SEMANTIC-STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF GENERAL MEANING LEXEMAS "PATRIOTISM"

HAC
Google Scholar
To share
Tojiboyeva , M. (2024). SEMANTIC-STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF GENERAL MEANING LEXEMAS "PATRIOTISM". Modern Science and Research, 3(2), 346–349. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29469
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article aims to reveal several features of the lexeme "patriotism" based on the principles of field theory.


background image


346

“VATANPARVARLIK” UMUMIY MA’NOLI LEKSEMALARNING

SEMANTIK-STRUKTUR XUSUSIYATLARI

Tojiboyeva Mushtariy Rustam qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10674866

Annotatsiya. Ushbu maqolada “vatanparvarlik” leksemasini maydon nazariyasi

tamoyillari asosida bir necha xususiyatlarini ochish nazarda tutiladi.

Kalit so‘zlar: maydon nazariyasi, genetik xususiyat, semantik-struktur xususiyat,

vatanparvarlik, morfem tuzilish, leksik maydon, lisoniy birlik.

SEMANTIC-STRUCTURAL CHARACTERISTICS OF GENERAL MEANING

LEXEMAS "PATRIOTISM"

Abstract. This article aims to reveal several features of the lexeme "patriotism" based on

the principles of field theory.

Key words: field theory, genetic feature, semantic-structural feature, patriotism,

morpheme structure, lexical field, linguistic unit.

СЕМАНТИКО-СТРУКТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛЕКСЕМ ОБЩЕГО

ЗНАЧЕНИЯ «ПАТРИОТИЗМ»

Аннотация. Целью данной статьи является раскрытие некоторых особенностей

лексемы «патриотизм» на основе принципов теории поля.

Ключевые слова: теория поля, генетический признак, семантико-структурный

признак, патриотизм, морфемная структура, лексическое поле, языковая единица.

“Hozirgi kunda zamonaviy tilshunoslikda sistemaviy tadqiqotlarga jiddiy e’tibor berila

boshladi. Bu tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘rganilayotgan leksik birliklarga bir

tomonlama emas, har qaysi leksik birlikning kishilar lisoniy ongida yashirinib yotgan mohiyatning

ochilishiga diqqat qilinadi.

Tadqiqotchi e’tibori ko‘proq lisoniy hodisalar o‘rtasidagi munosabatni yoritishga

qaratiladi. Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma’no asosida ma’lum paradigmalarga

birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi”.

1

Ushbu maqolada

1

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 13


background image


347

“vatanparvarlik” leksemasini maydon nazariyasi tamoyillari asosida bir necha xususiyatlarini

ochish nazarda tutiladi.

Vatanparvarlik – kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini

ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millat uchun umumiy bo‘lgan,

asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy

jihatdan vatanparvarlik kishilarning o‘z vatanlari taqdiri bilan bog‘liq ijtimoiy rivojlanish,

xalqlarning o‘zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi jarayonida

takomillashib kelgan his-tuyg‘ular jamlanmasi hamdir.

2

Ijtimoiy qatlam vakillari ongiga ona suti

bilan birga singan bu leksik birlik muloqot maydonida ancha faoldir. Shu jumladan,

“vatanparvarlik” umumiy semali leksemalarning tilimizdagi hajmi va uni ifodalovchi birliklar

sermahsul. Bu esa ushbu leksemaning ijtimoiy qatlam vakillari muomalasidagi faolligidan

dalolatdir.

Vatanparvarlik leksemasining morfem tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u

quyidagicha tasniflanadi:

1-rasm. Vatanparvarlik leksemasining morfem tuzilishi

Yuqoridagi so‘z yasalish semantikasiga e’tibor qaratsak, asos qism (Vatan) madaniyatga

oid tushuncha bo‘lib, so‘z yasovchi morfema (-parvar) uni ma’naviyatga oid so‘zlar qatoriga olib

2

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vatanparvarlik

-lik

turli xil so'z turkumlariga qo'shilib, mavhum ma'noli ot yasaydi(belgi oti)

-parvar

forscha- tarbiyalovchi, g'amxo'rlik qiluvchi,

erkalovchi

otlarga qo'shilib, tarbiyalash, yaxshi

munosabat, sevish ma'nolarini anglatuvchi

sifat yasaydi.

Vatan

arabcha so'z

tug'ilib o'sgan joy, yurt


background image


348

kiryapti. Bundan ko‘rinadiki, tilimizga fors tilidan o‘zlashgan –parvar morfemasi ma’naviyatga

oid leksemalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda: elparvar, xalqparvar, vatanparvar, oilaparvar,

adolatparvar va hokazo.

Vatanparvarlik

leksemasini butun bir kategoriya deb nazarda tutadigan bo’lsak, uni ikki

tarkibiy qismga –

harbiy vatanparvarlik

va

ma’naviy vatanparvarlik

kabi mavzuiy guruhlarga

ajratish mumkin. Bu elementlarning har biri yana alohida mikrosistemalarni tashkil etib, o‘z

tarkibiga ko‘plab tushunchalarni qamrab olishi bilan ahamiyatlidir. Masalan

, “harbiy

vatanparvarlik”

semali leksemalar: himoyachi, askar, qurolli kuchlar, armiya, mudofaa, jangovar,

tank, ofitser; “

ma’naviy vatanparvarlik”

semali leksemalar fidoyi, jonkuyar, elparvar, xalqsevar,

hurriyatchi, sodiq kabi kategoriyalarga ega.

Vatanparvarlik semali leksemalar struktur jihatdan sodda va murakkab turlari bilan

xarakterlanadi:

a) sodda so‘zlar:

bahodir, himmatli, mard, jasurlik, manfaat, armiya, harbiy;

b) murakkab

so‘zlar:

oliyjanoblik, jonkuyar, qurolli kuchlar, shon-sharaf.

Sodda so‘zlarni o‘z navbatida sodda tub (burch, sodiq, fido, askar) va sodda yasama

(mardlik, himoyachi, jangovar, himmatli), murakkab so‘zlarni esa qo‘shma (qurolli kuchlar,

oliyhimmat, erksevar), juft (shon-sharaf) hamda takroriy so‘zlarga ajratish mumkin.

Vatanparvarlik semali leksemalar orasida takroriy so‘zlar kuzatilmadi.

“Vatanparvarlik” semali leksemalar genetik jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:

a) o‘z

qatlam birliklari

: burch, elparvar, elsevar, askar, qalqon;

b) o‘zlashma qatlam birliklari

: bahodir, botir, mard, jasorat, jur’at, harbiy, armiya tank,

mudofaa kabilar.

“Vatanparvarlik” semali leksemalarning o‘zlashma qatlamida rang-baranglikka guvoh

bo‘lamiz. Xususan,

arabcha so‘zlar

:

himmatli, jasorat, sodiq, jur’at, fidoyi, g‘urur, himoyachi,

harbiy, vatan, sharaf;

forscha so‘zlar

:

mard, jonbozlik, qahramon, jangovar;

mo‘g‘ulcha

so‘zlar:

bahodir, botir

;

nemischa so‘z:

ofitser;

lotincha so‘z:

armiya;

inglizcha so‘z

:

tank

kabilar

shular jumlasidandir.

Lingvistikada maydon nazariyasining keyingi yillardagi rivoji shu darajaga yetdiki, uning

g‘oyalari va metodlari tilning leksik sathidan boshqa sathlariga nisbatan ham tadqiq etila

boshlandi. Dastlabki tadqiqotlar mazmuniy maydon doirasidan kelib chiqib, turli lug‘atlar

(ko‘proq tezauruslar) tuzish uchun umumiy qonuniyatlarni ochishda nazariy asos bo‘ldi.


background image


349

Keyinroq bu yo‘nalishda tilning boshqa sathlari, jumladan, morfosemantika, grammatika

singarilar doirasida ham jiddiy asarlar yuzaga keldi.

3

Mana shunday tadqiqotlar safini kengaytirish

bugungi tilshunoslikning ustuvor vazifalaridan biridir.

REFERENCES

1.

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari.

Toshkent,1998. – B. 13

2.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vatanparvarlik

3

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 17

References

Sh.Iskandarova. Leksikani mazmuniy maydon asosida o‘rganish muommolari. Toshkent,1998. – B. 13

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vatanparvarlik

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов