SPECIFIC CHARACTERISTICS OF INVOLVING MINORS IN THE INITIAL INVESTIGATION OR INVESTIGATION.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bobobekov., D. (2023). SPECIFIC CHARACTERISTICS OF INVOLVING MINORS IN THE INITIAL INVESTIGATION OR INVESTIGATION. Modern Science and Research, 2(12), 955–959. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27346
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides detailed information about the procedure, conditions and specific features of involving minors in the preliminary investigation or inquiry.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

955

DASTLABKI TERGOVGA YOKI SURISHTIRUVGA VOYAGA YETMAGAN

SHAXSLARNI JALB ETISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

D.Bobobekov.

Sirdaryo viloyat Yuridik texnikum o'qituvchisi,

3-darajali adliya maslahatchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10417356

Annotatsiya. Ushbu maqolada dastlabki tergovga yoki bo`lmasa surishtiruvga voyaga

yetmagan shaxslarni jalb etish tartibi, shartlari va o`ziga xos xususiyatlari haqida batafsil
ma`lumot keltirib o`tilgan.

Kalit so`zlar: voyaga yetmaganlar, oʼzini tuta bilish, tergov harakatlari, sud muhokamasi,

sud tergovi, isbot qilinishi lozim boʼlgan holatlar, qonuniy vakil, advokat, gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, ehtiyot choralari,javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish, majburlov choralari

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF INVOLVING MINORS IN THE INITIAL

INVESTIGATION OR INVESTIGATION.

Abstract. This article provides detailed information about the procedure, conditions and

specific features of involving minors in the preliminary investigation or inquiry.

Key words: minor, self-control, investigative actions, trial, trial, circumstances to be

proven, legal representative, defender, suspect, accused, preventive measures, release from
punishment or punishment, coercive measures.

ОСОБЕННОСТИ ПРИВЛЕЧЕНИЯ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ К

ДОЗНАНИЮ ИЛИ ДОЗНАНИЮ.

Аннотация. В данной статье приводится подробная информация о порядке,

условиях и особенностях привлечения несовершеннолетних к предварительному следствию
или, если таковое имеется, к дознанию.

Ключевые слова: несовершеннолетний, самоконтроль, следственные действия,

судебное разбирательство, судебное расследование, обстоятельства, подлежащие
доказательству, законный представитель, адвокат, подозреваемый, обвиняемый, меры
предосторожности, освобождение от ответственности или наказания, меры
принуждения


KIRISH.

Dastlabki tergov bu- sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. Dastlabki tergov davomida

jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan hamma holatlar
boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov
masalasi hal etiladi.

Dastlabki tergov - bu jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichidan keyingi jinoiy jarayonning

bosqichidir. Dastlabki tergov organlari sodir etilgan jinoyatning holatlarini aniqlashga majbur:

ayblanuvchining shaxsi;

uning aybdorlik darajasi;

jinoyatning motivi;

yetkazilgan zarar miqdori;

jinoyat sodir etilishiga yordam beradigan sabablar va shartlar va boshqalar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

956

Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati

tergovchilari olib boradi. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin.

Voyaga yetmaganlar — amaldagi OʻzR qonunchiligiga koʻra, 18 yoshga yetmagan

fuqarolardir. Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasi — davlat burchi, fuqarolarning esa
konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi. OʻzR Konstitutsiyasida fuqarolar kabi voyaga
yetmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulkdor boʻlish kabi huquqlari
taʼminlangan (36,40,41-moddalar).

Oʻzbekiston Respublikasi FKda 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga

yetmaganlarning muomala layoqati belgilangan, ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va
homiylari roziligisiz mustaqil ravishda:

1) oʻz ish haqi, stipendiyasi va b. daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki sanʼat asarining,ixtironing yoxud oʻz intellektual faoliyatining qonun

bilan qoʻriqlanadigan boshqa natijasining muallifi huquqini amalga oshirish;

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʻyish va ularni tasarruf etish;
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzishga haqli ekanligi koʻrsatilgan,

boshqa bitimlarni ular oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi
bilan tuzadilar.

Ular roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki mehnat

shartnomasi boʻyicha ishlayotgan 16 yoshga toʻlgan voyaga yetmagan muomalaga toʻla layoqatli
deb eʼlon qilinishi mumkin (27-,28-,29-moddalar) voyaga yetmagan mehnatga oid
munosabatlarda katta yoshdagi xodimlarga tenglashtiriladi, lekin mehnat muhofazasi, ish vaqti,
taʼtillar berish va b. mehnat shartlari boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanadi.

OʻzR Mehnat kodeksida 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar,

ularning mehnatga oid huquqlari va h.k. belgilab berilgan (239—247-moddalar). Voyaga
yetmaganning jinoiy ishlarini yuritishda maxsus qonun meʼyorlari orqali qoʻshimcha huquqlar
kafolatlangan.OʻzR Vazirlar Mahkamasi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzurida voyaga
yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalar tuzilgan.

Bola huquqlari inson huquqlari tizimida alohida oʼrin tutishi, bir necha omillar bilan

tavsiflanadi, bir tomondan,bolalar kattalar ega boʼlgan va foydalanadigan huquqlarning
hammasidan ham foydalana olmaydilar, ikkinchi tomondan aynan ularning hali voyaga
yetmaganliklari sababli, davlat va jamiyat tomonidan alohida gʼamxoʼrona munosabat koʼrsatilishi
va ayrim imtiyozlar berilishi talab etiladi.Shu bilan birga, katta yoshdagilar va voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlarini koʼrishning bir biridan nafaqat yosh
jihatidan balki, sifat jihatidan ham farq qiladigan xususiyatlari mavjud.

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 547-moddasida voyaga

yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi koʼrsatib oʼtilgan boʼlib, ushbu
moddaga muvofiq, jinoyat qilgunga qadar oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarning jinoyatlari
haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek JPKning 548 —564-moddalari
asosida belgilanadi. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish vaqtida himoyachi bilan
bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi. Voyaga yetmagan
gumon qilinuvchini va ayblanuvchini soʼroq qilish himoyachi, qonuniy vakil ishtirokida
amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga

haqli. Soʼroq yakunlangach, himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishishga va u haqda
oʼz mulohazalarini bildirishga haqli. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini soʼroq
qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik
tanaffusni hisobga olmaganda olti soatdan oshmasligi kerak.

Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʼroq qilishda

surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʼra yoxud voyaga yetmagan
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan
pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin.

Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan

surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va
(yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsatibilan gumon qilinuvchiga yoki
ayblanuvchiga savollar berishga, soʼroq tugaganidan soʼng esa, soʼroq bayonnomasi bilan
tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʼgʼriligi va toʼliqligi haqida oʼz fikrlarini yozma shaklda
bayon etishga haqlidir.

Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga

yetmagan shaxsni soʼroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʼroq bayonnomasida qayd
qilinadi.

Jinoyat protsessual kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʼlgan taqdirda

voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot
choralaridan birini qoʼllash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar,
vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan boʼlsa, shu
muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga
nisbatan ehtiyot choralari qoʼllanilgani toʼgʼrisida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil
boʼlmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.

Voyaga yetmagan shaxsni ota-onasi, vasiylar, homiylar yoki bolalar muassasasi

rahbarlarining qaroviga topshirish mazkur shaxslardan birontasi voyaga yetmaganning
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga va sudga oʼz vaqtida kelishini, shuningdek
ayblanuvchining ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni
bajarishini taʼminlash masʼuliyatini yozma ravishda oʼz zimmasiga olishidan iboratdir. Voyaga
yetmaganni ota-onasining, vasiylarning, homiylarning yoki boshqa shaxslarning qaroviga
topshirish ularning, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning oʼzining roziligi bilangina amalga
oshiriladi.

Voyaga yetmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga

yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etadi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan yoki shu yoshga to‘lgan, lekin ruhiy kasallikka chalingan yoki

aqli zaif bo‘lgan voyaga etmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchini so‘roq qilishda o‘qituvchi
yoki psixolog ishtirok etishi shart.Tergovchi, surishtiruvchi voyaga etmagan gumon qilinuvchi
yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda himoyachining iltimosiga binoan yoki o‘z tashabbusi
bilan o‘qituvchi yoki psixologning ishtirokini taminlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

O‘qituvchi yoki psixolog tergovchi, surishtiruvchining ruxsati bilan voyaga yetmagan

gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga savollar berishga, so‘roq yakunida esa so‘roq
bayonnomasi bilan tanishib chiqishga haqli.

Tergovchi, surishtiruvchi tomonidan voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki

ayblanuvchini so'roq qilishdan oldin o'qituvchi yoki psixologga tushuntiriladi, bu haqda
bayonnomada qayd etiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 559-moddasiga muvofiq,

voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib,
unga ish materiallari koʼrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi,
tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʼgʼrisida
xabar berishi kerak.

Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga

salbiy taʼsir qilishi mumkin boʼlgan ish materiallarini tanishish uchun koʼrsatmaslik toʼgʼrisida
qaror chiqarishga haqlidir.

XULOSA.

Voyaga yetmaganlarning jinoyatini tergov qilish jamiyatimizning o`ta og`riqli

nuqtasidir.Voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlarni tergov qilishda unga yon atrofidagi
shaxslarning taʼsiri eʼtiborga olinishi lozim.

Zero, oʼsmir oʼzlashtirgan rol nafaqat u jinoyatga qoʼl urushiga turtki berishi, balki uning

tergovda oʼzini tutish, keyinchalik, u ozodlikdan mahrum etilgan taqdirda, tarbiya koloniyasidagi
xulq atvorini belgilashi mumkin. Shunday ekan voyga yetmagan shaxslar jinoyat sodir etganlarida
ularga imkon qadar yengillik berish va ularni bu yo`ldan qaytarishga harakat qilishimiz lozim.
Zero kelajagimiz yoshlar qo`lidadir.

Shu bois, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish uchun eng avvalo, bu borada

belgilangan tadbirlar huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa davlat
organlari bilan birgalikda olib borilishi kerak.

REFERENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. http://www.lex.uz.

2.

Rustamboyev M.H., Nikiforova YE.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy
oʻquv yurtlari uchun darslik. -T.: TDYI nashriyoti, 2006. -564 bet

3.

Huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Mualliflar jamoasi – T.: Oʻzbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 199–B.

4.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy
oʻquv yurtlari uchun darslik. (birinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—341 bet.

5.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy
oʻquv yurtlari uchun darslik. (Ikkinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—304 bet.

6.

Гуценко К.Ф. Правоохранительные органы. Учебник. - М.: Кнорус, 2015. –С.12-25.

7.

7.Mirenskiy B. A., Rahmonqulov A. X., Chinibaev H. J. Oʻzbekiston Respublikasining
huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Masʻul muharrir professor M. M. Fayziev.
– T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 yil –B.5-15.

8.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi. Toshkent. Аdolat. 1994 yil,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

9.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari
haqidagi ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi Qarori. 2000 yil 15 sentabr, 21 son

10.

Аlohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish va ularni takomillashtirish muammolari.
Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2012 yil

References

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. http://www.lex.uz.

Rustamboyev M.H., Nikiforova YE.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. -T.: TDYI nashriyoti, 2006. -564 bet

Huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Mualliflar jamoasi – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 199–B.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. (birinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—341 bet.

Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. (Ikkinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—304 bet.

Гуценко К.Ф. Правоохранительные органы. Учебник. - М.: Кнорус, 2015. –С.12-25.

7.Mirenskiy B. A., Rahmonqulov A. X., Chinibaev H. J. Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Masʻul muharrir professor M. M. Fayziev. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 yil –B.5-15.

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi. Toshkent. Аdolat. 1994 yil,

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi Qarori. 2000 yil 15 sentabr, 21 son

Аlohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish va ularni takomillashtirish muammolari. Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2012 yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов