poʻlatqori Muhammad Ali, Mahmud
Hasaniy, Mirsolih Qosimlar tomonidan nashr etilgan. 2007-yil va 2018-yilda “Sharq” nashriyotida
Rashid Zohidov tomonidan sharhi bilan qayta nashr etildi. 2018-yil Imom Buxoriy xalqaro
markazi nashriyotida Mas’udxon Ismoilov va Abrorxon Akbarov tomonidan sharhlari bilan
chiqdi. Bu asar ham allomaning mashhur asarlaridan hisoblanib maxsus darslik sifatida
madrasalarda oʻqitilgan. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, Soʻfi Ollohyor hazratlari forsiy va turkiy
tilda yozgan gʻazallari ham mavjud boʻlib Ubaydullo Alamkashning “Bayozi Alamkash”
toʻplamida 73 gʻazali va 30 yaqin fors tojik tilida yozilgan “Koʻzing birla och” she’rlar toʻplami
keltirilgan.

Alloma turkiy-oʻzbek va fors-tojik adabiy aloqalarini va ushbu ikki adabiyot tarkibida

shakllangan zullisonaynlik an’anasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Soʻfi Ollohyor oʻzbek
adabiyoti tarixida Navoiydan soʻng naqshbandiya tariqatini she’riy shaklda izchil targʻib qilgan
ulugʻ soʻz san’atkoridir’’

3

. Shoir oʻzbek va tojik tillarida oliy darajada she’r ijod qilgan.

She’rlarining hammasi axloqiy tarbiyaga egadir. Shoir she’rlaridan namunalar:
Agar bersa jahon sultonligʻin dast

4

,

Kishi oʻz holini bilmoq kerak past

5

.

Ya’ni, agar senga jahon sultonligini bersalar ham takabburlanib ketma kibrga berilma,

chunki bu dunyo oʻtkinchidir. Bugun senda bor boʻlgan shuhrat, martaba va davlat ertaga yoʻqqa
aylanishi hech gap emas. Hammamiz tuproqdan yaraldik, tuproqqa aylanamiz. Shunday ekan
oʻzimizni osmon bilishga na hojat. Hamisha kamtar va xokisor boʻlaylik. Yana bir boshqa baytda
shoir shunday yozadi:
Kel ey tolib! Koʻzing ibrat bilan och,

1

Mirza Kenjabek. Buyuk termiziylar.447-bet.

2

Ushbu asar So’fi Ollohyorga tegishli deb qaraladi.

3

O.Jo’raev. K. Jamahmatov. So’fi Ollohyor. 9-bet

4

Foscha - martaba

5

Rashid Zohid. Sabot ul-ojizin 43-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

931

Muhabbatsiz kishidan qush boʻlib qoch

6

.

Ya’ni ey inson dunyoga ibrat koʻzi bilan boq, qaysi kishining qalbida mehru muhabbati va

shavqati boʻlmasa undan uzoq yur, nari qoch chunki qalbida mehru-muhabbati yoʻq insonning
qoʻlidan har qanday yomonlik keladi.
Yana bir she’rida shunday deydi:
Piring

7

farmonidan qilsang taxalluf

8

,

Taassufdir

9

, taassufdir, taassuf

10

.

Soʻfi Ollohyor piri murshid, yani ustoz sifatida oʻz shogirdlariga pand nasihat qilib aytadiki: “Ey
shogird agar ustozingga ergashmay unga xilof ish tutsang, bir kuni pushaymon boʻlasan. Bu fikrni
isboti sifatida jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri boʻlgan Hofiz She’roziyning
mashhur ushbu baytini keltirishimiz mumkun:

Botir sajjodani mayga agar piri mugʻon aytsa,

Yoʻlovchiga ma’lum erur yoʻl ahvoli va manzillar.
“Soʻfi Ollohyorning she’riy asarlari, haqiqatda ulugʻ karomatdir. Forsiy va turkiy tilda ravon va
joʻshqin ijod qilgan. Ayniqsa “Maslak ul-muttaqin” va “Sabot ul-ojizin” kitoblarida Oʻrta Osiyo
va Sharq olamining boshqa mamlakatlari madrasalarida ulkan ulkan e’tibor bilan oʻqitilgan”

11

.

Ulugʻ allomaning ijodiy faoliyati va yozgan asarlari yurtimizda Sh.Sirojiddinov,

R.Zohidov, N.Allayorova, J.Abdufattohov, R.Mirzayev, I.Haqqul tomonidan oʻrganilgan boʻlsa,
jahon olimlaridan esa R.Maxanova, T.Yolchiqulov , S.H.Yahyoxon tomonlaridan oʻganilgan.

Xulosa qilib, Soʻfi Ollohyor ijodining naqadar benazir va buyukligini, xalqimiz va dunyo

xalqlaring uning yozgan asarliga boʻlgan talabi va qiziqishidan bilishimiz mumkin. Uning yozgan
asarlari asrlar oʻtsa ham oʻzining qiymati va bahosini yoʻqotgan emas. Alloma oʻzbek va tojik
adabiyotini oʻlmas asarlar qatorida boyitishga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan. Soʻfi Ollohyor
ijodi bir ummon kabidir. Uning poyoniga yetmoq dushvor, albatta. Ammo uni yetarli darajada
xalqimiz va yoshlarimizga yetkazib berish biz adabiyotchilarning burchimizdir.

REFERENCES

1.

Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar. Davlat ilmiy nashriyoti: Toshkent, 2017.

2.

Joʻraev O, Jamahmatov K. Buyuk Termiziylar, Soʻfi Ollohyor. “Shamsuddinxon
Boboxonov” nashriyoti. Toshkent, 2021.

3.

Hasanov B. Soʻfi Ollohyor. Risolai aziza “Sabot ul-ojizin sharhi”. Toshkent: A.Qodiriy
nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2000.

4.

Hoji Poʻlatqori Muhammad Ali, Mahmud Hasaniy, Mirsoliq Qosim. Sabot ul-ojizin.
Toshkent: Mehnat nashriyoti, 1991.

5.

Rashid Zohid. Soʻfi Ollohyor. Sabot ul-ojizin. Toshkent: Choʻlpon nashriyoti, 1991

6.

Rashid Zohid. Ravoyihur Rayhon “Sabot ul-ojizin sharhi”. Toshkent: “Sharq” nashriyoti.

6

Rashid Zohid. Sabot ul-ojizin. 50-bet

7

Forscha- o’z ishining ustasi

8

Arabcha -vadaga xilof ish tutish

9

Arabcha- pishaymonlik

10

’’Risolai aziza’ ,,Sabot ul-ojizin’’ sharhi. 97-bet.

11

Mirzo Kenjabek .Buyuk TermiziylarDavlat ilmiy nashriyoti. 452-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов